Basketbol о‘yinidagi asosiy texnik va taktik usullar Basketbol о‘yinining о‘ziga xos xususiyatlari shundaki, juda qiziqarli va bajarilishi jihatdan murakkab texnik amallar hamda turli tuman taktik usullar tez, juda kо‘p bajariladi va qayta-qayta takrorlanada. Bunda hujum, otish, tо‘siq, uzatib tashlash, tо‘pni yuritish, qarshi turish (qoplash-zaslon), himoya va boshqa texnik atamalar mavjud. Shuningdek himoyachi maxsus joy (zona), о‘yinchi, о‘yin majmui (kombinatsiya), chiziq, tо‘p-koptok, hujumchi, xujum qilish kabi iboralar о‘yin mazmunida muhim о‘rinlarga egadir.
Ta’kidlash lozimki, mazkur atamalar va iboralar mazmunida о‘yindagi faoliyatlar(texnik va taktik amallar) mujassamlashgan, ularning negizida ham juda kо‘p texnik va taktik mashqlar joylashgan. Musobaqalar jarayonida о‘yin qoidasi bо‘yicha ochko, jarima, chiziqdan chetda(aut), ikki marta uriladi (dvoynoy) kabi atamalar ishlatilib, о‘yinlarning tartibli о‘tishini ta’minlashda xizmat qiladi. Basketbolda xar bir notо‘g‘ri harakat(о‘yin qoidasining buzilishi) maxsus xalqaro ishoralar(jestlar) bilan ifoda etiladi bunda hushtakdan keng foydalaniladi.
Basketbol bilan shug‘ullanishni ilk bor о‘rganishda quyidagi texnik usullarga rioya etish zarur. YA’ni:
1.Tо‘pni tutish (ushlash), ilib olish, otish-uzatish, yuritish, tо‘pni yuritishda tо‘xtash, turli hil burulishlar eng asosiy usullardir.
2. Tо‘pni savatga tashlashda ikki qо‘llab, pastdan, yuqoridan otish, bir qо‘llab orqa-yelkadan, burab aylantirib (krugom) tо‘pni savatga otish.
Yuqoridagi usullarni tez va chiroyli bajarish uchun juda kо‘p mashq qilish, musobaqalarda tez-tez ishtrok etish lozim.
Shuningdek, oliy liga jamoalarining mashg‘ulotlari hamda katta musobaqalardagi о‘yinlarini kuzatib borish lozimdir.
Basketboldagi taktik usullar xilma-xilligi va ularni raqibning ishlatgan texnik va taktik usullariga qarshi olib borish, ayniqsa, himoyadagi usullar bilan alohida ajralib turadi. Ayniqsa, joylarni tez-tez almashtirish, tо‘pni turli usullar bilan bir-biriga uzatish (otish), savatga tashlash va boshqa usullarni amalga oshirishda, asosiy yо‘nalishlarni о‘zgartirish bilan yutuqlarga erishiladi.
Basketbol bilan mustaqil shug‘ullanuvchi о‘quvchi-yoshlar о‘zlarining sharoitlri va imkoniyatlarini tо‘g‘ri baholashlari lozim. Buning uchun eng avvalo joy tanlash, (maktab, sport inshooti, yotoqxonalar va h.k), hovli, uy oldida maxsus moslamalar yasashga tug‘ri keladi.О‘yinning asosiy usullarini о‘rganishda va uni doimo bajarib borishda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish lozim. Shuningdek jismoniy tarbiya о‘qituvchilari, murabbiylar va yetuk о‘yinchilar bilan aloqador bо‘lish, о‘quv uslubiy qо‘llanmalardan samarali foydalanish kerak.
Basketbol о‘yini о‘zining mazmuni, texnik va taktik usullari bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy sifatlari, ma’naviy irodaviy fazilatlari-ni tarbiyalashda eng muhim omillardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |