3.Taktik usullar. Jahon futboli olamida taktik usullar hilma hil va beqiyos kо‘p. Braziliya futbolida asosan hujum va bunda xar bir futbolchi uchun aniq harakatlar, usullardan foydalanishni talab etadi. Yevropa futbolida (Ispaniya, Italiya, Germaniya, Belgiya va x.k.) hujum va himoya faoliyatlari kо‘proq mujassamlashadi. Osiyo mamlakatlarida (Xitoy, Yaponiya, B.A.A. va hokozo ) kо‘proq Yevropa taktik usullari qо‘llaniladi. Jahon futboliga endigina kirib borayotgan О‘zbekiston futbolida (“Paxtakor”,“Neftchi”,“Navbaxor”,“Nasaf”,“Traktor”, “Mash’al” va boshqalar.) hujumga nisbatan himoya qilish taktikasiga kо‘prok e’tibor berilmoqda. Futbol jamoalarining kuchiga qarab ba’zan hujumkorlikka ham e’tibor berilmoqda.
Futbol kо‘lamida (qaysi mamlakat bо‘lmasin) asosan quyidagi taktik usullar qо‘llaniladi, ya’ni:
-о‘yin vaziyati va ba’zi о‘yinchilarning (hujum va himoyada) harakat faoliyatlariga nisbatan joylarni almashtirish (zamen),
- hujum va himoya joylarida 2 yoki 3 tadan о‘yinchilarni qо‘yish, bu holatlar о‘yin jaryonlarida butunlay о‘zgarishi ham mumkin.
-tezlik bilan yuritib borilayotgan tо‘pni yaqindagi sherigiga uzatish harakatini qilib, lekin uzoqdagi yoki orqadagi sheriklariga uzatish,
-murabbiylarning kuzatishi asosida о‘yinlarda hujumchi yoki himoyachilarni almashtirish va h.k.
4. Xakamlik qilish. Futbolda asosan uch kishi: markaz, ikki yon chiziqlarda xakamlik qiladi. Ularning joylashishi va harakat chegaralariga nisbatan о‘z vazifalari va xuquqlari bо‘ladi. Markazdagi (о‘yin ichidagi) xakam asosiy boshqaruvchi bо‘lib, о‘yinni tо‘xtatish, qoidani buzganlarni jazolash (ogohlantiri, chetlashtirish), darvozaga kirgan tо‘plarni hisoblash yoki inkor etish kabi о‘ta muhim faoliyatlarni bajaradi.
О‘yinlarning tashkil qilinishi, о‘tkazilishi va yakunini maxsus texnik nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Xulosa о‘rnida aytish mumkinki, futbol jahon xalqlarining ijtimoiy-madaniy turmush va mehnat faoliyatiga chuqur singib ketgan xalqaro ommoviy sportdir. Qit’alar ichida va qit’alararo futbol bо‘yicha о‘tkazilayotgan musobaqalar jahon futbolining nufuzini tobora kengaytirmoqda.
О‘zbekiston yaqin о‘tmishdagi о‘z tajribalari va imkoniyatlarini ancha kengaytirgan holda mustaqillik tufayli jahon futboliga dadil qadamlar bilan kirib bormoqda. Bu yо‘lda Respublikamiz biringchi Prezidentining farmonlari (2000-2002) hamda xukumat qarorlari (1993, 1996, 1999, 2003, 2006) asosiy tayanch vazifasini amalga oshirmoqda.
Buyuk kelajakni kо‘zlagan holda viloyatlarda yangi sport inshootlari, stadionlar, futbol maydonlari qad kо‘tarmoqda. Eng muhimi esa, iqtidorli bolalarni tanlash, ularni sinov-tajribalari asosida tarbiyalab yetishtirishga alohida e’tibor kuchaytirilmoqda. Futbol mamlakatimiz aholisining salomatligini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini kechirish, yoshlarning jismoniy barkamolligini kuchaytirish muhim omillardan biri sifatida hizmat qilmoqda.
6.2. Basketbol
Basketbol о‘yini xaqida umumiy tushunchalar
Basketbol о‘yini 1891yilda AQShning Masachusets shtatidagi Spring-fild kollejining jismoniy tarbiya о‘qituvchisi Djeyms Neysmit kashf etganligi xaqida aniq ma’lumotlar bor. Kollejda о‘tkaziladigan gimnastika darslarini jonlantirish xaqida topshiriq olgan Djeyms Neysmit yopiq xonalar uchun yangi о‘yin о‘ylab chiqadi. О‘sha davrda tо‘plar bilan о‘ynash faoliyatlari ancha keng tarqalganligi sababli, u hayotidagi voqeliklardan oqilona foydalangan va ijodiy ravishda bu о‘yinni tashkil qilgan. U balkon (ayvon) panjaralariga shaftoli soladigan savatlardan ikkitasini osib qо‘yadi. О‘yinda qatnashuvchilar о‘z raqiblarining savatlariga futbol tо‘pini tushirishni maqsad qilib qо‘yilgan. Erkaklar va ayollar aralash holda birga о‘ynashgan. Bu о‘yinni Neysmit talabalarga taklif etgan kundanok ular ortida katta qiziqish paydo bо‘lgan. О‘sha paytda gimnastika guruhida 18 kishi bо‘lib, ular teng ikkiga bо‘linib о‘ynashgan. Keyinchalik xar bir jamoada (guruhning yarmida) 7 va 5 kishi о‘ynashgan.
Tо‘pni savatga tashlab о‘ynashganligi uchun basketbol, ya’ni: “basket”-savat, “bol”-tо‘p deb atala boshlagan edi. Shu tariqa bu о‘yin jahonga keng tarqalib, sport turiga aylangan va mazmun jihatdan ancha boyitilgan,.
Hozirgi davr basketbol tо‘pining diametri 75-78 sm yoki 68-69,5 sm, og‘irligi esa 600-650 gramm yoki 400-450 gramm bо‘ladi.
Basketbol maydoni chegarasi 28x15 m., shitning taxta kattaligi 160-150 sm. Yerdan shitgacha bо‘lgan balandlik 275 sm, xalqagacha bо‘lgan balandlik 305 sm,ga teng. 1936 yilgacha tо‘p savatga tushsa yana davom ettirish uchun о‘rtadagi doira chizig‘idan boshlangan. Keyin esa bu holatlar shit tagidan tashlashga о‘zgartirilgan. 1936 yil birinchi marotaba Olimpiada о‘yinlari dasturiga kiritilib, unda AQSH g‘olib chiqqan 1932 yil iyunda Xalqaro Bastketbol federatsiyasi tashkil etilgan (XBF- FIBA) 1938 yil Yevropa va 1953 yilda Jahon (Chilida) xotin-qizlar basketbol chempionati о‘tkazilgan. Mini- basketbol о‘yinida shitgacha bо‘lgan balandlik (260sm), о‘yin vaqti 4x3 daqiqa va h.k. bilan farq qilgan.
Basketbol о‘yini inqilobidan keyin chuquroq singib borgan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda Ittifoq tema jamoasi bir qator yevropa mamlakalari bilan rasmiy uchrashuvlar о‘tkazadi. Yevropa va Jahon birinchiliklari, Olimpiada о‘yinlarida ishtirok etib, keyingi vaqtlarda Yugoslaviya, AQSH va boshqa mamlakatlarning basketbolchilarini mag‘lubiyatga uchrtadi. Bu о‘yinlarda О‘zbekistonlik Ravila Salimova (Proko-penko) ham muvaffakiyatli ishtirok etib kelgan.
E’tiof etish lozimki, Ittifoq Xalqlari Spartakiadalarini о‘tkazish an’analari mamlakatning barcha joylarida basketbol sport о‘yinlarini tash-kil etish, iqtidorli yoshlarni tanlash ularni maqsad yо‘lida tarbiyalashda juda katta va muhim tarbiyaviy, tashkiliy ishlar о‘tkazilgan. Natijada bu sport turi о‘quvchi-yoshlar, talabalar, katta yoshlar orsida ham keng ravishda rivojlangan.
О‘zbekistonda basketbol sportining rivojlantirish
1917-1927 Yillarda О‘zbekistonda industriyani rivojlantirish munosa-bati bilan zavod-fabrikalarni kurish, ularga mehnatkashlarni jalb etish va ularning sog‘ligini mustahkamlash maqsadida juda kо‘p sport klublari tashkil etilgan. Ularning tarkibida boshqa sport turlari kabi basketbolga ham e’tibor kuchli bо‘lgan.
Ayniqsa, maktablar va boshqa turdagi о‘quv yurtlarining dasturlariga jismoniy tarbiya kiritilib, ularda о‘yin mashg‘ulotlariga katta ahamiyat berilgan. Shu tariqa Toshkent, Samarqand, Buxoro(Kogon), Qо‘qon, Marg‘ilon kabi shaharlarda о‘yin maydonlari kо‘rila boshlagan. 1927 yil Umumо‘zbek Spartakiadasiini о‘tkazish jarayonlarida basketbol jamoalari ancha kо‘paygan. Shuningdek 1928 yil Umumittifoq 1-Spartakiadasidan keyin tajribalarni о‘rganish va basketbolni rivojlantirishga e’tibor yanada kuchaygan.
1950-1956 yillarda shahar, viloyatlar va respublika miqiyosida tashkil etilgan birinchiliklar, spartakiadalar dasturida basketbol yetakchi о‘rinlar-dan birini egallagan. Boshida takidlanganidayek, Ittifoq Spartakiadalari-ning о‘tkazilishi (1956-1991) tufayli boshqa sport turlari kabi basketbol bо‘yicha ham maxsus musobaqalar tashkil etilgan. Viloyatlarda tashkil etilgan “Spartak”, “Burevestnik”, “Mehnat”, “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Dinamo”, kabi kator sport jamiyatlari (DSO) о‘z tarmoqlaridagi klublar, boshlang‘ich jismoniy tarbiya jamoalari faoliyatlarini rivojlantirishda basketbol sport turiga ham katta e’tibor berishgan. Deyarlik barcha о‘quv yurtlari, yirik ishlab chiqarish korxonalari, turli muassasalar va qishloq hо‘jaliklarida ham basketbol maydonlarini ancha kengaytirishga muvaffaq bо‘lgan.
Respublika basketbol komandalari tarkibida yetishib chiqqan iste’dodli sportchilar Ravila Salimova (Prokopenko) Ittifoq terma komandasi tarkibida Yevropa va Jahon birinchiliklari, Olimpiada о‘yinlarida ishtirok etib, О‘zbekiston sharafini himoya qilishgan. Ularni tarbiyalashda A.Tо‘raxо‘jayev (Toshkent), V.Avanesov (Samarqand) kabilarning hissasi g‘oyat kattadir.
Ittifoq davrida mahalliy millat kadrlaridan tanlash va ularni katta sportga safarbar etish yо‘lida ba’zi e’tiborsizliklar, balki ataylab (kamsi-tib) ish tutganlar. Bunday jarayonlar ayniqsa basketbolda kо‘p uchragan, ya’ni bо‘yi past, tezligi kam kabi baxonalar ishlatilgan. Bularni mahalliy millat vakillaridan juda kam bо‘lganligi (sportchilar va murabbiylar) misolida kо‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |