O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

 
4.1. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Jamiyatning mavjud bo‘lishi bevosita atrof-tabiiy muhit bilan bog‘liq bo‘lib, jamiyat a’zolari atrof-tabiiy 
muhitni muhofaza qilishlari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishlari kerak. Biroq, insoniyat o‘z faoliyati 
davomida tabiatga juda ko‘p tiklab bo‘lmas  jiddiy zararlar yetkazib kelmoqda. Dunyo aholisi har yili o‘sib 
borib,  tabiiy  resurslardan  xo‘jalik  va  boshqa  maqsadlarda  yanada  ko‘proq  foydalanishga  to‘g‘ri  kelmoqda, 
shuningdek,  fan-texnika  taraqqiyoti  natijasida  insoniyat  tomonidan  atrof-tabiiy  muhitga  yetkazilgan  zarar 
xavfli  ko‘rsatkichlarni ko‘rsatmoqda. Ekologiya muammosi davrimizning eng dolzarb muammolaridan biri 
bo‘lib  qoldi.  O‘zbekiston  Respublikasining  1992-yil  9-dekabrdagi  «Тabiatni  muhofaza  qilish  to‘g‘risida»gi  
Qonuni  2-moddasiga  ko‘ra,  Yer,  yer  osti  boyliklari,  suv,  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi,  atmosfera  havosi 
ifloslanishdan,  buzilishdan,  zararlanishdan,  oriqlab  ketishdan,  vayron  bo‘lishdan,  yo‘q  bo‘lib  ketishdan, 
oqilona  foydalanmaslikdan  muhofaza  etilishi  lozim».  Jinoyat  kodeksining  to‘rtinchi  bo‘lim,  o‘n  to‘rtinchi 
bobidagi  ko‘rib  chiqilayotgan  jinoyatlarning  ijtimoiy  xavfliligi  shundaki,  insoniyatga  tabiat  orqali,  uning 
biologik asoslarini buzish yoki nobud qilish bilan ta’sir ko‘rsatiladi. 
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar: 
 

Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish (Jinoyat kodeksining 193-moddasi). 

Atrof-tabiiy  muhitning  ifloslanganligi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  qasddan  yashirish  yoki  buzib 
ko‘rsatish (Jinoyat kodeksining 194-moddasi). 



Atrof-tabiiy  muhitning  ifloslanishi  oqibatlarini  bartaraf  qilish  choralarini  ko‘rmaslik  (Jinoyat 
kodeksining 195-moddasi). 

Atrof-tabiiy muhitni ifloslantirish (Jinoyat kodeksining 196-moddasi). 

Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish (Jinoyat 
kodeksining 197-moddasi). 

Ekinzor,  o‘rmon  yoki  boshqa  dov-daraxtlarga  shikast  yetkazish  yoki  ularni  nobud  qilish  (Jinoyat 
kodeksining 198-moddasi). 

O‘simliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish (Jinoyat kodeksining 199-
moddasi). 

Veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 200-moddasi). 

Zararli  kimyoviy  moddalar  bilan  muomalada  bo‘lish  qoidalarini  buzish  (Jinoyat  kodeksining  201-
moddasi). 

Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish (Jinoyat kodeksining 202-moddasi). 

Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish (Jinoyat kodeksining 203-moddasi). 

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish (Jinoyat kodeksining 204-moddasi). 
 
Ekologiya  sohasidagi  jinoyatlarning  obyekti  bo‘lib,  yer,  yer  osti  boyliklari,  suv,  o‘simlik  va  hayvonot 
dunyosi, atmosfera havosi hamda insonlarning hayoti va sog‘lig‘idir. 
Obyektiv  tomondan  ekologiya  sohasidagi  jinoyatlar  harakat  yoki  harakatsizlik  orqali  tabiatdan 
foydalanish  va  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish  qoidalarining  buzilishida  ifodalanadi.  Ekologiya  sohasidagi 
jinoyatlar  moddiy  tarkibli  bo‘lib,  muayyan  oqibatlarning  kelib  chiqishini  talab  qiladi.  Insonning  o‘limi, 
odamlarning  ommaviy  ravishda  kasallanishi,  ekologiyaga  salbiy  ta’sir  qiladigan  darajada  atrof-muhitning 
o‘zgarib ketishi, hayvonlar, parandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi, ko‘p miqdordagi zarar yoki boshqa 
og‘ir oqibatlarni bunday oqibatlarga misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. 
Subyektiv  tomondan  qasd  yoki  ehtiyotsizlikdan  sodir  etiladi.  Subyekti  Jinoyat  kodeksining  193–195-
moddalarida  nazarda  tutilgan  jinoyatlar  uchun  18  yoshga,  qolganlari  uchun  16  yoshga  to‘lgan  aqli  raso 
jismoniy shaxslr hisoblanadi. 
 
A. Atrof-tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini  
bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik 
(Jinoyat kodeksining 195-moddasi) 
 
Jinoyatning obyekti atrof-muhit, shuningdek, insonning sog‘lig‘i yoki hayotidir. 
Obyektiv tomondan jinoyat mansabdor shaxsning ekologiyasi ifloslangan joylarni zararsizlantirish  yoki 
boshqacha  tarzda  tiklash  ishlarini  o‘tkazishdan  bo‘yin  tovlashi  yoki  bunday  ishlarni  yetarli  darajada 
bajarmasligi natijasida odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning 
qirilib ketishi yoxud boshqacha og‘ir oqibatlarning ro‘y berishida ifodalanadi. 
Bo‘yin  tovlash  deganda,  mansabdor  shaxsning  zararsizlantirish  yoki  boshqa  tiklash  ishlarini  o‘tkazish 
bo‘yicha o‘zining yoki uning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasligi tushuniladi. 
Zararsizlantirish yoki boshqa tiklash ishlarini yetarli darajada bajarmaslik deganda, shu ishlarning qisman 
yoki  boshqa  vaqtda  yoxud  sifatsiz  o‘tkazilishi  tushuniladi.  Zararsizlantirish  deganda,  ekologik  ifloslangan 
joydagi avariya oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan maxsus ishlarni amalga oshirish tushuniladi. 
Boshqacha tarzdagi tiklash ishlari mansabdor shaxsning zarar yetgan joyning dastlabki ekologik holatini 
tiklash yoxud joyning ekologik ifloslanganligi oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan har qanday harakatlarni 
amalga  oshirishidan  iborat  bo‘ladi.  Bu  jinoyat  moddiy  tarkibli  jinoyat  hisoblanadi.  Atrof-muhitning 
isfloslanishi  oqibatlarini  bartaraf  qilish  choralarini  ko‘rmaslik  tufayli  odamlarning  ommaviy  ravishda 
kasallanishi,  hayvonlar,  parrandalar  yoki  baliqlarning  qirilib  ketishi  tarzidagi  oqibatlarning  yuzaga  kelishi 
(Jinoyat kodeksining 195-moddasi, 1-qismi) va o‘limning yuz berishi (Jinoyat kodeksining 195-moddasi, 2-
qismi)  jinoiy  qilmishni  Jinoyat  kodeksining  195-moddasi  bo‘yicha  kvalifikatsiya  qilish  uchun  zaruriy  shart 
bo‘lib hisoblanadi. 


Subyektiv  tomondan  ushbu  jinoyat  qasddan  (egri  qasddan)  yoki  ehtiyotsizlikdan  sodir  etilishi  mumkin. 
Jinoyatning  subyekti  faqat  mansabdor  shaxs  bo‘lishi  mumkin.  Zararsizlantirish  yoki  boshqacha  tarzdagi 
tiklash ishlarini o‘tkazish mansabdor shaxsning xizmat vazifalari doirasiga kirgani yoki kirmaganidan qat’iy 
nazar, u mazkur jinoyatning subyekti bo‘lishi mumkin. 
 
 
 
1. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar qaysi jinoyatlardan iborat? 
2. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasini tartibga soluvchi qanday qonunlarni bilasiz? 
3. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning obyekti nima? 
4. Atrof-muhitni  muhofaza  qilish  va  tabiatdan  foydalanish  sohasidagi  jinoyatlarning  obyektiv  tomondan  qanday  oqibatlarni 
nazarda tutadi? 
5. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning subyektiv tomoni. 
6. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar subyekti kimlar bo‘lishi mumkin? 
7. Atrof-tabiiy muhit zararlanishining oldini olmaganlik qanday jinoiy oqibatlarni vujudga keltiradi? 
8. Atrof-muhitning zararlanishi deganda nima tushuniladi? Ushbu ifloslanishning sabablari qanday bo‘lishi mumkin? 
9. Atrof-muhitni zararlantirganlik uchun jinoiy javobgarlikning shartlarini ko‘rsating. 
 
 
 
 
5-bob. HOKIMIYAТ, BOSHQARUV VA JAMOAТ BIRLASHMALARI ORGANLARINING 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish