O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

B. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni  
oshkorlashtirish (legallashtirish) 
(Jinoyat kodeksining 243-moddasi) 
 
Mazkur jinoyatning obyekti respublika iqtisodiy faoliyatining manfaatlari, jamoat xavfsizligi hisoblanadi. 
Jinoiy  faoliyat  natijasida  aybdor  qo‘lga  kiritgan  pul  mablag‘lari  yoxud  boshqa  mulk  ko‘rib  chiqilayotgan 
jinoyatning predmeti hisoblanadi.  
Obyektiv  tomondan  jinoyat  quyidagi  harakatlarni  amalga  oshirish  orqali  sodir  etilishi  mumkin,  ya’ni 
jinoiy faoliyat natijasida olingan mulkni:  
 
1) o‘tkazish;  
2) aylantirish; 
3) almashtirish; 
4)  mulkning  asl  xususiyatini,  manbayini,  turgan joyini,  tasarruf  etish,  tashilish  usulini,  mulkka  nisbatan 
haqiqiy egalik huquqining yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoki sir saqlash. 
 
Jinoiy faoliyatdan olingan daromad deganda, shaxsning bunga qonuniy asoslari bo‘lmay turib, qonunga 
xilof ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi natijasida olingan daromadi tushuniladi.  
O‘tkazish  deganda,  jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadlar  bilan  banklarda  bank  omonati  shartnomasi 
bo‘yicha biron-bir moliyaviy operatsiyani o‘tkazish tushuniladi. 
Aylantirish  deganda,  har  qanday  fuqarolik  huquqiy  bitimlari:  oldi-sotdi,  almashish,  hadya  qilish 
shartnomalarining  tuzilishi  va  h.k.lar  yoxud  jinoiy  faoliyat  natijasida  olingan  daromadlarning  qonuniy 
tadbirkorlik  yoki  ishlab  chiqarish  tuzilmasini  tashkil  etish  yoxud  faoliyatini  ta’minlashga  sarflanishini 
tushunish  kerak.    Almashtirish  deganda,  so‘mlarning  boshqa  chet  el  valutasiga  konvertatsiya  qilish 
tushuniladi.  
Ko‘rib chiqilayotgan modda dispozitsiyasida sanab o‘tilgan harakatlardan birontasi sodir etilgan paytdan 
e’tiboran jinoyat tugallangan, deb e’tirof etiladi. 
Subyektiv  tomondan  jinoyat  to‘g‘ri  qasd  bilan  sodir  etiladi.  Sodir  etilish  motivi  va  ko‘zlangan  maqsad 
jinoyatni  kvalifikatsiya  qilishga  ta’sir  etmaydi.  Aksariyat  hollarda,  jinoyat  jinoiy  faoliyatdan  olingan 
daromadlarni oshkorlashtirish maqsadlarida ham sodir etiladi. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan 
va jinoiy faoliyat natijasida olingan daromadlarni oshkorlashtirishda ishtirok etgan shaxs hisoblanadi.  
 
D. Ommaviy tartibsizliklar 
(Jinoyat kodeksining 244-moddasi) 


  
Mazkur  jinoyatning  obyekti  jamoat  xavfsizligi,  jamoat  tartibi,  odamlarning  hayoti,  sog‘lig‘i,  o‘zganing 
mulki hisoblanadi. 
Jinoyat obyektiv tomondan: 
 
1)  qurol  yoki  qurol  sifatida  foydalaniladigan  boshqa  narsalarni  ishlatib  yoxud  ishlatish  bilan  qo‘rqitib 
shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t  qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, 
hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarda; 
2) ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashishda ifodalanadi. 
 
Ommaviy tartibsizliklar uyushtirish deganda, shaxsning ommaviy tartibsizliklarni tayyorlashga qaratilgan 
har  qanday  harakatini,  masalan,  ommaviy  tartibsizliklar  ishtirokchilarini  tayyorlash,  rahbariyat  yadrosini 
tashkil etish, reja tuzish, ommaviy tartibsizliklar uyushtiriladigan joyni va vaqtini tanlash, plakatlar, shiorlar, 
varaqalar tayyorlash va h.k.larni tushunish zarur. 
Ko‘rib  chiqilayotgan  modda  dispozitsiyasiga  muvofiq,  ommaviy  tartibsizliklar shaxsga  nisbatan  zo‘rlik 
ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, qurol yoki qurol sifatida 
foydalaniladigan  boshqa  narsalarni  ishlatib  yoxud  ishlatish  bilan  qo‘rqitib,  hokimiyat  vakiliga  qarshilik 
ko‘rsatish bilan birgalikda sodir etilishi lozim. 
Shaxsga  nisbatan  zo‘rlik  ishlatish  deganda,  jabrlangan  shaxslarga  nisbatan  ham  ruhiy,  ham  jismoniy 
tazyiq  o‘tkazilganligini  tushunish  zarur.  Ruhiy  zo‘rlik  ishlatish  o‘ldirish,  sog‘lig‘iga  shikast  yetkazish, 
mulkini  nobud  qilish  yoxud  unga  shikast  yetkazish  bilan  qo‘rqitishda  ifodalanishi  mumkin.  Ommaviy 
tartibsizliklarni sodir etish vaqtida ruhiy zo‘rlik ishlatishda aybdor bo‘lgan shaxslarning harakati faqat ko‘rib 
chiqilayotgan modda bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitganlik uchun 
javobgarlik nazarda tutilgan modda bo‘yicha qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi. 
Jismoniy zo‘rlik ishlatish deganda, jabrlanuvchini kaltaklash, do‘pposlash, badanga yengil yoki o‘rtacha 
og‘ir  shikast  yetkazishni  tushunish  zarur.  Ommaviy  tartibsizliklarni  sodir  etish  vaqtidagi  odam  o‘ldirilgan 
bo‘lsa, qilmish jinoyatlar jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi zarur. 
Qirg‘in  solish  deganda,  fuqarolarga  nisbatan  zo‘rlik  ishlatilishini,  moddiy  boyliklar  (transport,  uylar, 
inshootlar  va  h.k.)  yakson  qilinishini  tushunish  zarur.  O‘t  qo‘yish  biron-bir  mulkning,  inshootning, 
transportning yoki boshqa narsalarning yoqib yuborilishidir. 
Mulkni  nobud  qilish  deganda,  uni  batamom  yaroqsiz  holga,  ya’ni  mulkning  ko‘zlangan  maqsadda 
foydalanib bo‘lmaydigan holga keltirilishini tushunish zarur.  
Quroldan foydalanish deganda, vazifasidan kelib chiqib (jonli nishonni nobud qilish maqsadida o‘q otish, 
inshootlar, uylar, transportni yakson qilish) quroldan bevosita foydalanilishini tushunish zarur. Qurollar o‘q 
otuvchi yoki sovuq qurol bo‘lishi mumkin.  
Qurol  sifatida  foydalaniladigan  boshqa  narsalar  deganda,  fizikaviy  xususiyatlariga  ko‘ra,  ulardan 
foydalanilganda shaxsga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday jismni tushunish kerak.  
Ommaviy  tartibsizliklarda  faol  qatnashish  deganda,  aybdor  shaxslarning  shaxsga  nisbatan  zo‘rlik 
ishlatishi,  qirg‘in  solishi,  o‘t  qo‘yishi,  mulkka  shikast  yetkazishi  yoki  uni  nobud  qilishi,  qurol  yoki  qurol 
sifatida  foydalaniladigan  boshqa  narsalarni  ishlatib,  hokimiyat  vakiliga  qarshilik  ko‘rsatishda  bevosita 
ishtirokini tushunish zarur. 
Jinoyat  tahlil  etilayotgan  modda  dispozitsiyada  nazarda  tutilgan  harakat  sodir  etilgan  paytdan  e’tiboran 
tugallangan, deb hisoblanadi.  
Subyektiv  tomondan  ushbu  jinoyat  qasddan  sodir  etiladi,  sodir  etilish  motivi  va  ko‘zlangan  maqsad 
jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi. Jinoyatning motivi millatchilik, hokimiyatni egallashga intilish, 
g‘araz, bezorilik va h.k.lar bo‘lishi mumkin. Jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan, faqat ommaviy tartib-
sizliklarning tashkilotchilari va faol qatnashchilari hisoblanadi.  
Ommaviy  tartibsizliklarning  boshqa  qatnashchilari  ommaviy  tartibsizliklar  vaqtida  o‘zlari  sodir  etgan 
jinoyatlar  uchungina  javob  beradilar.  Agar  ommaviy  tartibsizliklarning  tashkilotchilari  yoki  faol 
qatnashchilari 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu holda ular ommaviy tartibsizliklar vaqtida o‘zlari sodir etgan 
muayyan  jinoyatlari  uchun,  masalan,  odam  o‘ldirish,  o‘zgalar  mulkini  nobud  qilish,  zo‘rlab  nomusga 
tekkanlik uchun javob berishlari kerak.  



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish