O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus


-Mavzu. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy, ma'muriy va



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/38
Sana23.06.2021
Hajmi1,21 Mb.
#99779
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Bog'liq
huquqiy shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati.

8-Mavzu. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy, ma'muriy va  

jinoiy javobgarlik choralari 

 

 



 

1.  Soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy javobgarlik. 

2.  Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik.  

3.  Soliq qonunchiligini buzganlik jinoiy javobgarlik. 

Soliq qonunchiligining buzilishiga qarshi kurash bo'yicha nazorat funktsiyalarini 

amalga  oshira  borib,  soliq  organlari  qonunchilikni  buzgan  soliq  to'lovchilarga 

nisbatan  huquqiy  majburlash  usullari,  moliyaviy  jazo  choralarini  qo'llaydilar. 

Shuningdek,  soliq  to'lovchi  jismoniy  shaxslar  va  yuridik  shaxslaming 

mansabdor  shaxslari  ma'muriy,  fiiqarolik  huquqiy  va  jinoiy  javobgarlikka  ham 

tortiladilar. Ular alohida, shuningdek, bir vaqtning o'zida qo'llanilishi mumkin. 

Soliq  huquqbuzarligi  uchun  javobgarlik  soliq  kodeksiga  asosan  amalga 

oshiriladi. 

Soliq  huquqbuzarligini  sodir  etgan  jismoniy  shaxs  ishi  O'zR  Jinoyat  kodeksida 

ko'zda  tutilgan  jinoyatlar  belgilariga  ega  bo'lmasa,  javobgarlik  Soliq  kodeksi 

bo'yicha ko'riladi. 

Hech kim bir marta qilingan soliq huquqbuzarligi uchun ikki marta javobgarlikka 

tortilmaydi. 

Soliq  huquqbuzarligi  uchun  yuridik  shaxsning  javobgarlikka  tortilishi  uning 

mansabdor shaxslarini tegishli ma'muriy, jinoiy va boshqa  javobgarlikka tortishdan 

ozod qila olmaydi. 

Soliq  to'lovchining  javobgarlikka  tortilishi  uni  soliq  va  to'lovlarni  to'lash 

majburiyatidan ozod qilmaydi. 

S h axsni ng  a ybi   qon unch ilik da   b elgi lan gan   t a rtibd a   isbotlanmagunicha 

soliq  huquqbuzarligida  aybdor  hisoblanmaydi.  Javobgarlikka  jalb  qilinayotgan 

shaxs aybsizligini isbot qilishi shart emas. 

Soliq  to'lovchi  bir  nechta  soliq  huquqbuzarliklarini  sodir  etgan  bo'lsa, 

moliyaviy jarimalar har biri uchun alohida qo'llaniladi. 

Soliq  huquqbuzarligi  uchun  moliyaviy  jarima  qo'llanilgan  shaxs  bir  yil 

davomida qayta sodir etmasa, u moliyaviy jarimaga tortilgan deb hisoblanmaydi. 

Shaxs  quyidagi  holatlardan  bittasi  ham  mavjud  bo'lganda  soliq  huquqbuzarligi 

uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas: 

soliq huquqbuzarligini sodir etganligi fakti mavjud bo'lmasa; 

soliq huquqbuzarligini sodir etishda shaxsning aybi bo'lmasa; 

soliq huquqbuzarligi aniqlanganiga 3 yildan ortiq muddat o'tgan bo'lsa;  

soliq kodeksida ko'zda tutilgan boshqa holatlar. 

Soliq  tekshirishiga  qadar  soliq  to'lovchi  tomonidan  soliq  xatolari  mustaqil 

to'g'rilangan bo'lsa penya to'lashdan tashqari javobgarlikdan ozod qilinadi. 

Shaxsning soliq huquqbuzarligini sodir etganligi aybini bekor etuvchi holatlar bo 



 

63 


'lib quyidagilar hisoblanadi: 

tabiiy  ofat  yoki  boshqa  favqulodda  va  bartaraf  etilmaydigan  holatlar  oqibatida 

soliq huquqbuzarliklari belgilari mavjud bo'lgan harakatlar sodir etilganda; 

soliq  to'lovchi  jismoniy  shaxsning  o'z  harakatlariga  javob  bera  olmaydigan 

holatda, bemor bo'lgan holatda soliq huquqbuzarligi sodir etilgan bo'lsa. 

Soliq huquqbuzarligi uchun javobgarlikni engillashtiruvchi holatlar bo lib: 

og'ir shaxsiy yoki oilaviy holatlar natijasida kelib chiqqan bo'lsa; 

soliq  huquqbuzarligi  moddiy,  xizmat  yuzasidan  yoki  bog'liqlikdan  kelib 

chiqadigan boshqa tahdid yoki majburlash ta'siri ostida yuz bergan bo'lsa; 

javobgarlikni engillatishi mumkin bo'lgan boshqa holatlar. 

Soliq  huquqbuzarligi  uchun  og'irlashtiruvchi  sharoit  bo'lib,  awal  ham 

shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilganligi  hisoblanadi. 




Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish