O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/38
Sana23.06.2021
Hajmi1,21 Mb.
#99779
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Bog'liq
huquqiy shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati.

Soliq amaliyotida huquqbuzarlikning quyidagi xarakterli turlari mavjud: 

Mansabdor shaxslar tomonidan yo'l qo'yilgan huquqbuzarliklar; 

Coliq to'lovchining xo'jalik faoliyatiga qonunga xilof ravishda  to'sqinlik qilish, 

ya'ni  soliq  hisobiga  qo'yishdan,  ruxsatnoma  yoki  bank  yoxud  boshqa  kredit 

muassasasida  hisob  raqami  ochish  uchun  zarur  boshqa  hujjatni  berishdan  soliq 

organi mansabdor shaxsining noqonuniy bosh tortishi; 

-  soliq  to'lovchining  banklar  yoki  boshqa  kredit  muassasalaridagi  hisob 

raqamlari  bo'yicha  operatsiyalarini  noqonuniy  tqxtatib  qo'yish  yoki  soliq 

to'lovchining mol-mulkini noqonuniy ravishda xatlash; 

-soliq  organi  mansabdor  shaxsi  tomonidan  soliq  to'lovchining  oddiy  amaliy 

operatsiyalarini amalga oshirishni jiddiy ravishda  mushkullashtiradigan usullar 

va yo'llar bilan nazorat harakatlarini qonunga xilof ravishda amalga oshirilishi; 

-hisob  harakatlari  va  hisobot  hujjatlarining  turlari  va  hajmlarini  qonunga xilof 

ravishda kengaytirish talabi; 

-maslahatlar  berishdan  bosh  tortish  yoki  maslahatlarni  taqdim  etmaslik, ya'ni 

soliq  organi  mansabdor  shaxsining  soliq  to'lovchi  yoki  soliq  munosabatlarining 

boshqa  ishtirokchisiga  soliq  solish  tartibi  va  shartlari,  uning  huquqlari  va 

majburiyatlari to'g'risida bepul yozma axborot berishdan bosh tortish yoki bunday 

axborotni belgilangan muddatda taqdim etmasligi; 

-soliq  sirini  oshkor  etish,  ya'ni  qonunchilikka  muvofiq  soliq  sirini  tashkil 

etadigan,  ularning  o'z  munosabati  bilan  soliq  organining  mansabdor  shaxsiga 

ma'lum  bo'lgan  ma'lumotlardan  g'ayriqonuniy  foydalanish  yoki  ularni  boshqa 

shaxsga berish.  Kredit beruvchi va  boshqa muassasalar xodimlari tomonidan yo  

qo  'yiladigan  bir  qator  huquq  buzilishlari  ham  mavjud  bo'lib,  ular  ham  soliq 

to'lovchilar  tomonidan  huquq  buzilishlari  paydo  bo'lishga  imkon  yaratadi.  Bular 

quyidagilardir: 

Soliq  to'lovchiga  hisobraqamini  noqonuniy  ravishda  ochish,  ya'ni  bank  yoki 

boshqa  kredit  muassasasi  tomonidan  soliq  qonunchiligi  tomonidan  belgilangan 

talablarni buzgan holda soliq to'lovchiga hisob kitob, joriy, ssuda, depozit va boshqa 

hisobvaraqlarning ochilishi; 

soliq  to'lovchi  to'g'risidagi  axborotni  taqdim  etishdan  bo'yin  tovlash,  ya'ni  soliq 

organining  uchinchi  shaxs-soliq  to'lovchiga  taalluqli  hujjatlarni  taqdim  etish 

to'g'risidagi  qonuniy  talabini  ataylab  uzoq  vaqt  bajarmaslik  yoki  bunday  hujjatlar 

yohud  axborotni  taqdim  etishdan  soliqni  hisoblab  chiqish  uchun  zarur  axborotni 

taqdim  etishdan  bosh  tortish,  ya'ni  soliq  organining  shaxsni  soliq  to'lashga  jalb 

etish  uchun  asos  bo'lib  hisoblanadigan  yuridik  faktlarni  qayd  etadigan  hujjatlarni 

taqdim etish to'g'risidagi qonuniy talabini ataylab  uzoq vaqt bajarmaslik; 

soliq  to'lovchiga  hisobraqamini  noqonuniy  ravishda  ochish,  ya'ni  bank  yoki 

boshqa  kredit  muassasasi  tomonidan  soliq  qonunchiligi  tomonidan  belgilangan 

talablarni buzgan holda soliq to'lovchiga hisob-kitob, joriy, ssuda, depozit va boshqa 



 

49 


hisobvaraqlarning ochilishi. 

Soliq to 'lovchilar yol qo`yadigan eng xarakterli huquq buzilishlari  quyidagilar 

hisoblanadi: 

•  soliq    organida    o'z    vaqtida    ro'yxatdan    o'tmaslik,    ya'ni      soliq 

to'lovchi  sifatida  ro'yxatdan  qtish  uchun  soliq  organiga  murojaat  qilish 

uchun belgilangan muddatni o'tkazib yuborish; 

•  soliq  organida  ro'yxatdan  qtishdan  bo'yin  tovlash,  ya'ni  ataylab, 

soliq  to'lovchi  sifatida  ro'yxatdan  qtish  uchun  soliq  organiga  murojaat 

qilish majburiyatini uzoq vaqt bajarmaslik; 

•  buxgalteriya        hisobini        tashkil        etish        tartibini        buzish,        ya'ni 

buxgalteriya 

hisobi 


hisobvaraqlarida 

soliq 


to'lovchi 

tomonidan 

amalga 

oshirilayotgan 

xo'jalik 

operatsiyalarini 

buxgalteriya 

hisobining 

umumiy 

qabul    qilingan  uslubiy    qoidalariga  muvofiq  aks    ettirish  tizimining 

yqo'ligi; 

•  buxgalteriya  hisobini  yuritish  tartibining  buzilishi,  ya'ni  xo'jalik 

operatsiyalarini 

buxgalteriya 

hisobining 

umum 


qabul 

qilingan 

uslubiy 

qoidalariga muvofiq aks ettirish tizimining yqo'ligi; 

•  buxgalteriya  hisobini  yuritish  tartibining  buzilishi,  ya'ni  xo'jalik 

operatsiyalarini 

hujjatlashtirish 

va 


ularni 

buxgalteriya 

registrlarida 

aks 


ettirish 

qoidalarining 

buzilishi 

moliya-xo'jalik 

faoliyatining 

natijalarini 

buxgalteriya 

hisobining 

tegishli 

bo'lmagan 

hisobvaraqalarida 

aks 


ettirish 

balansning 

raqam 

ko'rsatkichlarini 



hisob-kitob 

qilish 


tartibini 

buzadi, 


soliqlarni  to'g'ri  hisoblash  va  to'lash  ustidan  nazoratni  qiyinlashtiradi. 

Bunday  harakatlar  natijasida  hatto  to'g'ri  ma'lumotlar  asosida  soliq  

solish        ob'ektining        hajmi        kamaytirilishi        mumkin.        Jinoyatchilar 

buxgalteriya 

ma'lumotlarini 

hisobga 


olmasdan 

noto'g'ri 

balans 

tuzadilar 

yoki  balans  tuzish  uchun  to'g'ri  bazadan  foydalangan  holda  raqamlardan 

o'z        xohishlaricha        foydalaniladilar        yoki        balans        pozitsiyalarini 

o'zgartiradilar, 

bunda 


balansning 

to'g'ri 


tuzilgan 

pozitsiyalari 

odatda  

qonunga  xilof  ravishda  tuzilgan  pozitsiyalar  uchun  yaxshigina  niqob  

vazifasini qtaydi; 

•  buxgalteriya  hisobotini  tuzish  tarkibining  buzilishi,  ya'ni  soliq 

organiga      belgilangan      shaklga      muvofiq      kelmaydigan      va      me'yoriy 

hujjatlar 

tomonidan 

belgilangan 

barcha 

ma'lumotlarni 

aks 

ettirmaydigan 



buxgalteriya hisoboti hujjatlarni soliq organiga taqdim etish; 

•  buxgalteriya    hisobotining    taqdim    etish    tartibini    buzish,    ya'ni 

buxgalteriya 

hisoboti 

hujjatlarini 

belgilangan 

muddatdan 

keyin 


taqdim 

etish  yoki  buxgalteriya  hisobini  taqdim  etishdan  bo'yin  tovlash,  ya'ni  

hisoboti  hujjatlarini  belgilangan  muddatlarda  ataylab  bir  necha  marotaba 

taqdim etmaslik yoki soliq organining talabi bo'yicha taqdim etmaslik; 




 

50 


•  soliq  imtiyozidan  noqonuniy  foydalanish,  ya'ni  soliq  to'lovchi 

tomonidan  soliq  organiga  oldidan  asossiz  bo'lgan,    soliq  miqdorini  

kamaytirish  yoki  ilgari  to'langan  yohud  undirilgan  soliqni  qaytarish  

uchun  bevosita  yoki  bilvosita  asos  beradigan  ma'lumotlar  ko'rsatilgan 

hujjatlarning taqdim etilishi yo'li bilan soliq to'lashdan bo'yin tovlash; 

•  soliq      to'lamaslik      yoki      o'z      vaqtida      to'lamaslik,      ya'ni      soliq 

to'lovchining        soliqni        qonun        tomonidan        belgilangan        muddatda 

to'lamasligi yoki belgilangan muddatdan keyin to'lashi; 

•  g'ayriqonuniy        naqd        hisob-kitoblar,        ya'ni        qonun        hujjatlari 

tomonidan  belgilangan  cheklashlarni  buzgan  holda  hisob  kitoblarni  naqd 

pul mablag'lari bilan amalga oshirish; 

•  kassa  intizomini  buzish,  ya'ni  naqd  pul  mablag'larini  kirim  qilish, 

saqlash va ishlatishning qonun tomonidan belgilangan tartibini buzish; 

•  korxonaning    moliya-xo'jalik    faoliyati    natijalarini    buxgalteriya 

hisoblarida  to'liq  yoki    qisman  aks    ettirmaslik.    Masalan,  bitimlarni 

rasmiylashtirmasdan 

amalga 

oshirish, 

tovar-moddiy 

boyliklarni 

kirim 

qilmaslik; 



•  iqtisodiy  ko'rsatkichlarni  hisobga  olish  tarkibini  buzish,  xususan, 

moliya-xo'jalik 

faoliyatining 

raqamli 


natijalarini 

buxgalteriya 

hisobining 

tegishli      bo'lmagan      hisob-varaqlarida      aks      ettirish.      Ko'p      hollarda 

tadbirkorlik      faoliyatidan      olingan      daromadlar      yashiriladi,      odatda, 

tadbirkor    sifatida    ro'yxatga    olingan    shaxslar    yoki      imorat,      uy-joy 

xonalari,  garajlar,  avtomobillar  va  boshqa  mol-mulkni  ijaraga  berishdan 

daromad oladigan shaxslar soliq to'lamaydi; 

•  nazorat  harakatlarini    amalga  oshirishda  tqsqinlik    qilish,    ya'ni 

xo'jalik  yurituvchi    sub'ektlarning  mansabdor  shaxslari,    shuningdek,  

yuridik        shaxsni        tashkil        etmasdan        tadbirkorlik        faoliyati        bilan 

shug'ullanadigan 

jismoniy 

shaxs 


tomonidan 

soliq 


organining 

qaroriga 

ko'ra  hujjatli  yoki  faktlar  bo'yicha  nazorat  qilish  chora -tadbirlarini 

amalga  oshirishni  jiddiy  tarzda  qiyinlashtiradigan  yoki  ularni  yo'qqa  

chiqaradigan shart-sharoitlarning ataylab barpo etilishi; 

•  soliq        organi        mansabdor        shaxsining        qonuniy        talabi        yoki 

farmoyishiga  itoat  etmaslik,  ya'ni  soliq  organi  mansabdor  shaxsining  

soliq  qonunchiligi  buzilishlarini  bartaraf  etish  yoki  ularni  oldini  olish  

to'g'risidagi  qonuniy  talabi  yoki  farmoyishini  uzoq  vaqt  bajarmaslik  

yoki tegishlicha bajarmaslik; 

• 

soliq  to'lashdan  bo'yin  tovlash  -soliq    sohasidagi  huquq 



buzilishlarining  eng  ko'p  uchraydigan  va  eng  xavfli  guruhi.  Bunday  

huquq 


buzilishlarining 

mohiyatini 

soliq 

to'lovchining 



byudjet 

oldidagi 

majburiyatlarini  bajarmasligi  yoki  tegishlicha  bajarmasligi  tashkil  etadi.  Soliq 



 

51 


to'lashdan  bo'yin  tovlash,  odatda,  korxona  tomonidan  soliq  imtiyozlaridan 

noqonuniy  foydalanishi,  soliqlarni  o'z  vaqtida  to'lanmaslik  daromadlarini 

yashirish,  soliqlarni  hisoblash  va  to'lash  uchun  zarur  hujjatlarni  taqdim  etmaslik 

yoki  o'z  vaqtida  taqdim  etmaslik  ko'rinishida  amalga  oshiriladi.  Soliq  to'lashdan 

bo'yin  tovlash  bozor  raqobat  asoslarini  qqporadi,  boqimandachilikni  halol  soliq 

to'lovchi  bilan  taqqoslanganda  e'tiborliroq  mavqega  chaqirib  qo'yadi.  Undan 

tashqari,  bir  shaxsning  soliqni  kam  to'lashi  boshqa  soliq  to'lovchilar  hisobiga 

amalga oshiriladi: davlat stavkalarini ko'paytirishga yoki  soliqqa tortishning yangi 

turlaridan foydalanishga majbur bo'ladi. 

Soliq  solish  ob'ektini  hisoblash  harakatlari  soliq  to'lashdan  bo'yin  tovlashning 

keng  tarqalgan  turlaridan  biri  bo'lib  hisoblanadi.  Masalan,  jinoyatchilar  tomonida 

qqshma  faoliyatni  amalga  oshirish  maqsadida  birlashtiriladigan  mablag'lari  soliqqa 

tortilmaydi,  degan  qoidasidan  foydalaniladi.  Soliq  to'lanmaslik  maqsadida  qqshma 

faoliyat  to'g'risida  soxta  shartnomalar  tuziladi,  lekin  uni  amalga  oshirish  uchun 

amalda  hech  narsa  qilinmaydi.  soliq  qonunchiligiga  rioya  qilmaslik  va 

qonunlarni  bilmaslik  natijasida  soliq  qonunchiligi  buzilishiga  yo'l  qqyayotgan 

soliq  to'lovchilarning  sonini  ko'payayotgani  hamda  byudjetga  qo'shimcha 

hisoblangan soliq summasi oshishidan dalolat beradi. 

Ahloqiy-ruhiy  jihatdan,  shubhasiz,  g'araz  belgilovchi  omil  hisoblanadi. 

Soliq  jinoyatlarini  sodir  etgan  shaxslar  ko'p  hollarda  moddiy  ehtiyojlarini 

ko'proq qondirishga, ko'chmas mulk ob'ektlari, zebu-ziynatlar va hokazolarni sotib 

olishga  intilishlari  bilan  ajralib  turadilar.  Soliq  to'lashdan  bo'yin  tovlashni  ular 

ko'zlangan maqsadlarga erishish usullaridan biri deb qarashadi. 

Asosan  soliq  sohasida  huquq  buzilishlarini  sodir  etish  tashabbusi  korxona 

rahbarlaridan  chiqadi.  Ko'pincha  jinoyat  sodir  etgan  korxona  rahbari  amalga 

oshirgan 

moliya-xo'jalik 

operatsiyalaridan 

buxgalteriyani 

xabardor 

qilmaydi, pul tushumini esa kassaga topshirmay, o'z xohishicha ishlatadi. 

Soliq  to'lovchi  va  davlat  munosabatlarida  axloqiy  mezonlarning  susayishiga 

ko'pincha  qonun  chiqaruvchi  ham  sabab  bo'ladi.  Soliq  qonunlari  ba'zida 

qonunchilikning  asosiy  tamoyillariga-umumiylik,  doimiylik  va  ehtirosdan  holilikka 

muvoflq  kelmaydi,  bu  esa  mazkur  qonunlarning  nufuzi  va  obrqsini  pasaytiradi. 

Bundan tashqari soliqning  yuqori stavkasi belgilangan miqdorda soliq to'lovchi uni 

buzish  ifodasi  sifatida  qabul  qiladi  va  unga  qarshilik  ko'rsatishga  o'zini  haqli  deb 

hisoblaydi. 

Soliq  to'lashdan  bo'yin  tovlashning  iqtisodiy  omillari,  belgilovchi  omillar 

hisoblanadi.  Soliq  to'lovchi  soliq  to'lash  va  sanktsiyalar  qo'llashning  iqtisodiy 

oqibatlarini  taqqoslaydi,  tabiiyki,  soliq  stavkasi  qancha  yuqori  va  sanktsiyalar 

xajmi  qancha  past  bo'lsa,  bo'yin  tovlashning  iqtisodiy  samarasi  shuncha  yuqori 

bo'ladi. 

Ushbu  muammoning  boshqa  jihati  shundan  iboratki,  soliq  to'lovchining 

iqtisodiy  mavqei  qancha  yomon  bo'lsa,  bo'yin  tovlashga  undovchi  asoslar  shuncha 



 

52 


yuqori  bo'ladi.  Birinchidan  barcha  soliq  majburiyatlarini  bajarish  sub'ektning 

iqtisodiy  ahvolini  tang  holatigacha  yomonlashtirish  mumkin.  Soliq  to'lashdan 

bo'yin  tovlashni  soliq  to'lovchi  ham  yashab  qolishning  yagona  imkoniyati  deb 

qarashi  mumkin.  Ikkinchidan:  iqtisodiy  jihatdan  zaif  sub'ektga  nisbatan 

qo'llanishi  uni  xonavayron  qilishi  mumkin  bo'lsa-da,  real  istiqbollardan  mahrum 

etilgan  holda  rivojlanayotgan  sub'ektga  nisbatan  qo'llash  tahdidiga  qaraganda 

barcha narsani yo'qotish tahdidi unchalik jiddiy bo'lmasligi mumkin. 

Iqtisodiy  tushkunliklar  davrlarida  soliq  to'lashdan  bo'yin  tovlash  amaliyotda 

jiddiy  qsadi,  bu  hoi  nafaqat  soliq  to'lovchilar  moddiy  ahvolining  yomonlashuvi, 

balki  ular  mahsuloti,  ishlari,  xizmatlari  iste'molchilarining  ham  moddiy  ahvoli 

yomonlashgani  bilan  izohlanadi,  buning  natijasida  sotish  narxlarini  oshirish  yo'li 

bilan soliq yukini zimmaga olish imkoniyati qisqaradi. 

Soliq  to'lashdan  bo'yin  tovlashning  texnik  sabablari  nazorat  shakllari  va 

usullarining takomillashmaganligi bilan ham bog'liq, ya'ni soliq  organlari  har  bir 

xo'jalik  operatsiyasini  nazorat  qilish,  har  bir  buxgalteriya  hujjatining 

to'g'riligini  tekshirishga  jismonan  qodir  emaslar,  zero  buning  uchun  ko'p 

miqdorda soliq xodimlariga ega bo'lish yoki nazorat yuritilishini kompyuterlashtirish 

va  soliq  to'lovchilarning  moliyaviy  hisobotlarining  elektron  ko'rinishida  qabul  qilish 

hamda  soliq  organlari  bilan  hamkorlikda  elektron-axborot  idoralararo  va  bank 

aloqalarini Ьафо etish zarur bo'ldi. 

Soliq  qonunchiligining  takomillashmagani  sababli  soliq  to'lashdan  bo'yin 

tovlashga  boshqa  tushuncha-soliqdan  qochish  ya'ni  soliqni  rejalashtirish  juda 

yaqindir. 

Soliqlarni  rejalashtirish  qonun  bilan  yo'l  qo'yiladigan  barcha  soliq  imtiyozlarini 

va  soliq  majburiyatlarini  qisqartirish  usullarini  qo'llagan  holda  soliqlarga  chap 

berishning qonuniy usullaridir. 

Soliqlarni  rejalashtirishdan  maqsad  soliq  majburiyatlarini  amaldagi  soliq 

qonunchiligi  doirasida  barqaror  davr  uchun  imkoni  boricha  kamaytirishdir. 

Keyingi bo'limda ushbu masalalar ustida tqxtalib qtamiz. 

Soliq  qonimchiligiga  rioya  etilishi  ustidan  ta'sirchan  nazorat  tizimining 

bo'lishi  umuman  soliq  tizimi  faoliyat  ko'rsatishining  muqarrar  sharti 

hisoblanadi.  Shuning  uchun  soliq  qonunchiligiga  rioya  etilishi  ustidan  nazoratni 

amalga oshirayotgan soliq organlariga nisbatan har qanday g'ayriqonuniy qarshiliklar 

soliq  tizimi  uchun  ancha  jiddiy  tahdid  hisoblanadi  va  tegishli  munosabatni  taqazo 

etadi. 



 

53 



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish