Mavzu: Dzyudo kurashining taktikasi
Reja:
1. Dzyudo kurashining taktikasi
2. Taktik reja
Dzyudo kurashida texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishda, asosan, texnik-taktik tayyorgarlik va har xil xujum harakatlariga oid kombinatsiyalar bilan bog‘liqdir, deb tekshirish natijasida olingan materiallarda izoh berilgan.
Dzyudochilar bilan olib boriladigan kо‘p yillik tayyorgarligi - sportchilarni tayyorlashga qaratilgan murakkab xamda uzoq davom etadigan pedagogik jarayondir. Terener, musobaqa faoliyatidagi mashg‘ulot rejasini tuzayotib musobaqa nagruzkalari xajmi, yо‘nalishi qay tarzda о‘zgarib borishini, bu о‘zgarishlar sportchilarning jismoniy, texnika-taktik va nazariy tayyorgarligiga qanday ta’sir kо‘rsatishini hamda u sport yutuqlarining dinamikasida aks etishini tasavvur kila olishi lozim.
Dzyudochilarning mukammal texnika - bu eng yuqori natijaga erishish maksadida sport mashqlarini bajarishning samarali usullari yig‘indisidir. О‘rgatish jarayonida texnikani egallash darajasi о‘zgarib turadi. Musobaqalardagi oqilona texnika kurashchiga xarakatlarni tejamkorlik bilan bajarish uchun imkon yaratadi.
Texnik-taktik tayyorgarlikning har bir bosqichida “о‘sish о‘lchamini” aniqlash va musobaqalarda kayd qilingan texnik-taktik harakatlarini baholash tizimidan foydalanish lozim. Sport kurashi bо‘yicha maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarni har tomonlama tahlil qilish natijasida kurashchining texnik-taktik tayyorgarligini kо‘p yillik rejalashtirishni ishlab chiqdi. Dzyudochilarning bellashuvdagi texnik elementlari va taktik tayyorgarlik usullari, asosan, 10-15 yoshda о‘rganilishi lozim. Texniktaktik mahoratni kelgusida takomillashtirish о‘smirlik hamda о‘spirinlik yoshlarida amalga oshiriladi.
Dzyudochilarning texnik-taktik tayyorgarlikka vaqtning umumiy sarflanishi kurashchilar malakasi ortib borishi bilan о‘sadi, lekin mashg‘ulotning umumiy hajmiga nisbatan foizlarda kamayib boradi. Bunday nisbat kuch tayyorgarligi va tezkorlik chidamliligi darajasini oshirish zaruriyatiga bog‘liq.
Dzyudochilarning texnik-taktik harakatlarni tuzilmasi Dzyudo kurash taktikasi texnika rivojalanishi, musobaqa qoidalari va hakamlik tizimining о‘zgarishiga muvofiq holda muntazam rivojlanib kelmoqda. Hozirgi paytda dzyudochi tomonidan tо‘xtovsiz hujum bajariladigan texnik-taktika harakatlari afzal hisoblanadi. Ushbu holda, hattoki agar u ballar bilan baholanadigan hech qanday hujum uyushtirmagan, uning raqibi esa faqat himoyalangan bulsa ham, unga ustunlik beriladi, raqib esa sustkashligi uchun ogohlantirish oladi.
Texnika taktikaning asosiy vositasi hisoblanadi. Muayyan taktikani tanlash ham usullar jamg‘armasiga bog‘liq. Kо‘pincha u dzyudochining jismoniy qobiliyatlari: kuchi, tezkorligi, chaqqonligi bilan aniqlanadi. Ushbu sifatlardan biron birining yuqori darajada rivojlanganligi shu jismoniy sifatga urg‘u bergan holda (hal etuvchi harakat bilan) taktikani tuzishga imkon yaratadi.
Musobaqalarda bellashuvni olib borish taktikasi, asosan, raqib tayyorgarligi darajasiga bog‘liq. Bellashuv taktikasini tо‘g‘ri tuzish uchun, birinchi navbatda, raqibning qanday hujum harakatlarini qо‘llashi, qanday himoyalanishi, uning jismoniy tayyorgarligi qandayligini bilish lozim. Taktik reja quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1. Bellashuv maqsadi va unga erishish uslublari. Maqsad kurashchi va raqibning imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Nisbatan bо‘sh raqib bilan bо‘ladigan kurashda kurashchining maqsadi - sof g‘alabaga; kuchli raqib bilan esa - ochkolar bо‘yicha g‘alabaga erishishdan iborat.
2. Texnik harakatlarni tanlashda о‘z tayyorgarligini hisobga olgan holda belgilangan maqsadga tо‘liq mos keladigan va muayyan raqib bilan kurashishda samarali bо‘lgan texnik harakatlar hamda ularni tayyorlash usullarini (MHH) tanlaydi. Usullar va MHH raqibning bо‘sh tomonlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
3. Bellashuvni tuzishning umumiy yо‘nalishi bellashuvning birinchi davridanoq g‘alabaga erishish yoki ballarda ustunlikka ega bо‘lishga qaratiladi.
4 . Bellashuv sur’ati. Yaxshi tayyorgarlikka ega bо‘lgan kurashchi yetarlicha chidamlilikka ega bо‘lmagan, lekin kuch va texnikada undan ustun bо‘lgan raqib bilan uchrashuvda bellashuvni yuqori sur’atda olib borishni rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Chidamli raqib bilan bо‘ladigan bellashuvda о‘z energiyasini tejab sarflash lozim. Raqibga bellashuvni yuqori sur’atda olib borishga yо‘l qо‘ymaslik maqsadida uning harakatlarini cheklab quyish, о‘zi esa qarshi hujum uchun eng kichkina imkoniyatdan foydalanib qolishga tayyor turishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |