O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Odil sudlovga qarshi jinoyatlar



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

5.2. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  106-moddasiga  binoan,  O‘zbekiston  Respublikasida  sud 
hokimiyati  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  hokimiyatlardan,  siyosiy  partiyalardan  boshqa  jamoat 
birlashmalaridan  mustaqil  holda  ish  yuritadi.    Odil  sudlovni  ta’minlash  sud  tizimining  har  qanday  huquq-
buzarliklardan,  jinoiy  tajovuzlardan  va  turli  xildagi  suiiste’molchiliklardan  himoya  qilingan  holda  amalga 
oshirilishi  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Odil  sudlovni  ta’minlash,  nafaqat,  odil  sudlov  tizimining  huquqiy 
himoyalanishi  uchun,  balki  inson  huquqlarining  ta’minlanishi  uchun  ham  muhim  hisoblanadi.  Aynan  odil 
sudlovning buzilishi inson huquqlarining buzilganligi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Jinoyat kodeksining XVI bobida  «Odil sudlovga qarshi jinoyatlar» uchun jinoiy javobgarlik belgilangan:  
 

Aybsiz kishini javobgarlikka tortish (Jinoyat kodeksining 230-moddasi). 

Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish (Jinoyat kodeksining 231-moddasi). 

Sud qarorini bajarmaslik (Jinoyat kodeksining 232-moddasi). 

Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish (Jinoyat kodeksining 233-moddasi). 

Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish (Jinoyat kodeksining 234-moddasi). 

Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda 
jazo turlarini qo‘llash (Jinoyat kodeksining 235-moddasi). 

Тergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish (Jinoyat kodeksining 236-moddasi). 

Yolg‘on xabar berish (Jinoyat kodeksining 237-moddasi). 

Yolg‘on guvohlik berish (Jinoyat kodeksining 238-moddasi). 

Surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor qilish (Jinoyat kodeksining 239-moddasi). 

Jinoyat  protsessini  yuritish  qatnashchilarining  o‘z  zimmasidagi  vazifani  bajarishdan  bo‘yin  tovlashi 
(Jinoyat kodeksining 240-moddasi). 



Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish (Jinoyat kodeksining 241-moddasi). 
 
Bu jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikning Jinoyat kodeksiga kiritilishi bilan sud tizimida sodir bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish va ogohlantirish masalalari nazarda tutiladi. Odil sudlovga qarshi 
jinoyatlarning  ijtimoiy  xavfliligi  ham  aynan  O‘zbekistonda  odil  sudlovni  amalga  oshirishni  ta’minlash  va 
inson  huquqlarining  sud  organlarida  himoya  qilinishi  tartiblarining  buzilishi  bilan  xavfli  hisoblanadi.  Bu 
jinoyatlar  uchun  ham  jinoiy  javobgarlikning  qonuniy  asoslarini  to‘g‘ri  belgilash  lozim.  Jumladan,    odil 
sudlovga  qarshi jinoyatlarning  yuridik  xususiyatlari  o‘ziga  xos belgilariga  ega. Bu jinoyatlarning  obyektini 
aynan  odil  sudlovning  normal  holatlari  va  fuqarolarning  qonun  bilan  himoya  qilinadigan  huquq  va 
manfaatlari bo‘lishi mumkin.  
Aynan  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  belgilab  berilgan  odil  sudlovning  huquqiy 
asoslarining  buzilishi  va  inson  huquqlarining  buzilganligida  ifodalanadi.  Bu  jinoyatlarning  ayrimlarida 
iqtisodiy xarakterdagi zararning kelib chiqishligi bilan jinoiy javobgarlikning belgilanganligini ham ko‘rish 
mumkin. Jumladan, band solingan mulkni qonunga xilof ravshda tasarruf etish» (Jinoyat kodeksining  233-
moddasi)  jinoyati  uchun  jinoiy  javobgarlik  ancha  miqdorda  zarar  yetkazishga  sabab  bo‘lganida  jinoiy 
javobgarlikka asos bo‘la oladi. 
Odil sudlovga qarshi jinoyatlarning obyektiv tomondan aksariyat jinoyatlari faol harakat bilan sodir etilsa 
(masalan,  230-modda  –  «Aybsiz  kishini  jinoiy  javobgarlikka  tortish»;  231-modda  –  «Adolatsiz  hukm,  hal 
qiluv  qarori,  ajrim  yoki  qaror  chiqarish»  va  h.k.),    ayrimlarining  faqat  harakatsizlik  bilan  sodir  etilishi 
mumkin  (masalan,  240-modda  –  «Jinoyat  protsessini  yuritish  qatnashchilarining  o‘z  zimmasidagi  vazifani 
bajarishdan  bo‘yin  tovlashi»,  241-moddaning  1-qismi  —  «Jinoyat  haqida  xabar  bermaslik»).  Bu 
jinoyatlarning ayrimlari ham harakat bilan, ham harakatsizlik bilan sodir etiladi. Bunday jinoyatlarga Jinoyat 
kodeksining 232-moddasi – «Sud qarorini bajarmaslik» jinoyati sud yoki sudyaning hukmi, hal qiluv qarori, 
ajrimi  yoki  qarorini  qasddan  bajarmaslik  (harakatsizlik)  yoki  ularning  bajarilishiga  to‘sqinlik  qilishi  (hara-
kat)da ifodalanadi.  
Odil  sudlovga  qarshi  jinoyatlar  subyektiv  tomondan  faqat  qasddan  sodir  etilishi  mumkin  bo‘lib,  
ehtiyotsizlikdan sodir etilganligi uchun jinoiy javobgarlikning qo‘llanilishi mumkin emas. 
Odil  sudlovga  qarshi  jinoyatlarning  subyektlarini  uch  guruhga  bo‘lish  mumkin.  Jumladan,  huquqni 
muhofaza  qilish  organlarining  mansabdor  shaxslari  (Jinoyat  kodeksining  230-moddasi;  231-moddasi;  234-
moddasi;  235-moddasi);  odil  sudlovni  amalga  oshirishga  jalb  qilingan  shaxslar  (Jinoyat  kodeksining  232-
moddasi;  233-moddasi;  238-moddasi;  239-moddasi;  240-moddasi);  boshqa  shaxslar  tomonidan  sodir 
etiladigan  jinoyatlar  (Jinoyat  kodeksining    236-moddasi;  237-moddasi;  241-moddasi).  Bu  jinoyatlarning 
subyekt yoshlari asosan 16 yoshdan belgilangan bo‘lsa, ayrim jinoyatlar (Jinoyat kodeksining  230-moddasi; 
231-moddasi;  232-moddasi;  234-moddasi;  235-moddasi)  uchun  jinoiy  javobgarlik  o‘n  sakkiz  yoshdan 
belgilangan. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish