Ushbu jinoyatning predmeti yo‘q, chunki jinoyat obyekti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarga giyohvandlik
vositalari, psixotrop va odamning aql-idroki, irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar kirmaydi.
Giyohvandlik vositalari va qonunda belgilab qo‘yilgan boshqa moddalar, shaxsning ulardan foydalanib,
muayyan natijaga erishishi, ya’ni boshqalarni ularni iste’mol qilishga jalb etishi va shu asnoda ularni o‘ziga
tobe qilib qo‘yishida vosita vazifasini o‘taydi.
Obyektiv tomondan jinoyat, jinoiy natija, ya’ni boshqa shaxsning giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki
aql-idrok, irodaga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishga jalb etishga qaratilgan faol harakatida
ifodalanadi.
Harakat subyektning boshqa shaxsda yuqorida bayon etilgan vositalar yoki moddalarni iste’mol qilish
xohishini uyg‘otishga qaratilgan faol va tashabbusli xulq-atvoridan iboratdir. Qilmish aybdorning boshqa
shaxsni giyohvandlik vositalari yoki boshqa moddalarni iste’mol qilishga dalolat qilishi yo ularni birgalikda
iste’mol qilishga dalolat qilishdan iborat bo‘ladi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-idrok irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol
qilishga jalb etish so‘zlar va ishoralar yordamida yoki jismoniy ta’sir ko‘rsatish bilan amalga oshirilishi
mumkin. Jalb etish, ishontirish va majburlash orqali amalga oshiriladi. Jalb etishning ko‘rinishi bo‘lgan
ishontirish va majburlash turli usullar, yo‘llar, harakatlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, jinoyatning subyekti
ulardan foydalanib, o‘z niyati, ya’ni boshqa shaxsni giyohvandlik vositalari, psixotrop va aql, irodani
susaytiruvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishga jalb etishga erishadi.
Ishontirish shaklidagi jalb etishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni tatib ko‘rishni taklif,
iltimos qilish, maslahat berish, gijgijlash, piching qilish, tilyog‘lamalik bilan maqtash, mukofot va’da qilish
va h.k.larni qo‘llab boshqa shaxsga ruhiy ta’sir o‘tkazib, unda giyohvandlik vositalari va boshqa moddalarni
iste’mol qilish istagini shakllantirishdan iboratdir.
Masalan, V. ismli giyohvandlik vositalari bilan savdo qiluvchi shaxs tomiriga morfindan ukol qilish bilan
o‘zining 12 yashar qizini giyohvandlikka o‘rgatadi, keyinchalik qizining kasallik holatidan foydalanib, uni
fohishalikka va o‘zining giyohvandlik vositalarini sotuvchi sherigiga aylantiradi.
Majburlash esa jabrlanuvchini qo‘rqitish, shantaj qilish, aldash, erkinligini cheklash, urish, kaltaklash,
qiynash, azoblash, badanga turli darajadagi shikast yetkazish va boshqa jismoniy va ruhiy zo‘rlik vositalarini
qo‘llab giyohvandlik vositalarini yoki qonunda ko‘rsatilgan moddalarni iste’mol qilishga majbur etishdan
iboratdir.
Jinoiy yo‘l bilan jalb etishning amalda qancha vaqt davom etishi turli omillarga: aybdor tomonidan
qo‘llangan jalb etishning shakli va usullari, qanday sharoitda kechganligi; jinoiy qilmishning subyekti va
jabrlanuvchinig o‘zaro munosabatlari; jabrlanuvchining giyohvandlik vositalari, psixotrop va boshqa
moddalarni iste’mol qilishga qay darajada moyilligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli jalb etish darrov amalga
oshiriladigan hodisa yoki nisbatan uzoq davom etadigan jarayon bo‘lishi ham mumkin. Biroq qilmishga
huquqiy baho berishda boshqa shaxsni bevosita giyohvandlik vositalari, psixotrop va boshqa moddalarni
iste’mol qilishga ishontirish yoki majburlashga qaratilgan harakatlarning mavjud bo‘lganligi shaxsning
qilmishini jalb
qilishga suiqasd, deb kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘ladi.
Boshqa shaxsni giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki boshqa moddalarni iste’mol qilishga jalb etish
maqsadida, ularga shu moddalar iste’mol qildirilgan bo‘lsa, bu jalb etish, deb hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi plenumining 1995-yil 27-ok-tabrdagi 21-qarorida: «Giyohvandlik vositalari yoki
psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etish deganda, shaxsda ularni iste’mol qilish maylini uyg‘otishga
qaratilgan har qanday qasddan qilingan harakatlar (unatish, taklif qilish, maslahat berish va sh.o‘.),
shuningdek, ta’sir o‘tkazilayotgan shaxsni, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol
qildirish maqsadida aldash, ruhiy yoki jismoniy zo‘rlik ishlatish ozodligini cheklash va h.k.lar tushunilishi
lozim»
1
. Shaxsning yuqorida aytilgan moddalarni iste’mol qilishi jalb etishning jinoiy natijasi, deb
hisoblanishi kerak. Subyektning boshqa shaxsga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan ro‘y bergan oqibat o‘rtasida
sababiy bog‘lanishning mavjudligi jabrlanuvchida ruhiy-jismoniy, ijtimoiy-ruhiy yoki jinoiy oqibatlarning
vujudga kelish imkonini yaratadi. Shaxs giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki o‘zining aql-idroki, irodasiga
ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilgan paytdan e’tiboran jinoyat tamom bo‘lgan, deb topiladi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki shaxsning aql-idroki, irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar
jinoyatni sodir etish vositasi hisoblanadi. 29 yoshli, avval o‘g‘irlik qilgani uchun sudlangan L.
kechqurun soat
22.00 larda «Chilonzor» kinoteatri oldida 16 yoshli o‘smirlarni vino va nasha bilan mehmon qiladi. B.ni
onasi chaqirib
olib ketgach, L. va M. bolalar uyining derazasini sindirib, u yerdan narsalarni o‘g‘irlaydi.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan muomala qilishning alohida huquqiy tartibi
belgilangan. Bunday tartib uchta mezon: tibbiy, ijtimoiy va normativ mezonlarning yig‘indisi qo‘llaniladigan
vositalar va moddalarga nisbatan amal qiladi.
Тibbiy mezon nuqtayi nazaridan giyohvandlik vositalari jumlasiga markaziy asab tizimiga gangituvchi,
qo‘zg‘atuvchi yoki gallutsinatsiya uyg‘otuvchi ta’sir ko‘rsatadigan o‘simliklar yoki sintetik vositalar kiradi.
Bu vositalarni notibbiy maqsadlarda iste’mol qilish, ularga ruhiy yoki jismoniy bog‘liqlikni vujudga keltirib
chiqaradi.
Vositani giyohvandlik vositasi, deb e’tirof etish uchun ijtimoiy mezonni ham hisobga olish muhimdir. Bu
notibbiy maqsadlarda iste’mol qilishning ko‘payib borayotganligi va bu sog‘liq uchun xavfli ekanligi bois bu
turdagi moddalar bilan muomala qilishning alohida huquqiy tartibini belgilab qo‘yish zaruratini keltirib
chiqaradi. Тibbiy va ijtimoiy mezonlar jamuljam holda vositani giyohvandlik vositalari jumlasiga kiritish va
buni ijtimoiy normativ hujjatda mustahkamlab qo‘yish uchun asos bo‘ladi va o‘z navbatida bu normativ
mezonni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan «Giyohvandlik vositalari va psixotrop
moddalar to‘g‘risida»gi Qonunida giyohvandlik vositalari va boshqa ruhiy ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarga
quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: