Fotokolorimetrik o’lchashlar
Har qanday modda eritmasidan nur o’tkazilganda uning yutilishi natijasida o’tgan nurning intensivligi kamayadi. Nur yutuvchi moddaning konsentratsiyasi qancha katta bo’lsa, intensivlik shuncha kamayadi.
Nur yutuvchi moddaning qatlamidan o’tgan yoru’lik intensivligining kamayishi bilan modda konsentratsiyasi va qatlamning qalinligi orasidagi bog’liqlikni Buger-Lambert-Ber qonuni ifodalaydi. Nurning aks etishi va tarqalishi hisobiga isrof bo’lishini e’tibora olish uchun tekshiriluvchi eritma va toza erituvchidan o’tgan yorug’lik intensivligi taqqoslanadi. Bu qonunning tenglamasi quyidagicha: lg I0/I = - c l yoki lg I0/I = c l
Bu yerda lg I0/I – eritmaning optik zichligi; - yorug’likning molyar yutilish koeffitsiyenti; c – tekshirilayotgan eritmaning molyar konsentratsiyasi; l – eritma qatlamining qalinligi, sm.
Eritmaning optik zichligi A harfi bilan belgilanadi. Eritma qatlamining qalinligi 1 sm, konsentratsiyasi 1 mol/l bo’lganda molyar yutilish koeffitsiyenti eritmaning optik zichligiga teng, ya’ni A = bo’ladi.
Eritmaning optik zichligini aniqlash fotoelektrokolorimetrlar yordamida amalga oshiriladi. Undagi fotoelementning yoritilishi natijasida zanjirda hosil bo’lgan tokni galvanometr bilan o’lchash natijasida rangli eritmadan o’tgan nur intensivligi haqida xulosa chiqariladi.
Fotoelektrokolorimetrda aniq natija olish uchun rangli eritmaga yutilayotgan nurning eng katta qiymatini olish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ko’zga ko’rinadigan nurlar sohasidan ma’lum to’lqin uzunlikdagi nurlarni ajratib olish uchun yorug’lik oqimi yo’liga yorug’lik filtrlari o’rnatiladi. Buning uchun intensivligi eng katta bo’lgan rangli eritmadan qalinligi 1 sm li kyuvetaga solib, ketma-ket yorug’lik filtrlari kiritiladi, optik zichlikni taqqoslash eritmasi sifatida suv ishlatiladi. Masalan, ФЭК-56М fotoelektrokolorimetrida 9 ta filtr mavjud. Olingan ma’lumotlar jadvalga yoziladi va unga asosan darajalovchi grafik tuziladi, shunga ko’ra maksimumga to’g’ri keladigan yorug’lik filtri tanlanadi.
Yorug’lik filtrining nomeri
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
O’tkazuvchanligi, , nm
|
315
|
364
|
400
|
440
|
490
|
540
|
582
|
610
|
630
|
Optik zichligi, A
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tanlangan yorug’lik filtri bilan hamma standart rangli (kichikdan katta konsentratsiyali eritmalar tartibida) va tekshirilayotgan eritmalarning optik zichliklari suvga nisbatan aniqlanadi va olingan ma’lumotlar jadval shaklida yoziladi. Shunga asosan graduirlangan (darajalangan) grafik tuziladi va shu asosida tekshirilayotgan eritmaning tarkibidagi moddaning miqdori topiladi.
Standart eritmaning nomeri
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Tekshirildigan eritma
|
Ionning miqdori, mg/ml
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Optik zichlik
A1
A2
A3
Ao’rt
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ishning maqsadi. 1. Modda konsentratsiyasini aniqlashning fotometrik usuli bilan tanishish. 2. Optik zichlikning eritma konsentratsiyasiga bog’liqligini aniqlash.
21 - rasm. Optik chichlikning modda konsentratsiyasiga bog’liqlik grafigi.
Do'stlaringiz bilan baham: |