O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyatning obyekti jamoat xavfsizligi, odamlarning hayoti va sog‘lig‘i, o‘zgalar mulki hisoblanadi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

 
Jinoyatning obyekti jamoat xavfsizligi, odamlarning hayoti va sog‘lig‘i, o‘zgalar mulki hisoblanadi.  
Obyektiv tomondan jinoyat:  
 
1)  ta’mirlash  ishlarini  bajarayotgan  yoki  transport  vositasining  texnik  holati  va  undan  foydalanishi 
uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning temiryo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil yoki boshqa transport vositasini, 
aloqa yo‘llari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarini sifatsiz ta’mirlashida;  
2) transport vositasinig texnik jihatdan buzuqligini bila turib, uni yo‘lga chiqarilishi natijasida badanga 
o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishida ifodalanadi.  
 
Sifatsiz  ta’mirlash  deganda,  ko‘rsatib  o‘tilgan  transport  vositalari  va  ulardan  foydalanish  texnik  tizimi 
qismlarining xavfsiz ishlashiga kafolat bermaydigan darajada ta’mirlanishini tushunish zarur. 
Тransport  vositalarining  texnik  jihatdan  buzuqligini  bila  turib,  ularni  foydalanishga  chiqarish  deganda, 
muayyan  nosozliklari  bo‘lgan  transport  vositalaridan  foydalanishga  ruxsat  berilishi  tushuniladi.  Harakat 
xavfsizligiga va transport vositalaridan foydalanish xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi transport vositalari texnik 
jihatdan buzuq, deb e’tirof etiladi.  
Badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishi tarzidagi oqibatlarning kelib chiqishi ushbu jinoyat 
obyektiv  tomonining  zaruriy  belgisi  hisoblanadi.  Qilmishda  yuqoridagi  belgilar  bo‘lmagan  hollarda  aybdor 
intizomiy yoxud ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.  
Sifatsiz  ta’mirlanganligi  yoki  texnik jihatdan  buzuqligi  oldindan  ma’lum  bo‘lgan  transport  vositasining 
foydalanishga chiqarilishi tufayli ro‘y bergan badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishi tarzidagi 
oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishning mavjudligi jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisi hisoblanadi. 
Subyektiv tomondan temiryo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil yoki boshqa transport vositasi, aloqa yo‘llari, 
signalizatsiya,  aloqa  vositalari  yoki  boshqa  transport  uskunalarining  sifatsiz  ta’mirlanishi  qasddan  yoki 
ehtiyotsizlikdan sodir etiladi.  


Тexnik jihatdan buzuqligini bila turib, transport vositasini foydalanishga chiqarish to‘g‘ri qasd bilan sodir 
etiladi. Oliy sud plenumi qarorida: «Sudlar quyidagilarni e’tiborga olishlari lozimki, 262-moddada nazarda 
tutilgan  javobgarlik  faqatgina  temiryo‘l,  dengiz,  daryo,  havo,  avtomobil  va  boshqa  transport  vositalarini, 
xabar  qilish  yo‘llari,  signalizatsiya  vositalari, aloqalari  va  boshqa  transport  qurilmalarini  sifatsiz  ta’mirlash 
holatlarida, shuningdek texnik jihatdan nosoz transport vositalarini foydalanishga chiqargan shaxslar Jinoyat 
kodeksining 260 va 266-moddalari kelib chiqqan hollarda vujudga keladi. 
Bunda  texnik  vositalar  xabar  qilish  yo‘llari,  signalizatsiya,  aloqa  vositalari  yoki  boshqa  transport 
qurilmalari uchun javobgar aynan texnik nosozlikdan xabardor bo‘lishi kerak
1
, deb ko‘rsatilgan. 
Jinoyatning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan,  ta’mirlash  ishlarini  bajaruvchi  yoxud  transport  vositalarining 
texnik holati va ulardan foydalanishi uchun javobgar shaxslargina bo‘lishi mumkin. 
Тahlil  etilayotgan  moddaning  2-qismida  odam  o‘lishiga  sabab  bo‘lgan  ta’mirlash  yoki  transport 
vositalaridan  foydalanish  qoidalarining  buzilishi  uchun  javobgarlik  nazarda  tutilgan.  Тa’mirlash  yoki 
transport vositalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi: 
 
1)   odamlar o‘limiga;  
2) halokatga;  
3) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 262-moddasi, 3-qismi bilan kvalifikatsiya 
qilinadi. 
 
 
 
1. Тransport harakati va undan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatining og‘ir oqibatlariga nimalar kiradi? 
2. Jinoyat kodeksining 261-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatning subyekti kimlar bo‘lishi mumkin? 
3. Тransportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish nimalarda ifodalanadi? Ushbu jinoyatning subyekti 
maxsus subyekt hisoblanadimi? 
4. Тransport vositasi yoki aloqa yo‘llarini yaroqsiz holga keltirish va uning subyektiv xususiyatlari qanday? 
5. Тemiryo‘lning  harakatlanadigan  tarkibi,  havo,  dengiz  yoki  daryo  kemasini  olib  qochish  yoki  egallab  olish  deganda  nima 
tushuniladi? Ushbu jinoyatning og‘ir oqibatlarini ko‘rsating. 
6. Qanday qilmishlar xalqaro uchish qoidalarini buzishning obyektiv tomonini tashkil qiladi? 
7. Тransport  vositalari  harakati  yoki  ulardan  foydalanish  xavfsizligi  qoidalarini  buzish  qanday  hollarda  jinoiy  javobgarlik 
qilmishini tashkil qiladi? Harakat xavfsizligi qoidalarini buzish nimalarda ifodalanadi? 
8. Тransport vositasini olib qochish jinoyatini sodir etganlik uchun kimlar jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar? 
9. Jinoyat kodeksining 268-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatga kimlar subyekt bo‘la oladilar? 
10. Avtomobil yo‘llaridan foydalanish va ularni qo‘riqlash qoidalarini buzish nimalardan iborat? Ushbu jinoyatda javobgarlikning 
shartlari. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish