Ozbekiston respublikasi oliy va



Download 0,95 Mb.
bet49/54
Sana23.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#403845
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Ozbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi

Eritmadagi Cu2+ va Fe2+ ionlarining miqdoini fotoelektrokolorimetr yordamida aniqlash

Ikki valentli mis tuzlariga mo’l miqdorda ammiak eritmasi ta’sir ettirilganda kompleks ion hosil bo’lishi hisobiga eritma to’q ko’k rangga kiradi:

Cu2+ + 4 NH3 → [Cu(NH3)4]2+

Bu birikmaning nur yutish maksimumi 620 nm (qizil filtr) ga to’g’ri keladi. Fotometrik usulda eritmadagi mis ionlari miqdorini aniqlash uchun dastlab standart eritmalar tayyorlanib, ularning optik zichliklari grafigi chiziladi. Grafikdan foydalanib, noma’lum eritmaning tarkibidagi mis ionlari miqdorini eritmaning optik zichligini o’lchash yo’li bilan topish mumkin.



Kerakli asbob va reaktivlar: Fotoelektrokolorimetr, 1 mg/ml konsentrtsiyali mis ionlarini saqlagan standart eritma, 5 % li ammiak eritmasi, 100 ml sig’imli o’lchov kolbalari, byuretkalar, o’lchov silindrlari.

Ishning borishi. 6 ta 100 ml si’imli o’lchov kolbalari olinib, har biriga tegishlicha 1, 3, 5, 7, 9, 10 ml dan standart eritmadan quyib chiqiladi. Har qaysi kolbaga 25 ml dan ammiak eritmasi quyilib, kolbalarning o’lchov chizig’igacha distillangan suv solinadi. Eritmalarning optik zichligi fotoelektrokolorimetrda uch martadan o’lchanib, grafik chiziladi. O’lchov ishlari 50 mm li kyuvetalarda, 620 nm to’lqin uzunligidagi nurlar (qizil filtr) bilan olib boriladi.

1-Tajriba. Noma’lum konsentratsiyali eritmaning konsentratsiyasini aniqlash.

Konsentratsiyasi o’lchanishi lozim bolgan eritmadan 100 ml sig’imli o’lchov kolbasiga 5 ml olinib, 25 ml ammiak, songra chizig’igacha distillanan su quyiladi va optic zichligi o’lchanadi. Tuzilgan grafikdan foydalanib, eritmadagi mis ionlari miqdori topiladi.

2-Tajriba. Eritmadagi temir ionlari (Fe2+) miqdorini aniqlash.

Bu tajriba Fe2+ ionlari saqlagan eritmani kaliy permanganat eritmasi bilan titrlashga asoslangan. Titrlashda quyidai jarayon sodir boladi:

5 Fe2+ + MnO4 + 8 H+ → Mn2+ + Fe3+ + 4 H2O

Ikki valentli temir ionlari saqlagan eritma kaliy permanganat eritmasi bilan titrlanganda eritmada temir ionlari oksidlanib, tugagunicha rangsizligicha qolaveradi. Temir ionlari tugashi bilan eritma och pushti rangga o’tadi. Ortiqcha olingan kaliy permanganat miqdorini aniqlab, sarflangan eritmadagi miqdordan ayirsak, reaksiyaga kirishgan miqdori kelib chiqadi. Undan foydalanib, eritmadagi Fe2+ ionlari miqdorini hisoblab topiladi.

Kerakli asbob va reaktivlar: Fotoelektrokolorimetr, 0,1 N KMnO4 eritmasi, Mor tuzining 0,01 N standart eritmasi, sulfat kislotaning 1:1 hajmiy nisbatdagi suvli eritmasi, 250 ml sig’imli o’lchov kolbalari, byuretkalar, pipetkalar, o’lchov silindrlari.

Ishning borishi. KMnO4 eritmasining konsentratsiyasini aniqlash.

Kaliy permanganatning 0,1 N eritmasini suyultirib 250 ml sig’imli o’lchov kolbasida 0,01 N konsentratsiyali eritma tayyorlanadi. Stakanga standart mor tuzi eritmasidan 10 ml olinib, ustiga 5 ml sulfat kislota eritmasidan quyiladi va taxminan 50 ml gacha distillangan suv bilan suyultiriladi. Magnit aralashtirgich ishga tushirilib, fotoelektrokolorimetr 100% nur o’tkazishga moslab sozlanadi. Yashil nur fitri yordamida (540 nm) 0,5-1,0 ml dan kaliy permanganat eritmasidan qo’shish yo’li bilan uch parallel o’lchov o’tkaziladi. Eritmaning optic zichligi ortishi boshlanishi bilan aniq natija olish uchun kamida 5 ta nuqta olish lozim. Har bir titrlash uchun optik zichlik va titrant hajmi orasidagi bog’liqlik grafigi olinadi. Ikkita to’g’ri chiziqli maydonlarning kesishishidan sarflangan titrant hajmi topiladi. Tajribalarning natijalarini qo’shib 10 ml standart eritma uchun sarf bo’ladigan titrant hajmi topilgach quyidagi formula yordamida titrant konsentratsiyasi hisoblanadi:






Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish