To'rtinchidaii,
iqtisodiy belgilar bo’yicha ijtimoiy tabaqalanish rivojlandi,
asossan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadigan
jamoa va oila
shakllandi; charm va kulolchilik mahsulotlari gazlamani tayyorlaydigan mehnat
qurollari mohir ustalar, quruvchilar ajralib chiqdi. Lekin davlat va huquq hali ajralib
chiqmadi.
Beshincbidan,
inson va jamiyatning ma’naviy dunyosi bo'lgan qavlati amaldagi
tajriba bilan boyidi. To'plangan bilimar va ko'nikmalami avloddan-avlodga
uzatmasdan turib yillik yoki ko'p yillik sikllar bilan bog’langan dehqonchilik va
chorvachilikdagi qayta ishlab chiqarish jarayonlarini amalgam oshirish mumkin emas
edi. Bu davrda m a’lum darajada san’at, murakkab ichki oilaviy munosabadar, jamoa
ichidagi va jamoalar o’rtasidagi munosabatlar rivojlandi.
Boshlanish nuqtasini aniqlab, jamiyat tarixini asosiy davrlarini, tarixiy progress
spirallari o'ramlarini, jahon sivilizatsiyalarini almashuvini umumiy qiyofada tasawur
qilamiz. (1 jadval)
~
30
~
Birinchi jadvalda yettita dunyo sivilizatsiyalari
ajratilgan. Ulardan uch
birinchisi-neolit,
ilksinfiy va antik sivilizatsiyalar-jamiyatni shakllanishi, uning
bolaligi va o'smirligini aks ettirgan tarixiy supersiklga birlashtirilishi mumkin, olim
Yakovesni fikricha bu tarixiy davming cho'qqisi m a’naviyat-madaniyatni guilab-
yashnagan davri antik bosqichdir. Keyin uch sivilizatsiyalar-o'rta asrlar, industriya
arfasi va industrial-jamiyatning yetuklik bosqichi deb shartli aytish mumkin. Ular
asta-sekin butun yer sharini qamrab oldi, qudratli texnologik bazani shakllantirdi,
bozor munosabatlariga asoslangan ko'p ukladli iqtisodiyot, demokratik ijtimoiy-
siyosiy tuzumni yaratdi, atrof dunyoni bilish va o'zgartirishda, ma’naviy muhitni
rivojlantirishda yuqori marralami egalladi va biosferaga (ijobiy va salbiy) ta’sir qilish
darajasi bilan tabiat kuchlari bilan tenglashdi, noosferaning negativ variantini
realizatsiya qilishda faqat insoniyatni emas, balki yerdagi barcha tirik mavjudotni
halokat yoqasiga keltrib qo'ydi.
XX asr oxirida jamiyat yangi supersiklga o'tish bosqichiga kirdi deb tavsiflash
mumkin, supersiklning birinchi bosqichi post-industrial (industriiyadan keyingi)
sivilizatsiya bo'ladi. Bu insoniyat jamiyatini gullab-yashnagan davri bo’ladimi,
jamoa donoligi, qaysiki aqlning qudratini va moddiy ifodasini insoniyatni barkamol
rivojlanishi uchun va noosferani pozetik variantini shakllantirishga ishlata oladimi,
yoki insoniyat jamiyatini hayotiy siklini keksayish fazasini ifodalaydigan bir necha
sivilizatsiyalami (vaqt bo'yicha yanada qisqa)
qamrab oladigan uzoq davr
boshlanadimi-buni kelajak ko'rsatadi.
Birinchi jadval ma’lumotlari tarixiy ritmlami miqdor tavsifini aniqlashga yordam
beradi. Har bir keyingi sivilizatsiyani (o'tish davrisiz) davomiyligini qisqarish
an’anasi aniq ko'rinadi: neolit sivilizatsiyasi uchun 30 dan-37 yuz yillik, industrial
sivilizatsiya uchun 1,8 yuz yillik, postindustrial sivilizatsiya uchun 1,2 yuz
yillikgacha. Tezlik sur’ati o'rta asrlar va industrial arafasi sivilizatsiyalari uchun eng
yuqori bo'ldi, keyin u asta - sekin sekinlasha boshladi. Birinchi bosqich (mezalit)da
eng uzoq o'tish davri, keyin u tez qisqaradi va har bir sivilizatsiyaning hayot siklida
yanada kichik hajmni (neolit uchun 44 %, industrial uchun 25 %) egallaydi. Lekin
yangi supersiklga o'tishda o'tish davri nisbatan yana o'sadi.
Lekin yangi supersiklga o'tishda o'tish davrining uzunligi yana nisbatan o'sadi.
Bu haqda sivilizatsiyalaming hayotiy sikllarining uzunligi bo'yicha o'tish davrining
tutgan hajmini ifodalaydigan quyidagi raqamlar bo'yicha fikrlash mumkin:
Sivilizatsiyalar
1
2
3
4
5
6
7
O'tish davrining tutgan o'mi
44
31
24
39
26
25
31
Tarixiy progressning epitsentrlari bo'yicha belgilanadigan Jahon sivilizatsiya-
larining almashuvi insoniyat jamiyati taraqqiyotining izchil bosqichlarini ifodalaydi.
Lekin, bu epitsentrlar davriy ко'chib turadi asosan supersikllami almashuvi davrida,
birinchi uch sivilizatsiyalar uchun progress epitsentri O'rtayerdengizi havzasida,
Yaqin va Uzoq Sharqda (Misr, Mesopotamiya, Hindiston) joylashdi. Bu davrda
dunyo sivilizatsiyalarini politsentrizmi, bir qator lokal
sivilizatsiyalaming
shakllanganini aytish mumkin. Keyingi uch sivilizatsiya tarixiy progressning
“Sharqdan (Xitoy, Hindiston, O'rta Osiyo, Yaqin Sharq) G’arbga Yevropaga, keyin
~31
~
Shimoliy Amerikaga siljishi bilan tavsiflanadi. Yangi supersikl epitsentrni Sharqqa
Osiyo-Tinch okeani havzasiga (Yaponiya, Yangi industrial mamlakatlar AQSh,
Xitoy) siljish an’anasi ko'rinadi.
Lekin lokal
sivilizatsiyalar o'zining umumdunyo ritmidan farq qilgan ritmiga
ega. U turli vaqtda (ming yillik oraliqda) paydo bo'ladi, ularning ba’zilari halok
bo'ladi. Aralash lokal sivilizatsiyalar o'z dinamikasida bir-biriga mos bo’ladi,
shuning uchun ulami bir necha guruhini ajratish mumkin.
1. O'rtayerdengizi - Yaqin Sharq guruhi bu hududda birinchi lokal
sivilizatsiyalar (Misr, Mesopotamiya, Suriya va Falastin, Kichik Osiyo, Yunoniston,
Italiya) paydo bo'ldi va gullab-yashnadi, ikkinchi supersiklda bu hudud (Italiyadan
tashqari) tarixiy progress bosh sahnasidan ikkinchi eshelonga tushib kctdilar, qisman
(Misr, Yaqin Sharq mamlakatlari) oldinga chiqib olgan Yevropa mamlakatlarining
mustamlakachalik ekspansiyasiga uchradi.
2. Lokal sivilizatsiyalaming Osiyo guruhi-Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Eron,
O’rta Osiyo - bu yerda dunyto sivilizatsiyalarining almashuvi oldingi guruh bilan
deyarli bir vaqtda boshlanadi. Ikkinchi supersikl boshida bu yerga jahon
progressining epitsentri ko’chdi, keyin ayniqsa industrial jamiyat davrida sitagnatsiya
(turg’unlik) kuzatiladi, tarixiy progressning borishi mustamlakachilik bilan uzilib
qoladi. Past industrial sivilizatisiya
boshlanishi bilan bu hududning bir qancha
mamlakatlarini tarixiy progress epitsentriga kirish belgilari kuzatiladi.
~
32
~
1
jadv
al.
Ja
hon
si
vi
lizatsiyalarinin
g
x
ron
ol
og
ik
d
o
ir
asi
.
33
1
Y
uqo
ri g
rafa - tu
g
’ilis
hsiz
o
’ti
sh
da
vri va
q
o
ld
iq
f
az
ala
r;
quy
i
graf
a
-
o
’tish d
av
ri
ham
kira
di
‘
old
in
o;tgan s
ivilizatsiyani
ke
yingisiga m
u
n
o
sa
b
ati
3. Ga’rbiy Yevropa hududi (uning janubiy qismidan tashqari) o'z tarixiy yo'lini
O'rtayerdengiziga qaraganda kechikib boshladi. Ikkinchi supersikldan (industrial
sivilizatsiya arafasi) bu hudud dunyoni katta qismini bo'ysundirib oldinga chiqdi
(Ispaniya, Britaniya, Fransiya mustamlaka imperiyalari). Lekin industrial davr
oxirida G’arb sivilizatsiyasi o'zining yetakchilik mavqeini ko'p hollarda yo'qotdi.
4. Amerika sivilizatsiyalari materiklarning (Shimoliy va Janubiy Amerika) ajralib
qolgani uchun alohida yo'l bilan rivojlandilar. Yevropalik mustamlakachilar qadimgi
sivilizatsiyalami yo'q qildilar. Bu yerda yangi G’arbni Yevropa sivilizatsiyalariga
nisbatan ularga yqin bo'lgan local sivilizatsiyalar paydo bo'ldi, lekin ular tezda
mustaqil ritm tusini oldilar. XX asrda AQSh jahon liderlari qatoriga kirdi va old
davlatga aylandi. Janubiy va Markaziy Amerikada taraqqiyot mustamlakachilik
hukmronligi tufayli to'xtab qoldi. Lekin XX asr oxirida tarixiy jarayonning
jadallashuv jarayoni, uni epitsentrda yaqinlashuv beigilari ko'rindi.
5. Afrika sivilizatsiyalari. (Shimoliy Afrika bundan mustasno, chunki u
O'rtayerdengizi sivilizatsiyasiga kiradi) tarixning birinchi bosqichlarida qoloq bo'ldi
va bir qator davrlarda rivojlangan hududlar mustamlakasi bo'lib qoldi. Hozirgi vaqtda
ham Markaziy Afrika mamlakatlari nochor ahvolda, faqat Janubiy Afrika progress
epitsentriga yaqin. Lekin bu bepoyon hududni rivojlanishi uchun shart-sharoit
mavjud.
Xulosa qilib aytganda insoniyat tarixi o'zaro bir-biriga bog’langan spirallaming
tuguni sifatida tasaw ur qilish mumkin. Umumtarixziy spirallaming eng katta
o'ramlari supersikllarda berilgan. Ular hozircha ozgina, bor yo'g’I, 2 ta, uchinchisi
boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |