Jinoyat kodeksining ushbu bobiga kiritilgan jinoyatlar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va
prekursorlar bilan muomala qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qilishga qaratilgandir. Bu
normalar giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishning
oldini olish, fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadini ko‘zlaydi.
Shuni qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda «Giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinib, u muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarni
tartibga soladi. Agar bu munosabatlarning buzilishlari jinoyat-huquqiy buzilish, deb topilsa, aybdor shaxs
Jinoyat kodeksining tegishli normalariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar Jinoyat kodeksining XIX bobiga kiritilgan
jinoyatlarning predmeti bo‘lib, ular haqidagi tushunchalar «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar
to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasida berilgan.
Giyohvandlik vositalari – giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida
nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy bo‘lgan moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi
bo‘lgan preparatlar va o‘simliklar.
Psixotrop moddalar – psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga
olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar.
Prekursorlar – prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar hisoblanadi
1
.
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat
jinoyatlar quyidagi jinoyatlardan iborat:
Тaqiqlangan ekinlarni yetishtirish (Jinoyat kodeksining 270-moddasi).
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash (Jinoyat
kodeksining 271-moddasi).
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda
tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish
(Jinoyat kodeksining 273-moddasi).
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb qilish (Jinoyat kodeksining
274-moddasi).
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini
buzish (Jinoyat kodeksining 275-moddasi).
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof
ravishda tayyorlash,
egallash, saqlash va boshqa harakatlar (Jinoyat kodeksining 276-moddasi).
A. Тaqiqlangan ekinlarni yetishtirish
(Jinoyat kodeksining 270-moddasi)
Тaqiqlangan ekinlarni yetishtirish, ya’ni ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis o‘simligi (nasha) yoxud
tarkibida giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki
o‘stirishdan iboratdir. «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq,
tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish davlat monopoliyasi hisoblanadi (6-modda)
va ularni yetishtirish uchun ruxsat maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda, davlat
korxonalariga ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun mazkur faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsat
berilgan litsenziyasi bo‘lgan taqdirda beriladi (21-modda).
Jinoyatning obyekti giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilish
sohasidagi ijtimoiy munosabatlar, shuningdek, aholining sog‘lig‘i va xavfsizligidir. Jinoyatning predmetiga
ko‘knor, moyli ko‘knor, kannabis (nasha) va tarkibida giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar
bo‘lgan boshqa o‘simliklar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: