O„zbekiston respublikasi



Download 0,51 Mb.
bet35/81
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740808
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81
Bog'liq
DILMUROD

Irqchilik-odamlar o'rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zo'ravonlik va urushlarni
kishilarning turli irqlarga mansubligi bilan oqlashni targ'ib etadigan g'ayriinsoniy ta'limot.
Irqchilar insonlarning ijtimoiy mohiyatini ularning biologik - irqiy belgilari bilan bog'lab, ularni
oliy va quyi, bekamu-ko'st va noraso irqlarga ajratadi. Unga ko'ra, oliy irqlar xo'jayinlik qilishi,
qolganlar esa ularga xizmat qilishi, bo'ysunishi shart. Irqchilik ta'limoti boshqa xalqlarga
nisbatan bosqinchilik, talonchilik, mustamlakachilik siyosatini asoslashga harakat qiladi.
Fashistlar Germaniyasi aynan mana shunday mafkuraga tayanib —oliy german irqi”
hukmronligini o'rnatish maqsadida Ikkinchi jahon urushini boshlagani bunga yaqqol misoldir.
Hozirgi ham reaksion mafkuraga asoslangan kayfiyatdagi guruhlar, ularning nazariyotchilari





irqchilik g'oyalarini targ'ib etib, go'yo “qoloq” xalqlarning mustaqil rivojlanishga ruhiy tayyor
emasligi haqidagi puch da'volar bilan chiqmoqda. Bunday qarashlar xalqlarning ozodligini
bo'g'ish, ularning ustidan hukmronlik o'rnatishga bo'lgan intilish natijasida yuzaga kelgan. Sobiq
Ittifoq parchalanib ketganidan so'ng imperiyacha fikrlaydigan ba'zi nazariyotchilar qarashlarida
ham irqchilik kayfiyatlari paydo bo'lganini kuzatish mumkin. Bunday qarashlarning qanchalik
asossiz ekanini hayot ko'rsatmoqda. Tarixiy taraqqiyot davomida turli irq vakillarining
aralashuvi, irqiy belgilarning o'zgarishi kabi holatlar ham yuz bermoqda. Bu yerda barcha irq
vakillarining madaniy taraqqiyotga birdek qobiliyatli bo'lib, biror-bir millat yoki elatni irqiy
jihatdan kamsitish har tomonlama o'rinsiz ekanini isbotlamoqda.

Irqchilik insoniyatga qarshi jinoyatdir. O'zR Konstitusiyasida barcha irqlar va millatlarning
teng huquqliligi belgilab qo'yilgan. Bu qoida jahon hamjamiyatining xalqaro huquq me'yorlariga
javob beradi.

XX asrning oxirgi o’n yili jahon xaritasini o’zgartirib yubordi,
sobiq ittifoq barham
topdi, mustaqil davlatlar shakllandi. O’tgan o’n yil O’zbekiston uchun ham qutlug’ keldi -
mamlakatimiz Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida mustaqillikka erishdi. Milliy
davlatchilik an’analarini tikladi. Yangi Konstitutsiya qabul qilindi, jamiyat hayotining barcha
soha-larida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi, mamlakatimiz o’ziga xos va mos rivoj-lanish yo’li -
taraqqiyotning o’zbek modelini amalga oshirishga kirishdi.

Shu bilan birga o‘tish davri - faqat yutuq va muvaffaqiyat emas, balki hayotning barcha
sohalarida totalitarizmdan qolgan salbiy oqibatlarga barham berish, fuqarolar ongini o‘zgartirish,
iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy sohada tub burilishlar qilish bilan bog‘liq yillari bo‘ldi.

Tarixdan ma‘lumki, umrini o‘tab bo‘lgan g‘oya, aqida yoki mafkura taraqqiyot nuqtai
nazaridan inkor etilishi natijasida g‘oyaviy bo‘shliq vujudga kelib, turli mafkuraviy tahdidlar
kuchayishi mumkin. Shu ma‘noda, Birinchi Prezident Islom Karimovning quyidagi fikrlari katta
ahamiyatga ega: «Men ko‘hna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda bo‘shliq
bo‘lmaganidek, insonning ongu tafakkurida ham bo‘shliq vujudga kelishiga aslo yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishganidan keyingi taraqqiyoti bu fikrni naqadar
to‘g‘ri ekanini yaqqol ko‘rsatadi».

G‘oyaviy, mafkuraviy tahdid kuchaygan joyda aholi keng qatlamlari, xususan, yoshlarning
qalbi va ongini egallashga qaratilgan urinishlar kuchayib borishi mumkinligi chuqur anglab
olindi. Holbuki, bugungi kunda ayniqsa, dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan, katta
moliyaviy va mafkuraviy ta‘sir kuchiga ega bo‘lgan ba‘zi g‘oyaviy markazlar istiqlolning
dastlabki yillaridagi vaziyatdan foydalanib, o‘z yovuz niyatlarini amalga oshirish yo‘lida
kechayu kunduz harakat qiladilar. Bu masalalar Birinchi Prezidentimizning «O‘zbekiston XXI
asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida
atroflicha tahlil qilingan.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish