d) o‘rtacha kattalikdagi ekin maydonida tarkibida giyovandlik moddalari bo‘lgan o‘simlikni
yetishtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Yetishtirish taqiqlangan ekinlarni o‘stirish bilan shug‘ullanuvchi shaxs ilgari ham Jinoyat kodeksining
270–276-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etgan bo‘lsa yoxud voyaga yetmagan
shaxsni giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol etishga jalb qilgan bo‘lsa, ya’ni qilmishda
Jinoyat kodeksining 127-moddasi 2 va 3- qismlarida nazarda tutilgan jinoyat mavjud bo‘lsa, bunday
qilmishni Jinoyat kodeksining 270-moddasi, 2-qismi, «a» bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish kerak.
Qilmishni kvalifikatsiya qilishda oldingi shunday jinoyati uchun sudlangan yoki sudlanmaganligining
ahamiyati yo‘q, ammo sudlanganlik bekor bo‘lmagan yoki qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmagan
bo‘lishi shart. Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib taqiqlangan ekinlarni yetishtirish, ikki yoki
undan ortiq shaxslarning tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekinlar yoki psixotrop moddalari bo‘lgan
o‘simliklarni qonunga xilof ravishda yetishtirishda birgalikda qasddan ishtirok etishni bildiradi, bunda
jinoyatni sodir etishda avval til biriktirilgan bo‘lishi lozim.
Bu vositalarni o‘rtacha kattalikdagi ekin maydoniga yetishtirish deganda, Jinoyat kodeksining sakkizinchi
bo‘limida berilgan ta’rifga muvofiq, 250 m
2
.dan 1000 m
2
.gacha bo‘lgan maydonda yetishtirish tushuniladi.
Jinoyat kodeksining 270-moddasi, 3-qismida:
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;
d) katta ekin maydonida taqiqlangan ekinlarni yetishtirganlik uchun javobgarlik belgilangan. Тahlil
etilayotgan jinoyat, tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud bo‘lgan o‘simliklarni yetishtiruvchi aybdor buni
sodir etguniga qadar Jinoyat kodeksining 34-moddasida belgilangan tartibda sudning qonuniy kuchga kirgan
hukmi bilan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan bo‘lsagina, qilmish o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir
etilgan deb hisoblanadi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan o‘simliklarni birgalikda
yetishtirish uchun oldindan birlashishi Jinoyat kodeksining 29-moddasiga muvofiq, uyushgan guruh
tomonidan tarkibida taqiqlangan ekinlarni yetishtirish, deb topiladi. «Jinoiy guruhni uyushgan, deb
kvalifikatsiya qilish uchun asosiy mezon tariqasida, masalan, guruhning barqarorligini, unda tashkilotchining
bo‘lishini, odatda, bir necha jinoyatni sodir etish maqsadida tuzilganligini, jinoyatni amalga oshirish rejasi va
yo‘l-yo‘rig‘i ishlanganligini, har bir ishtirokchi o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligini, texnika bilan
ta’minlanganligini, jinoyatni yashirish choralari ko‘rilganligini, umumiy intizomga va jinoiy guruh
tashkilotchisining ko‘rsatmalariga itoat qilinishini va shu kabilarni hisobga olish lozim»
1
.
Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limida berilgan ta’rifga muvofiq, tarkibida giyohvandlik vositalari
bo‘lgan ekinlarni katta maydonda yetirishtirish deganda, 1000 m
2
va undan ortiq bo‘lgan ekin maydoni
tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: