Qо‘l tо‘pi sport turining texnik va taktik amallari
Qо‘l tо‘pining mazmuni shug‘ullanuvchilarning barcha harakat faoliyatlarini, ayniqsa tezlik, kuchlilik va epchillik kabi jismoniy sifatlarni takomillashtirishda muhim omil sifatida foydalaniladi. Ayniqsa kutilmagan-da tо‘pni ilib olish, raqiblar orasini yorib о‘tish va sheriklaridan birini tanlab olib uni uzatish (otish) tо‘pni darvozaga otish kabi juda murakkab faoliyatlar amalga oshiriladi. Xar bir komandada 7 kishi о‘ynaydi. О‘yinlar 30 daqiqadan 2 marotaba davom etadi, oraliqda 10 daqiqa tanaffus beriladi.
О‘yin maydonining eni 20 metr, uzunligi .40 metrga teng bо‘ladi. Darvozaning eni 3 metr, balandligi 2 metrdan iboratdir. О‘yin qoidalarini buzgan о‘yinchi uchun komandaga jarima beriladi. Bu yetti metr masofadan turib tо‘pni darvozaga otish bilan amalga oshiriladi. Jarimani bajarayotgan sportchidan darvozabon va boshqa sportchilar 3 metr narida turishlari shart bо‘ladi.
Qо‘l tо‘pi mazmunida о‘ziga xos bо‘lgan texnik va taktik usullar juda kо‘p. Ularning ba’zi bir xususiyatlari basketbolga о‘xshab ketsa ham uning mazmun mohiyati tubdan farq qiladi. Ayniqsa, tо‘pning shakli (kichikroq va konussimon) va og‘irligi boshqa turdagi tо‘plarga unchalik tо‘g‘ri kelmaydi. YA’ni uning og‘irligi erkaklar va ayollar uchun 425-475 gramm, aylana uzunligi 58-60sm. Ayollar va yoshlar uchun tо‘pning og‘irligi 325-400, tо‘pning aylanasi 54-56 sm dan iborat.
О‘yinlardagi eng asosiy usullar (mashqlar) hujum texnikasi hisoblanadi. Bunda maydon bо‘ylab tо‘pni olib yurish yoki xar bir о‘yinchining о‘z yо‘nalishi bо‘ylab harakati, yugurish, sakrash kabi amaliy faoliyatlar bilan raqibning qarshiliklarini yorib yoki chetlab о‘tish mumkin. Bunday holatlarda tо‘xtash va tez burulishlar (chap berish), tо‘pni ilib olib yerga urish, sherigiga uzatish darvoza yaqinida esa tо‘pni zarb bilan darvozaga otib kiritish amallari bajariladi. Tо‘pni о‘z sheriklariga uzatishda (otish) siltab, aylanib, burab tо‘pni yо‘naltirish holatlari ham mavjud bо‘ladi. Ayniqsa, tо‘pni depsinib, sakrab uzatish (otish) jarayonlari shug‘ullanuvchidan texnik tayyorgarlikni talab etadi. Darvoza yaqinida tо‘pni sheriklariga yoki tо‘g‘ri darvozaga otishda yiqilib (surilib) harakat qilish, maqsadga erishish jarayonlari katta mahorat talab etadi. о‘yinlarda himoya usuli ahamiyatga ega. ya’ni raqiblarning о‘z maydonidagi harakatlarini sindirish, darvozaga tо‘pni tushirishga yо‘l qо‘ymaslik asosiy maqsad hisoblanadi. Bunda himoyachilarning doimo tayyor turishi, qо‘llar va oyoqlarning harakati, tez yugurish va boshqa zarur texnik usullarni bajarish lozim bо‘ladi. Bu о‘yinda ham tо‘sish (zaslon) mavjud bо‘lib, u asosan jarima maydonining tashqarisida amalga oshiriladi. ya’ni himoyachilar tik turgan holda oyoqlar, qо‘llar bilan tо‘sish, yiqilib tо‘pni olish, sakrab tо‘pni qaytarish kabi kutilmagan murakkab texnik harakatlarni qilishga tо‘g‘ri keladi. Qо‘l tо‘pi о‘yinida darvozabonning burchi va amaliy harakat faoliyatlari ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Darvozabon qanchalik texnik tayyorgarlikka ega bо‘lmasin, raqib hujumchilarining tо‘pni zarb bilan va turli hil aldov texnik usullar ishlatishi tо‘pni ushlab qolish yoki qaytarib yuborish imkoniyatlariga ega bо‘lmay qoladi.
Darvozabonning turish holati (himoya) hilma hil bо‘ladi. Asosan oyoqlar bukilgan va gavda qisman oldinga engashgan holda qо‘llar pastda yoki oldinda tirsaklar qisman bukilgan holda bо‘ladi. Tо‘p darvozaga yaqinlashishi bilan darvozabon yon tamonlarga yurishi, harakat qilishi mumkin. О‘z maydonnining ichida sakrash, yugurish, yiqilish va oyoqlar bilan tо‘pni qaytarish choralarini kо‘radi (shpagat). Darvozabon tо‘pni tepib qaytarishi, kо‘krak bilan tо‘sishi, qо‘llar bilan tutib olishi va tо‘pni qisman ushlab, (saqlab) turish xuquqiga ega bо‘ladi. Bunda darvoza atrofida yon tamonlarga yurib, sakrab, yiqilib tо‘pni tо‘sish imkoniyatlariga ega bо‘ladi. О‘yinlarda ham о‘ziga xos taktik usullar bо‘ladi. Yakka tartibda tо‘pni yuritish, eng zarur bо‘lganda tо‘pni sheriklariga uzatish hollari juda muhim ahamiyatga egadir. Tо‘pni yuritish, sheriklari himoyachilar orqasida bо‘lgan xollarda tо‘pni uzatish uchun bajariladi. Sheriklari ochiq va yopiq holatlarini kо‘ra bilish, raqiblar qarshilik kо‘rsatganda, turli hil aldov texnik usullarni (fintlar) ishlata bilish lozim bо‘ladi.
О‘yinda guruh bо‘lib hujum qilish eng qiziqarli va asosiy taktik usul bо‘lib hisoblanadi. ya’ni, hujumchilar va raqibning himoyachilari о‘rtasida xilma-xil texnik usullardan foydalangan holda himoyani yorib о‘tish muhim о‘rinlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa tо‘pni ilib olish va bir biriga berish bilan raqib dorvozasiga yaqinlashib borish maqsad qilib qо‘yiladi. Butun komanda bо‘lib hujumga о‘tish juda murakkab jarayondir. Chunki bunda raqiblar ham komanda bо‘lib himoyaga jipslik bilan о‘tadi. Natijada ikki komandaning deyarlik barcha о‘yinchilari bir-biri bilan aralashib ketadi. Tо‘pni uzatish va ilib olish, shuningdek qarshilik qilish bilan texnik mashqlarni bajarish ancha murakkablashadi. Shu tufayli eng chaqqon, epchil va taktik amallarni yuqori darajada о‘zlashtirgan sportchilar darvozaga tik yoki yiqilgan holda otishi, uni kiritishga kirishadi, uni samarali bajarish, yutuqga erishadi.
О‘yinlar jarayonida yakka, guruh va komanda bо‘lib hujum va texnik taktik usullar qanchalik kо‘p, tez ishlatilsa, shuncha qaramaqarshi ravishda xi-moyaning texnik va taktik amallari qо‘llaniladi. Bunda faol harakat jarayonlarida yakka yoki guruh (2-3 kishi ) bо‘lib himoya qilish usullarini bо‘shashtirsa, shuningdek raqiblar hujumiga teng himoya usullarini ishlata olishmasa о‘yinda mag‘lub bо‘lishga olib keladi. Shu sababdan ham mashg‘ulotlar, jarayonlarida himoya usullarini puxta о‘rganish, raqib komandaning hujum taktikasini tezda о‘zlashtirib olishga harakat qilishni taqozo qiladi. Bunda eng muhimi darvozabonni xar qanday hujumning texnik va taktik usullaridan habardor qilish, shu asosida uni jismoniy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash lozim bо‘ladi.
Qо‘l tо‘pining qanchalik tarbiyaviy jixatlarini hisobga olgan holda о‘quvchi yoshlar о‘yin turi bilan yakka va mustaqil ravishda shug‘ullanishlari mumkin. О‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida о‘yinning asosiy texnik va taktik amallarga e’tibor bilan yondoshish, imkoniyatlari doirasida ularni puxta о‘zlashtirishga harakat qilishlari lozim bо‘ladi.
Musobaqalarni tashkil qilish va о‘tkazish usullari
Sport musobaqalarining turlari va maqsadlariga ya’ni “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”, “Talaba” sport uyushmalarining birinchilik-lari asosida qо‘l tо‘pi turi ham о‘z о‘rniga ega. Bunda rasmiy musoboqalar standart holdagi maydonlarda (20x40m) о‘tkaziladi. Norasmiy musoboqalar, oddiy mashg‘ulotlar, о‘rtoqlik uchrashuvlar va h.k. sport zallarida (qishda) ham tashkil qilinadi. Bunda yon va yuza chegara chiziqlarini qisqartirish imkoni bо‘ladi. Shu asosida ishlab chiqarish korxonalar, muassasalar, qishloq sharoitlarida rasmiy va norasmiy musobaqalarni tashkil etish, mehnatkash ishchi, xizmatchi yoshlar va ziyoli xodimlarni jalb etish, ularni qiziqtirish va boshqa sabablar bilan turli musobaqalarni tashkil qilish tо‘g‘ri keladi. Buning uchun esa bо‘lajak mutaxassislar о‘quv jarayonlarida qо‘l tо‘pi sport turining о‘yin qoidalari hamda uning tashkiliy, xо‘jalik, moddiy texnik ta’minot masalalari bilan bog‘liq bо‘lgan masalalarni bilib olishlari maqsadga muvofiq bо‘ladi.
О‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida boshqa ommaviy sport turlari, ayniqsa sport о‘yinlari kabi qо‘l tо‘pi sport turiga ham qiziqish kuchaymoqda. Olib borilayotgan turli sport-tadbirlari tarkibida qо‘l tо‘pi ham о‘z о‘rni va mavqeiga ega ekanligini xis etish va ularni amalga oshirishda yordam berish bugunning muhim vazifalaridan biridir. Bu sohada jamoatchilik faoliyatlar, homiylik va tashabbuskorlik kabi ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlarni yanada kengaytirishga tо‘g‘ri keladi.
Qо‘l tо‘pi futbol, voleybol va boshqa sport turlari kabi tо‘la ommalashgan bо‘lsada, u mazmun va mohiyat jihatdan о‘quvchi va ishchi yoshlarning jismoniy barkamolligini tarbiyalashda maqsadli xizmat vazifalarni bajarmoqda. Joylarda qо‘l tо‘pi maydonlari mustaqil ravishda qurilib, ularda nufuzli sport musobaqalar о‘tkazib borilmoqda.
Darslar mazmunida qо‘l tо‘pi mashqlariga о‘quvchi yoshlar va talabalarning qiziqishi tobora oshib bormoqda. “Barkamol avlod” va boshqa kо‘p bosqichli sport musobaqalari dasturida qо‘l tо‘pi о‘z о‘rnini tobora mustahkamlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |