Tayanch so’zlar: Insoniyat tarixida g’oya va mafkuralar namoyon bo’lishinmg
asosiy bosqichlari,“Avesto”, Sokrat, Platon, Aristotel, Geraklit, Pifagor, Xorazmiy, Farobiy,
Beruniy, Ibn Sino merosida g'oyalar masalasi. Temuriylar davri g'oyalari, Amir Temur,
Ulug’bek, Navoiy, Boburning milliy va umuminsoniy g'oyaiar to'g'risidagi fikrlari, xristianlik
g'oyalari ,1'omazo Kampanella, Tomas Morning “Quyosh shahri” haqidagi utopik g'oyasi.
Marks va Engelsning sotsializm g'oyasi tanazzuli, milliy mumtozlik. Mustaqillik - milliy g’oya
fanining bosh mavzusi. Ma'naviy jasorat- millat g'oyasi va ruhining ifodasi.
Insoniyat tarixida g'oya va mafkuralar namoyon bo'lishining asosiy bosqichlari:
mifologiya, teologiya va xalq ma'naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g'oya va
mafkuraning ifodalanishi. Milliy g'oyaning tarixiy ildizlari - xalqimizning moziy sinovlaridan
o'tib kelayotgan boy madaniy va ma'naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an'analari,
qo'shiqlari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik uchun kurash ruhi, ota-bobolarimizning
mustaqillik yo'lida ko'rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda
ma'naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo'ladi. U asrlar mobaynida yillar sinoviga dosh
berib, sayqallanib, takomillashib kelgan. Bu tafakkurning markazida olamning eng ulug'
mo'jizasi bo'lmish insonning ulug'ligi va mo'tabarligi g'oyasi yotadi. Binobarin, u qadrlanishi,
e'zozlanishi lozim. Chunki mamlakatning hayoti, farovonligi, ana shu mehnatkash insonlarning
mehnati, faoliyatiga bog'liq.
Har qanday mafkura, milliy g'oya tarixiy, madaniy ma'naviy meros, tarixiy xotira asosida
shakllantiriladi va ularga suyanadi. —Milliy g'oya oldiga qo'yiladigan talablar haqida gapirmoqchi
bo'lsak, avvalo, uning ikki suyangan tog'i-tayanchi xaqida fikr yuritishimiz zarur. Birinchi
navbatda, milliy mafkuramiz xalkimizning tarixiy merosi, azaliy an'analari, udumlari, tili, dini,
ruhiyatiga, bir so'z bilan aytganda, milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarashi va
tafakkuriga asoslangan holda zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan,
ularni o'ziga qamrab olgan tarzda Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, Xalq manfaatlari va farovonligi
yo'lida xizmat qilmog'i darkor”.
Milliy g'oyaninig tarixiy ildizlarini bilish shuning uchun muhimki, bu ildizlarda
ajdodlarimizning buyukligini tasdiqlovchi dalillar bor, kelajak orzu-umidlarini ko'rsatuvchi
ma'lumotlar etarli, insonni faollikka, shu asosda yangi jamiyat qurishga chorlovchi da'vatlar
mavjud. Milliy g'oyaning tarixiy ildizlarini chuqur anglash insonning amaliy harakatiga qudratli
ta'sir ko'rsatuvchi omil bo'lib xizmat qiladi.
Milliy g'oyaning tarixiy ildizlari madaniy - ma'naviy merosda, tarixiy ong va tarixiy
xotiradadir. Bu ildizlarni bilish, yana bundan tashqari, milliy g'oya kurtaklari turli tarixiy
davrlarda paydo bo'la boshlaganini, mazmuni boyib borganligini anglashga yordam beradi.
Milliy g'oya ma'naviyatning tarkibiy qismi ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, —... albatta, har
qaysi xalq yoki millatining ma'naviyatini uning tarixi, o'ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy
qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy meros, madaniy
boyliklar ko'hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi” . Milliy
g'oyaning oziqlantiruvchi ildizlarini bilish va anglash inson ma'naviyatini yuksalatiradi.
Tarixiylik va mantiqiylikni o'zida mujassamlashtirgan —Yuksak ma'naviyat engilmas kuch”
asarida Islom Karimov tomonidan yaxlit holda ko'rsatilgan ma'naviyatni shakllantiradigan asosiy
mezonlar bular - ayni paytda milliy g'oyaning tarixiy va zamonaviy ildizlari ham hisoblanadi.
Mafkuralar insoniyat ibtidosida mifologik-diniy qarashlar sifatida shakllana boshlagan.
Kishilarning bir-birlariga munosabatlarining asoslarini belgilovchi muayyan qarashlar, g'oyalar,
aqidalar, qoidalar va talablar zamirida muayyan qo'rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan,
ularga rioya qilish qat'iy nazorat qilingan. Mehnat sohalarining kengayishi ijtimoiy mehnat
taqsimotining rivojlanishi natijasida jamiyatda tabaqalanish sodir bo'lgan, bu jarayon bilan uzviy
bog'liq tarzda turli-tuman diniy, dunyoviy, etnik, huquqiy va boshqa g'oya va mafkura shakllari
yuzaga kela boshlagan. Shu bois g'oya va mafkuralar g'oyat ko'p va turli-tumandir. Insoniyat
ibtidosidan to hozirgi kunga qadar son-sanoqsiz g'oya va mafkuralar shakllangan, tarqalgan,
ularning ayrimlari bugungi kunda ham yashab kelmoqda, ayrimlari esa kishilarning xotiralaridan
o'chib ketgan. Bu jarayon hozirgi davrda ham davom etmoqda va insoniyat mavjud ekan, davom
etaveradi. G'oya va mafkuralar turli tarixiy davrlarda turli nuqtai nazariyalardan turkumlashtirib
kelingan. Xususan, ilk davrlarda g'oya va mafkuralar ezgu va yovuz, ilohiy va dunyoviy
turkumlarga ajratilgan.
G'oyalarning “hayoti”, ularning paydo bo'lishi, rivojlanishi, boshqa g'oyalar bilan o'zaro
munosabati, kurashi, nihoyat, eskirgan g'oyalarning yangilari bilan almashinishi, ayniqsa, ilmiy
g'oyalar misolida yaqqol namoyon bo'ladi. Qadimgi yunon faylasuflari tabiiy jismlarning eng
kichik, bo'linmaydigan zarrasi si-fatida "atom" tushunchasini kiritgan edi. Ptolemey-Aristoteldan
tortib, o'rta asrdagi Ulug'bek astronomiyasigacha dunyoning markazini Yer deb hisoblab
kelganlar; Yevklid geometriyasi, Nyuton mexanikasi, Darvin ta'limoti ham o'z davrining eng
ilg'or ilmiy g'oyalariga asoslangan edi. Ilm-fan taraqqiyoti atomning bo'linishini, koinot markazi
Er emasligini ham ishonchli dalillar bilan isbotladi; kvant mexanikasi, irsiyat nazariyasi va
boshqa ko'plab kashfiyotlar qilindi. Dunyoga A. Eynshteyn, N. Bor, E. Rezerford, M. Kyuri va
boshqalarning nomlarini mashhur qilgan yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar ham ilmiy
g'oyalar asosiga qurilgan. XX asrda insoniyat nihoyatda ko'p ilmiy g'oyalarni amaliyotga
aylantirdi. Televidenie, kosmik raketa, kompbyuter, uyali telefon va boshqa sohalardagi yutuqlar
bunga yorqin misol bo'ladi. Fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksiz. Bu jarayonda amaliyotda
tasdiqlanmagan, eskirgan qarashlar yangi ilmiy g'oyalar bilan o'rin almashaveradi.
Adabiyotlarda g'oyalarni ularning inson va jamiyatga ta'sir qilish xususiyatlari
tamoyiliga ko'ra, ularning namoyon bo'lish shakllari ikki turkumga - bunyodkor va vayronkor
g'oyalarga ajratiladi. Xususan, taraqqiyotga xizmat qiluvchi, jamiyat va insonni ezgulikka
undovchi g'oyalar sifatida ozodlik va mustaqillik, tinchlik va adolat, tenglik va hamkorlik,
do'stlik va birdamlik, hurfikrlilik va ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik va xalqparvarlik,
vatanparvarlik va insonparvarlik g'oyalari qayd etiladi. Jamiyat, xalq va davlatlarning
tanazzuliga sabab bo'luvchi, g'ayriinsoniy maqsadlarga xizmat qiluvchi vayronkor g'oyalar
sifatida esa - mustabidlik va bosqinchilik, terrorchilik va aqidaparastlik, jaholatparastlik va
irqchilik, millatchilik va mahalliychilik, vatansizlik va yovuzlik g'oyalari sanab o'tiladi. —Milliy
g'oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o'tib, asrlar davomida e'zozlab kelinayotgan, shu yurtda
yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma'naviy ehtiyoji
va hayot talabiga aylanib ketgan, ta'bir joiz bo'lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va
umid-maqsadlarini o'zimizga tasavvur qiladigan bo'lsak, o'ylaymanki, bunday keng ma'noli
tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo'lamiz” . Ayrim hollarda g'oya va milliy
g'oya, mafkura va milliy mafkura tushunchalarining farqlariga yetarli darajada e'tibor berilmaydi.
Xususan, g'oya milliy g'oya ma'nosida, mafkura esa - milliy mafkura sifatida talqin etiladi. Agar
g'oya tushunchasi asosan aqliy faoliyat bilan bog'liq bo'lsa, milliy g'oya tushunchasi milliy his-
tuyg'u, millat mentaliteti bilan uzviy bog'liqdir. Milliy g'oya - halqning qalbidan chiquvchi,
uning orzu-umidlarini o'zida ifoda etuvchi, xalqning haq-huquqini himoya qiluvchi, uning qadr-
qiymatini yuksaltirishga undovchi haqqoniy fikrdir. Milliy g'oya xalqning o'zligini anglatuvchi,
milliy tuyg'ularini uyg'otuvchi, milliy g'urur va oriyatini qo'zg'atuvchi fikrdir. Milliy g'oya xalqni
uyushtiruvchi, uning qadr-qiymatini tiklovchi, o'zligini anglatuvchi, ijodkorlik va
yaratuvchanligini ro'yobga chiqaruvchi, jamiyat taraqqiyotini insonparvarlik yo'nalishiga
etaklovchi kuch sifatida namoyon bo'ladi.
Insoniyat tarixida g'oya va mafkuralar namoyon bo'lishining asosiy bosqichlari:
1. Mifologiya, teologiya va xalq ma'naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g'oya va mafkuraning
ifodalanishi.
2. G'arb mamlakatlarida ilk g'oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari.
3. Sharq va Markaziy Osiyoda g'oyalarning namoyon bo'lishi, ularning gumanistik mohiyati.
4. G'arb mamlakatlarida g'oyaviy qarashlarning takomil bosqichlari (ilk o'rta asrlar va Renesans
davri).
5. XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar va XVIII va XIX asrlardagi yangi zamon
g'oyalarining shakllanishi.
Mafkuraning XIX asr o'rtalaridan boshlangan takomil bosqichlari.
XIX asr oxiri va XX asr mafkurasi, uning o'ziga xos xususiyatlari.
Mustaqillik - milliy g'oya fanining bosh mavzusi. Ma'naviy jasorat - millat g'oyasi va
ruhining ifodasi.
Kishilik tarixidan yaxshi ma'lumki, dastlab odamlarning ishonch-e'tiqodi tabiatni
ilohiylashtirish asosida shakllangan. Shuning uchun eng qadimgimafkuralar haqida gap
ketganda, avvalo, odamlar jamoa bo'lib, urug'larga bo'linib yashagan ibtidoiy davrlarni eslash
lozim.Chunki odamlarning jamoa bo'lib, ya'ni birlashib yashashi ularning muayyan mafkura
asosida uyushganidan, tabiat o'zgarishlariga birgalikda javob izlaganidan dalolat beradi. Bunda
ular yashaydigan hududning o'ziga xos iqlimi, tabiat dunyosi, shart-sharoiti muhim ahamiyat
kasb etgan. Insonning hali texnika rivojlanmagan vaqtidagi hayot tarzi, moddiy ta'minoti ko'proq
tabiat hodisalariga bog'liq bo'lgani uchun har bir qabila tevarak-atrofidagi borliqni o'zining
moddiy-ma'naviy ehtiyojlaridan, ularni qondirish darajasidan kelib chiqqan holda tasavvur etgan.
Shu tariqa tabiat hodisalari o'rtasidagi bog'liqlikni aks ettiradigan afsona va rivoyatlar paydo
bo'lgan. Masalan, eng qadimgi davrlarda nur, ziyo, bahor, yoz farovonlik, yaxshilik va ezgulik
ramzi sifatida tasavvur etilgan bo'lsa, qish, ayoz qorong'ulik, zulmat, yomonlik va vayronkorlik
timsoli sifatida tasavvur etilgan. Afsona va rivoyatlar, tasavvurlarga asoslangan bunday
qarashlarni biz mifologik qarashlar deb ataymiz. Mif - yun. mifhos - afsona, rivoyat, asotir —
ibtidoiy davr kishilari ongi va t.sida inson, tabiat, jamiyat va koinotning paydo bo'lishi bilan
bog'liq voqealar, shuningdek, tabiat va jamiyat hodisalarining aks etishi, Mifologiya - miflarni
o'rganuvchi fan sifatida ijtimoiy ong shakllaridan biri va kishilarning tabiiy va ijtimoiy
hodisalarning mohiyatini anglashda ilk bosqich hisoblanadi. Xususan, totemizm, animizm,
fetishizm kabi ibtidoiy dinlar ana shu asosda shakllangan. Ular jonning abadiyligi, tabiatdagi
narsa va hodisalarning ilohiy quvvatga ega ekani to'g'risidagi xilma-xil g'oya va sodda
qarashlarni ifoda etgan.
G'oyaviy e'tiqodlarning shakllari: Totemizm; Animizm; Fetishizm; Magiya.
Masalan, totemizm - hayvon va o'simliklarga sig'inish asosidagi diniy ta'limot. Bu so'z Shimoliy
Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilidan olingan. Totemizm odamzodning muayyan
o'simlik va hayvon turlariga qarindoshligi borligini anglatadi. Bunday xususiyatlar ayrim xalqlar
hayotida bugungi kungacha uchraydi. Masalan, hindlar sigirga, avstraliyaliklar kenguruga,
qirg'izlar oq bug'uga baxt keltiruvchi hayvon deb qaraydi. Bizning ajdodlarimiz esa humo
qushini ulug'laganlar. Shuning uchun davlatimiz gerbida humo qushi tasviri tushirilgan.
Yuqorida aytganimizdek, ibtidoiy odamlar hamma narsaning joni bor, ular sezadi, fikrlaydi, deb
o'ylaganlar. Ular yaxshilik keltirsin, yomonlik keltirmasin deb turli xil marosimlar o'tkazib,
duolar o'qiganlar. Animizm (lotincha anima - ruh degani) - har bir narsaning joni bor deb e'tiqod
qilishga undovchi ana shunday qarashlar asosida shakllangan.
Fetishizm (fransuzcha fetiche - but, sanam, tumor degani) - jonsiz narsalarga sig'inishga
da'vat etuvchi e'tiqod. Uning mazmuniga ko'ra, buyumlar va ularga xos xususiyatlar insonlarni
murod-maqsadga etkazishi, odamlarning hayotiga biron-bir tarzda ta'sir etishi, bu ta'sir goh
ijobiy, goh salbiy bo'lishi mumkin.
Magiya (“shomon” so'zining tungus tilidagi ma'nosi - sehrgarlik) - real natijalar olish
uchun ilohiy kuchlarga ta'sir etish maqsadida bajariladigan ritual urf-odatlar majmuasi.
G'oyalar tarixining keyingi bosqichida teologiya vujudga kelgan. Teologiya-(lot. theo-xudo,
logos-ta'limot) Xudo to'g'risidagi fan, ta'limot. Xudo uning sifatlari, belgilari va xususiyatlari
to'g'risidagi diniy ta'limotlarni asoslash va himoya qilish tizimi. Teologiyaga muayyan din
tomonidan belgilangan aqidalarning haqiqatligini isbotlash bilan birga, dindorlarning hayot tarzi
va me'yorlar majmui ham kiradi.
Millatimizga xos ilk g'oyalar zardo'shtiylik tarzidagi diniy-falsafiy ta'limot sifatida
shakllangan. Uning g'oyalari bilan bog'liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va
xalqimiz turmush tarzining o'ziga xos xususiyatlarini belgilashda nafaqat ulkan ma'naviy-
ma'rifiy meros, shu bilan birga, xalqimizning ma'naviy-ruhiy tiklanishi va qadriyatlarimizni
asrab-avaylashning negizi hamdir. Zardo'shtiylikning asosi bo'lgan “Avesto” kitobida qadimgi
xalqlarning dunyo to'g'risidagi tasavvurlari, o'ziga xos ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy g'oyalar aks
etgan. Ularning asosini olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari — yaxshilik va yomonlik,
yorug'lik va zulmat orasidagi ziddiyatga asoslangan g'oyalar tashkil qilib, ezgu fikr, ezgu so'z va
ezgu amal kabilar bu dinning ustuvor tushunchalaridir. Ushbu g'oyalarda erli xalqlarni
birlashishga da'vat etuvchi yuksak vatanparvarlikni tarbiyalaydigan fikrlar mujassam bo'lib, ular
shu zamin farzandlari uchun g'urur, o'zlikni anglash va kuch-qudrat timsolidir.
“Avesto”da nafaqat Zardo'sht ta'limoti, balki unda o'sha davrning eng asosiy g'oyalari
xamda bu g'oyalarga tayanib yozilgan qo'shiklar, hikoyat va rivoyatlar jamlangan. Bir necha
kitobdan iborat bo'lgan “Avesto” jamiyat va inson hayotining barcha sohalaridagi g'oyalarni
umumlashtirgan, mintaqamiz xalqlarining ular asosida shakllangan yashash va hayot kechirish
qonun-qoidalarini o'zida ifodalagan. Jumladan, unda quyidagi g'oyalar aks etgan:
-Mol-dunyoga hirs qo'yma, ochko'z bo'lma. Dunyo (boylikka) hirs qo'yish dunyo lazzatlarini
bemaza, bexalovat qiladi. Samoviy abadiy lazzatlardan mahrum etadi.
-G'azabdan o'zingni asra, chunki g'azab tufayli inson o'z ishlarini, ezgu maqsadlarini unutadi...
Halol mehnatdan qoladi. G'azab tufayli hayotda halovat yo'qoladi, safo (xursandchilik kayfiyati)
o'ladi.
-Uyquga ruju qo'yma, savob ishdan qolasan.
-Sergaplik gunohlarni ko'paytiradi. Kamsuxanlik ezguliklarni ko'paytiradi. Chunki kamsuxanlik
fikrlab so'zlashga imkon beradi.
Yurtimizni miloddan oldingi IV asrda zabt etgan makedoniyalik Aleksandr “Avesto”ning
birgina nusxasini qisman (tibbiyot, falakiyot, falsafa, adabiyot) saqlab qolib, uni o'rganish uchun
ustozi Aristotelga yuborgan, qolgan nusxalarini esa yo'qotishni buyurgan. Bu haqida Abu
Rayhon Beruniy shunday yozadi: “Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn
Doro xazinasida (Abistoning) 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi.
Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o'ldirgan vaqtda uni kuydirib
yubordi. Shuning uchun o'sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo'qolib ketdi”. Ba'zilar
Aleksandr —Avesto” tilini bilmagani, uning mohiyatini tushunmagani uchun kitobning qadriga
etmagan va yo'q qilishni buyurgan, degan haqiqatdan yiroq fikrni bayon qiladi. Haligacha teran
fikrlari bilan jahon ahlini lol qoldirib kelayotgan mashhur faylasuf Aristoteldek buyuk tafakkur
sohibidan ta'lim-tarbiya olgan Aleksandr kitobning qadrini tushunmaganiga ishonib bo'ladimi? U
shunchalik savodsiz kishi bo'lganmi? Yo'q, albatta. Aleksandr kitob nima ekanini, unda aks
etgan g'oyalar odamlarga kanday ta'sir ko'rsatishi mumkinligini yaxshi bilgan. Shu bilan birga, u
o'z qo'shiniga qattiq qarshilik ko'rsatgan yurtimiz xalqlarining g'oyalari —Avesto”da o'z ifodasini
topganini, o'sha davrdagi avlod-ajdodlarimizning istibdodga bosh egmasdan, kitobdagi ushbu
g'oyalarga tayangan holda, tez orada yana istiqlol uchun kurashga chiqishini nihoyatda yaxshi
tushungan. Xullas, Turonzamin xalqlarini o'z ajdodlari qoldirgan ezgu g'oyalardan bebahra
qilish, tafakkurini qaramlikda saqlashning eng yaxshi va maqbul yo'li — uni o'zligidan judo
etish, g'aflatda saqlash, tarixini unutishga maxkum qilish orqali amalga oshirilishini yaxshi
bilgan jahongir Aleksandr —Avesto”ni yo'q qilishga urinishi tabiiy edi. Keyinchalik boshqa jahon
fotihlari ham ana shunga o'xshash yo'llardan borgani bu fikrni isbotlaydi. —Avesto” miloddan
avvalgi XIII asrdan to milodning IV gacha bo'lgan tarixiy voqealarni o'zida aks ettirgani uchun
milliy g'oyalarni asrab-avaylash, xalqni jipslashtirish, uni ma'naviy yuksaklikka da'vat etish,
odamlar o'rtasida mehr-oqibatni mustahkamlash va milliy an'analarni saqlab qolishda muhim
ahamiyat kasb etgan . —Avesto” o'sha davrdagi ustuvor huquqiy va ahloqiy g'oyalar, ma'budlar
sha'niga aytilgan madhiyalar, dastlabki yakkaxudolik dinining asosiy aqidalarini, yaratuvchanlik,
mehnatsevarlik, yaxshilik, bag'rikenglik, davlatchilik g'oyalarini o'zida jamlagan muqaddas
manba hisoblanadi.
Mustaqillik davrida —Avesto”ga munosabat tubdan o'zgardi. Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimov o'zining —Adolatli jamiyat sari” asarida —Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki
daryo oralig'ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga
qoldirgan ma'naviy, tarixiy merosidir”, - deb baho bergan edi. O'zbekiston hukumati tashabbusi
bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi —Avesto” yaratilishining 2700 yilligini dunyo
miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi (1999, noyabr). O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2000 yil 29 martdagi maxsus qarori bilan 2001 yil noyabr oyida —Avesto”
kitobining 2700 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Taraqqiyot natijasi o'laroq insoniyat
tarixining keyingi davrlarida milliy asosdagi hinduizm, iudaizm, konfusiylik singari milliy diniy
tizimlar shakllangan.Hinduiylik hindistonliklarning ko'pxudolilikka asoslangan dini bo'lib, unda
uchta xudo asosiy deb tan olinadi. ludaizm - yahudiylik dini bo'lib, unga ko'proq shu millat
vakillari e'tiqod qiladi. Konfusiylik - xitoy faylasufi Konfusiy tomonidan yaratilgan ta'limot.
Yaponlarning milliy dini esa sintoizmdir. Yer yuzining ma'lum mintaqasida paydo bo'lgan diniy
qarashlarning asosida o'sha tabiiy makonning xususiyatlari, odamlarning yashash tarzi namoyon
bo'ladi. Masalan, Odam Ato va Momo Havoning yaralishi xususidagi rivoyat dunyoning qariyb
barcha dinlarida mazmunan deyarli bir xil, ammo shakl nuqtayi nazaridan farq qiladi. Masalan,
shimoliy mintaqalarda yaratilgan rivoyatlarda Odam Ato va Momo Havo, janubiy mintaqada
“tuproqdan yaralgan” ilk Ota va Onamizdan farqlanadi. Bunga o'xshash misollarni juda ko'plab
keltirishimiz mumkin. Dinlarning deyarli barchasida ko'plab milliy an'analar, xalqning turmush
tarzi ham mujassamlashgan. Ular muayyan davrlarda davlat dini va mafkurasi bo'lib xizmat
qilgan. Jumladan, konfusiylik bir necha asrlar mobaynida Xitoy xalqining dini va davlat
mafkurasi bo'lib kelgan. Xususan, u hukmdorning adolatli, haqiqatparvar bo'lishi kerakligi
haqida quyidagi fikrni keltiradi - —Agar hukmdor urf-odatlarni sevsa - xalq ichida uni izzat-
hurmat qilmaydigani topilmaydi. Agar hukmdor adolatni sevsa - hech kim bo'ysunmaslikni
ixtiyor etolmaydi. Agar hukmdor haqiqatni sevsa - xalq ichida baxtsiz odam qolmaydi” . Ana
shunday dono hikmatlari tufayli ham konfusiychilik bir necha yuz yillar davomida Xitoyda
davlat dini va mafkurasi darajasiga ko'tarilgan.
G'arb mamlakatlarida ilk g'oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari.
Xuddi shuningdek, ijtimoiy zaruriyat taqozosiga ko'ra, falsafiy g'oyalar ham muayyan
tizimni shakllantirib, odamlarning e'tiqodi va dunyoqarashiga aylanadi. Olamning yaralishi,
mavjudlik xossalari, uning asosini tashkil etuvchi birlamchi narsaning mohiyati
kabi masalalarga turlicha yondashish natijasida monizm, dualizm,
plyuralizm, idealizm va materializm singari oqimlar vujudga kelgan.
Monizm - olamning asosi bitta deb tushuntiradi. Dualizm - olam xudo tomonidan yaratilgan,
lekin uning rivojlanishi o'zining moddiy xususiyatlariga ham bog'liq deb ta'lim beradi.
Plyuralizm - olam ko'p narsalarning birikishi natijasida vujudga kelganini yoqlaydi.
Idealizm - olam va odamning yaralishi, dunyoning yashashi va rivojlanish qonuniyatlari, borliq
hamda yo'qlik masalalarida ruhiy va ilohiylik tamoyillarini ustuvor deb biladi, ularni
mutlaqlashtiradi.
Materializm - olam va odamni ilohiy kuch yaratmagan, ular moddaning rivojlanib borishi
natijasida paydo bo'lgan, deb o'rgatadi. G'oyalarning tarixiy va ma'naviy asoslarini o'rganishda
butun jahon, xususan, G'arb mamlakatlari hamda xalqlari merosining ham o'rni bor. Uning ilk
taraqqiy davrlari Qadimgi Yunoniston va Rim davriga borib taqaladi. Yunonistonda dastlabki
ilmiy-falsafiy g'oyalar miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Milet maktabi vakillari ta'limotida o'z
ifodasini topdi. Ushbu maktabning ilk namoyondalaridan Geraklitning g'oyalari stixiyali
dialektikaga asoslangan va u olov — olamning asosi, deb bilgan. Uning fikricha, olamda hamma
narsa harakatda. Kurash — hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosi, degan edi u.
Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog'i lozim. Jamiyatning
ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq-odobning ahvoliga bog'liq. Bu masalalar
Sharq falsafasida ham katta o'rin tutganligi bois xalqimiz Suqrotni hurmat bilan tilga olib, uning
axloq-odob haqidagi fikrlariga amal qilib kelgan.
Aflotun —G'oyalar dunyosi va soyalar dunyosi” ta'limotining asoschisidir. Uningcha, g'oya
haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o'zgarish va
taraqqiyot g'oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. G'oyalar
dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladiganlar nihoyatda kam
uchraydi, ular ulkan aql egasi bo'ladi. Aksariyat kishilar esa soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi.
Arastu asoslagan g'oyalarga ko'ra, olamdagi narsa va hodisalar to'rtta sababga ega. Bular moddiy
sabab, ya'ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki
maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning
ulg'ayishi sababchisidir. Uningcha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va farovon hayoti uchun
xizmat qilishi lozim.
Tarix shundan dalolat beradiki, markazlashgan yirik davlat va imperiyalarning paydo
bo'lish jarayonida g'oya hamda mafkuralarning ahamiyati yanada ortadi. Miloddan oldingi IV-I
asr va milodning boshlaridagi Rim tarixi bunga yaqqol misol bo'ladi. Ushbu shahar-davlatda
uning fuqarolari xudolar tomonidan oliy maqomga ega kishilar sifatida tan olingani to'g'risidagi
g'oya ustuvor edi. Bu, o'z navbatida, barcha rimliklarning o'zaro tengligi g'oyasi keng
shakllanishiga va shu asosdagi mafkuraning mustahkamlanishiga sabab bo'lgan. Ana shu
mafkuraga ko'ra, Rim aholisi rohat-farog'atda yashashi, asosan mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni
saqlab turishi, ko'p ming sonli qullar esa mehnat qilishi lozim bo'lib, ushbu hol barcha
qonunlarda belgilab qo'yilgan edi.
Tarixdan ma'lum va mashhur bo'lgan Spartak boshchiligidagi qullar qo'zg'oloni ana shu
tartibga qarshi ko'tarilgan harakat ekanini yaxshi bilamiz. Qo'zg'olonchilar soni 100 mingga
etishiga qaramasdan, bu harakatning g'alaba qozona olmasligi muqarrar bo'lgan. Chunki o'sha
paytda rimliklar o'zlari uchun qonunga va yashash mezoniga aylangan g'oya asosida shakllangan
tartibni buzishga yo'l qo'ymas edi. Bu g'oya rimliklarning hayot-mamoti uchun jang borayotgan
bir sharoitda ularning orasidagi Spartak va uning tarafdorlariga qarshi bir necha yuz ming
askarni saralab olish imkonini bergan. Umuman olganda, qadimgi Rimdagi o'ziga xos ma'no-
mazmunga ega bo'lgan (ya'ni, “qullar mehnati — fuqarolarning rohat-farog'ati” tamoyili
asosidagi) tenglik g'oyasi asta-sekin xalqni olomonga, imperiya uchun zarur bo'lgan askarlarga,
yuqoridagi tamoyilni so'zsiz himoya qilishga shay turgan armiyaga aylantirgan. Imperiyani
yaratadigan dunyoqarash hamda mafkura shu tariqa shakllangan. Bu esa, o'z navbatida, ana shu
armiyaning boshliqlari — Rim imperiyasining jahongir lashkarboshilari Yuliy Sezar, Oktavian
Avgust va boshqalarni tarix sahnasiga olib chiqqan. O'sha davrda Rimning yonginasida Afina
davlati ham gullab-yashnagan, uning asosiy hayot tamoyili erkinlik g'oyasiga tayangan edi. Rim
armiyasi madaniy taraqqiyot jihatidan ustun bo'lgan Afinani tez orada zabt etdi. Ammo o'z
hududida Afinadagidek erkinlik g'oyasini ustuvor tamoyilga aylantira olmadi. Chunki erkinlik
g'oyasi totalitarizm uchun eng asosiy ma'naviy xavf bo'lib hisoblanadi. Xayoti erkinlikka
asoslangan Afina insoniyat madaniyatining tamal tosh-laridan biri, yuksak ma'naviy qadriyatlar
ustuvor bo'lgan sivilizasiyani dunyoga keltirgan edi. Bu davrdagi fan va madaniyat taraqqiyoti
insoniyatni hozirgacha ham o'ziga maftun etib kelmoqsa. Rim esa fan va madaniyat bobida
Afinaga tenglasha olmadi, bu sohada undan ustunroq bo'lgan biror kashfiyot yoki yangilik yarata
olmadi. U bor-yo'g'i dunyoga dahshat solgan tajovuzkor va musta-bid imperiyani, urushqoq va
zo'rovon armiyani yarata oldi, xolos. Rimliklar o'sha davrda Afinani mahv etgan va uning
ustidan hukm-ronlik o'rnatgan bo'lsa-da, ammo afinaliklardan o'rganishdan or-nomus qilmagan.
Hatto, eng atoqli Rim zodagonlari ham o'z farzandlari uchun ustoz-o'qituvchilarni afinaliklar
orasidan tanlagan va bundan faxrlanib yurganlar. Mashhur fransuz faylasufi J. J. Russo bu
to'g'rida shunday deb yozgan: —Siyosiy jihatdan tobe bo'lgan Afina g'oyaviy va ma'naviy jihatdan
Rimni beixtiyor tiz cho'kishga majbur qilgan edi. Rimliklar bu borada hech qachon
afinaliklarning qarshisida o'zlarini g'olib deb hisoblay olmaganlar”. Fransuz adibi Andre Morua
bu jarayonni tahlil qilib, quyidagi fikrni bildirgan: —Yevropa bu g'oya va yo'llar ning qaysi biri
to'g'ri ekanligini to'la-to'kis ajratib, o'z yo'lini ularning biri asosida tanlab ololmadi. Salib
yurishlari domiga tortilgan va o'rta asrlar so'ngida imperiyalarni yaratgan Yevropa qadimgi Rim
yo'lidan, Rimning halokatidan keyin mustaqillik va milliy davlatchilikni ixtiyor etgan Evropa esa
qadimgi Afina yo'lidan bordi. XX asrda fashizmni dunyoga keltirgan Yevropa birinchi yo'ldan,
shu yuz yillikning oxiriga kelib erkin taraqqiyot sari yuz tutgan Yevropa esa ikkinchi yo'ldan
bormoqda. Bir asrda, nisbatan qisqa davr orasida bunday holning yaqqol namoyon bo'lishi,
evropaliklarning qonida bu yo'llarning ikkalasi uchun ham umumiy genlar saqlanib qolganidan
dalolat beradi” . Ushbu misollar o'rganiladigan g'oya va mafkuralarning insoniyat tarixidagi
o'rni, davlat va jamiyat taqdiriga ta'siri qanday bo'lganini yaqqol ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |