O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
M.H. RUSTAMBOYEV, B.J. AHROROV
JINOYAT HUQUQI
(MAXSUS QISM)
Kasb-hunar kollejlari uchun darslik
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki davrlaridan boshlab olib borilayotgan sud-huquq
islohotlarining mohiyati, avvalo, qonunlarni, shu jumladan, jinoyat qonunlarini ham takomillashtirish, inson
huquqlarini himoya qilishning oliy darajasini yaratish bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov
davlatimizning ichki va tashqi siyosati, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalardagi
islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha asosiy vazifalar to‘g‘risidagi ma’ruzasida uzoq muddatga mo‘ljallangan
dasturulamal nazariy fikr va g‘oyalarni bildirdi
1
.
Jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yanada rivojlantirish va ularni takomillashtirish
asoslarining tub zaminiga to‘xtalib, Prezidentimiz jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilanish
konsepsiyasini, shuningdek, mamlakatimizni 2005-yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh qilish
bo‘yicha asosiy vazifalarga to‘xtalib, bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz — demokratik
davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida
demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidan og‘ishmay, izchil va qat’iyat bilan borish lozimligini
ta’kidladi. Yurtboshimizning 2005-yil 1-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish
to‘g‘risida»gi hamda 2005-yil 8-avgustdagi «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish
to‘g‘risida»gi Farmonlari sud-huquq tizimini liberallashtirish yo‘lidagi muhim bosqichga asos soldi.
Farmonlarda 2008-yil 1-yanvardan boshlab, o‘lim jazosini bekor qilish va jinoyat sodir etishda gumon qili-
nayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlar vakolatiga
o‘tkazilishi qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Тa’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga
muvofiq, yuksak malakali, bilimli yetuk kadrlarni tayyorlashning asosiy bo‘g‘ini – o‘rta maxsus ma’lumotli
mutaxassislar tayyorlash hisoblanadi.
Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining tarkibiy qismi bo‘lgan jinoiy jazolarning
liberallashtirilishi jinoyat huquqi fani va jinoyat qonunlarining yanada chuqurroq o‘rganilishini taqozo etadi.
Ushbu darslik ham talabalarga jinoyat huquqi «Maxsus» qismidan keng, batafsil bilim berishga
mo‘ljallangan. Darslikdagi mavzular O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga 2006-yil 1-yanvargacha
kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hisobga olingan holda yoritilgan. Xususan, jinoiy jazolarning
liberallashtirilishi munosabati bilan jinoyatlarning tasnifi, yarashilganligi munosabati bilan jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish, jazo tizimini liberallashtirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
plenumi qarorlarini, sud-tergov amaliyotini tahlil etish asosida yoritib berilgan. Shuningdek, Jinoyat
kodeksining «Maxsus» qismiga taalluqli bo‘lgan shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlar, tinchlik va xavfsizlikka
qarshi jinoyatlar, iqtisodiy sohadagi jinoyatlar, ekologiya sohasidagi jinoyatlar, hokimiyat, boshqaruv va
jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga
qarshi jinoyatlar, harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarning tushunchasi, turlari, yuridik tahlili va
javobgarlik masalasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti — bu qonunlarning so‘zsiz bajarilishi.
Qonunlarning bir xilda va so‘zsiz bajarilishi bo‘lajak huquqshunoslarning o‘z vazifasiga munosabati va
zimmasidagi mas’uliyatni his qilishiga bog‘liqdir. Ayniqsa, jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bo‘lajak xodimlari, huquqshunoslarga jinoyat huquqi «Maxsus»
qismiga taalluqli bo‘lgan mavzular talabalarga tushunarli, sodda va ravon tilda bayon qilib berilgan.
1-bob. SHAXSGA QARSHI JINOYAТLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |