Turish holati (stoyka): tizzalar ozroq bukilgan bо‘ladi, ya’ni asosiy, yuqori va pastki holatlardan iborat. Gavda ham qisman oldinga bukilgan (egilgan) va qо‘llar oldinga osilgan holda qisman tirsaklar bukiladi. Tо‘pni qabul qiluvchi mazkur holatda tayyor bо‘lib turishi va boshqalar harakatda bо‘lishi amalda qо‘llaniladi. Joydan qо‘zg‘alish yoki almashish jarayonlarida yurish, yugurish yoki sapchish, (skachka) usullari qо‘llaniladi. Tо‘pni uzatish usuli о‘yinchilarning bir biriga qulay qilib urib qaytarishi (uzatishi) yoki raqiblar tomonga о‘tkazishdan iborat. Bunday holatlarda faqat barmoqlarnigina ishlatishi yoki musht holdagi holatlardan foydalaniladi. Tо‘pni kaftlar bilan qabul qilinmaydi.
Tо‘pni uzatish jarayonida qо‘l, oyoq va gavda holatlarining о‘zgarishi va harakatlarning tezlik darajasi oshishi ham turli hil bо‘ladi. Bu asosan о‘yinchining jismoniy tayyorgarligi, texnik va taktik usullarni о‘zlashtirish bilan har hil bо‘lishi, tezlikda bajarilishi kutiladi.
Hujum bilan urish (napadayushiy udar) mashqi va uning texnik jixatdan bajarilishi tо‘r ustida raqiblarning о‘zoro harakatlarida amalga oshiriladi. ya’ni bir о‘yinchi ikkinchisiga tо‘pni baland kо‘tarib (pas) tо‘r ustiga mо‘ljallaydi, ikkinchisi yoki uchinchisi tо‘pni zarb bilan urib raqiblar tomonga о‘tkazadi. Bu holatda turli hil taktik usullar amalda qо‘llaniladi. M: Havodagi tо‘pni 2-3 kishi bо‘lib sakrab urish namoyishini (aldovchi harakat) bajaradi. Bunda tо‘p yaqindagi faqat qо‘llarini baland kо‘tarib urish harakatini qilishi va kutilmaganda boshqa biri tо‘pni qattiq zarb bilan urishi kuzatiladi. Bundan raqiblar xushyorlik bilan о‘ynamasa (blok tutmasa) tо‘p mо‘ljalga tushishi mumkin.
Ta’kidlash lozimki, hujum bilan tо‘pni urishda hujumchilar chap yoki о‘ng qо‘lni ishlatishi, tо‘g‘ri yoki yon tomondan kelib tо‘pni urishi amalda kо‘proq qullaniladi.
Himoya texnikasi hujum bilan urish texnik va taktik usullariga qarab bajariladi, ya’ni: turgan joyda sakrab ikki qо‘lini tо‘r ustiga tutish yoki yugurib kelib tо‘r ustidagi tо‘pni (о‘z maydoniga tо‘p о‘tsa) tо‘pni raqiblardan avvalroq urib qaytarish, qо‘llarni tutib tо‘pni yerga tushmaslik chorasini kо‘rish kabi usullar ishlatiladi.
Hujum bilan urish va shu asosda himoya qilish texnik usullar bir-biri bilan bog‘lanib ketadi. Bu usullarni asosan yuqori sifatli texnik tayyorgarlikka ega bо‘lgan sportchilargina yaxshi, chiroyli qilib ijro etishlari mumkin.
Yuqorida takidlanganidek, hujum bilan tо‘pni urish jarayonida raqib-lar unga qarshi tо‘siq (blokirovka) usulini qо‘llashadi, ya’ni tо‘r ustiga tо‘p yaqinlashayotganda о‘yinchilar 2-3 kishi bо‘lib urilgan tо‘pni qaytarish-tо‘sish uchun sakrab, qо‘llarini tо‘rdan balandroqqa kо‘taradi. Ustamon himoyachilar bu usul bilan tо‘pni tо‘sishi va ularning egalari maydoniga tushib ketishini ta’minlaydi. Bu jixatlar faqat о‘yinchilarnigina emas, hatto tomashabinlarni ham hayratga solishi, diqqatni jalb etishi tabiiydir.
Voleybol о‘yinida asosan yakka, guruh va komanda taktik usullari amalda bajariladi.
Hujumda yakka tartibda usulni amalga oshirish holatlari uchraydi. Lekin guruh (2-3 kishi ) va komanda (6 kishi) birdaniga hujum usullarini ishlatish о‘yinlarning mazmunli va samarali о‘tishini ta’minlaydi. Bunda о‘yinchilarning о‘zoro kelishuvi (imo-ishoralar) va hujumda doimo yaxshi natija beruvchi о‘yinchining erkin hamda ochiq harakat qilishiga boshqalar kо‘maklashadi, kerakli sharoitlar (tо‘pni uzatish, qaytarish va h.k) yaratiladi. Shu tariqa о‘yin jaroyonlarida har bir о‘yinchi о‘zining tartib bilan aylanishi (joy almashish) jarayonlari asosida о‘zgalar (sheriklar) joyini egallab, tо‘pni qabul qilish, mо‘ljalga uzatish va hujum bilan zarbli ravishda urish usullarini bajarish xususiyatlariga ega bо‘ladi.
Yuqorida ifoda etilganidek, taktik usullar faqat hujumdagina emas, balki himoya jarayonlarida ham u yoki bu darajada amalga oshriladi.
Voleybol о‘yini bilan faqat shahardagina emas, shuningdek qishloq joylarida, dam olish hamda sog‘lomlashtirish maskanlarida, kо‘ngil ochish, istirohat bog‘larida, kо‘llar, suv omborlari, daryo sohillarida hordiq chiqaruvchilarda ham keng qо‘llaniladi. Bunday sharoitlarda maydon chegaralari (doira shaklida), о‘yin qoidalari ixchamlashtiriladi. Yana muhimi shundaki, erkak-ayollar, yigit-qizlar, keksayu-yoshlar aralash о‘ynashadi. Bunday holatlar jismoniy chiniqish, ruhiy oziqlanish, о‘rtoqlik, dо‘stlik kabi fazilatlarni singdirishda voleybol xizmat qila oladi. Shu tufayli о‘quvchi-yoshlar voleybol о‘yinining texnik-taktik usullarini, qoidalarni puxta о‘zlashtirishlari lozim. Shuningdek, voleybol bilan yakka tartibda yoki mustaqil ravishda о‘rganib, о‘ynashlar ham mumkin. Buning uchun esa quyidagilarga amal qilishga tо‘g‘ri keladi, ya’ni:
doimiy ravishda ertalabki gimnastika mashqlari (zaryadka) bajarish.
Tо‘pni joyda (doira ichida) turib 20-30 va undan oshirib bosh ustida о‘ynatish (qо‘l bilan urish),
Tо‘g‘ri va yon tomonlarga hamda orqaga yurayotib, tо‘pni bosh ustida qо‘l bilan urib о‘ynash,
15-20 m. oraliqdagi masofaning turli joylariga tо‘pni boshdan oshirib urib о‘tkazish yо‘li bilan mо‘ljallarga tushirish,
biron belgi (shox, osilgan ip, tо‘r va h.k) ustidan tо‘pni hujum bilan urish harakatlarini bajarish,
tengdosh yoki qо‘shnilar bilan bо‘sh vaqtlarda о‘yin texnikalarini birgalikda bajarish,
yashash joyida (mehnat jamoasi ) komandalar tuzib voleybol о‘ynash yо‘llarini о‘rganish va h.k.,
Xulosa shundaki, voleybol mazmun va mohiyat jihatdan eng ommobop о‘ynlardan biridir. U bilan faqat sportchilargina emas, oddiy kishilar, bolalar ham cheklanmagan darajada (qoidasiz) о‘ynashlari, hordiq chiqarishlari mumkin. Bu bilan о‘zlarining jismoniy jihatdan tetik va barkamol bо‘lishlarini ta’minlashlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |