O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

Badanga og‘ir shikast yetkazganlik uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar. Jinoyat kodeksining 
104-moddasi, 2-qismida quyidagi og‘irlashtiruvchi holatlar:  
 
1) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan
2)  o‘z  xizmat  yoki  fuqarolik  burchini  bajarishi  munosabati  bilan  shaxsga  yoki  uning  qarindoshlariga 
nisbatan; 
3) o‘ta shafqatsizlik bilan; 
4) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; 
5) tamagirlik niyatida; 
6) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida
7) diniy taassublar zamirida; 
8) kishi a’zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko‘chirish (transplantat) maqsadida; 


9)  bir  guruh  shaxslar  tomonidan  qasddan  sodir  etilgan  badanga  og‘ir  shikast  yetkazganlik  uchun 
javobgarlik belgilangan. 
 
Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 3-qismida: 
 
1) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan
2) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan tarzda qasddan 
odam o‘ldirgan shaxs tomonidan
3)  o‘ta xavfli retsidivist tomonidan; 
4)  uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan; 
5)  jabrlanuvchining  o‘limiga  sabab  bo‘lgan  qasddan  badanga  shikast  yetkazganlik  uchun  javobgarlik 
nazarda tutilgan. 
 
Jinoyat  kodeksining  104-moddasi,  2  va  3-qismlarida  ko‘rsatilgan  javobgarlikni  og‘irlashtiruvchi  barcha 
holatlarni hayotga qarshi jinoyatlarni tahlil qilinganida ko‘rib chiqilgan edi. Shu bois ulardan faqat bittasini – 
jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishni tahlil qilamiz. 
Jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, avvalo, jabrlanuvchiga 
og‘ir  tan jarohati  yetkazishni  ko‘zda  tutadi,  ya’ni  qilmishni  bunday,  deb  topish  uchun  Jinoyat  kodeksining 
104-moddasida  ko‘rsatilgan  alomatlardan  kamida  bittasi  mavjud  bo‘lishi  kerak.  Jabrlanuvchining  o‘limiga 
sabab  bo‘lgan  zarbalar  berilgan,  u  do‘pposlangan,  badaniga  yengil  shikastlar  yetkazilgan  hollarda, 
aybdorning  qilmishi Jinoyat  kodeksining  102-moddasi  (ehtiyotsizlikdan  odam  o‘ldirish)  bilan  kvalifikatsiya 
qilinishi lozim. 
Agarda, jabrlanuvchining badaniga u yoki bu holatlar oqibatida uning o‘limiga sabab bo‘ladigan o‘rtacha 
og‘ir  shikastlar  yetkazilgan  bo‘lsa,  aybdor  Jinoyat  kodeksining  105-moddasi  va  102-moddasiga  ko‘ra, 
jinoyatlarning jami bo‘yicha javobgar bo‘ladi 
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyat va qasddan odam o‘ldirishni farqlash ancha qiyin, chunki bu jinoyatlarning 
obyektiv tomoni o‘xshashdir. Har ikki holatda ham jabrlanuvchining badaniga og‘ir shikast yetkaziladi va bir 
xil  oqibat  –  jabrlanuvchining  o‘limi  yuz  beradi.  Bu  jinoyatlar,  odatda,  bir  xil  usulda  o‘xshash  qurollar 
qo‘llanilgan  holda  sodir  etiladi.  Ko‘pincha  bu  ikki  jinoyat  subyektiv  tomonining  motivi  (rashk,  bezorilik 
tuyg‘usi, o‘ch olish va h.k.) ham mos keladi. 
Qasddan odam  o‘ldirishda bo‘lgani  singari aybdorning  qilmishini  Jinoyat  kodeksining  104-moddasi,  3-
qismi  bilan  kvalifikatsiya  qilish  uchun  badanga  yetkazilgan  og‘ir  shikast  va  yuz  bergan  o‘lim  o‘rtasida 
sababiy bog‘lanish mavjudligini aniqlash zarurdir.  
Mazkur jinoyatlarni farqlash uchun jabrlanuvchining o‘limi yuz bergan vaqt emas, balki aybdorning yuz 
bergan oqibatlarga ruhiy munosabati hal qiluvchi omil hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 3-qismida javobgarlik belgilangan jinoyatning subyektiv tomoni o‘ziga 
xosligi  bilan  ajralib  turadi  va  badanga  yetkazilgan  shikast  va  yuz  bergan  o‘limga  nisbatan  aybni  alohida-
alohida aniqlashni talab qiladi, ya’ni bu yerda aybning murakkab shakli mavjud bo‘ladi. 
Jinoyat  kodeksining  104-moddasi,  3-qismida  nazarda  tutilgan  jinoyat  murakkab,  tarkiblidir.  Bu  yerda 
ikkita  jinoyat  –  qasddan  badanga  og‘ir  shikast  yetkazish  va  ehtiyotsizlikdan  odam  o‘ldirish  bitta  tarkibga 
birlashtirilgan. Shu munosabat bilan, basharti, aybdor shaxsning badanga og‘ir shikast yetkazishi to‘g‘ri yoki 
egri  qasd  bilan  sodir  etilgan  va  ehtiyotsizlikdan  o‘lim  ro‘y  bergan  bo‘lsa,  bunda  uning  qilmishi 
jabrlanuvchining  o‘limiga  sabab  bo‘lgan  badanga  og‘ir  shikast  yetkazish  sifatida  Jinoyat  kodeksining  104-
moddasi, 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
Demak,  badanga  jabrlanuvchining  o‘limiga  sabab  bo‘lgan  og‘ir  shikast  yetkazish  va  qasddan  odam 
o‘ldirish  tarkiblarini  faqat  aybdor  qasdining  mazmuni  va  yo‘nalishiga  qarab  farqlash  mumkin.  Agar 
aybdorning  qasdi  jabrlanuvchini  o‘ldirishga  qaratilgan  yoki  bunday  oqibatlarning  ro‘y  berishi  uning  qasdi 
doirasiga  kirgan  bo‘lsa,  uning  qilmishi  Jinoyat    kodeksining  qasddan  odam  o‘ldirganlik  uchun  jinoiy 
javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim. 
Aybdor  qasdining  mazmuni  haqidagi  masalani  hal  qilishda,  sudyalar  sodir  etilgan  jinoyatning  barcha 
holatlaridan  kelib  chiqishlari  va,  xususan,  jinoyatni  sodir  etish  usullari  va  qurollarini,  jarohatlar  miqdori, 
xususiyati va joylashuvini, insonning hayoti uchun muhim bo‘lgan a’zolariga yetkazilgan boshqa shikastlarni


jinoiy  qilmishlarning  to‘xtatilishi  sabablarini  va  boshqa  shu  singarilarni,  shuningdek,  aybdor  va 
jabrlanuvchining  bundan  oldingi  xulq-atvorini,  ularning  jinoyat  sodir  etilishiga  qadar  bo‘lgan  o‘zaro 
munosabatlarini inobatga olishlari kerak. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish