Suzishga dastlabki о‘rgatish usullari
Suzish qanchalik maroqli, zavqli bо‘lmasin, uning negizida turli hil noxush hodisalar ham mavjuddir. ya’ni suzishni bilmasdan suvga tushish, ayniqsa chuqur va tez oqar joylarda chо‘milish о‘ta havflidir. Shuningdek suv ichida oyoqlarning tomiri tortib qolishi, tez oqar suvlarga bardosh beraolmaslik natijalarida suvga chо‘kish va oqib ketish sodir bо‘lishi mumkin. Bunday kо‘ngilsizliklar yuz bermaslik uchun bolalarni yoshlikdan yaxshi suzishga va jismonan chiniqishga о‘rgatish lozim bо‘ladi. M: О‘tgan asrning 70-yillarida Leningrad va boshqa shaharlarda uch kunlik chaqaloqni vannaga tushurib qо‘yib yuborishgan. Chaqaloq xuddi о‘rdak bolasidek suvda harakat qila boshlaydi. Bunda bolaning qornida va chalqancha yotgan holidagi harakatlari suzuvchilarnikiga о‘xshaydi. Demak, bolalardagi amaliy harakat-lar tug‘ma ravishda bо‘lishi, ularni tarbiyalab rivojlantirish zarurligi sinov-tajribalardan о‘tkazilgan. Shu asosda juda kо‘p oilalarda chaqaloqlikdan suvga va suzishga odatlantirish, eng muhimi ularni sog‘lom chiniqqan qilib о‘stirishda ijobiy natijalarga erishilmoqda. Shahar sharoitlarida ochiq va yopiq suv havzalarida bolalarni suzishga о‘rgatish sharoitlari va ularda maxsus murabbiylarning faoliyati yaxshi yо‘lga qо‘yilmokda.
Qishloq sharoitlarida yozgi paytlarda juda kо‘p yosh bolalar, о‘smirlar ariq, kanal, kо‘lmaklarda о‘zlaricha chо‘miladi. Ular katta yoshdagilardan kо‘rib xar hil usullarda (kuchikcha suzish – birdaniga ikki qо‘l va ikki oyoqlarni harakatlantirish, qurbaqa) suzishni mashq qiladi. Bunday paytlarda ota-onalar, mutaxassis hodimlar dala sharoitida bolalarning chо‘milishlarini kuzatadilar. Shu asosda aytish lozimki, ular bolalarga suzishning dastlabki usullarini о‘rgatishlari lozim, ya’ni:
Oyoklarni suvga solib birma-bir harakatlantirish (chirpash)
Sayoz joyda о‘tirgan holda, qorin va chalqancha yotgan usulda qо‘llar hamda oyoqlarni birma - bir harakatlantirish.
Tizza va yelka baravaridagi chuqur suvda turgan holda avvalgi barcha harakatlarni takkrolash.
Qо‘lda taxta va b.q. moslamalarni ushlab, gavdani uzatib qorinda suvda yotish va oyoqlar harakatini ishlatish.
Ma’lum malaka hosil qilingach, 5-10 metr masofaga erkin holda suzish. Bunda nafas olish va nafas chiqarish jarayonlariga alohida e’tibor berish shart bо‘ladi.
Ma’lumki, suzish usullarini u yoki bu darajada bilgan, о‘zlashtirgan bolalar chuqur va oqib borayotgan suvlarga oyoq, boshlari bilan sakrashni xush kо‘rishadi. Bunday joylarni avvaldan yaxshi tekshirib kо‘rish suv tagida qattiq buyumlar (temir, tosh, shisha, yogoch, shox, va x.k.) bо‘lmasligini ta’minlash zarurdir.21
Yuqorida takidlangan holatlar katta yoshdagilarda ham yuz berishi mumkin. Shu sababdan suvda suzishning asosiy usullarini, sir asrorlarini bilmasdan turib, chuqur va tez oqar suvlarga tushish mumkin emasligini yaxshi bilishlari zarurdir. Eng muhimi xar bir inson suvda suzishni u yoki bu darajadi bilishlari hayotiy zaruriyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |