Mansabdor shaxs va mas’ul mansabdor shaxs tushunchasi. Mansabdor shaxs tushunchasi yuridik
adabiyotlarda ancha bahsli hisoblanadi. Jinoyat kodeksining VII bo‘limida mansabdor shaxs va mas’ul
mansabdor shaxs tushunchalari berilgan.
Mansabdor shaxs – tashkiliy boshqaruv yoki ma’muriy xo‘jalik vakolatlari berilgan va mas’ul mansabdor
shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxs.
Тashkiliy boshqaruv vakolatlari deganda, muayyan faoliyat uchastkasiga, ayrim xodimlarning ishlab
chiqarish faoliyatiga rahbarlik qilish vazifalari tushuniladi. Masalan, vazirliklar, idoralar, boshqarmalarning
rahbarlari (direktorlar, ularning o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va h.k.). Ushbu mansabdor
shaxslarning faoliyati kadrlarni tanlash va ularga rahbarlik qilish, ularni joy-joyiga qo‘yish, ularning
faoliyatini tashkil etish va nazorat qilishdan iborat bo‘lishi mumkin.
Ma’muriy xo‘jalik vakolatlari deganda, mol-mulkni boshqarish va tasarruf etish, uni saqlash shartlari va
tartibini belgilash, mol-mulkning asralishini, sotilishini ta’minlash singari vazifalar tushuniladi. Masalan,
ma’muriy-xo‘jalik qismi, ta’minot, sotuv rahbari, ombor, buxgalteriya mudirlari singarilar shunday
vakolatlarga ega bo‘lgan shaxslar hisoblanadi.
Mansabdor shaxs tashkiliy boshqaruv yoki ma’muriy xo‘jalik vazifalarini bajarish bilan bog‘liq
lavozimga doimiy yoki vaqtincha saylanganligi yoki tayinlanganligidan qat’iy nazar, u mansabdor shaxs, deb
hisoblanaveradi.
Mas’ul mansabdor shaxs deganda:
1) hokimiyat vakillari;
2) davlat korxonasi, muassasasi yoki tashkilotlarida saylash yoki tayinlash bo‘yicha doimiy yoki
vaqtincha tashkiliy-boshqaruv yoxud ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarish bilan bog‘liq lavozimlarni
egallab turgan va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxslar;
3) mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, davlat
boshqaruvi yuzasidan belgilangan tartibda hokimiyat vakolati berilgan jamoatchilik vakillari;
4) tashkiliy-boshqaruv yoki ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarish bilan bog‘liq lavozimlarni egallab
turgan va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir
etishga vakolat berilgan shaxslar tushuniladi.
Hokimiyat vakillari jumlasiga o‘z vakolatlari doirasida nomuayyan doiradagi shaxslarga yoxud har
qanday tarkibiy bo‘linmalarning (korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning) rahbarlariga, bunday fuqarolar
yoxud korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari, ularga xizmat yuzasidan bo‘ysunuvidan qat’iy
nazar, ular bajarishi uchun majburiy qonuniy talablar qo‘yish huquqi berilgan mansabdor shaxslar toifasi
kiradi.
Hokimiyat vakillari jumlasiga, Oliy Majlis deputatlari, shuningdek, viloyat, shahar va boshqa
darajalardagi hokimiyat organlarining deputatlari; huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari
(prokurorlar, ularning o‘rinbosarlari va h.k.); sudyalar, sud ijrochilari; militsiya xodimlari; barcha darajadagi
hokimlar, bojxona va soliq xizmati xodimlari, davlatning turli nazorat organlari xodimlari va boshqa shu
singarilar kiradilar.
Har qanday hokimiyat organida ishlovchi, ammo hokimiyat vakolatlari (ma’muriy vakolatlar) berilmagan
shaxslar hokimiyat vakillari, deb e’tirof etilmasliklari lozim.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bajarish deganda, shaxs tomonidan biron-bir huquqiy
munosabatni yuzaga keltirishi, o‘zgartirishi yoki tugatishi mumkin bo‘lgan harakatlarning bajarilishi
tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari to‘g‘risida»gi Qonuni 19-moddasida: «Yig‘in raisi (oqsoqoli) va u tayinlaydigan kotib yig‘in
qarorlari bajarilishini, shuningdek, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining joriy faoliyatini tashkil etadi
va amalga oshiradi»
1
, deyilgan, demak, oqsoqol va kotib fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
mansabdor shaxslari hisoblanadilar.
1. Mansabdor shaxsning o‘z vakolatlaridan qonunga xilof tarzda foydalanishi qanday harakatlarda ifodalanadi?
2. Mansabdorlik jinoyatlari tufayli ko‘p miqdorda zarar yetkazish, jiddiy ziyon deganda nimani tushunasiz?
3. Mansabdor shaxs va mas’ul mansabdor shaxs tushunchalarini tushuntirib bering.
4. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish bilan mansab vakolatini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish yoki
rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish jinoyati o‘rtasida qanday farqlar bor?
5. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishning hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqishdan
farqlari.
6. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqishning qanday turlari mavjud?
7. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash tushunchasi. U nimada ifodalanadi?
8. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash jinoyati uchun shaxsni javobgarlikka tortishning shartlari.
9. Mansabga sovuqqonlik bilan qarashning mansabdor shaxsning o‘z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda
bo‘lish oqibatida ularni bajarmaslikdan qanday farqi mavjud?
10. Hokimiyat harakatsizligi belgilarini ko‘rsating. Ushbu jinoyat uchun javobgarlikning vujudga kelishida qanday shartlar
mavjud?
11. Mansab soxtakorligi nimada ifodalanadi? Uning qanday turlari bor?
12. Тovlamachilik yo‘li bilan pora olishning tovlamachilikdan farqi.
13. Pora berish va pora olishning qanday umumiy tomonlari mavjud?
14. Qanday hollarda pora bergan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi?
15. Pora olish va berishdagi vositachilik tushunchasi. U qanday shaklda ifodalanadi, shaxsni ushbu jinoyat uchun javobgarlikdan
ozod qilishning shartlari.
16. Pora berishning xizmatchini pora evaziga og‘dirishdan farqi nimada?
17. Тovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab qilishning alomatlarini ko‘rsating.
18. Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish nimada ifodalanadi?
19. Faoliyati O‘zbekiston Respublikasida taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash
uchun javobgarlikka tortish shartlari.
20. Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar o‘tkazish deganda nimani tushunasiz? O‘tkazish tartibini buzganlik
uchun jinoiy javobgarlik vujudga kelishi shartlari.
21. Тaqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish yoki favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga
to‘sqinlik qilish jinoyati uchun jinoiy javobgarlik vujudga kelishi shartlari.
22. Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish nimada ifodalanadi?
23. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlarni tavsiflab bering. Ushbu
jinoyatdan jabrlanuvchini aniqlang.
24. Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik uchun jinoiy javobgarlikka tortishning
o‘ziga xos xususiyatlari.
25. Ozodlikdan mahrum qilish joylari, dastlabki qamoq, qamoq joylariga nimalar kiradi? Ozodlikdan mahrum qilish joylari,
dastlabki qamoq va qamoqdan qochish deganda nimani tushunasiz?
26. Qonunga xilof tarzda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish deganda nimani tushunish lozim?
27. Qaysi hollarda shaxs qonunga xilof tarzda chet elga chiqqanligi yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirganligi uchun jinoiy
javobgarlikdan ozod qilinadi?
28. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish qanday usullarda ifodalanishi mumkin?
29. Jinoyat kodeksining 224-moddasida javobgarlik belgilangan jinoyat subyektining qanday xususiyatlari mavjud bo‘lishi
lozim?
30. Harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlashning qanday usullari mavjud?
31. Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish nimalarda ifodalanadi? Jinoyat kodeksining 226-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatning
subyektlarini bayon eting.
Do'stlaringiz bilan baham: |