O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

O‘ldirish  yoki  zo‘rlik  ishlatish  bilan  qo‘rqitishning  subyektiv  belgilari.  Subyektiv  tomondan  o‘ldirish 
yoki  kuch  ishlatish  bilan  qo‘rqitish  qasddan  sodir  etiladi.  Aybdor  o‘zga  shaxsni  qo‘rqitayotganini,  uning 
mazmunini  va  tahdidi  jabrlanuvchiga  ma’lum  bo‘lajagini  va  uning  tomonidan  haqiqiy,  deb  idrok  etilishini 
anglagan bo‘lishi kerak. Aybdorning tahdidini amalga oshirish niyatida bo‘lganligi yoki jabrlanuvchini faqat 
cho‘chitmoqchi bo‘lganligi  jinoyat tarkibi mavjud bo‘lish uchun ahamiyati yo‘q. Bu jinoyatning motivlari 
har xil  bo‘lishi  mumkin.  Bular tamagirlik,  o‘ch olish,  g‘azab, jabrlanuvchining muayyan harakatlarni sodir 
etishiga  erishish  istagi,  shaxsan  xush  ko‘rmaslik  kabilardan  iborat  bo‘lishi  mumkin.  Garchi,  motiv  jinoyat 
tarkibi  doirasidan  chetda  tursa  va  jinoyatning  kvalifikatsiyasiga  ta’sir  ko‘rsatmasa  ham,  ular  qilmishning 
ijtimoiy xavfliligi darajasiga ta’sir qiladi va jazo tayinlashda hisobga olinishi kerak. 
O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishning maqsadlarini aniqlash juda muhim. Aynan maqsadiga 
ko‘ra,  bu  jinoyatni  boshqa  o‘xshash  ijtimoiy  xavfli  xatti-harakatlardan  farqlash  mumkin.  Masalan, 
jabrlanuvchini  jinoyatchiga  mulkni  topshirish,  mulkiy  manfaatlar  berishga  majbur  qilish  maqsadida 
qo‘rqitish, tovlamachilikdan (Jinoyat kodeksining 165-moddasi), o‘zganing mulkini talon-taroj qilish uchun 
zo‘rlik  ishlatish  bilan  qo‘rqitishdan  foydalanish  –  murakkab  talonchilikdan  (Jinoyat  kodeksining  166-mod-
dasi,  2-qismi),  ayol  bilan jinsiy  aloqa  qilish  uchun  zo‘rlik  ishlatish  bilan  qo‘rqitish  esa,  nomusga  tegishdan 
(Jinoyat kodeksining 118-moddasi) iborat bo‘ladi. 
Qo‘rqitish jinoyatining subyekti jinoyat sodir etilganga qadar 16 yoshga to‘lgan, aqli raso shaxs bo‘lishi 
mumkin. 
 
B. Тanosil yoki OIТS kasalligini tarqatish 
(Jinoyat kodeksining 113-moddasi) 
 
Ushbu modda to‘rt qismdan iborat bo‘lib, jinoyatning obyekti shaxsning sog‘lig‘i yoki hayotidir. 
Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 1-qismida bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi 
ostida  qoldirganlik  uchun  javobgarlik  nazarda  tutilgan.  Ushbu  jinoyat  obyektiv  tomondan  Jinoyat 
kodeksining  113-moddasi,  1-qismida  nazarda  tutilgan  harakatlarda,  ya’ni  bila  turib  boshqa  shaxsni  tanosil 
kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirishda ifodalanadi. 
Тanosil  kasalliklari  –  zaxm,  so‘zak,  pereloy,  triрper,  yumshoq  shankr,  moyaklar  (jinsiy) 
limfogranulsmatozi  kabilar.  Тanosil  kasalligining  xususiyati,  uni davolash  mumkinligi  yoki  kasallik  tufayli 
yuz bergan oqibatlar jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi. 
Bila  turib,  shaxsni  tanosil  kasalligini  yuqtirish  xavfi  ostida  qoldirish  o‘zida  tanosil  kasalligi  borligini 
bilgan  shaxs  tomonidan  jabrlanuvchiga  nisbatan  shunday  kasallikni  yuqtirishi  mumkin  bo‘lgan  turli 
harakatlar  sodir  etishidan  iborat.  Yuqtirish  xavfi  ostida  qoldirish  aybdor  tomonidan  jabrlanuvchiga  tegishli 
sharoitlarda  kasallikni  yuqtirish  mumkin  bo‘lgan  shunday  harakatlar  sodir  etilishini  nazarda  tutadi,  bunda 
kasallik  faqat  tasodifiy  holatlar  yoki  jabrlanuvchi  o‘ziga  yuqtirmaslik  choralarni  ko‘rganligi  tufayligina 
yuqmasligi mumkin. 
Bila  turib  deganda,  aybdorning  o‘zida  tanosil  kasalligi  borligini  bilgani  holda  jabrlanuvchini  kasallikni 
yuqtirish xavfi ostida qoldirishi tushuniladi. Boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish 
usullari har xil. Masalan, jinsiy aloqa qilish, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, turmushda, ishda 
gigiyena qoidalarining turlicha buzilishlari va h.k. bo‘lishi mumkin. 
Lekin  ular  jinoyatning  kvalifikatsiyasiga  ta’sir  ko‘rsatmaydi.  Jabrlanuvchi  o‘zini  tanosil  kasalligini 
yuqtirish xavfi ostida ixtiyoriy ravishda qoldirishi o‘zida tanosil kasalligi borligini bilgan va jabrlanuvchini 
kasallikni  yuqtirish  xavfi  ostida  qoldirgan  yoki  unga  yuqtirgan  shaxsni  jinoiy  javobgarlikdan  ozod  qilish 
uchun asos bo‘la olmaydi. 
Jinoyat  kodeksining  113-moddasi,  1-qismida  nazarda  tutilgan  jinoyat  jabrlanuvchi  kasallikni  yuqtirish 
xavfi  ostida  qoldirilgan  paytdan  e’tiboran  tamom  bo‘lgan,  deb  topiladi,  agar jabrlanuvchiga  kasallik  yuqsa, 
unda aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim. 
Subyektiv tomondan jinoyat faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi, ya’ni bila turib va oqibat ro‘y berishini 
xohlab amalga oshiriladi. 


Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan va o‘zining tanosil kasalligiga chalinganligini bilgan shaxs 
hisoblanadi. Aybdorning tanosil kasalligiga chalinganligini bilgan bo‘lishi jinoyatni Jinoyat kodeksining 113-
moddasi bilan kvalifikatsiya qilishning zaruriy shartidir. 
Aybdor  o‘ziga  tanosil  kasalligi  yuqqanligini  bilmagan  va  bilishi  mumkin  bo‘lmagan  hollarda  u  Jinoyat 
kodeksining  113-moddasi  bilan  javobgarlikka  tortilmaydi.  Masalan,  shifokor  tahlilni  tekshirib,  tanosil 
kasalligiga  chalinganligi  taxmin  qilingan  bemorga  uning  sog‘lomligini  aytadi  va  «bemor»  sog‘lomligiga 
ishonib,  jinsiy  aloqa  qiladi  va  natijada  kasalini  jabrlanuvchiga  yuqtiradi.  Bunday  holda  ham  Jinoyat 
kodeksining 113-moddasida belgilangan javobgarlik vujudga kelmaydi. 
Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomoni o‘zida tanosil 
kasalligi  borligini  bilgan  shaxsning  bu  kasallikni  boshqa  shaxsga  yuqtirishida  ifodalanadi.  Agar 
jabrlanuvchiga  tanosil  kasalligi  yuqtirilgan  bo‘lsa,  shaxs  Jinoyat  kodeksining  113-moddasi,  2-qismi  bilan 
javobgarlikka  tortiladi,  agar  bunday  oqibatlar  yuz  bermagan  bo‘lsa,  aybdorning  qilmishini  Jinoyat 
kodeksining 113-moddasi, 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish zarur. 
Jinoyat  kodeksining  113-moddasi,  2-qismida  nazarda  tutilgan  jinoyat  jabrlanuvchiga  tanosil  kasalligi 
yuqtirilgan paytdan tamom bo‘lgan, deb hisoblanadi. Biroq, barcha hollarda ham tanosil kasalligiga chalingan 
bemorning  harakatlari  bilan jabrlanuvchiga  kasallik  yuqtirilishi  o‘rtasidagi  sababiy  bog‘lanish  mavjudligini 
aniqlash zarur. Agar bunday bog‘lanish bo‘lmasa, aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 1-
qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Mazkur jinoyatning subyekti o‘zida tanosil 
kasalligi borligini bilgan har ikki jinsdagi shaxs bo‘lishi mumkin. 
 
Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 3-qismida: 
 
a) ikki yoki undan ortiq shaxsni
b)  voyaga  yetmagan  shaxsni  bila turib, tanosil  kasalligini  yuqtirish  xavf  ostida qoldirganlik  yoki  ularga 
kasallikni yuqtirganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. 
 
Agar  avval  sodir  etilgan  tanosil  kasalligini  yuqtirish  xavfi  ostida  qoldirganlik  yoki  yuqtirganlik  uchun 
jinoiy  javobgarlikka  tortish  muddati  o‘tib  ketmagan  bo‘lsa,  aybdor  ikki  yoki  undan  ortiq  shaxsni  tanosil 
kasalligini  yuqtirish  xavfi  ostida  qoldirgan  yoki  ularga  yuqtirgan  bo‘lsa,  bunday  holda  qilmish  Jinoyat 
kodeksining 113-moddasi, 3-qismi, «a» bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Boshqa hollarda jinoyatni 
yuqoridagi belgilarga ko‘ra, kvalifikatsiya qilish uchun birinchi marta tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida 
qoldirganlik  yoki  yuqtirganlik  bilan  keyingi  sodir  etilgan  qilmish  oralig‘ida  qancha  vaqt  o‘tganligining 
ahamiyati yo‘q. 
Jabrlanuvchi  18  yoshga  to‘lmagan  hollardagina  aybdorning  harakatlari:  voyaga  yetmagan  shaxsni  bila 
turib, tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirishi yoki unga bu kasalni yuqtirishi Jinoyat kodeksining 
133-moddasi, 3-qismi, «b» bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak. 
Subyektiv  tomondan  Jinoyat  kodeksining  113-moddasi,  3-qismida  nazarda  tutilgan  jinoyat  to‘g‘ri 
qasddan sodir etiladi. 
Aybdorning qilmishini Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilishda uning bila 
turib  18  yoshga  to‘lmagan  shaxsni  tanosil  kasalligini  yuqtirish  xavfi  ostida  qoldirganligi  yoki  kasallikni 
yuqtirganligini  yoki  ongli  ravishda  bunga  yo‘l  qo‘yganligini  aniqlash  zarur.  Aybdor  voyaga  yetmagan 
shaxsning  yoshi  xususida  adashgan  hollarda,  uning  qilmishini  Jinoyat  kodeksining  113-moddasi,  1  yoki  2-
qismlari bilan kvalifikatsiya qilish kerak bo‘ladi. 
Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 3-qismi, «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti 16 yoshga 
to‘lgan shaxs va o‘zining tanosil kasalligini bilgan, 18 yoshga to‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat  kodeksining  113-moddasi,  4-qismida  bila  turib,  boshqa  shaxsni  OIТS  (orttirilgan  immunitet 
tanqisligi  sindromi)  kasalligini  yuqtirish  xavfi  ostida  qoldirganlik  yoki  unga  OIТS  kasalligini  yuqtirganlik 
uchun  javobgarlik  belgilangan.  OIТS    virusi  jinsiy  aloqa  natijasida,  ukol  qilish  uchun  sterillanmagan 
shprislardan foydalanilganda, tarkibida virus bo‘lgan donor qoni yoki dorilarni tomirga yuborish yo‘li bilan, 
ona  suti  orqali  va  boshqa  shu  kabi  manbalardan  yuqtirilishi  mumkin.  Shuni  esda  saqlash  kerakki,  bunday 
kasallikka chalingan shaxsga, hozircha davo yo‘q va bu kasallikka chalingan shaxs o‘lim xavfidan xoli emas. 


Ushbu  kasalliklarning  oldini  olish  va  qarshi  kurash masalalari  yuzasidan  O‘zbekiston  Respublikasining 
1991-yil 14-iyundagi  «OIТS bilan kasallanishning oldini olish to‘g‘risida»gi hamda 1999-yil 19-avgustdagi 
«Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIТS kasalligining) oldini olish to‘g‘risida»gi 
Qonunlari qabul qilingan. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish