O‘zbekiston respublikasi oliy va


Takrorlash uchun savollar



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Qand qo‘shib quyultirilgan sut konservalarining sifat ekspertizasini o‘tkazishda 
organoleptik ko‘rsatkichlariga qanday talablar qo‘yiladi? 
2. Quyultirilgan sut konservalarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga nimalar 
kiradi? 
3. Quyultirilgan sut konservalarining sifatiga mikrobiologik talablarni tushuntirib 
bering. 
4. Qand qo‘shib quyultirilgan sut konservalarida qanday nuqsonlar uchraydi? 
 
Quritilgan sut mahsulotlarining sifat ekspertizasi 
 


 
118 
 Tabiiy  sutdan  tayyorlangan  quruq  sut  organoleptik  ko‘rsatkichlari, 
eruvchanligi  va  bakteriyalarning  umumiy  miqdori  bo‘yicha  oliy  va  birinchi 
navlarga  bo‘linadi.  Iste’molchilarga  sotish,  umumiy  ovqatlanish  korxonalarida  va 
sut  zavodlarida  sut  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  uchun  faqat  purkash  yo‘li  bilan 
tayyorlangan oliy navli quruq sut mahsulotlarinigina ruxsat etiladi. 
Purkash  yo‘li  bilan  olingan  oliy  navli  quruq  sutning  ta’mi  va  hidi  toza 
pasterizatsiya  qilingan  sutga  xos  bo‘ladi.  Barabanlarda  quritib  oingan  sutning 
ta’mida esa qaynatilgan sutdagi singari ta’m sezilib turadi. 
Quritilgan  sutning  konsistensiyasi  mayda  kukun  holida  bo‘ladi.  Purkash 
yo‘li  bilan  olingan  quritilgan  sutning  rangi  oq,  barabanlarda  quritilgan  sutning 
rangi esa krem rangli bo‘ladi.  
Tabiiy  sutdan  tayyorlangan  quruq  sutlarning  tarkibidagi  suv  miqdori  va 
ularning  eruvchanligi  qaysi  usul  bilan  quritilganligi  va  qanday  idishlarga 
joylanganligiga qarab bir-biridan ma’lum darajada farq qiladi (10-jadval). 
1  g  oliy  navli  quritilgan  sutda  mikroorganizmlarning  umumiy  miqdori 
50000, 1-navli sutda esa 70000 dan dan ortiq bo‘lmasligi talab etiladi. 
Quruq  sutning  nuqsonlari.  Texnologik  jarayonlarda  va  saqlashda  tegishli 
qoidalarga  rioya  qilmaslik oqibatida  quruq sutlarda bir qancha  nuqsonlar vujudga 
kelishi mumkin. Bularning asosiylari quyidagilar hisoblanadi. 
 
10-jadval 
Quruq sutning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari 
 
№ 
Ko‘rsatkichlari 
Purkash yo‘li bilan quritilgan sut 
Baraban usuli da 
quritilgan sut 
Iste’molchila
rga tovarga 
qo‘shib 
beriladigan 
idishlarda  
Transport 
idishlarida 
Transport idishlarida 
germe- 
tik 
bekitilg
an 
germetik 
bekitil-
magan 
germetik 
bekitilgan 
germetik 
bekitil-
magan 
1  Suv miqdori, % 
ko‘p bo‘lmasligi 
kerak 





2  YOg‘ miqdori, 
%kam bo‘lmasligi 
kerak 
25 
25 
25 
25 
25 
3  Eruvchanligi, ml 
ho‘l cho‘kma, ko‘p 
bo‘lmasligi kerak: 
oliy navli sut 
birinchi navli 
 
 
 
0,2 

 
 
 
0,3 
0,4 
 
 
 
0,6 
0,8 
 
 
 
0,3 
1,5 
 
 
 
0,6 
1,5 
4  Nordonligi,
0
T, ko‘p 
bo‘lmasligi kerak 
20 
21 
22 
22 
22 


 
119 
 
Oksidlangan  yog‘ga  xos  ta’m  -  bu  nuqson  quruq  sut  tarkibidagi  yog‘ning 
havo  kislorodi  ta’sirida  oksidlanishi  natijasida  paydo  bo‘ladi.  Bu  nuqsonning 
vujudga  kelishining  oldini  olishning  birdan-bir  yo‘li  tayyor  mahsulotni  vakuum 
sharoitida qadoqlashdan iboratdir. 
Zax  hidi  va  ta’mi  –  bu  nuqson  quritilgan  sutni  germetik  bekitilmagan 
idishlarda  va  yuqori  haroratda  yaxshi  shamollatilmaydigan  xonalarda  saqlaganda 
vujudga keladi. 
Eruvchanligining  pastligi  –  bu  nuqson  quritish  jarayonida  haroratning 
keragidan ortiq bo‘lishi va oqsillar kolloid holatining o‘zgarishi natijasida vujudga 
keladi. 
Quruq  sutlarni  qadoqash  va  saqlash.  Quruq  sutlar  iste’molchilarga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  sotish  uchun  metall  va  kombinatsiyalashtirilgan  bankalarga 
hamda  sochiluvchan  mahsulotlar  uchun  ichiga  polimer  materiallari  yoki  alyumin 
folgasi  to‘shalgan  pachkalarga  1  kg  massagacha  qilib  qadoqlanadi.  Unda  quruq 
sutning ishlab chiqarilgan kuni, oyi va yili ko‘rsatiladi. 
Sanoat korxonalariga jo‘natiladigan quruq sutlar esa 25-30 kg massada qilib 
transport  idishlariga  qadoqlanadi.  Bunda  qog‘oz  xaltalar,  tagiga  polietilen, 
pergament,  sellofan  to‘shalgan  faner  bochkalar  va  boshqa  idishlardan 
foydalaniladi. 
Ma’lumki,  quritilgan  mahsulotlarning  o‘ziga  xos  xusuiyatlaridan  biri 
ularning  yuqori  darajada  gigroskopikligi  hisoblanadi.  Sut  kukunlari  suv 
bug‘larining  havodagi  parsial  bosimi  bilan  mahsulot  sirtidagi  suv  bug‘larining 
parsial bosimi tenglashgunga qadar atrof muhitdan suv bug‘larini o‘ziga singdirib 
oladi. Quruq sut saqlanayotgan xonalarda havoning nisbiy namligi yuqori bo‘lgan 
hollarda uning namligi 15% gacha ortib ketadi. Bu esa mahsulotning tezda mog‘or 
bosishi  va  uning  tarkibidagi  qaytarilmaydigan  jarayonlarning  vujudga  kelishini 
keltirib  chiqaradi.  SHu  sababli  quruq  sutlarni  qadoqlaganda  suv  bug‘larini 
o‘tkazmaydigan idishlardan va o‘rab-joylash materiallaridan foydalaniladi. 
Quruq  sutning  gigroskopiklik  xususiyati  asosan  uning  tarkibidagi  oqsil 
moddalarining  miqdoriga  bog‘liq.  SHu  sababli  yog‘sizlantirilgan  sutdan 
tayyorlangan  quruq  sut  tabiiy  sutdan  tayyorlangan  quruq  sutga  qaraganda  yuqori 
darajada gigroskopiklik xususiyatiga egadir. 
Quruq  sutda  suvning  miqdori  2-4  %  ni  tashkil  etadi.  Unda  namlikning  4% 
dan  ortib  ketishi  erkin  suvlarning  paydo  bo‘lishini  keltirib  chiqaradi.  Ma’lumki, 
erkin  suv  sut  kislotasining  va  boshqa  tuzlarning  erituvchisi  hisoblanadi.  Bu 
moddalarning  konsentrantlangan  eritmasi  oqsil  bilan  reaksiyaga  borib,  ularning 
koagulyasiyasini  keltirib  chiqaradi,  natijada  quruq  sutning  eruvchanligi  keskin 
kamayib ketadi. 
Quruq sutlarda namlikning oshishi bilan melanoidlar hosil bo‘lish reaksiyasi 
ham  intensivlashadi  va  natijada  mahsulotning  ozuqaviy  va  biologik  qiymati 
ma’lum darajada pasayadi. 
Quruq sut uchun eng ahamiyatli bo‘lgan ko‘rsatkichlaridan biri uning hajmiy 
massasi  hisoblanadi.  Bu  ko‘rsatkich  quruq  sut  zarrachalarining  o‘lchami  va  ular 
orasida  qanchalik  havo  mavjudligidan  dalolat  beradi.  YOg‘sizlantirilgan  quruq 


 
120 
sutning hajmiy massasi 0,54 g/sm
3
 ni, tez eruvchan quruq sutniki esa 0,49 g/sm
3
 ni 
tashkil etadi. 
Quruq  sutlarni  qoplarda  saqlaganda,  shtabellarga  qoplarni  ustma-ust 
taxlaganda  va  mahsulotni  tashiganda  uning  o‘z-o‘zidan  zichlashishi  natijasida 
hajmiy massasi ortadi. 
Quruq  sutning  germetik  idishlarga  qadoqlanganda  saqlash  muddati  8  oy, 
germetik bekitilmaydigan idishlarda saqlaganda esa 3 oy qilib belgilanadi. 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish