O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

Badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishi. Bu alomatni estetik xususiyatga ega, deyish mumkin. 
Aksariyat hollarda yetkazilgan shikast oqibatida badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishi sog‘liqqa 


jiddiy zarar yetkazmasa-da, u odamni juda badbashara, xunuk qilishi natijasida jabrlanuvchi ma’naviy qattiq 
azob  chekadi.  Bunday  shikastlar  shaxsning  jamoatchilik  bilan  aloqalari  uzilib  qolishi  xavfini  tug‘diradi. 
Jabrlanuvchilar  tashqi  qiyofasidan  uyalib,  do‘stlari,  yaqinlari,  qarindoshlari  bilan  aloqa  qilmay  qo‘yadilar, 
mehnat  va  boshqa  faoliyatlarini  keskin  qisqartiradilar,  ko‘pincha  ishlamay  qo‘yadilar,  spirtli  ichimliklarga, 
giyohvandlikka  beriladilar,  bundan  taskin  topganday  bo‘ladilar  va  ba’zan  daydilik,  tilanchilik  bilan 
shug‘ullanib, darbadarlikda kun kechira boshlaydilar. Bunday shaxslar ko‘pincha jinoyat sodir etadilar. 
Badanning  tuzalmaydigan  darajada  xunuklashishi  deganda,  tananing  ayrim  qismlari  (quloq,  burun  va 
lablar)ning    olib  tashlanishi  yoki  yuzning  notekis  bo‘lib  qolishi,  mimikaning  buzilishi,  yuzda  chuqur 
chandiqlar,  tirtiqlar  qolishi,  qaltiroqning  paydo  bo‘lishi  va  h.k.  tushuniladi.  Badanning  xunuklashishi, 
basharti, tuzalmaydigan bo‘lsa, og‘ir tan jarohati, deb topiladi.  
Shikastning  tuzalishi  deganda,  vaqt  o‘tishi  bilan  yoki  tibbiy  vositalar  ta’sirida  yo‘qolib  ketadigan 
patologik  o‘zgarishlar  (chandiqlar,  tirtiqlar,  mimika  buzilishlari  va  h.k)ning  ancha  kamayib  borishi 
tushuniladi.  Agarda,  ularni  yo‘qotish  uchun  tezkor  aralashuv  (kosmetik  operatsiya)  talab  qilinsa,  badanga 
yetkazilgan shikast tuzalmaydigan, deb hisoblanadi.  
Тuzalmaydigan  xunuklashishning  tibbiy  mezonini  tasdiqlash  sud-tibbiyot  eksperti  vakolatiga  kiradi. 
Biroq,  ekspert faqat  xunuklashish  hodisaning  mavjudligi  haqida  xulosa  berishga  vakolatli  emas.  Chunki  bu 
tibbiy emas, balki estetik tushunchadir. Shu bois badanga yetkazilgan shikast badanni xunuklashtirishi yoki 
xunuklashtirmasligi masalasi taraflar ishtirokida va shikastlarning xususiyati, joylashuvi, tuzalmaslik darajasi 
hisobga  olinib  va  umumiy  qabul  qilingan  estetik  tasavvurlar  asosida  sudning  faqat  ichki  ishonchigagina 
asoslangan holda hal etiladi. Aynan sud obyektiv ravishda, jabrlanuvchining shikast yetkazilmasdan oldingi 
va keyingi qiyofasini taqqoslash yo‘li bilan badanning xunuklashganligini aniqlashi kerak.  
Jinoyat kodeksining104-moddasida badanga og‘ir shikast yetkazilganlik natijasida ruhiy kasalga chalinish 
ko‘rsatib o‘tilgan, bunda jabrlanuvchi odatda o‘zi qilayotgan harakatlarning xususiyatini anglash qobiliyatini 
yo‘qotadi va odamlar bilan muloqot qilishdan mahrum bo‘ladi.  
Ruhiy  (psixik)  kasallik  –  normal  ruhiy  faoliyatning  buzilishi  bo‘lib,  u  shaxsning  atrofdagi  voqelikni 
to‘g‘ri idrok etish va o‘z xulq-atvorini nazorat qilish layoqatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu idrok, tafakkur, 
xotira, hissiyot, diqqat-e’tibor, iroda, qiziqish va yurish-turishning izdan chiqishida namoyon bo‘ladi.  
Ruhiy kasallik doimiy  yoki vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Ruhiy kasallik tashxisi va uning yetkazilgan 
jarohatlar bilan bog‘liqligi ruhiy-psixiatrik ekspertiza o‘tkazib aniqlanadi. Bunday shikastlanishning og‘irlik 
darajasi sud-tibbiyot ekspertining ishtirokida aniqlanadi.  
Garchi,  badanga  yetkazilgan  shikast  hayot  uchun  xavfli  bo‘lmasa  yoki  a’zo  ishdan  chiqmasa-da, 
jabrlanuvchi  umuman  sog‘liqning  buzilishi  natijasida  mehnat  qobiliyatining  o‘ttiz  uch  foizidan  kam 
bo‘lmagan qismini doimiy yo‘qotsa, badanga og‘ir shikast yetkazish, deb hisoblanadi. 
Mehnat qobiliyatining  yo‘qotilishi  turg‘un bo‘lishi  kerak,  deyilganida,  mehnat qobiliyatini  doimiy  yoki 
nomuayyan  uzoq  muddatga  yo‘qotilishi  tushuniladi.  Bolalarda  mehnat  qobiliyatining  yo‘qotilishi 
«Qoidalar»da belgilab qo‘yilgan umumiy qoidalardan kelib chiqqan holda, katta yoshli shaxslarniki singari, 
nogironlarniki esa, nogironligi va uning guruhidan qat’iy nazar, amaliy jihatdan sog‘lom kishilarniki singari 
aniqlanadi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish