O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/38
Sana23.06.2021
Hajmi1,21 Mb.
#99779
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Bog'liq
huquqiy shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati.

Faoliyat  turlari  bilan  litsenziyasiz  shug'ullanganlik  uchun  shu  faoliyatdan 

olingan butun daromad (foyda) va yana shuncha miqdorda jarima undiriladi



Tadbirkorlik  faoliyatini    amalga    oshirayotgan  jismoniy    shaxslar   hisob-

kitobda  aks  ettirmagan  holda  tovarlarni  (ishlarni,  xizmatlarni)  realizatsiya 

qilish  operatsiyalarini  о  'tkazganligi  uchun  ulardan  ana  shu  tovarlar  (ishlar 

xizmatlar) qiymati miqdorida jarima undiriladi; 

Soliqlar  va  yig'imlar  bo'yicha  to'lov  muddati  o'tkazib  yuborilgan  xar bir kun 

uchun  0,05  %  miqdorida  penya  undiriladi,  to'lov  kuni  ham  shunga  kiradi. 

Tqlovlarni undirish soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi. 

Tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  realizatsiya  qilinishida  belgilangan  tartibni 

buzgan  holda  hisobvaraq  fakturalarni  rasmiylashtirganligi  uchun  mahsulot 

etkazib  beruvchidan  realizatsiya 

qilingan 

tovarlar 

(ishlar, 

xizmatlar) 

qiymatining  20%  miqdorida  jarima  solinadi.  Qqshilgan  qiymat  solig'i 

to'lovchisi  bo'lmagan  mahsulot  etkazib  beruvchi  yuridik  shaxslar  realizatsiya 

paytida  hisobvaraq  fakturada  QQSni  ko'rsatsalar,  u  holda  hisobvaraq  fakturada 

ko'rsatilgan  QQS  summasi  va  shuncha  miqdorda  jarima  qo'llaniladi.  Mahsulot 

sotib  oluvchilar  esa  byudjet  bilan  qayta  hisob-kitob  qiladilar  (qo'shimcha  summa 

to'lanadi). Bunda ularga nisbatan jarimalar qo'llanilmaydi. 

Hisobvaraq  fakturalar  rasmiylashtirilmaganda  yoki  belgilangan  shaklda 

rasmiylashtirilmaganda  xar  bir  noto'g'ri  tuzilgan  hujjat  uchun  EKIXning  10 

baravari miqdorida jarima solinadi; 

Er  uchastkalariga  bo'lgan  huquqni  tasdiqlaydigan  hujjatda  ko'rsatilganiga 

nisbatan ko'proq miqdorda er maydoniga ega bo'lgan yuridik shaxslarga nisbatan - 



 

65 


qo'shimcha  foydalanilayotgan  erning  solig'iga  nisbatan  2  baravar  miqdorda, 

jismoniy shaxslarga nisbatan 1,5 baravar miqdorda jirima solinadi; 



Nazorat  kassa  mashinalaridan  foydalanmasdan,  hamda  cheklar  talon, 

kvitantsiyalarsiz  savdo  qilish  va  xizmat  ko'rsatish  amalga  oshirilganda 

quyidagicha jarimalar qo'llaniladi: 

yuridik shaxslarga nisbatan yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan -EKIXning 50 

baravari  miqdorida,  yil  davomida  ikkinchi  marta  sodir  etilganda  100  baravari 

miqdorida jarima to'laydilar. 

Texnik  talablarga  javob  bermaydigan  NKMidan  foydalanilganda  (jamlaydigan 

xotiraga  xizmat  qiladigan  dasturning  buzilishida)  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga 

nisbatan  EKIXning  100  baravari  miqdorida,  yil  davomida  ushbu  holat 

takrorlanganda EKIXning 200 baravari miqdorida jarima qo'llaniladi. 

Nooziq-ovqat  iste'mol  tovarlarini  dehqon  bozorlarida  statsionar  savdo 

nuqtalaridan  tashqarida  sotish  hollarida  EKIXning  100  baravari  miqdorida  jarima 

undiriladi; 

Daromadlar  va  savdo  operatsiyalarini  hisobga  olish  registrida  sotilgan 

tovarlar  uchun  tushumni  kirim  qilmasdan  savdo  va  xizmat  ko'rsatish  faoliyatini 

olib  borganlik  uchun  yakka  tartibdagi  tadbirkorlardan  EKIXning  10  baravari 

miqdorida,  bu  holat  takror  sodir  etilganda  EKIXning  50  baravari  miqdorida  jarima 

solinadi; 

Savdo va xizmat ko'rsatishning statsionar nuqtalari orqali aholi bilan pulli hisob-

kitoblarda  naqd  pul  tushumlarini  yashirish  hollarida  yashirilgan  naqd  pul 

miqdorida  jarima  solinadi.  Bunda  «naqd  pul  tushumlarini  yashirish»  deyilganda 

mazkur  holatda  «Naqd  pul  tushumlarini  yashirishga  yo'l  qo'ygan  korxonalar  va 

tashkilotlarga  nisbatan  jarima  jazolarini  qo'llash  tartibi  to'g'risidagi  Nizom»ga 

(2001 yil 28-sentyabr 1070-son bilan AV da ro'yxatga olingan) asosan  olingan 

naqd  pul  tushumlarni  xizmat  ko'rsatuvchi  bankka  belgilangan  muddatlarda 

qo'yilmaganligi  tushuniladi,  shuningdek,  joylarida  buxgalteriya  va  boshqa 

hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan tovarlarni sotish hollarining mavjudligidir. 

Iste'mol  tovarlarini  ulgurji  sotishning  o'rnatilgan  tartibi  buzilgan  hollarda 

yuridik  shaxslarga  nisbatan  (ishlab  chiqarish  korxonalari  va  ulgurji  sotuvchilar, 

(jismoniy  shaxslarga  ulgurji  savdo  bilan  shug'ullanish mumkin emas) ) ushbu 

faoliyatdan olgan daromadini to'liq undirish va yana shu miqdorda jarima sifatida 

moliyaviy  jazo  qo'llaniladi.  Xalq  iste'moli  tovarlarini  sotish  qoidalari  QR  VM 

ning 1999 yil 19-martdagi 125-sonli «Iste'mol tovarlarining ulgurji va  chakana 

savdosini  tartibga  solishning  qo'shimcha  choralari  to'g'risida»gi  qarorida 

belgilab berilgan. 

Bundan  tashqari,  soliq  qonunchiligiga  rioya  qilinishini  nazorat  qilish  va 

moliyaviy,  ma'muriy,  jinoiy  jazolarning  qo'llanilishi  boshqa  hujjatlar  bilan 

ham  boshqariladi.  QR  Prezidentining  1999  yil  29-martdagi  «Yangidan  tashkil 

etilayotgan xo'jalik sub'ektlari faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini o'rnatishni 




 

66 


kuchaytirish  to'g'risida»gi  Farmoniga  asosan  savdo  va  savdo-vositachi  korxonalar 

tomonidan uch oy davomida, boshqa xo'jalik sub'ektlari tomonidan - oy davomida 

moliya -xo'jalik faoliyatini bankdagi hisob raqamlari bo'yicha pul  operatsiyalarini 

o'tkazish  orqali  olib  bormayotgan  hollarda  tijorat  banklari  quyidagilarni  amalga 

oshirishlari shart: 

-bankdagi  hisob  raqamlari  bo'yicha  operatsiyadarni  tqxtatish,  byudjetga  va 

byudjetdan  tashqari  fondlarga  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to'lovlarni  o'tkazish 

bo'yicha operatsiyalardan tashqari (sud qaroriga asosan amalga oshiriladi); 

-pul  operatsiyalari  to'xtatilganidan  keyin  uch  kun  ichida  hisobga  turgan 

joydagi  soliq  organiga  yuridik  shaxsning  faoliyatini  davom  ettirishning  maqsadga 

muvofiqligi to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etishi; 

O'zR  Adliya  vazirligi  va  mahalliy  hukumat  organlari  davlat  soliq  xizmati 

organlarining  taqdimotiga  ko'ra  bank  hisob  raqamlari  orqali  pul  o'tkazish  bilan 

moliya xo'jalik faoliyatini olib bormayotgan yuridik shaxslarni belgilangan tartibda 

xo'jalik sub'ektlari reestridan chiqarishi lozim. 

Xo'jalik  sub'ektining  huquqiy  manzili  o'zgarganligi  to'g'risidagi  ma'lumot 

ro'yxatdan  o'tkazuvchi  va  soliq  organiga  10  kun  muddatda   xabar  qilinmagan 

hollarda,  xo'jalik  sub'ektining  mansabdor  shaxslariga  nisbatan  eng  kam  ish 

haqining  10  baravariga  15  baravargacha  bo'lgan  miqdordama'muriyjazo 

qo'llaniladi. 

QR  VMning  2001  yil  31-dekabrdagi  490-sonli  qaroriga  asosan  «2002 yil 1-

iyuldan 


boshlab 

qonunchilikda 

belgilangan 

muddatlarda 

ustav 

fondini 


shakllantirmagan  xorijiy  investitsiyali  korxonalar  butun  faoliyat  davri  uchun 

qonunchilikda  belgilangan  barcha  soliq  va  to'lovlarni  to'liq  miqdorda  va 

imtiyozlarni qo'llamagan holda to'laydilar». 

2002  yilda  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  korxonalarini  yangi  tartibda 

soliqqa  tortishga  tegishli,  shuningdek,  import  tovarlarni  olib  kirish  va  sotish 

bo'yicha bir qator xukumat qarorlarining qabul qilinishi  bilan ularning bajarilishiga 

tegishli qo'shimcha sanktsiyalar o'rnatildi: 

Davlat  bojxona  qo'mitasiga  Tovar  xom  ashyo  birjalarida  iste'mol  tovarlarini 

olib  kirish  bo'yicha  shartnomalar  o'tkazish  faktlari  aniqlaganlarida  ushbu 

tovarlarni  belgilangan  tartibda  musodara  qilishga  ruxsat  berildi  (VMning  2002  yil 

19-iyuldagi 257-sonli qarori) 

Davlat  soliq  qo'mitasi,  QR  Prokuraturasi  qoshidagi  soliq  va  valyuta 

jinoyatlariga  qarshi  kurashish  Departamentiga  yuridik  shaxslar  va  tadbirkorlik 

faoliyati  bilan  shug'ullanuvchi  jismoniy  shaxslar  tomonidan  belgilangan 

savdo  qoidalariga  rioya  qilishni  ta'minlash  ustidan  qattiq  nazorat  o'rnatish, 

ayniqsa,  tovarlarni  naqd  pulga  ulgurji  sotishga  yo'l  qo'ymaslikka,  nazorat 

kassa  mashinalarining  mavjudligiga,  naqd  pullarni  o'z  vaqtida  inkassatsiya 

qilishiga  e'tibor  qaratish  topshirildi.  Aybdor  shaxslarga  nisbatan  qonunchilikda 

belgilangan,  jinoiy  javobgarlikkacha  bo'lgan  javobgarlik  choralari  qo'llanilishi 



 

67 


ta'kidlandi. 

Vazirlar  Maxkamasining  2002  yil  28-noyabrdagi  414-sonli  qaroriga  ko'ra 

Monopollashtirishdan  qaytish  va  raqobatni  rivojlantirish  Davlat  qo'mitasi 

Koordinatsiya  Kengashining  ruxsatisiz  tadbirkorlar  huquqlarini  himoya 

qilish  qonunchiligining  buzilishi  hollarida  ishlab  chiqaruvchi,  bajaruvchi  va 

sotuvchi  bo'lgan  jismoniy  shaxsga  nisbatan  100  karra  EKIX  miqdorida  jarima 

solish  huquqiga  ega  bo'ldi.  Bu  jarima  foydalanish  muddati  qtib  ketgan  yoki 

ko'rsatilmagan  tovarlar  sotilganda,  kassa  cheki  bermasdan  savdo  qilinganda, 

iste'molchilarning  mavjud  huquqlarini  bajarishdan  bosh  tortilgan  hollarda 

qo'llaniladi.  Qqmita  bu  jarimalarni  o'zlari  o'tkazgan  tekshirish  yakunlari, 

shuningdek,  iste'molchilarning  arizalari  asosida,  monitoring  natijalariga  ko'ra 

qo'llashlari mumkin. 




Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish