Sport gimnastikasi. Erkaklar (bolalar, о‘smirlar va yoshlar ham) turnik, brus, xalka, kondan, sakrash, konda mashq qilish va erkin mashqlarni ixtiyoriy va majburiy dastur asosida belgilangan meyoriy mashqlar majmuini (kompleks) bajarishadi. Ayollar (qizlar ham) erkin mashq, past-baland brus, xari (brevno-yakka chо‘p), kondan sakrash turlari bо‘yicha ixtiyoriy (erkin) va majburiy mashqlarni (kompleks) bajaradi.
Sport gimnastikasidagi erkin mashqlar badiiy gimnastika, ritmik gimnastika, akrobatika elementlaridan tuzilib, ular epchillik, qayishqoqlik, egiluvchanlik kabi о‘ta murakkab harakatlarni о‘z ichiga oladi. Shu bilan birgalikda nafis harakatlar xis-tuyg‘u, estetik faoliyatlar majmuini о‘zida tо‘la mujassamlashtiradi.
Asboblarda bajariladigan mashqlar (razryadlar turlari asosida) kuchlilik, chidamlilik, tezkorlik, hushyorlik kabi eng yuksak jismoniy sifatlar va fazilatlarni talab etadi. Qо‘llarda tik turish, saltolar qilish (2-3 marta havoda aylanish), asboblar ustida joylarni almashtirish (u yoki bu tomonlariga о‘tish, kо‘chish va x.k) bilan turli hil murakkab mashqlar bajariladi. Ayniqsa tayanib sakrash (kon) mashqlarida tez yugurib kelib depsinish, tayangan va depsingan (mostikda) holda havoda 1-2 marta chir aylanishlar, burilishlar kabi juda murakkab mashqlar sportchidan texnik tayyorgarlik va kuchli onglilikni (havoda aylanishlar va burilishlarni idrok etish) talab etadi. Mazkur tavsiflar asosan gimnastikadagi eng yuqori darajada bajariladigan mashqlarning bazi turlaridir, ya’ni sport ustasi, sport ustaligiga nomzod, I-razryad talablariga doirdir.
Oliy о‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslaridagi gimnastika mashqlari (asboblarda bajariladigan) eng oddiy mashqlar hisoblanadi. YA’ni sport gimnastikasining III razryad qismlaridan tashkil topgan bо‘ladi. M: turnikda tortilib yoki harakat-siltab (max, dvijeniye) qilib gavdani yuqo-riga oshirish va aylanib chiqib sekin tushish (soskok). Brusda qо‘llarga tayanib gavdani siltash va oyoqlarni chо‘plar ustiga yozib о‘tirish va yana oyoqlarni siltab olib juft holda orqaga (oldinga) siltanib tushish (soskok). Kon yoki kozyoldan oyoqlarni bukib, yozib sakrashlar va x.k.18
Erkin mashqlar qо‘l, oyoq, gavdani harakatga keltiruvchi turli hil mashq-lar majmui (kompleks) hisoblanadi. Xar bir mashq 4 sanoqqacha bajarilib, ularning jamisi 32 sanoqqacha (8 ta mashqni о‘z ichiga olgan) uzluksiz bajariladi. Buning tarkibida akrobatik mashqlar (boshda tik turish, yelkada tik turish, oldinga–orqaga dumbaloq oshish, muvozanat saqlash-samolyot, qaldirg‘ochga о‘xshash, joyda balandga sakrash va x.k.lar mujassamlashishi mumkin), milliy raqslar, ritmik gimnastika va shunga о‘xshash nafis harakatlar ham tarkib topadi.
Qizlar xarida (brevno) tez yurish, yurib borayotganda tez orqaga buri-lish, о‘tirish, yotgan holda gavdani yuqoriga kо‘tarish va sakrab tushish kabi ma-shqlarni bajaradi. Boshqa sport asboblarida (о‘tirg‘ich, narvon, devor, kanat, xalqa va x.k) ham о‘ziga xos turli mashqlar mavjud bо‘lib, ular darslar jarayonida kо‘rsatib boriladi va о‘quvchi yoshlar ularni bajarishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |