O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogik universiteti jahon sivilizatsiya tarixi (Metodik qo’llanma) (To’ldirilgan 2-nashr) история мировой цивилизации



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/196
Sana10.07.2022
Hajmi10,71 Mb.
#767960
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   196
Bog'liq
000000008574 01-1

K.Yaspers
tarixgacha bo'lgan davming asosiy yakunlarini quyidagilarda ko’radi:
“ i. Olov va qurollardan foydalanish unga va boshqasia ega bo'lmagan tirik 
mavjudotni biz odam deb hech ham bilmas edik.
2. Nutqing paydo bo’lishi hayvonlaming o'zaro bir - birlarini tushunishini o'z 
hissiyotlarini ichki sabablar bilan ifodalashidan tubdan farq qilgan predmetli 
dunyoning mazmunini uzatadigan nutqda anglanadigan fikrlash va nutqni ob’ekti 
bo'lib xizmat qiladigan ifodalash qobiliyati faqat insonga xos.
3. Insonni shakllantiradigan usullar o'z-o'zini ustidan zo’ravonlik qilish, misol 
uchun tabiiy vositasi bilan insonning tabiatini o'zida u faqat tabiatni bir qismi bo'lib 
qolishi mumkin emasligi, uni o'zida jo qilingan, aksincha u oz’ini san’at orqali 
shakllantiradi. Inson tabiati - bu uni sun’iyligi.
4. Guruh va jamiyatlaming tashkil topishi kishilik hamjamiyatining primatlar 
tashkil etadigan guruhlar, hukmronlik va bo'ysunish munosabatlaridan asosiy farqi 
odamlaming uni mazmunan ahamiyatini anglashida bo'ladi...” (63. c. 67-68.)
Oqibatda bu vaqt ichida insonning ijtimoiy genotipi shakllandi, u nafaqat o'z 
tirikchiligi va tabiat injiqliklaridan ko'proq mustaqil bo'lishi va mehnat qurollari va 
texnologiyalami qo’llashi uchun eng aw alo muloqot vositalari va fikrlarni uzatish, 
kishilik hamjamiyatlarini tashkil etish. Axloqiy norma va ma’naviiy dunyo, o'zini 
anglashda ko’rindi.
O'tish davri: Mezolit. 
Mezolitni 
o'tish davri 
deb mansubligini qanday asoslash 
mumkin. 
Qadimgi Old Osiyo 
uchun tahminan er. aw . 10-8 ming yilliklar, 
Shimoliy
yillikda Misrda, Dunayda, Bolqonda, 
sal keyinroq 
Hindision va O'rta Osiyoda
boshlandi. Mezolit davrida echkilar, qo'ylar, eshak (oldinroq it), keyinchalik yirik 
shoxli mollar, cho'chqa madaniylashtirildi. Albatta suyak va tosh motigalar bilan 
yerga ishlov berish kam hosilli, qo’lga o’rgatilgan hayvonlar sut, jun, go'sht berar 
edi. Bu yirik texnologik to'ntarishning boshlanishi edi. Qaysiki u yangi iqtisodiy 
ukladning shakllanishiga yordam berdi. Mehnat unumdorligiga qarab jamoa va 
oilalarni yakuniy tabaqalanishi kuchaydi. llgari foydalanilmagan o’tloqlar, ekishga
~44~


yaroqli bo'lgan yerlami o'zlashtirish ehtiyoji tug’ildi: urug’- qabilalar o'rtasida yer, 
o'tloq, podalar uchun urushlar kuchaydi. O'sha davrga tegishli qoyatosh tasvirlarda 
jang manzaralari bor. Ovchilik qurollari o'q-yoy, o'qlar, nayza, tayoq odamlami 
o'ldiradigan qurol sifatida foydalanila boshlandi.
Dehqonchilik mashg’uloti o’troq turmush tarzini talab qildi. Aholi 
manzilgoh 
qo'rg’onlarni barpo qila boshladi. Ba’zida devorlar bilan o'ralgan Falastinda - 
Ierixon, Kichik Osiyoda - Chatalgulok, Suriya va Hindistonda - Bahor kabi 
qo’rg’onlar paydo bo'ldi.
Chorvadorlar yaylovlaming o't - xashak zahiralarini tugatib boshqa hududlarga 
ko'chdilar, tabiiyki yangi hududlarda yashab turgan boshqa urug’ - jamoalar bilan 
to'qnashdilar. Er. aw . 8 - 7 ming yilliklarda Yevroosiyo qabilalari Shimoliy Afrika, 
Yaqin Sharqning cho'l yaylovlariga ommaviy ravishda ko'chib joylashdilar. (24. T. 
I. C. 33-34).
Insonning ma’naviy dunyosida ham o'zgarishlar ro'y berdi. Dehqonchilik va 
chorvachilikni o'zlashtirgan jamoalar tabiiy jarayonlarni, o'simliklami o'stirishning 
sirlarini, hayvonlami o'stirishning ko'p yillik sikllarini bilishning yuqoriroq 
darajalariga tayandiiar. Ovchi qabilalar ham tobora kamayib borayotgan hayvonlami 
ov qilishni yangi takomillashgan usullaridan foydalana boshladilar. Yuzaga 
kelayotgan jamiyatning tuzilishi murakkablashdi, faoliyat turlari ko'paydi. Masalan: 
tosh, yog’och, suyak mehnat qurollarini tayyorlash, yerga ishlov berish, mol boqish, 
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, uy - joy qurilishi va h.k. 
Bunday faoliyat turlari Markaziy Yevropa va Amerikada bir - ikki ming yil keyinroq. 
Bu vaqtda yirik ekologik halokat yuz berdi. Yeming yashash mumkin bo'lgan 
qismida o'simlik va hayvonot dunyosi o'zgardi. Yirik hayvonlar kamaydi, asosiy 
ovqat mahsuloti bo'lgan - ovchilik - unumdorligi past bo'ldi.
Mezolitning eng katta yutugi o'q - yoyning kashf etilishi bo'ldi. O 'q uchlari, 
o'qlar, garpunlar, otiladigan kalta nayzalar tayyorlandi. Odamlar baliqchilikda 
qarmoq va to'rlami qo'llay boshladilar. Sopol idishlar tayyorlashni o'rgandilar.
Ibtidoiy jamoalar oziq - ovqatning yangi manbalarini topish va o'zlashtirish 
uchun yangi yerlarga qidirishga majbur bo'ldilar, tabiatdan va tabiiy qayta ishlab 
chiqarishdan o'z qaramliklarini kamaytirishga urindilar.
Bu jarayon ming yillami o'z ichiga oldi, lekin uning natijasida asosiy oziq- 
ovqatni sun’iy ishlab chiqarishga asta-sekin o'tish yuz berdi. Bu ishlab chiqadigan 
xo'jaliklar dehqonchilik va chorvachilik edi. Birinchi madaniy ekin tariq edi. Er. aw . 
10-8 ming yilliklar oralig’ida don Falastin, Kichik Osiyo, Eronda; er. aw . 6-ming Bu 
iqtisodiy va jamoa 
ichidagi munosabatlami tartibga solishni 
murakkab, 
tabaqalashtirilgan, murakkablashtirilgan qoidalarini talab qilar edi. Natijada mezolit 
davridagi mavjud qarama - qarshiliklami yengib o'tish natijasida uning bag’rida 
birinchi sivilizatsiya - neolit tug’ildi.

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish