O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

6.2. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar  
tushunchasi va turlari 
 
Insonni,  uning  huquq  va  erkinliklarini  eng  oliy  qadriyatlar  sifatida  tan  olinishi  insonlarning  xavfsiz 
turmush  sharoitini,  davlat  va  jamoat  institutlarining  normal  faoliyatini  ta’minlaydigan  ijtimoiy  sharoitlarni 
vujudga  keltirish  va  ta’minlashni  taqozo  etadi.    Fuqarolarning  mehnat  qilishi  va  dam  olishi  uchun  normal 
sharoitlarni  yaratish,  davlat  va  jamoat  tartibini  muhofaza  qilishga  qaratilgan  huquqiy  normalar  tizimi 
odamlar,  davlat  va  jamoat  institutlarining  ijtimoiy  himoyalanganligining  muhim  omilidir.  Jinoyat 
kodeksining o‘n yettinchi bobi normalari shular sarasidandir.  
Jamoat  xavfsizligiga  qarshi  jinoyatlarning  xususiyati  ularning  keng  doiradagi  ijtimoiy  munosabatlar 
uchun  obyektiv  ravishda  xavfliligidadir.  Jamoat  xavfsizligiga  qarshi  jinoyat  sodir  etilganda  muayyan 
shaxsning  manfaatlariga  zarar  yetkazilmasdan,  balki  ijtimoiy  ahamiyatga  molik  manfaatlariga  –  umuman 
jamiyat  hayotining  xavfsiz  sharoitiga  zarar  yetkaziladi.  Bunda  butun  jamiyat  hayotining  normal  va  xavfsiz 
sharoitlari, jamoat tartibi, turli faoliyatni amalga oshirishdagi va ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan predmetlar 
bilan muomala qilishdagi xavfsizlik kabi ijtimoiy qadriyatlar jinoiy tajovuzlarga uchrashi mumkin. 
Jinoyat  kodeksining  XVII  bobi  normalarida  nazarda  tutilgan  jinoyatlarning  obyekti  –  jamiyatni  har  bir 
a’zosining  xavfsizligini,  jamoat  tartibini,  turli  xil  faoliyat  ko‘rsatishda  va  ko‘pchilik  uchun  xavfli  bo‘lgan 
predmetlar  bilan  muomala  qilish  jarayonida  jamiyat  yoki  davlat  manfaatlarini  ta’minlaydigan  ijtimoiy 
munosabatlar majmuyi hisoblanadi. 
Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning ko‘pchiligi (Jinoyat kodeksining 242–248, 251–252, 254, 255
1
-
moddalari)  obyektiv  tomondan  harakat  bilan  sodir  etiladi.  Alohida  jinoyatlar  esa,  harakatsizlik  bilan  ham 
sodir etiladi (o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni beparvolik bilan saqlash Jinoyat kodeksining 249-moddasi), bir 
qator  jinoyatlar  esa,  ham  harakat  bilan  ham  harakatsizlik  bilan  sodir  etilishi  mumkin  (250,  253–255,  256–
259-moddalar).  Ayrim  jinoyatlar  formal  tarkibli  jinoyatlar  hisoblanadi  (masalan,  Jinoyat  kodeksining  242, 
243-moddalari), aksariyati esa, moddiy tarkibli jinoyatlarga tegishli (masalan, Jinoyat kodeksining 244, 256–
259-moddalari). 
Jamoat  xavfsizligiga  qarshi  aksariyat  jinoyatlar  subyektiv  tomondan  qasddan  sodir  etiladi.  Bir  qator 
jinoyatlar  faqat  ehtiyotsizlik  orqasidan  sodir  etilishi  mumkin,  masalan,  o‘qotar  qurol  yoki  o‘q-dorilarni 


beparvolik  bilan  saqlash  (Jinoyat  kodeksining  249-moddasi).  Jinoyat  kodeksining  245,  251
1
-moddalarida 
nazarda tutilgan jinoyatlarda maqsad zaruriy belgi bo‘lib hisoblanadi. 
Bevosita asosiy obyektiga ko‘ra, mazkur jinoyatlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
 
1) jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (tor ma’noda). Mazkur guruhdagi jinoyatlar jamiyat hayotining 
barcha sohalarida sodir etilishi, butun jamiyat hayotining xavfsiz va normal sharoitini ta’minlash sohasidagi 
eng  muhim  manfaatlarga  taalluqli  bo‘lishi  mumkin.  Ularga  Jinoyat  kodeksining    242–245-moddalarda 
nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi; 
2) ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan predmetlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 
jinoyatlar.  Jinoyatlarning  mazkur  guruhini  Jinoyat  kodeksining  246–255
1
-moddalarda  nazarda  tutilgan 
jinoyatlar tashkil qiladi. 
3)  turli  faoliyatni  amalga  oshirishda  xavfsizlik  qoidalarini  buzish  bilan  bog‘liq  jinoyatlar.  Bu  guruhga 
Jinoyat kodeksining  257–259-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. 
Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar: 
 

Jinoiy uyushma tashkil etish  (Jinoyat kodeksining 242-moddasi). 

Jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadlarni  oshkorlashtirish  (legallashtirish)  (Jinoyat  kodeksining  243-
moddasi). 

Ommaviy tartibsizliklar  (Jinoyat kodeksining 244-moddasi). 

Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish (Jinoyat 
kodeksining 244
1
-moddasi). 

Diniy  ekstremistik,  separatistik,  fundamentalistik  yoki  boshqa  taqiqlangan  tashkilotlar  tuzish,  ularga 
rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish (Jinoyat kodeksining  244
2
-moddasi). 

Diniy  mavzudagi  materiallarni  qonunga  xilof  ravishda  tayyorlash,  saqlash,  olib  kirish  yoki  tarqatish 
(Jinoyat kodeksining 244
3
-moddasi). 

Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish (Jinoyat kodeksining 245-moddasi).   

Kontrabanda (Jinoyat kodeksining  246-moddasi). 

O‘qotar  qurol,  o‘q-dorilar,  portlovchi  moddalar  yoki  portlatish  qurilmalarini  qonunga  xilof  ravishda 
egallash (Jinoyat kodeksining 247-moddasi). 

Qurol,  o‘q-dorilar,  portlovchi  moddalar  yoki  portlatish  qurilmalariga  qonunga  xilof  ravishda  egalik 
qilish (Jinoyat kodeksining 248-moddasi). 

O‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni beparvolik bilan saqlash  (Jinoyat kodeksining 249-moddasi). 

Portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish (Jinoyat 
kodeksining 250-moddasi). 

Kuchli  ta’sir  qiluvchi  yoki  zaharli  moddalarni  qonunga  xilof  ravishda  egallash    (Jinoyat  kodeksining 
251-moddasi). 

Kuchli  ta’sir  qiluvchi  yoki  zaharli  moddalarni  qonunga  xilof  ravishda  muomalaga  kiritish  (Jinoyat 
kodeksining 251
1
-moddasi). 

Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash (Jinoyat kodeksining 252-moddasi). 

Radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 253-moddasi). 

Radioaktiv materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanish (Jinoyat kodeksining 254-moddasi).   

Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish  (Jinoyat kodeksining 255-moddasi). 

Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini  ishlab chiqish, ishlab chiqarish, 
to‘plash, olish, birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni 
sodir etish (Jinoyat kodeksining 255
1
-moddasi). 

Тadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 256-moddasi). 

Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 257-moddasi). 

Sanitariyaga  oid  qonun  hujjatlarini  yoki  epidemiyaga  qarshi  kurash  qoidalarini  buzish  (Jinoyat 
kodeksining  257
1
-moddasi). 



Тog‘-kon,  qurilish  yoki  portlatish  ishlari  xavfsizligi  qoidalarini  buzish  (Jinoyat  kodeksining  258-
moddasi). 

Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 259-moddasi). 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish