O’zbekistonga xuruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar va ularning turlari:
Diniy ekstremizm va fundamentalizm.
Buyuk davlatchilik va agressiv millatchilik.
Narkobiznes.
Xalqaro terrozim.
Axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi ommaviy axborot tizimlari.
Tarixiy qonuniyat: bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish dav-rida g‘oyaviy-
mafkuraviy sohada ham muayyan muammolarni hal etish zaruriyati yuzaga keladi.
Buni chizma shaklida quyidagicha izohlash mumkin.
Mamlakatimizdagi barqarorlik va mustaqillikni mustahkamlashga halaqit beruvchilarning
niyati istiqlol yo‘lidan borayotgan O‘zbekistondagi g‘oyaviy bo‘shliqni o‘z g‘oyalari bilan
to‘ldirib, mamlakatimiz hududidagi beqiyos boyliklarga egalik qilish, xalqimizni o‘z siyosati, o‘z
hukmronligiga bo‘ysundirishni, eng yomoni, mana shu muhim geopolitik maydonni o‘z ta‘sir
doirasiga olishdan iboratdir.
Mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatimizda eski mafkura asoratlariga, quruq
safsatabozlikka, xalqimiz manfaatlariga zid bo‘lgan sobiq siyosiy va mafkuraviy tuzilmalarga
barham berildi. Ijtimoiy adolat, xavfsizlik, ijtimoiy muhofaza, millati, dini va e‘tiqodidan qat‘iy
nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha‘ni va qadr-qimmatini, qonunning ustuvorligini
ta‘minlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ko‘rildi. Jamiyatdagi sog‘lom ijtimoiy-siyosiy
muhitni buzadigan, odamlar fikrini chalg‘itadigan noxush holatlarga barham berildi. Mamlakat
va xalq manfaatlari yo‘lida birlashish, hamjihat bo‘lish, barcha imkoniyatlardan ehtiroslarga
berilmay, aql-idrok bilan foydalanish yo‘li tutildi.
Aslida «fundamentalizm» va «ekstremizm» g‘oyalarining Markaziy Osiyoga kirib
kelishidan ko‘zlangan maqsad - dinning qadriyatlarini qaytadan tiklash emas, balki ana shu
g‘oyalardan vosita sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo
nizolarni vujudga keltirish, oxir - oqibat esa hokimiyatni qo‘lga kiritishdir. Bu urinishlarda
tuzatib bo‘lmas fojialarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, tarix sahifasida qolib ketgan xalifalikni
tiklash g‘oyasiga ham zo‘r berilishi bilan bog‘liq. Bugun diniy ekstremizm va fundamentalizm
oqimlari tomonidan Markaziy Osiyoda olib borilayotgan qo‘poruvchilik va terroristik harakatlar
ham ana shunday maqsad, yo‘l va uslublarga tayanmoqda.
O‘zlarini islom dinining «himoyachilari» deb ko‘rsatishga urinayotgan terroristlarning asl
niyati chinakam islomiy qadriyatlarni tiklash emas, balki hokimiyatni qo‘lga kiritish, Markaziy
Osiyodagi mamlakatlarni o‘zlari tanlagan yo‘ldan qaytarish va butun mintaqada o‘z
hukmronligini o‘rnatishdir.
Umuman, XXI asr boshidagi mafkuraviy kurashlarni targ’ibotlar kurashi davri, deb
tavsiflash mumkin. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor», «ommabop» bo‘lib
ko‘rinsada, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir emas. Chunki ularning targ‘iboti
oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g‘oya, maqsad shakli
o‘zgargan. Masalan, ana shunday g‘oyalardan biri «Xalifalik davlatini tuzish» g‘oyasidir.
«Xalifa» so‘zining lug‘aviy ma‘nosi - «o‘rinbosar», terminologik ma‘nosi «musulmon jamoasi
va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig‘i» deb talqin etiladi. Xalifalik davlati
mutlaq monarxiya tipidagi davlat bo‘lib, davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatining
boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilan belgilanadi. «Hizbut-tahrir» da‘vo qilgan
xalifalik davlati esa «Islom Nizomi» nomli kitobida bayon qilingan qonunlarga asosan
boshqariladi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan rivoyat qilingan ushbu Hadisi sharifda
aniq aytilgan: «Xalifalik mendan so‘ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podshohlik
bo‘ladi». Hozirda «Hizbut-tahrir» tarafdorlari minglab begunoh kishilarning nohaq qoni
to‘kilsa-da, xalifalik barpo etilishini majburiy, deb da‘vat etmoqdalar.
«Hizbut-tahrir» - sunniylik doirasidagi diniy-siyosiy partiya bo‘lib, 1952 yilda Quddus
shahrida tashkil etilgan. Bu partiya falastinlik Taqiyiddin Naboxoniy (1909-1978) tomonidan,
«Al-Ixvon al musliman» rahbari Sayid Qutb bilan kelisha olmay qolganlaridan keyin tashkil
etilgan. «Hizbut-tahrir» (Ozodlik) partiyasi g‘oyasiga ko‘ra musulmon davlatlarida mavjud
bo‘lgan tuzumni o‘zgartirib, «xalifalik» davlatini tuzishlik va bu maqsadni amalga oshirishlik
uchun «Islom dini» niqobi ostida «Ozodlik» partiyasiga asos solinib, bu «Hizbut-tahrir»
Do'stlaringiz bilan baham: |