O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

giyohvandlik  vositalari  –  giyohvandlik  vositalari  ro‘yxatiga  kiritilgan  va  O‘zbekiston  Respublikasida 
nazoratga  olinadigan,  kelib  chiqishi  sintetik  yoki  tabiiy  moddalar,  tarkibida  giyohvandlik  moddasi  bo‘lgan 
preparatlar va o‘simliklar; 

psixotrop  moddalar  –  psixotrop  moddalar  ro‘yxatiga  kiritilgan,  kelib  chiqishi  sintetik  yoki  tabiiy 
bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan moddalar

giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop  moddalarning  analoglari   –  kimyoviy  tuzilishi  va  xossalariga 
ko‘ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga o‘xshash, ular singari ruhiy faol ta’sir etuvchi, kelib 
chiqishi sintetik yoki tabiiy bo‘lgan moddalar

preparat  –  moddalarning  har  qanday  fizik  holatdagi,  tarkibida  bitta  yoki  bir  nechta  giyohvandlik 
vositalari yoxud psixotrop moddalar bo‘lgan aralashmasi, deb ta’rif berilgan. 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  komissiyasining  1995-yil  1-aprelda  qabul  qilingan  qaroriga  muvofiq, 
Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  «Birlashgan  Millatlar  Тashkilotining  1961,  1971, 
1988-yillardagi  Konvensiyalaridagi  tavsiyalarga  muvofiq,  giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  moddalar  va 
prekursorlarning  tasnifi  (ro‘yxati)»  ma’qullangan.  Moddalar  o‘zining  xalqaro  ro‘yxatga  olinmagan  nomlari 
bilan  yoki  amaldagi  xalqaro  Konvensiyalarda  qo‘llanilgan  nomlari  bilan;  ularning  izomerlari,  agar  shu 
moddalarning  kimyoviy  formulalari  doirasida  shunday  izomerlar  mavjud  bo‘lishi  ehtimoli  bo‘lgan  barcha 
hollarda;  shu  moddalarning  murakkab  va  oddiy  efirlari,  ularning  mavjud  bo‘lishi  ehtimoli  bo‘lgan  barcha 
hollarda;  shu  moddalarning  tuzlari,  shu  jumladan,  murakkab  efirlar,  oddiy  efirlar  va  izomerlarning  tuzlari, 
shunday mavjud bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan barcha hollarda; shu moddalarning preparatlari (qonunda nazarda 
tutilgan istisnolardan tashqari) ana shu ro‘yxatga kiritilgan. 
Ushbu ro‘yxat to‘rtta jadvaldan iborat bo‘lib, giyohvandlik vositalarining ro‘yxati I va II jadvallardan joy 
olgan. 
I jadvalga o‘ta xavfli xususiyatga ega bo‘lgan va tibbiy maqsadlarda foydalanilmaydigan o‘simliklar va 
moddalar kiritilgan. Bu guruhdagi moddalar juda xavfliligi, ularga mutelikni vujudga keltirishi bilan ajralib 
turadi. 
II jadvalga giyohvandlik moddalari to‘g‘risidagi 1961-yilgi Konvensiyadagi tavsiyalarga muvofiq I va II 
ro‘yxatlar kiritilgan bo‘lib, ular o‘ta xavfli va tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan o‘simliklar va moddalarni 
o‘z ichiga olgan bo‘lib, II jadvalning I ro‘yxati 77 ta nomdagi moddalardan iboratdir. 
1971-yilda  qabul  qilingan  «Psixotrop  moddalar  to‘g‘risida»gi  Konvensiyada  psixotrop  moddalar 
ro‘yxatiga  patologik  ko‘nikma  hosil  qiluvchi,  bosinqirash  paydo  qilib  yoki  harakatlanish,  fikrlash,  yurish-
turish,  idrok  etishning  buzilishiga  sabab  bo‘ladigan,  odamning  markaziy  asab  tizimiga  qo‘zg‘atuvchi  yoki 
susaytiruvchi  ta’sir  ko‘rsatadigan  moddalargina  (agar  bunday  ta’sir  ko‘rsatish  aholi  sog‘lig‘i  uchun  xavf 


tug‘dirsa  va  ijtimoiy  muomalaga  aylanadigan  bo‘lsa)  kiritilishi  mumkinligi  belgilab  qo‘yilgan.  Psixotrop 
moddalar,  giyohvandlik  vositalari  singari,  uchta  (tibbiy,  ijtimoiy  va  normativ)  mezon  yig‘indisiga  ko‘ra 
tavsiflanishi bois, ularga nisbatan ham muomala qilishning alohida huquqiy tartibi belgilangan. 
Psixotrop moddalar ro‘yxati giyohvandlik vositalarini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat  komissiyasining  qaroriga  2-ilovadan  joy  olgan.  Bu  ro‘yxat  1971-yilgi  Psixotrop  moddalar 
to‘g‘risidagi Konvensiya tavsiyalariga muvofiq tuzilgan I, II, III, IV ro‘yxatlarni o‘z ichiga oluvchi I, II, III 
jadvallarda keltirilgan. 
III  jadvaldan  III  va  IV  ro‘yxatlar  joy  olgan.  III  ro‘yxat  amobarbital,  buprenorfin  (morfin),  butalbital, 
katin,  siklobarbital,  glutetimid,  pentazotsin  va  pentabarbitalni  o‘z  ichiga  olgan.    IV  ro‘yxat  24  ta  nomdagi 
moddani,  shu  jumladan,  barbital,  benamfetamin,  bromazepam,  fenkamfamin,  galazepam,  nimitazepam, 
pemolin, fenobarbital va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Shu jadvalga yana muayyan xavf tug‘diruvchi va tibbiy 
maqsadlarda  qo‘llaniladigan  o‘simliklar  va  moddalarning  nomlari  kiritilgan.  Bular  trankvilizatorlar  (asabni 
tinchlantiruvchi),  antidepressantlar,  tez  ta’sir  ko‘rsatuvchi  boshqa  dori  moddalaridir.  Bu  moddalar  sog‘liq 
uchun o‘rtacha xavfli bo‘lib, iste’mol qilinganida ularga bog‘liqlik vujudga kelishi mumkin. 
Aql-idrokka,  irodaga  ta’sir  etuvchi  boshqa  moddalar  jumlasiga  gangituvchi  va  mutelikni  yuzaga 
keltiruvchi,  turmushda,  ishlab  chiqarishda  va  aholiga  tibbiy  yordam  ko‘rsatishda  keng  qo‘llaniladigan,  shu 
sababli  ularning  aksariyati  bilan  muomala  qilishning  alohida  tartibini  belgilab  qo‘yishning  imkoniyati 
bo‘lmagan  bir  qator  preparatlar  kiradi.  Vositalar  va  moddalarning  bu  guruhi  uchun  normativ  belgining 
yo‘qligi  bois  tergov-sud  amaliyotida  ekspertiza  o‘tkazish  usuliga  amal  qilinishi  lozim:  agar  ekspertiza 
xulosasiga  muvofiq  iste’mol  qilinganida  gangituvchi  va  boshqa  salbiy  ta’sir  ko‘rsatuvchi  dori  preparatlari 
yoki  boshqa  moddalar  xalqaro  konvensiyalar  va  davlatning  ichki  qonunlarida  giyohvandlik  vositalari  yoki 
psixotrop moddalar jumlasiga kiritilmagan bo‘lsa, ular aql-idrokka, irodaga ta’sir etuvchi boshqa moddalar, 
deb qaralmog‘i lozim. 
Subyektiv  tomondan  jinoyat  aybning  qasd  shakli  bilan  sodir  etiladi.  Jinoyatning  subyekti  16  yoshga 
to‘lgan, aqli raso shaxslar bo‘lishlari mumkin. 
Giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  yoki  aql-idrokka,  irodaga  ta’sir  etuvchi  boshqa  moddalarni  iste’mol 
qilishga  voyaga  yetgan  shaxsning  voyaga  yetmagan  shaxsni  jalb  etishi  Jinoyat  kodeksining  127-moddasi 
bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. 
O‘n  olti  yoshga  to‘lgan  voyaga  yetmagan  shaxsning  boshqa  bir  voyaga  yetmaganni  giyohvandlik 
vositalari,  psixotrop  yoki  aql-idrokka,  irodaga  ta’sir  etuvchi  boshqa  moddalarni  iste’mol  qilishga  jalb 
etganligi Jinoyat kodeksining 274-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
Giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalarni  iste’mol  qilishga  jalb  etishni  yuqorida  aytilgan 
moddalarni  qonunga  xilof  ravishda  o‘tkazishdan  farqlash  lozim,  ya’ni  keyingi  qilmish  uchun  Jinoyat 
kodeksining  273-moddasida  javobgarlik  belgilangan.  Giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalarni 
tarqatish  yo‘li  bilan  o‘tkazish,  ya’ni  boshqa  shaxslar  egaligiga  va  tasarrufiga  berish,  ko‘rsatilgan  vositalar 
yoki  moddalarni har qanday usulda haq evaziga yoki tekinga o‘tkazishdan iboratdir. Giyohvandlik vositasi 
yoki  psixotrop  moddani  sotish,  hadya  etish,  qarzga  to‘lash,  qarz  evaziga  berish,  ayirboshlash  va  boshqa 
usullarda ifodalangan boshqa shaxsga o‘tkazish o‘z mazmuniga ko‘ra jalb etuvchi mazkur qilmishga boshqa 
shaxsni  jalb  etishda  qo‘llaydigan  usullarga  aynan  o‘xshash  emas,  chunki  bu  holda  giyohvandlik  vositalari 
yoki  psixotrop  moddalarni  iste’mol  qilishga  jalb  etish  maqsadida  jabrlanuvchiga  ruhiy  ta’sir  ko‘rsatiladi. 
O‘tkazishda esa, bu xususiyat mavjud bo‘lmaydi. Demak, agar o‘tkazish jabrlanuvchini unga o‘tkaziladigan 
giyohvandlik  vositasini iste’mol  qilishga  undash  maqsadida  ruhiy  ta’sir  ko‘rsatish  bilan  birga  sodir  etilgan 
bo‘lmasa, u faqat Jinoyat kodeksining 273-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibini hosil qiladi. 
Jalb  etuvchi  tomonidan  ko‘rsatilgan  dastlabki  tashabbus  jalb  etishning  zaruriy  belgisi  hisoblanadi. 
O‘tkazish esa hamisha, giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddani realizatsiya qilish chog‘ida, bu kimning 
tashabbusi  bilan  sodir  bo‘lishidan  qat’iy  nazar,  sodir  bo‘ladi.  Agar  giyohvandlik  vositasi  yoki  psixotrop 
modda  uni  olishni  xohlovchi  shaxsning  iltimosi,  tashabbusi  bilan  o‘tkazilsa,  unda  shu  moddalarni  iste’mol 
qilishga jalb etish jinoyati hisoblanmaydi va jinoyat tarkibi mavjud emas, o‘tkazuvchining qilmishi Jinoyat 
kodeksining  273-moddasi  bilan,  qo‘lga  kirituvchiniki  esa,  maqsadiga  qarab,  Jinoyat  kodeksining  273-
moddasi yoki 276-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak bo‘ladi. 


Giyohvandlik  vositasi  yoki  psixotrop  modda  haq  evaziga  o‘tkazilgan  hollarda  jalb  etish  va  o‘tkazish 
jinoyatlarining  jami  mavjud  bo‘lmaydi.  Bunday  o‘tkazish  giyohvandlik  vositasi  yoki  psixotrop  moddalarni 
iste’mol  qilishga  jalb  etish  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lmaydi.  Bunga  sabab  shuki,  birinchi  qilmish  g‘arazli 
niyatda sodir etilgan bo‘lsa, ikkinchisida esa boylik orttirish maqsadi ko‘zlanadi. 
Jinoyatning motiv va maqsadi o‘tkazuvchining giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddani realizatsiya 
qilish va bundan moddiy naf olishni xohlashidan, ammo boshqa shaxsni ularni iste’mol qilishga jalb etilishini 
istamasligidan  iborat  bo‘lgan  aybning  mazmunini  belgilaydi.  Biroq,  agar  qiziqtirish  haq  evaziga  o‘tkazish 
bilan  birgalikda  yuz  bersa,  unda  aybdor  jinoyatlar  jami  bilan  javobgar  bo‘ladi.  Giyohvandlik  vositalarini 
boshqa  shaxsga  tekinga  berish  vaqtida  uni  bu  vositalarni  iste’mol  qilishga  ko‘ndirish  yoki  majburlash  bir 
paytga amalga oshirilganida ham qilmish jinoyatlar jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.  
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilgan va ilgari 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi XIX bobidagi yoki 127-moddada nazarda tutilgan jinoyatlardan birini 
sodir  etgan  shaxs  jinoyatning  subyekti  bo‘lganida,  uning  qilmishlarni  jinoyat  sodir  etganligi  uchun  avval 
hukm  qilingani  yoki  hukm  qilinmaganidan  qat’iy  nazar,  Jinoyat  kodeksining  274-moddasi,  2-qismi,  «a» 
bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish kerak. Agar giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-idrokka, irodaga 
ta’sir  etuvchi  boshqa  moddalarni  iste’mol  qilishga  jalb  etish  ozodlikdan  mahrum  qilish  tariqasidagi  jazoni 
o‘tash  joylarida  amalga  oshirilgan  bo‘lsa,  qilmishni  Jinoyat  kodeksining  274-moddasi,  2-qismi,  «b»  bandi 
bilan kvalifikatsiya qilish lozim bo‘ladi.  
Giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  yoki  aql-idrokka  ta’sir  etuvchi  boshqa  moddalarni  iste’mol  qilishga 
ikki  yoki  bundan  ortiq  shaxslarni  jalb  etish,  bu  bir  vaqtda  yoki  birin-ketin  sodir  etilganidan  qat’iy  nazar, 
Jinoyat kodeksining 274-moddasi, 2-qismi, «v» bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 
 
 
 
1.  Тaqiqlangan  o‘simliklarni  qonunga  xilof  ravishda  ekish  va  yetishtirish  deganda  nima  tushuniladi?  Bunday  o‘simliklarga 
nimalar kiradi? Jinoyat kodeksining 270-moddasida ko‘rsatilgan o‘rta va katta maydon deganda nima tushuniladi? 
2.  Giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalarni  qonunga  xilof  ravishda  egallash  qanday  yo‘llar  bilan  amalga  oshiriladi? 
Ushbu jinoyatning og‘ir oqibatlarini ko‘rsating. 
3.  Giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalarni  qonunga  xilof  ravishda  egallash  deganda  nima  tushuniladi?  Ushbu 
tushuncha  qaysi  qilmishlar  turini  tashkil  qiladi?  Jinoyat  kodeksining  273-moddasi  bilan  jinoiy  javobgarlikka  tortishning 
o‘ziga xos xususiyatlari. 
4.  Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish deganda nima tushuniladi? 
5.  Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etish deganda nima tushuniladi? Ushbu moddalarni 
iste’mol qilishga moyillik nimalarda namoyon bo‘ladi? Buni amalga oshirishning qanday turlari bor? 
6.  Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarga nimalar kiradi? Shaxsning aql-idrokiga ta’sir etuvchi moddalarga nimalar 
kiradi? 
7.  Jinoyat kodeksining 274-moddasida ko‘rsatilgan jinoiy javobgarlikning majburiy shartlarini ko‘rsating. 
8.  Giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalar  ishlab  chiqarish  yoki  ulardan  foydalanish  qoidalarini  buzish  nimalardan 
iborat? 
9.  Giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalarni  o‘tkazish  maqsadini  ko‘zlamay  qonunga  xilof  ravishda  tayyorlash, 
egallash, saqlash va boshqa harakatlar nimalardan iborat? 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish