2
"TASDIQLANGAN"
Ijtimoiy - iqtisodiy fakulteti ilmiy kengashining
2009 yil _____ avgustdagi majlisida muhokama qilingan va
1-sonli qarori bilan tasdiqlangan
Kengash raisi _______ dots. Ro`ziyev O.A.
"TAVSIYA ETILGAN"
Ijtimoiy - iqtisodiy fakulteti
"Moliya" kafedrasining
2009 yil ____ avgustdagi majlisida muhokama
qilingan va tavsiya etilgan
1-sonli bayonnoma
Kafedra mudiri: ________ dots. Toshqulov A.H.
Taqrizchi:
"M o l i ya" kafedrasi
dotsenti
Isanqulov I.T.
Тuzuvchilar:
"M o l i ya" kafedrasi
o`qituvchisi:
Do`sanov R.X.
© TermDU, "Moliya" kafedrasi
3
KIRISH
So'nggi yillarda respublikamizda davlat soliq xizmati organlari uchun kadrlar
tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash
yuzasidan kompleks chora -tadbirlar amalga oshirilmoqda. Soliq organlari
inspektorlari-ning asosiy faoliyati byudjetga undiriladigan soliqlar, yig'im-lar va
davlatning maqsadli fondlariga to'lovlarning o'z vaqtida va to'liq undirilishi ustidan
nazorat o'rnatishidir. Bundan tash -qari soliq nazorati awalo, soliq
to'lovchilarning qonunga bo'ysi-nish ko'nikmasini tarbiyalashi, hamda soliq
to'lovchilarda soliq ob'ektlarini yashirishdan ko'ra uni vaqtida va to'liq to'lash
to'g'ri-roq ekanligini anglatishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Prezi-denti
ta'kidlab o'tganidek "Ularning bosh vazifasi nafaqat byudjetga soliqlarning o'z
vaqtida va to'liq undirilishini ta'-minlash, balki soliq xuquqbuzarliklarining oldini
olish maq-sadida soliq to'lovchilarga doimiy yordam berishlari va ularni
o'qitishlari muhimdir"
1
Ta'lim jarayonini Davlat ta'lim standartlari va o'quv meto-dik adabiyotlarning
yangi avlodi bilan ta'minlash talablari tala-ba va magistrlar uchun yangi
adabiyotlarni yaratishni taqozo qil-moqda. Shu jihatdan mazkur o'quv qo'llanma
muhim ahamiyatga ega. Mazkur qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari,
magistrlari, professor o'qituvchilari, aspirantlar, ilmiy tadqiqotchilar uchun
mo'ljallangan.
Hozirgi paytda soliq nazorati yuritish tartibini, uni sama-rali tashkil etishni,
korxonalarda ichki soliq nazoratini o'rna-tish tartibini bilish va takomillashtirish
nafaqat soliq inspek-torlari balki tadbirkorlik sub'ektlari, buxgalterlar, auditor-lar
uchun ham muhimdir.
Mazkur o'quv qo'llanma soliq nazoratini tashkil etish yuzasi-dan qabul
qilingan qonunlar, nizomlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining soliq
nazoratini erkinlashtirish yuzasidan far-monlari, qarorlari va boshqa me'yoriy
xuquqiy hujjatlarni o'z ichiga olgan.
Soliq nazorati o'quv qo'llanmasida respublikamizda soliq nazoratini tashkil
etish holati, huquqiy asoslari, soliq nazoratini amalga oshirish usullari, shakllari,
mavjud muammolar optimallashtirish yo'nalishlari ko'rib chiqilgan. O'quv
qo'llanma «Soliq va soliqqa tortish», «Moliya menejmenti» magistratura
mutaxassisligi magistrantlari uchun mo`ljallangan. Undan talabalar boshqa
mutaxassislik
magistrantlari,
aspirantlar,
professor-o'qituvchilar
keng
foydalanishlari mumkin.
1
I.A.Karimov. Bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni
modernizatsiya va isloh qilishdir. - T.:O'zbekiston 2005.