O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Тransport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar tushunchasi va turlari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

6.3. Тransport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar tushunchasi va turlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Тransport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga quyidagi jinoyatlar kiradi: 
 

Тemiryo‘l,  dengiz,  daryo  yoki  havo  transportining  harakati  yoki  ulardan  foydalanish  xavfsizligi 
qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 260-moddasi). 

Mast  holdagi  shaxsning  transport  vositasini  boshqarishiga  yo‘l  qo‘yish  (Jinoyat  kodeksining    261-
moddasi). 

Тransportni  ta’mirlash  yoki  uni  foydalanishga  chiqarish  qoidalarini  buzish  (Jinoyat  kodeksining  262-
moddasi). 

Тemiryo‘l,  dengiz,  daryo,  havo  transporti  vositasi  yoki  aloqa  yo‘llarini  yaroqsiz  holatga  keltirish 
(Jinoyat kodeksining 263-moddasi). 

Тemiryo‘lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab 
olish (Jinoyat kodeksining 264-moddasi). 

Xalqaro uchish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining  265-moddasi).   

Тransport  vositalari  harakati  yoki  ulardan  foydalanish  xavfsizligi  qoidalarini  buzish  (Jinoyat 
kodeksining 266-moddasi).  

Тransport vositasini olib qochish (Jinoyat kodeksining 267-moddasi). 

Тransportning  xavfsiz  ishlashini  ta’minlashga  doir  qoidalarni  buzish  (Jinoyat  kodeksining  268-
moddasi). 

Avtomobil  yo‘llaridan  foydalanish  va  ularni  qo‘riqlash  qoidalarini  buzish  (Jinoyat  kodeksining  269-
moddasi). 
 
A. Тemiryo‘l, dengiz, daryo yoki havo  
transportining harakati yoki ulardan  
foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish 
(Jinoyat kodeksining 260-moddasi) 
 
Ushbu  jinoyatning  obyekti  jamoat  xavfsizligi,  odamlarning  hayoti  va  sog‘lig‘i,  o‘zganing  mulkidir. 
Jinoyatning predmeti temiryo‘l, dengiz, daryo, havo transporti hisoblanadi. 
Тemiryo‘l  transporti  –  po‘lat  izlar  bo‘ylab  qatnaydigan  transport  (tramvay  bundan  mustasno)  bo‘lib, 
ulardan magistral temiryo‘llarda, kirish yo‘llarida va metropolitenda foydalaniladi. 
Agar  kirish  yo‘llari  umumiy  temiryo‘llar  tarmog‘i  bilan  bog‘lanmagan  bo‘lsa,  ular  temiryo‘l  transporti 
ixtiyorida bo‘lmay, idoralarga qarashli bo‘ladi. 


Dengiz va daryo transportiga, kimning ixtiyorida bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha kemalar (yo‘lovchilarni 
tashiydigan kema, transport kemalari, qazib oluvchi, qayta ishlovchi, sport kemalari va h.k.) kiradi. 
Havo  transporti  deganda,  fuqarolar  aviatsiyasi,  parvoz  vositalari  (samolyotlar,  vertolyotlar,  planerlar, 
aerostatlar va h.k.) tushuniladi. 
Harakat yoki temiryo‘l, dengiz, daryo, havo transportidan foydalanish xavfsizligi qoidalarining biron-bir 
bandi  buzilishi,  buning  oqibatida  badanga  o‘rtacha  og‘ir  yoki  og‘ir  shikast  yetkazilishi  jinoyat  tarkibining 
zaruriy belgisi hisoblanadi. 
Harakat  yoki  foydalanish  xavfsizligi  qoidalarining  buzilishi:  temiryo‘l  transportida  –  signal  bermaslik, 
tezlikni oshirish, svetoforning qizil chirog‘i yonib turganda o‘tish, peregonni o‘zboshimchalik bilan egallash 
va  h.k.larda;  havo  transportida  –  parvoz  balandligiga  rioya  qilmaslik,  parvoz  yo‘lagiga  rioya  qilmaslik  va 
h.k.larda; suv transportida – tezlikka rioya qilmaslik, noto‘g‘ri quvib o‘tish va h.k.larda ifodalanadi. 
Foydalanish  qoidalarini  buzish  deganda,  bevosita  transport  vositasining  o‘zidan  hamda  uning  normal 
faoliyat  ko‘rsatishini  ta’minlovchi  agregatlar,  tizimlardan  foydalanish  xavfsizligining  buzilishini  tushunish 
zarur. 
Subyektiv  tomondan  jinoyat  qasddan  yoki  ehtiyotsizlikdan  sodir  etiladi.  Jinoyat  kodeksining  260-
moddasida javobgarlik belgilangan jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan va xizmat yuzasidan zimmasiga 
harakat  yoki  temiryo‘l,  dengiz,  daryo,  havo  transportidan  foydalanish  (basharti,  faoliyati  transport  harakati 
yoki  undan  foydalanish  bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  transport  faoliyati  xavfsizligini  ta’minlash)  xavfsizligiga  rioya 
qilish vazifasi yuklangan har qanday shaxs bo‘lishi mumkin
1
.  
Mazkur moddaning 2-qismida odam o‘lishiga sabab bo‘lgani harakat yoki temiryo‘l, dengiz, daryo, havo 
transporti  xavfsizligi  qoidalarining  buzilishi  uchun  javobgarlik  nazarda  tutilgan.  Shu  moddaning  3-qismida 
javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda:  
 
1) odamlar o‘limiga;  
2) halokatga;  
3) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan temiryo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki 
ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. 
 
B. Mast holdagi shaxsning transport vositasini  
boshqarishiga yo‘l qo‘yish 
(Jinoyat kodeksining 261-moddasi) 
 
Mazkur  jinoyatning  obyekti  jamoat  xavfsizligi,  odamlarning  hayoti  va  sog‘lig‘idir.  Obyektiv  tomondan 
jinoyat  transport  vositasidan  foydalanish  uchun  mas’ul  shaxsning  mast  holatdagi  yoki  giyohvandlik 
vositalari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida 
bo‘lgan  shaxsni  temiryo‘l,  dengiz,  daryo,  havo,  avtomobil  transporti  yoki  boshqa  transport  vositasini 
boshqarishiga  yo‘l  qo‘yishi  natijasida  badanga  og‘ir  shikast  yetkazilishi  yoxud  odam  o‘lishiga  sabab 
bo‘lishida ifodalanadi. 
Jinoyat kodeksining 261-moddasiga muvofiq, aybdor shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun quyidagi 
alomatlarning jami mavjud bo‘lishi lozim:  
 
1)  giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  moddalar  yoki  odamning  aql-idrokiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  boshqa 
moddalar ta’siri ostida bo‘lgan shaxsning transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘yish;  
2) badanga og‘ir shikast yetkazilishi yoxud odamning o‘lishi;  
3) transport vositalarini boshqarishga yo‘l qo‘yish bilan badanga og‘ir shikast yetkazilishi yoxud odam 
o‘lishi o‘rtasida sababiy bog‘lanishning mavjudligi. 
 
Yo‘l  qo‘yish  deganda,  alkogolli  ichimlikni  iste’mol  qilganligi  sababli  mast  holda  bo‘lgan  yoki 
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki odamning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar 
ta’siri  ostida  bo‘lgan  shaxsning  temiryo‘l,  dengiz,  daryo,  havo,  avtomobil  transporti  yoki  boshqa  transport 
vositalarini boshqarishiga ruxsat berilishini tushunish zarur. 


Yo‘l  qo‘yish  haydovchiga  ushbu  moddaning  dispozitsiyasida  ko‘rsatib  o‘tilgan  transport  vositalarini 
boshqarish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  biron-bir  harakatni  bajarish  haqida  ko‘rsatma  berishdan  (odamlarni  eltib 
qo‘yish, yuk tashish va h.k.), shuningdek, haydovchining vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilmaslik (masalan, 
yo‘lga chiqishiga qarshilik ko‘rsatmaslik va h.k.)dan iborat bo‘lishi mumkin. 
Ushbu qilmish moddiy tarkibli jinoyat bo‘lib, badanga og‘ir shikast yetkazilgan, odam o‘lishi tarzidagi 
oqibat kelib chiqqan paytdan e’tiboran tugallangan deb e’tirof etiladi.  
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivi va ko‘zlangan maqsadi 
qilmishni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas.  
Aybdor haydovchining alkogol ta’siri ostida mast holda ekanligini yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop 
moddalar  yoki  shaxsning  aql-idrokiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  boshqa  moddalar  ta’siri  ostida  ekanligini  bilishi 
jinoyatni  tahlil  qilinayotgan  modda  bo‘yicha  kvalifikatsiya  qilishning  zaruriy  belgisi  hisoblanadi.  Alkogol 
ta’siri ostida mast holda yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql idrokiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi  boshqa  moddalar  ta’siri  ostida  bo‘lgan  shaxsni  temiryo‘l,  dengiz,  daryo,  havo,  avtomobil 
transporti yoki boshqa transport vositalaridan foydalanish uchun javobgar shaxslarning yo‘l qo‘yishi Jinoyat 
kodeksining 261-modda bilan javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. 
Jinoyat kodeksining 261-modda nazarda tutilgan jinoyatning subyekti mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, 
davlat  yoki  jamoat  tashkilotlarida  ishlovchi,  transport  vositalaridan  foydalanish  va  ularning  texnik  holati 
uchun javobgar shaxslar hamda shaxsiy transport vositasiga ega bo‘lganlar hisoblanadi
1
.  
Jinoyatning subyekti transport vositalaridan foydalanish uchun mas’ul shaxs bo‘lishi mumkin. Korxona, 
muassasa, tashkilotlarning xizmat mavqeyiga ko‘ra, shunday vazifa yuklangan mansabdor shaxslari, masalan, 
avtokolonnalarning  bosh  mexaniklari,  mexaniklari,  texnik  jihatdan  soz  transport  vositalarining  yo‘lga 
chiqarilishiga  javob  beruvchi  navbatchi  mexaniklar,  foydalanish  bo‘limi  boshlig‘i,  foydalanish  bo‘yicha 
muhandis, navbatchi dispetcher va h.k.) ham shular jumlasidandir. 
 
D. Тransportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga  
chiqarish qoidalarini buzish 
(Jinoyat kodeksining  262-moddasi) 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish