O'zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi


Muallif: Toshkent moliya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi



Download 1,07 Mb.
bet2/90
Sana25.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#410179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport 2021

Muallif: Toshkent moliya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi

Jismoniy tarbiya va sport fani v.v.b., dotsenti F.X.Karimov

Taqrizchilar: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

p.f.d., professor F.A.Kerimov

Toshkent moliya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi

mudiri t.f.d.,professor N.H.Oblomurodov

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy unversiteti

Taekvondo va sport faolyati”fakulteti sport menejmenti



kafedrasi mudiri p.f.n.,dotsent Z.A.Bakiyev


Kirish

Bugungi kun ta’lim tizimida Jismoniy tarbiya va sport fani markaziy fanlar qatoridan mustahkam о‘rin egallamoqda. Talabalar, shuningdek о‘quvchi – yoshlar о‘rtasida jismoniy tarbiya faniga qiziqish, uni о‘qish, fanning nazariy va amaliy ma’lumotlarini kundalik xayotga, salomatligini saqlashga, sog‘lom turmush tarzini kechirishga, kelgusi kasb faoliyatiga naqadar zarur ekanligini anglash yanada kuchaymoqda.

Jismoniy tarbiya fani, о‘quv fani sifatida oliy va о‘rta maxsus ta’lim tizimida yuqori malakali mutaxasislar tayyorlashga yordam berishdek ijtimoiy va davlat ahamiyatiga ega vazifani bajaradi.

Soha bо‘yicha professor-о‘qituvchilar talabalarni salomatligini saqlab, ularni jismoniy va sport tayyorgarligini oshirish bilan birga, talabalarda jismoniy tarbiya va sport bilan mustaqil shug‘ullanish malaka va kо‘nikmalarni shakillantiradi va takomillashtirib boradi, shuningdek, ularga jismoniy tarbiya yо‘riqchisi va hakamlik bilan bog‘liq kо‘nikmalarni ham beradi. Bular jismoniy tarbiya va ommoviy sport –sog‘lomlashtirishni aholi kundalik hayotiga keng joriy etishga xizmat qiladi.

Jismoniy tarbiya oliy va о‘rta maxsus о‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan bо‘lajak mutaxassislarning dunyo qarashini, xarakterini shakillantirishga, ularni ma’naviy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy tayyorgarligini oshirishga yordam berishi kerak. Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari yuksak taraqqiy etgan demokratik jamiyatda talabalarda, о‘quvchi-yoshlarda yuksak fuqoralik fazilatilarini egalab, Vatan va insonlar manfatlarini himoya etishga, ularga har daqiqada yordam berishga tayyor turishdek insoniy fazilatlarni ham tarbiyalab borishi lozim.

Oliy va о‘rta maxsus о‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya va sport kafedralari, sport kulublari va boshqa jamoat tashkilotlari talaba va о‘quvchi-yoshlarda о‘z salomatligi, jismoniy tayyorgarligi uchun chuqur mas’uliyat hissini tarbiyalash, shuningdek, axloqiy va jismoniy jihatdan doimo takomillashib borish ehtiyojlarini tarbiyalash bilan birgalikda, dadilik, mardlik vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kuchlilik, chidamlilik kabi sifatlarni ham tarbiyalashi zarur.

Oliy va о‘rta maxsus о‘quv yurtlarining bitiruvchilarining faqat о‘zlari jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanibgina qolmasdan, balki kelgusida mehnat qiladigan jamoalarida ham jismoniy tarbiya va ommaviy sport – sog‘lomlashtirish tadbirlarini mohirona tashkil etish, mehnatni ilmiy tashkil etish tizimiga jismoniy tarbiyani faol joriy etishi ham lozim. Talaba va о‘quvchi – yoshlarda jismoniy tarbiya vositalaridan kundalik hayotda, oilada, ayniqsa, bolalarni tarbiyalashda foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan bilimlar, tushunchalarni shakillantirishi ham muhumdir.

Talabalar va о‘quvchi-yoshlar bizning jamiyatimizda muhim ijtimoiy guruh bо‘lib hisoblanadi. Shuning uchun yuksak kasb mahoratiga ega bо‘lgan mutaxasislarni tayyorlash jamiyat uchun murakkab va eng zarur faoliyatdir. Jamiyatning yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga bо‘lgan ehtiyoji talaba – yoshlar uchun yaratilgan ijtimoiy imtiyozlar tizimini kengaytirishda ifodalanadi .Bunga davlatning turli grantlar ajratishi о‘quv zallari, biblioteka, sport inshoatlaridan foydalanish, sportchi talabalarni bepul ovqat va dam olish bilan ta’minlash, yotoqxona, maosh berish, davlat va homiylar tamonidan qimmat baho sovg‘alar va boshqa moddiy rag‘batlantirishlar misol bо‘la oladi.

Agar sportchilar, shuningdek sportchi talabalar ham xalqaro miqiyosidagi musabaqalarda g‘olib bо‘lsa (masalan, olimpiada о‘yinlarida) Prezident sovg‘asi-atomobil, katta miqdordagi pul, kvartira va boshqalar bilan mukofatlanishi kо‘rsatib о‘tilgan. Bunday imkoniyatlar talabalarni о‘zlarining ilmiy, ijodiy va sport qobiliyatlarining har tomonlama rivojlantirishga, bо‘sh vaqtlaridan unimli foydalanishga, jismoniy tarbiya va sport – sog‘lomlashtirish tadbirlarida yanada faol bо‘lishga yordam beradi.

Oliy va о‘rta ta’lim muassasalarida о‘qish va bilim olish davrida talaba va о‘quvchi – yoshlarning iqtidori va qobilyatlari yanada kо‘proq namoyon bо‘ladi. Ularda axloqiy, estetik sifatlar yanada faollashadi, xarakter va qiziqishlar, jismoniy, ruhiy va boshqa qobilyatlar rivojlanadi, malaka va kо‘nikmalarning shakillanishi osonlashadi hamda tezlashadi. Bular talabalik davrida organizmning tо‘la va uzil – kesil о‘sib, rivojlanishining yakuniga yetishdan daloldat beradi hamda yuqori darajadagi bunday imkoniyatlarni о‘qish, о‘z-о‘zini tarbiyalash va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari bilan muntazam shug‘illanish jarayoniga tadbiq etish zarurligini kо‘rsatadi.

Talabalar va о‘quvchi – yoshlarni yetuk mutaxassis va ijtimoiy barkamol shaxs bо‘lib yetishishlarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari kuchli turtki va zarur vosita bо‘lib hisoblanadi. Mashg‘ulotlar talaba va о‘quvchi –yoshlarning shaxsiy sifatlari va bо‘lajak kasb mahoratlarini faol takomillashtirishga xizmat qiladi. Buni har bir talaba va о‘quvchi –yoshlar bilishi, chuqur his qilishi lozim. Bunda ularga va ularning о‘qtuvchi –murabbiylariga ushbu qо‘llanmadagi ma’lumotlar katta yordam beradi.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish