O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

Kishi  a’zosining  ishdan  chiqishi  yoki  uning  faoliyatini  butunlay  yo‘qolishiga  sabab  bo‘lgan  badanga 
og‘ir  shikast  yetkazish.  Yuqorida  keltirilgan  «Qoidalar»ga  binoan,  badanga  og‘ir  shikast  yetkazishlar 
jumlasiga  kishi  a’zosining  ishdan  chiqishi  yoki  uning  faoliyati  yo‘qolishi  alomati  sifatida  qo‘l,  oyoq 
funksiyalari, eshitish, so‘zlash, nasl qoldirish qobiliyatining ishdan chiqishi yoki tamoman yo‘qotilishi kiradi. 
A’zoning  ishdan  chiqishi  deganda,  insonning  hayot  faoliyatida  organizmining  faqat  o‘zigagina  xos 
bo‘lgan  vazifani  bajaradigan  har  qanday,  shu  jumladan,  juft  a’zoning  (ichki,  tashqi)  ishdan  chiqishi 
tushuniladi. Amaldagi qonunga muvofiq, og‘ir tan jarohatlarining bu turiga: 
 
a) ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish – har ikki ko‘zning batamom ko‘rmay qolishi yoki ko‘rish qobiliyatining 
2 metr va bundan kam masofada barmoqlarni sanay olmaydigan darajada pasayishi (ko‘rish o‘tkirligi 0,04 va 
past).  Bitta  ko‘zning  ko‘r  bo‘lib  qolishi  ham  mehnat  qobiliyatini  uchdan  bir  qismini  barqaror  yo‘qotish 
singari og‘ir tan jarohatlari jumlasiga kiradi; 
b)  eshitish  qobiliyatini  yo‘qotish  –  to‘la  karlik  yoki  shunday  tuzalmas  holat,  bunda  jabrlanuvchi  quloq 
chanog‘idan  3–5  sm  masofadagi  og‘zaki  so‘zlashuvni  eshitmaydi.  Bitta  quloqning  kar  bo‘lib  qolganligini 
a’zo  faoliyatining  butunlay  yo‘qotilgan  deb  e’tirof  etilmaydi  va  u  umumiy  mehnat  qobiliyatining  15  % 
yo‘qotilishiga tenglashtirilishi bois, o‘rtacha og‘ir tan jarohati, deb hisoblanadi
d)  so‘zlash  qobiliyatini  yo‘qotish  –  jabrlanuvchida  o‘z  fikrlarini  atrofdagilar  uchun  tushunarli,  birikkan 
tovushlar bilan ifodalash imkoniyati yo‘qligini, shuningdek, so‘zlash qobiliyati odam organizmining bir qismi 
sifatida yo‘qotilishini bildiradi; 
e)  qo‘l  yoki  oyoqni  yo‘qotish  –  tanadan  ularning  ajralib  ketishi  yoki  ularning  o‘z  vazifasini  bajarish 
qobiliyatidan  mahrum  bo‘lishi;  bunda  jabrlanuvchi  shu  a’zolaridan  foydalanish  imkoniyatini  batamom 
yo‘qotadi  (oyoq  tayanch  yoki  harakat  faoliyatini  yo‘qotadi,  qo‘l  ishlamay  qoladi).  Qo‘lni  tirsak,  oyoqni 
tizzadagi past bo‘lmagan darajada kesib tashlash ularni yo‘qotish, deb hisoblanadi. Qolgan barcha hollar qo‘l 
yoki  oyoqning  bir  qismini  yo‘qotish,  deb  qaraladi  va  ular  mehnat  qobiliyatining  qay  darajada 
yo‘qotilganligiga qarab baholanmog‘i lozim; 
f)  nasl  qoldirish  qobiliyatini  yo‘qotish  –  jinsiy  aloqa  qilish  qobiliyatini  yo‘qotishdan  yoki  urug‘lanish, 
homilador  bo‘lish  va  bola  tug‘ish  qobiliyatini  yo‘qotishdan  iborat.  Shaxsning  tashqi  jinsiy  a’zolari 
shikastlanishi oqibatida rosmana jinsiy aloqa qilish qobiliyati yo‘qolsa yoxud ayol bachadon, tuxumdon yoki 
naychalar  shikastlanishi  oqibatida  homilador  bo‘lish,  homilani  normal  olib  yurish  va  ko‘zi  yorish 
imkoniyatidan  mahrum  bo‘lsa,  shikast  og‘ir,  deb  topiladi.  Erkaklarda  nasl  qoldirish  qobiliyatini  yo‘qotish 
urug‘lantirish qobiliyatini yo‘qotishda namoyon bo‘ladi. 
 
Homilaning  tushishi.  Homilaning  tushishi  og‘ir  tan  jarohatlari  jumlasiga  kiradi,  chunki  uning,  hatto 
tibbiyot muassasasida tushishi homilador ayolning sog‘lig‘i yoki hayoti uchun xavflidir.  
Homila  zo‘rlik  ishlatilishi  natijasida  tushganida  esa,  bu  xavf  yanada  oshib  ketadi.  Bundan  tashqari, 
homilaning  tushishi  natijasida  ayol  onalikdan  mahrum  bo‘ladi,  homila  nobud  bo‘ladi,  hayot  uziladi,  ayol 
vujudiga og‘ir ziyon yetadi. Bunday qilmish tufayli ayolga jiddiy ma’naviy, ruhiy ziyon yetkaziladi va bu hol 
uning  ruhiyatiga  salbiy  ta’sir  qiladi.  Homilaning  tushishi  nafaqat  jismoniy,  balki  ruhiy  zo‘rlik  ishlatish 
(hujum tufayli qattiq qo‘rqish, cho‘chish va h.k.) natijasida ham sodir bo‘lishi mumkin.  
Homiladorlik muddati jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatsizdir. Biroq, har bir muayyan holda 
aybdorning qasdi jabrlanuvchining homilasi tushishi mumkinligini qamrab olganligini aniqlash zarur. 
Shubhasiz,  ayolning  homilasi  katta  bo‘lsa  va  homiladorlik  alomatlari  ochiq-oydin  uning  gavdasida 
ko‘rinib  turgan  bo‘lsa,  qilmishni  kvalifikatsiya  qilish  qiyinchilik  tug‘dirmaydi.  Ammo  jabrlanuvchining 
homilasi kichkina bo‘lsa va aybdor bundan bexabar bo‘lsa, homilaning tushishida uni aybdor, deyish mumkin 
emas.  Bunday  holatlarda  aybdor  jabrlanuvchining  sog‘lig‘iga  yetkazilgan  aniq  shikast  uchun  javob  berishi 
kerak.  

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish