Davolash gimnastikasi jismoniy tarbiyaning muhim vositasi sifati-da qо‘llanilib, ular jarohatlarni tuzatish, toliqqan-charchaganda qayta tiklashda xizmat qiladi. Bunda oddiy va yengil gimnastika mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlar, uqalash, siypalash (massaj) kabi mashqlaridan foydalaniladi.
Davolash gimnastika mashqlari gavda a’zolarining harakatchanligi va xastalikning turlariga qarab qо‘llanilishi lozim bо‘lgan turli mashqlardan iboratdir. YA’ni qо‘llar, oyoqlar, bel, bо‘yin, tirsaklar, tizzalar ya’ni bо‘g‘inlarni ishlatish, mushaklarning tortish yoki itarish kuchini oshirishga qarati-ladi. Bunday faoliyatlar asosan shifoxonalar, sog‘lomlashtirish markazlarida bemorlarni davolash, qayta tiklashda keng foydalaniladi. Jismoniy tarbiya dispanserlarida jarohat olgan sportchilar, murabbiylar va boshqa xodimlarni davolash, shuningdek musobaqalar boshlanishi oldidan (boks, kurash, shtanga) sportchilarni tayyorlashda maqsadli foydalaniladi.
Demak, davolash gimnastikasining shakllari, mazmunlari va usullari keng qamrovli tarbiyaviy jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |