O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

 
E. Kontrabanda 
(Jinoyat kodeksining 246-moddasi) 
 
Тahlil  qilinayotgan  ushbu  moddaga  O‘zbekiston  Respublikasining  1996-yil  1-maydagi  va  1996-yil  30-
avgustdagi Qonunlari bilan ayrim o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur jinoyatning obyekti jamoat xavfsizligini 
ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlardir.  
Qattiq ta’sir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi, radioaktiv, portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari, qurol-
yarog‘,  o‘qotar  qurollar,  o‘q-dorilar,  giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  moddalar,  diniy  ekstremizm, 
separatizm, fundamentalizmni targ‘ib qiluvchi materiallar, yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirg‘in 
qurollarining boshqa turlari, ommaviy qirg‘in qurollarini yaratishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan material 
va moslamalar kontrabanda jinoyatining predmeti bo‘lishi mumkin. 
Obyektiv  tomondan  Jinoyat  kodeksining  246-moddasi,  1-qismida  nazarda  tutilgan  jinoyat  qattiq  ta’sir 
qiluvchi,  zaharli,  zaharlovchi,  radioaktiv,  portlovchi  moddalar,  portlatish  qurilmalari,  qurol-yarog‘,  o‘qotar 
qurollar  yoki  o‘q-dorilarni  hamda  giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalarni  yoxud  diniy 
ekstremizm,  separatizm,  fundamentalizmni  targ‘ib  qiluvchi  materiallarni  O‘zbekiston  Respublikasining 
bojxona chegarasi orqali: 
 
1) bojxona nazoratini chetlab; 
2) bojxona nazoratidan yashirib; 
3)   bojxona  hujjatlari  yoki  vositalarga  o‘xshatib  yasalgan  hujjat  va  vositalardan  aldash  yo‘li  bilan 
foydalanib; 
4)   deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib olib o‘tilishida ifodalanadi.  
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Bojxona  kodeksining  3-moddasiga  muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasi 
bojxonalari  hududining  sarhadlari  bojxona  chegarasi  hisoblanadi.  Respublika  bojxona  hududini  uning 
quruqlikdan tashkil topgan hududi, hududiy va ichki suv havzalari hamda ularning ustidagi havo chegaralari 
tashkil etadi. 
Respublika hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborxonalar joylashgan bo‘lishi mumkin, ularning 
hududi  agar  qonunlarda  boshqa  narsa  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona 
hududidan tashqarida joylashgan, deb hisoblanadi. Bojxona hududining sarhadlari, shuningdek, erkin bojxona 
zonalari va erkin omborxonalar chegaralari O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi.  
Bojxona  kodeksining  7-moddasiga  muvofiq,  bojxona  chegarasidan  olib  o‘tish  deganda,  tovar  yoki 
transport  vositalarini  har  qanday  usul  bilan  bojxona  hududiga  olib  kirish  yoxud olib  chiqish, shu jumladan, 
xalqaro  pochta  yo‘llanmalari  orqali  jo‘natish,  quvur  o‘tkazgich  transporti  yoki  elektr  uzatish  liniyalaridan 
foydalanishga qaratilgan harakatlarning sodir etilishi tushuniladi.  
Bu harakatlar jumlasiga: 
 

tovarlar yoki transport vositalari bojxona hududiga olib kirilganda, shu jumladan erkin bojxona zonalari 
va erkin omborlar hududidan olib kirilganda – bojxona chegarasidan amalda o‘tish; 

tovarlar  yoki  transport  vositalari  bojxona  hududidan  olib  chiqilganda,  shu  jumladan  erkin  bojxona 
zonalari  va  erkin  omborlar  hududidan  olib  chiqilganda  –  bojxona  deklaratsiyasini  taqdim  etish  yoki  tovar 
yoxud  transport  vositalarini  olib  chiqish  maqsadini  amalga  oshirishga  bevosita  qaratilgan  o‘zga  harakatni 
bajarish kiradi. 
Bojxona  nazorati  deganda,  qonun  hujjatlari  va  xalqaro  shartnomalarga  rioya  etilishini  ta’minlash 
maqsadida  bojxona  organlari  tomonidan  amalga  oshiriladigan  tadbirlar  majmuyi  tushuniladi.  Kontrabanda 
predmetlarini bojxona nazoratini chetlab o‘tkazish kontrabanda predmetlari ularning o‘tkazilishi uchun zarur 
bo‘lgan  tegishli  hujjatlarni  bojxona  organlari  xodimlariga  tekshirtirmasdan  yoxud  bojxona  organlari 
belgilamagan boshqa joylardan o‘tkazilishini anglatadi.  
Bojxona  nazoratidan  yashirish  deganda,  kontrabanda  predmetlarini  o‘tkazishda  turli  xufiya  joylardan, 
topilishini qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanilish va h.k.larni tushunish zarur. Hujjatlardan aldash 


yo‘li  bilan  foydalanish  deganda,  kontrabanda  predmetlarini  bojxona  chegarasi  orqali  o‘tkazish  maqsadida 
bojxona nazoratiga qalbaki hujjatlarning taqdim etilishini tushunish zarur. 
Bojxona  qiyoslash  vositalaridan  aldov  yo‘li  bilan  foydalanish  deganda,  plombalar,  muhrlar,  raqamli, 
harfli va boshqa markirovkalar, qiyoslash belgilarini qalbakilashtirish va h.k.lar tushuniladi.  
Kontrabanda  predmetlarini  deklaratsiyasiz  yoki  boshqa  nomga  yozilgan  deklaratsiyadan  foydalanib 
o‘tkazish deganda, kontrabanda predmetlari haqida belgilangan shakldagi to‘g‘ri axborotning berilmasligini 
yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborotning berilishini tushunish zarur.  
Diniy  ekstremizm,  separatizm  va  fundamentalizmni  targ‘ib  qiluvchi  materiallar  deganda,  shu  xildagi 
axborot  mavjud  bo‘lgan  kitoblar,  videoyozuvlar,  varaqalar,  tashviqot  varaqalari,  plakatlar,  shiorlar  va 
h.k.larni  tushunish  lozim.    Kontrabanda  predmetlari  O‘zbekiston  Respublikasi  chegarasi  orqali  haqiqatda 
qonunga xilof ravishda o‘tkazilgan paytdan e’tiboran kontrabanda tugallangan jinoyat, deb e’tirof etiladi.  
Subyektiv  tomondan  jinoyat  qasddan  sodir  etiladi.  Jinoyatni  kvalifikatsiya  qilishda  uning  sodir  etilish 
motivi va ko‘zlangan  maqsadi ahamiyatga ega emas. Jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan, aqli raso har 
qanday shaxs bo‘lishi mumkin. 
Ushbu  moddaning  2-qismida  yadroviy,  kimyoviy,  biologik  va  ommaviy  qirg‘in  qurollarining  boshqa 
turlarini,  shunday  qurollarni  yaratishda  foydalanilishi  mumkinligi  ayon  bo‘lgan  material  va  moslamalarni, 
shuningdek, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni kontrabanda qilish uchun javobgarlik nazarda 
tutilgan. 
Kontrabanda  qilingan  giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop  moddalarning  miqdori  har  bir  alohida  holda 
tegishli davlat organining xulosasi bilan aniqlanadi.  
 
 
 
1.  Jinoiy uyushma nima? 
2.  Qurollangan jinoiy uyushma belgilarini bayon eting. 
3.  Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirish nimada ifodalanadi? Bunday jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish uchun 
qanday shartlar mavjud bo‘lishi lozim? 
4.  Ommaviy tartibsizliklar deganda nima tushuniladi? 
5.  Ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish va ularda faol ishtirok etish nimalarda ifodalanadi? 
6.  Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallar deganda nimani tushunish lozim? 
7.  Diniy,  fundamental  yoki  O‘zbekiston  Respublikasida  faoliyati  taqiqlangan  tashkilotlarni  tuzish,  ularga  boshchilik  qilish  va 
a’zolik qilish uchun jinoiy javobgarlik vujudga kelish shartlarining o‘ziga xos xususiyati nimada? 
8.  Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olishning alomatlari nimada? 
9.  Shaxsni  garov  sifatida  tutqunlikka  olishni  odam  o‘g‘rilash  yoki  shaxsni  g‘ayriqonuniy  ozodlikdan  mahrum  qilishdan  farqi 
nimada? 
10. Kontrabanda alomatlarini aniqlang. Uning usullari va jinoiy javobgarlik vujudga kelishining o‘ziga xos xususiyati qanday? 
11.  Qurol,  o‘q-dorilar,  portlovchi  moddalar  yoki  portlatish  qurilmalariga  qonunga  xilof  tarzda  egalik  qilish  uchun 
javobgarlikning shartlari nimalarda ifodalanadi? 
12. O‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni beparvolik bilan aniqlash deganda nimani tushunasiz? 
13.  Portlash  xavfi  bo‘lgan  moddalar  yoki  pirotexnika  buyumlaridan  foydalanish  qoidalarini  buzish  nimada  ifodalanadi? 
Portlovchi moddalarga nimalar kiradi? 
14. Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof tarzda egallash qanday yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin? 
Bunday buyumlarga nimalar kiradi? 
15. Radioaktiv materiallar nima? 
16.  Radioaktiv  materiallardan  foydalanish  qoidalarini  buzish  nimada  ifodalanadi?  Ushbu  jinoyat  uchun  jinoiy  javobgarlikning 
vujudga kelish zaruriy shartini ayting. 
17.  Yadro  qurilmalaridan  foydalanish  qoidalarini  buzish  jinoyati  kvalifikatsiyasining  o‘ziga  xos  xususiyati  nimada?  Jinoyat 
kodeksining 255-moddasiga asosan ushbu jinoyat uchun jinoiy javobgarlik vujudga kelishining zaruriy shartini aniqlang. 
18. Ommaviy qirish quroliga nimalar kiradi? Uning qanday turlari mavjud? 
19.  Тadqiqot  faoliyatini  amalga  oshirishda  xavfsizlik  qoidalarini  buzish  jinoyati  uchun  jinoiy  javobgarlik  vujudga  kelishining 
zaruriy shartini aniqlang. 
20. Jinoyat kodeksining  256-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning maxsus subyektini aniqlang. 
21. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish nimada ifodalanadi? Ushbu jinoyatning subyektini aniqlang. 
22.  Sanitariyaga  oid  qonun  hujjatlarini  yoki  epidemiyaga  qarshi  kurash  qoidalarini  buzish  jinoyatiga  jinoiy  javobgarlik  yuzaga 
kelishining shartini aniqlang. 
23.  Тog‘-kon,  qurilish  yoki  portlatish  ishlari  deganda  nimani  tushunmoq  lozim?  Qaysi  hollarda  ushbu  ishlarni  o‘tkazishda 
qoidalar buzilgan holda jinoiy javobgarlik yuzaga keladi? 
24. Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish nimalarda ifodalanadi? 


  

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish