O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar tushunchasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

1.4. Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar tushunchasi,  
turlari va ularning yuridik tahlili 
 
Ushbu  bo‘limdagi  moddalar  mazmuni  bilan  tanishish  ularning  barchasida  hayot  yoki  sog‘liq  uchun 
chinakam  xavf  tug‘diruvchi,  sodir  etilganidan  keyin  zarar  yuz  berishining  oldini  olish  aybdorning  o‘ziga 
bog‘liq bo‘lmagan qilmishlar uchun javobgarlik nazarda tutiladi, deb xulosa qilish imkonini beradi. 
 
Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar 
 

O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish (Jinoyat kodeksining 112-moddasi). 

Тanosil yoki OIТS kasalligini tarqatish (Jinoyat kodeksining 113-moddasi). 

Jinoiy ravishda homila tushirish (abort) (Jinoyat kodeksining 114-moddasi). 

Ayolni o‘z  homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash (Jinoyat kodeksining 115-moddasi). 

Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik (Jinoyat kodeksining 116-moddasi). 

Xavf ostida qoldirish (Jinoyat kodeksining 117-moddasi). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
A. O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish 
(Jinoyat kodeksining 112-moddasi) 
 
Ushbu  jinoyatning  bevosita  obyekti  shaxsning  hayoti  yoki  sog‘lig‘idir.  Obyektiv  tomondan  jinoyat 
o‘ldirish  yoki  zo‘rlik  ishlatish  bilan  qo‘rqitishda,  bu harakat  amalga  oshirilishidan  xavfsirash  uchun  yetarli 
asoslar mavjud bo‘lishida ifodalanadi. 
Bunda qo‘rqitishning ikki belgisi yaqqol ko‘rinadi: 
 
1) qo‘rqitishning o‘zi; 
2) qo‘rqitish amalga oshirilishidan xavfsirash uchun asos beruvchi muayyan holatlarning mavjudligi. 
 
O‘ldirish  bilan  qo‘rqitishning  aniqlash  darajasi  turlicha  bo‘lishi  mumkin:  aybdor  o‘ldirish  usuli,  quroli 
haqida aytib o‘tmasligi mumkin, balki jabrlanuvchida qo‘rquv tuyg‘usini kuchaytirishga intilib, o‘ldirishning 
qaysi  usuli  va  qurolidan  foydalanish  niyatida  ekanligini,  bo‘lajak  qiynoqlar,  azoblar  va  h.k.  haqida  aytishi 
mumkin. 
O‘ldirish  bilan  qo‘rqitish  deganda,  boshqa  kishini  o‘ldirish  niyati  borligi  haqida  xabardor  qilishni 
tushunmoq lozim. 


Jinoyat  kodeksining  112-moddasi,  1-qismida  nazarda  tutilgan  qo‘rqitishning  ikkinchi  turi  –  zo‘rlik 
ishlatish bilan qo‘rqitishdir. Zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish deganda, aybdorda jabrlanuvchining sog‘lig‘iga 
shikast  yetkazish  niyati  borligi  tushunilmog‘i  lozim.  Jinoyat  kodeksining  112-moddasi  matnida  qanday 
zo‘rlik ishlatish haqida hech nima aytilmagan. Shu sababdan, Jinoyat kodeksining 112-moddasida har qanday 
zo‘rlik ishlatish uchun javobgarlik belgilangan, deb o‘ylash lozim. 
Qo‘rqitish  jismoniy  yoki  ruhiy  zo‘rlik  ishlatishdan  iborat  bo‘lishi  mumkin.  Jismoniy  zo‘rlik  ishlatish 
odam organizmiga uning ra’yiga xilof ravishda tashqi omillari bilan g‘ayriqonuniy ta’sir ko‘rsatishdir.  
Jismoniy  zo‘rlik  jumlasiga  badanga  har  qanday  darajadagi  –  og‘ir,  o‘rtacha  og‘ir  yoki  yengil  shikast 
yetkazish kiradi. Ammo, umuman olganda, zo‘rlik bilan qo‘rqitish jismoniy daxlsizlikka nisbatan bo‘ladigan 
har qanday zo‘ravonlik tajovuzini sodir etish haqida bildirilgan niyatni ham qamrab oladi, chunonchi do‘p-
poslash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash qo‘rqitish bilan qamrab olinadi (Jinoyat kodeksining 110-
moddasi). 
Qo‘rqitish  mustaqil  jinoyat  sifatida  bir  qator  shartlarga  javob  berishi  kerak:  birinchidan,  u  haqiqatan 
mavjud  bo‘lishi  kerak,  ya’ni  umuman  olganda,  yaqin  vaqtda  amalga  oshirilishi  mumkin  bo‘lishi  lozim. 
Amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan yoki ro‘yobga chiqarilishi faraz qilingan holatlar yuz berishi mumkin 
bo‘lgan qo‘rqitishni haqiqiy, deb topish mumkin emas. Masalan, odamni uning borish niyatida bo‘lmagan u 
yoki  bu  shaharda,  qishloqda  paydo  bo‘lsa,  o‘ldirish  bilan  qo‘rqitish.  Shuningdek,  hali  umuman  turmushga 
chiqish niyatida bo‘lmagan ayolni bo‘lg‘usi erini o‘ldirish bilan qo‘rqitish ham real emas. 
Qo‘rqitish tayin bo‘lishi, ya’ni jabrlanuvchiga muayyan zarar yetkazish niyatini o‘z ichiga olgan bo‘lishi 
kerak.  «Ovozingni  o‘chir,  aks  holda,  yomon  bo‘ladi»,  «afsuslanasan»,  «ko‘radiganingni  ko‘rasan»  singari 
noaniq  tusdagi  qo‘rqitishlar  javobgarlikni  keltirib  chiqarishi  mumkin  emas,  chunki  ular  aniq  bir  zarar 
yetkazish  niyatini  o‘z  ichiga  olmaydi.  Albatta,  bu  aybdor  jabrlanuvchiga  qanday  zarar  yetkazmoqchi 
bo‘lganini,  ya’ni  ko‘zni  o‘yib  olish,  yuzini  jarohatlash,  bichib  qo‘yish  kabi  shikast  yetkazmoqchiligini 
mutlaqo aniq aytishi kerakligini bildirmaydi. Odatda, qo‘rqitish unchalik aniq bo‘lmagan ma’lumotlarni o‘z 
ichiga  olmaydi.  Ammo  nima  bo‘lganda  ham,  agar  so‘z  o‘ldirish  bilan  qo‘rqitish  haqida  borayotgan  bo‘lsa, 
odamni o‘ldirishga bo‘lgan muayyan niyati muayyan so‘zlarda ifodalangan bo‘lishi kerak. 
Jinoiy  jazoga  loyiq  qo‘rqitish  aniq  bir  shaxsga  qaratilgan  bo‘lishi  lozim.  «Hammangni  so‘yaman», 
«hammangni  o‘ldiraman»  kabi  umumiy  tusdagi,  biron-bir  kishiga  aniq  qaratilmagan  qo‘rqitishlar  shaxsni 
Jinoyat kodeksining 112-moddasi bilan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi. 
Qo‘rqitishning  zaruriy  belgisi  uning  haqiqiyligidir.  Jinoyat  kodeksining  112-moddasida  qo‘rqitishning 
haqiqiyligi  uning  amalga  oshirilishidan  xavfsirash  uchun  yetarli  asoslar  mavjud  bo‘lishi  bilan  asoslanadi. 
Jabrlanuvchiga  amalga  oshirilishidan  xavfsirash  uchun  asos  bo‘ladigan  qo‘rqitish  haqiqiy,  deb  topilmog‘i 
lozim.  Jabrlanuvchida  qo‘rqitishning  amalga  oshirilishidan  xavfsirash  uchun  asoslar  mavjud  yoki  mavjud 
emas,  degan  masalani  hal  qilishda  aybdor  aytgan  so‘zlarning  mazmunini,  qo‘rqitishga  sabab  bo‘lgan 
mojaroning  jiddiyligini,  keskinligini,  qo‘rqituvchi  va  qo‘rqitiluvchi  o‘rtasida  vujudga  kelgan  munosabatlar 
xususiyatini  hisobga  olish kerak.  Qo‘rqitishning  jabrlanuvchi  tomonidan  idrok  etilishiga  vaziyat  ham  ta’sir 
ko‘rsatadi.  Masalan,  hech  kimdan  yordam  olish  mumkin  bo‘lmagan  xilvat  joyda,  subyektning  harakatlari 
natijasida  atrofdagilarning  ochiq-oydin  uni  qo‘llab-quvvatlashi  va  boshqa  shu  singari  holatlarda  bo‘lishi 
mumkin. 
Qo‘rqitish,  ya’ni  tahdid  qilish  usullari  har  xil  bo‘lishi  mumkin.  Ko‘pincha  u  kimga  qaratilgan  bo‘lsa, 
bevosita o‘shanga og‘zaki aytiladi. Lekin u yozma ravishda (xat orqali), telefon, telegraf orqali, qurolni yoki 
uning o‘rnini bosuvchi narsani ko‘rsatish yo‘li bilan, ramziy belgilar orqali, biron-bir narsani unga o‘qtalib, 
badaniga pichoq tirab bildirilishi ham mumkin.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  plenumining  1996-yil  19-iyuldagi  «Jinoyat  uchun  jazo  tayinlash 
amaliyoti  to‘g‘risida»gi  16-qarorida:  «Sodir  etilgan  jinoyatning  jamiyat  uchun  xavfliligini  baholashda 
muayyan jinoiy xatti-harakatni sodir etishdagi barcha holatlar (ayb shakli, jinoyatni sodir etish usuli, sababi, 
vaziyati  va  bosqichi,  kelib  chiqqan  oqibatning  og‘irligi,  jinoyat  ishtirokchilaridan  har  birining  ishtiroki 
darajasi  va  xususiyati  va  h.k.)  majmuyiga  asoslanmoq  kerak.  Sudlanuvchining  shaxsi  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar, ular jazoning turi va miqdorini belgilashda muhim ahamiyatga egaligi tufayli, har tomonlama va 
to‘la tekshirilmog‘i lozim»
1
,  deb tushuntirish berilgan. 


Aybdor qo‘rqitishning mazmuni (mohiyati) jabrlanuvchiga ma’lum bo‘lishi uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan 
hamma narsani qilgan paytidan e’tiboran, qo‘rqitish tamom bo‘lgan jinoyat, deb topilishi lozim. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish