О‘zbekiston mustaqilligi davrida futbolning istiqbollari
Mamlakatimizning mustaqilligi tufayli futbolda ham Respublika oliy va quyi ligalarining tarkib topishini ta’minlandi. Bunda О‘zRVMning 1993 - 1996 yillarda О‘zbekistonda futbolni rivojlantirish masalalari bilan bog‘liq bо‘lgan maxsus qarorlari muhim ahamiyatga egadir. Shu asosda xar bir viloyat markazida fudbol internat maktablari tashkil etildi. Umumta’lim maktablar va barcha о‘quv yurtlarining “jismoniy tarbiya” das-turlariga futbol mustaqil tur qilib kiritildi. Bolalar va о‘smirlar sport maktablari, Olipiya о‘rinbosarlari kollejlarida futbol bо‘limlari kengaytirilmokda. Mahalla va qishloqlarda futbol jamoalari (komandalar) tuzi-lib, ular shahar va tuman birinchiliklarida ishtirok etishmoqda. “Dinamo”, “Yoshlik”, “Talaba” Kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari va uyushmalari tizimlarida Respublika birinchiliklari о‘tkazilmoqda.
Ulardagi g‘olib kamandalar shahar tuman, viloyat miqyosidagi terma jamoalar tarkibini tо‘ldirish bilan bir qatorda birinchi va Oliy ligalarga chiqib, о‘zlarining mahoratlarini namoyish etokda.
О‘zbekistoning futboli Markaziy Osiyo respublikalari va Osiyo mintaqasidagi davlatlarning futboli bilan raqobatlashmoqda.
XII Osiyo о‘yinlarida (Xirosima 1994) О‘zbekiston ilk bor qatnashib chempion bо‘lishga erishdi. Bunda R.A. Akromov va B.Abduraimov terma jamoaga rahbarlik qilishdi. Keyingi yillarda Osiyo о‘yinlari, Kubok egalari va Xalqaro uchrashuv kabi nufuzli futbol musobaqalarida mamlakatimiz futbolchilari о‘z mahoratlarini ancha yuqoriga kо‘tarishdi. Futbolchilarimiz Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Eron, Saudiya Arabiston, Livan, Qatar kabi mamlakatlar bilan uchrashuvda ancha ustivorlikka erishishmoqda.Ta’kidlash lozimki Oliy ligada peshqadamlik qilayotgan «Neftchi» (Fargona), «Paxtakor» (Toshkent), “Mash’al” «Nasaf» (Qashqadaryo), «Navbahor» (Namangan), kabi futbol klublarining jamoalari ham Osiyo va Jahon mikyosidagi klublar birinchiligi va boshqa rasmiy musobaqalarda ishtirok etmoqda. Bunda A.Sarkisyan, R.Xaydarov, 2001yildan boshlab Respublika terma jamoasi bosh murabbiysi, B.Abduraimov Yangiyer, «Dinamo» Samarqand va boshqalarning murabbiylik faoliyatlari e’tiborga loyiqdir. О‘yinchilar orasida M.Qosimov, J.Irismetov, A. Ma’rufaliyev, A.Geynrix, A.Soliyev, B.Ashurmatov, V. Jafarov kabilar yetishib chiqib, ular keng jamoatchilikning olqishlariga sazovar bо‘ldilar.О‘zRVM «О‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etiish tо‘g‘risida»gi karori (30 oktabr 2002 yil) mamlakatning barcha hududlarida bolalarni sportga jalb etish, ularga shart-sharoitlar yaratib berish, о‘quvchi yoshlarning jismoniy tarbiya darslarida qiziqish bilan shug‘ullanishlariga katta yordam bermoqda. Shu qatori eng kichik yoshdagi bolalarni futbolga jalb etish, iqttidorli bolalarni tanlab, sinovlardan о‘tkazish va ularni eng tajribali sport maktablarida shug‘ullanishlarini ta’minlashda samarali mehnat qilinmoqda.
Oliy о‘quv yurtlari talabalarining «Talaba» sport uyushmasi tashkil etilishi va uning viloyatlardagi tarmoqlari, о‘quv yurtlardagi «Talaba» sport klublari futbolni rivojlantirishga katta hissa qо‘shmoqda. Bunda Universi-adalar dasturiga futbolni kiritish, ayniqsa minifutbol bо‘yicha Respublika talabalar birinchiligini о‘tkazish talabalarning sport bilan qiziqib shug‘ullanishlariga ijobiy ta’sir о‘tkazmoqda. О‘zRVMning «Ommaviy sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish chora tadbirlari tо‘g‘risida»gi qarori futbol musobaqalarini teleradio va ommaviy axborot vositalarida yanada kengroq yoritishni ta’minladi. О‘rta maxsus о‘quv yurtlarida (litsey va kollej) futbolni rivojlantirishga «Barkamol avlod» sport musobaqalari keng yо‘l ochib bermoqda.
2004 yilning noyabr oyim terma jamoamiz va yoshlar jamoasining kelgusi yо‘lini belgilashda ijbobiy siljishlar bо‘ldi. Bosh murabbiy R. Xaydarov shogirdlari Xitoy-2004 saralash baxslarida ishtirok etib, gruh-lardagi raqiblari Gonkong, Tailand, Tojikistonni, orqada qoldirdi. Shu bilan uchinchi marotaba Osiyo о‘yinlari final bosqichida ishtiro etadigan bо‘ldi. 2006 yil Jahon chempionatida ikkinchi guruhda Iroq, Falastin, Xitoy –taypeyi, bilan kuch sinashdi.
V. Borisov va Sorgen Gede rahbarligida yoshlarimiz Jahon chempionatida qatnashish uchun Birlashgan Arab Amirligi Respublikasida Afirika vakili Maliga qarshi maydonga tushdi. Dekabr boshida yoshlarimiz Argentina va Ispaniya jamoalari bilan kuch sinashdi. Bu uch uchrashuvda yoshlarimiz mag‘lubiyatga uchradi.
Shu о‘rinda ta’kidlash lozimki, о‘quvchi yoshlar jismoniy tarbiya darslarida fudbol о‘yinlari, maxsus о‘tkaziladigan musobaqalarda faolroq ishtirok etishlari, ayniqsa zarur bо‘lganda futbol jamoasini uyushtirish va ularni shug‘ullantirish, xakamlik qilish hamda ular bilan bog‘liq bо‘lgan tashkiliy, moddiy texnik ta’minot masalalarini chuqurroq о‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bunday say–harakatlar kelgusida iqtidorli futbolchilarni kо‘payishi va Respublika futbolchilarinig Jahon chepionatlari hamda Olimpiada о‘yinlarida ishtirok etishini ta’minlashga ijobiy ta’sir etishi muqarrardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |