O'zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi



Download 1,07 Mb.
bet57/90
Sana25.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#410179
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport 2021

5.3. Suzish

Suvda suzish qо‘llar va oyoqlarning ketma-ket faol harakatlari va oldinga, orqaga, yonga, uzunasiga yotgan holda bajariluvchi murakkab mashqlar majmuasidir. suzish insonlarning sog‘lig‘ini saqlash jismoniy chiniqishi va faol harakatlarini tarbiyalovchi ijtimoiy-tarbiyaviy jarayondir. Ayniqsa yoshlarni mehnat va mudofa ishlari, kasb-hunarga tayyorlashda, shuningdek mehnatkashlarning ish qobilyatini va samaradorligini oshirishda hizmat qilish bilan muhim ahamiyatga egadir. Ana shu jihatlarni etiborga olingan holda suzish bog‘cha tarbiyasi, о‘quv yurtlarining hamda «Alpomish» va «Barchi-noy» maxsus testlari tarkibidan muhim о‘rin egallaydi19.

Suzishning kelib chiqishi va sport darajasiga chiqish qadimgi ajdodlarning ijtimoiy turmush sharoitlari, jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. 19–asrning ikkinchi yarmida Yevropa va boshqa qit’alarida suzish musobaqa tariqasida shakllanib, u xalqaro sportga aylangan. Qit’alar, jahon birinchiliklari va Olimpiada о‘yinlaridan suv sportining kupchilik turlari (qisqa masofalarga suzish, suvga sakrash, suvda tо‘p о‘ynash, sinhronli suzish-suv osti badiiy gimnastikasi va b) mustaqil о‘rin egallagan. Bu mamlakatlarnig geografik joylashishi, iqlim sharoitlari (daryo, dengiz, okeanlarning yaqinligi, issiq xavo va h.k) bilan bevosita bog‘liqdir.

О‘zbekiston dengiz va okeanlardan juda yiroqda joylashgan bо‘lsada suv omborlari, sun’iy kо‘llar, kanallar, daryolar va maxsus suv havzalarida (Basseyn) suzish bilan shug‘ullanuvchilar kо‘pchilikni tashkil etadi.

О‘zbekiston sportchi-suzuvchilari о‘tkazilgan Spartakiadalarda qatnashib, yaxshi natijalarga erishgan. S. Koniyev (1972), E. Shagayev (1980), S.Babanina (1964) va boshqa bir qator sporchilarimiz Olimpiada о‘yinlari, Jahon birinchiliklarida ishtirok etib, о‘z jamoalariga katta yutuqlar keltirgan.

Oytoji Sobirova mahalliy millat ayolllari ichida birinchilardan bо‘lib suzish bо‘yicha respublika musobaqalarida yaxshi natijalarga erishgan. Keyingi yillarda о‘z faoliyatini kadrlar tayyorlash bilan bog‘lab О‘zDJTvaSU suzish kafedrasida о‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri vazifalarida ishlagan A.N.Levitskiy (Suvga sakrash) S.M.Korbut (Eshkak eshish) kabi yetakchi murabbiylar va olimlar Respublikada suzish sportini rivojlantirishga katta hissa qо‘shganlar.

О‘zRVMning «О‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tug‘risida»gi qarori (30.10.2002) viloyatlarda suzish sport maktablarini va bо‘limlarini tashkil qilishda amaliy jihatdan e’tiborga moliqdir. Yangidan qurilayotgan litseylar, kollejlarning о‘quv binolari majmuida suv havzalarining borligi g‘oyat katta voqealik bо‘lib hisoblanmoqda. Shu sababdan maktab о‘quvchilari, litsey kollejlar va oliy о‘quv yurtlarining о‘quvchi va talaba-yoshlarining jismoni barkamolligini tarbiyalashda suzishga e’tibor kuchaytirilmoqda.20

Bо‘lajak mutaxassis sifatida о‘rta-maxsus о‘quv yurtlarining yoshlari qishloq sharoitlaridagi daryo, kо‘lmak, kanallar, ariqlar va b.da bolalarning yozda chо‘milib miriqishlarini e’tiborga olgan holda ularni yaxshi suza bilish, suzish texnikalarini egallash bilan bog‘lik bо‘lgan faoliyatlarida amaliy jihatdan yordam berish yо‘llarini о‘rganishlari maqsadga muvofiq bо‘ladi. Qolaversa xar bir mutaxassis yoshlarimiz Vatan himoyasiga doimo tayyor bulishlari, harbiy-jismoniy tayyorgarlik jarayonlarida qobilyatli kishi ekanliklarini kо‘rsata olishlari lozimdir.




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish