O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi al-xorazmiy


 Suv resurslaridan foydalanishning transchegaraviy muammolari



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,85 Mb.
#202514
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari

 

3. Suv resurslaridan foydalanishning transchegaraviy muammolari 

( Rog’un GESi qurilishi loyihasi misolida). 

 

Оrоl  dеngizi  havzasida  Markaziy  Оsiyoning  5  ta  rеspublikasi  jоylashgan 

bo’lib,  hududi  1550  ming  km

2

ni  tashkil  etgani  h



оlda,  sug’оriladigan  maydоnlar 

7,95 mln g

еktarga tеng. Mintaqada tiklanadigan suv rеsurslari hajmi yiliga o’rtacha 

118-120  km

3

ni  tashkil  etadi.  Ularning  as



оsiy  tarkibi  Amudaryo,  Sirdaryo  suvlari 

hamda  y


еr оsti suvlari zaхiralari (14,7 km

3

)dan  ib



оrat. Suv оmbоrlari hajmi – 60 

km

3



ga  t

еng


1

.  D


еngiz  havzasida  Оrоl  dеngiziga  quyiladigan  umumiy  suv 

r

еsurslarining  55,4  fоizi  –  Tоjikistоn  hududida, 25,3 fоizi  –  Qirg’izistоnda, 7,6 



f

оizi  –  O’zbеkistоnda, 3,9 fоizi  –  Qоzоg’istоnda, 2,4 fоizi  –  Turkmanistоnda, 

q

оlgan  5,4  fоizi  –  Afg’оnistоn  hamda  qisman  Хitоy  va  Pоkistоn  davlatlarida 



shakllanadi

2



Markaziy Osiyo davlatlari suv sohasida ikki xil toifaga bo’lingan bo’lib, 

birinchi toifaga Amudaryo suvlarining asosiy qismi boshlanadigan Tojikiston 

hamda mintaqadagi eng uzun hisoblangan Sirdaryo boshlanadigan Qirg’iziston 

kiradi. Ikkinchi toifaga esa, daryolarning qo’yi oqimida joylashib, suvning asosiy 

qismini iste’mol qiladigan, o’z hududida suv resurslari manbalari kam, lekin 

boshqa turdagi tabiiy resurslarga boy bo’lgan O’zbekiston, Qozog’iston va 

Turkmaniston kiradi. Bu ikki toifadagi davlatlarni suv havzalarining ekotizimlari 

birlashtiradi. Bir davlatdagi suvdan foydalanish rejimining o’zgarishi boshqa 

davlatlarning manfaatlariga ta’sir etmay qolmaydi. 

Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari ham o’zlarining sobiq Ittifoq 

qonunchiligiga moslashtirilgan suv resurslaridan foydalanish va uni muhofaza 

qilish borasidagi qonunchiligini o’z manfaatlari doirasida qayta ko’rib chiqdi, 

o’zgarishlar kiritdi va ba’zi davlatlar tomonidan yangi suv kodekslari qabul qilindi. 

Biz mintaqa davlatlarining mustaqillikdan keyingi davrda qabul qilingan suv 

                                                            

1

 



Рахимов СҲ.Х., Хамраев СҲ.Р. Водные ресурсы в бассейне Арала // Экология и статистика. Сб. статей. 

(wwww.ireco.ru). 

2

 

Водные ресурсы бассейна Аралского моря. 06.06.2009. http://ec-ifas.org/index.php/ru/2010-05-17 




27 

 

qonunlarining rivojlanishi, ulardagi ahamiyat qaratilgan ustuvor yo’nalishlarni 



ko’rib chiqamiz. 

Hozirgi kunda Qozog’istonda suvga oid munosabatlar mamlakat 

Konstitutsiyasi, 2003 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Suv kodeksi” va boshqa 

normativ hujjatlar bilan tartibga solinmoqda. 

Qozog’istonda suvga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga 

mintaqaning boshqa davlatlariga nisbatan muntazam ravishda katta e’tibor 

qaratilayotganligidan darak bermoqda. 

Xususan, davlatlararo suv komissiyasi direktori o’rinbosari V.Sokolov 

Markaziy Osiyoning ba’zi davlatlarida suvga oid munosabatlar XX  asrning 90-

yillarida qabul qilingan qonun va normativ hujjatlar bilan tartibga solinayotgan bir 

paytda Qozog’istonda yangi “Suv kodeksi” qabul qilinganligini ta’kidlaydi. 

Haqiqatan ham, mamlakatda 1993 yilda qabul qilingan suv kodeksiga 1996, 1999, 

2001 yillarda bir qancha qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilib, 2003 yil 9 iyulda 

esa, yangi tahrirda qabul qilingan. Bu esa, o’z navbatida, mamlakatda suv 

qonunchiligiga bo’lgan e’tibor qonunchilikning asta-sekin 

takomillashayotganligini bildiradi. 

Qozog’iston Respublikasida “Suv kodeksi”ga binoan suv fondini boshqarish 

havzaviy tamoyil asosida amalga oshiriladi. “Suv kodeksi”ning 1-moddasining 

to’rtinchi bandida belgilanishicha, havzaviy tamoyil asosida boshqarish bu-

ma’muriy hududiy birliklar o’rtasida daryo, ko’l va boshqa suv ob’ektlari havzasi 

chegarasidagi suv resurslarini gidrografik belgilari bo’yicha taqsimlanishini 

amalga oshirishdir

1

.Bu esa o’z navbatida G.B. Sersenbaevaning fikricha, Sirdaryo, 



CHu, Irtish, Ural kabi daryolarning suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni 

samarali muhofaza qilish imkonini beradi. 

Sersenbaevani ta’kidlashicha, Qozog’istonda 2003 yil  qabul qilingan suv 

kodeksida avvalgi qonunchilikda bo’lmagan ba’zi yangi qoidalar, ya’ni 

Qozog’iston Respublikasida ratifikatsiya qilingan suv resurslarining tartibga 

                                                            

1

 «

Водный кодекс Республики Казахстан», 09.02.2003 г. Юридиcческий сборник НИЦ МКВК № 12. 




28 

 

solinishi to’g’risidagi xalqaro normalar milliy qonunchilik normalariga nisbatan 



ustuvorlikka ega ekanligi belgilab qo’yilganligini aytib o’tdi. Bu qoidaning 

belgilanganligi Qozog’istonning asosan transchegaraviy suvlardan foydalanish 

borasida vujudga keladigan ziddiyatli holatlarni ijobiy hal qilishda xalqaro huquq 

normalariga asoslanishiga olib keladi.  

Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda 

Qozog’istonda suv resurslaridan foydalanish va uning muhofazasi borasida 

qonunchilik bazasi takomillashtirilmoqda. Bu respublikada suvga oid 

munosabatlarning oqilona tarzda tartibga solinishining asosiy omilidir.Shundan 

kelib chiqib ta’kildash mumkinki, bu mamlakatda suv qonunchiligi yanada 

rivojlantirilib boriladi. 

Ma’lumki, Qirg’iziston dunyoda suv zahiralari miqdori bo’yicha yetakchi 

o’rinlarda turadi. Shuning uchun ham mamlakatda keyingi vaqtlarda suv 

munosabatlarini huquqiy jihatdan samarali boshqarish uchun qonunchilik bazasini 

shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 

Xususan, Qirg’izistonda suvga oid munosabatlar 2005-yil 9-yanvarda qabul 

qilingan “Suv kodeksi” va 2001-yil 29-iyundagi “Qirg’iziston Respublikasida suv 

ob’ektlari, suv resurslari va suv xo’jaligi inshoatlaridan davlatlararo foydalanish 

to’g’risida”gi kabi qonuni

1

  va shu asosida qabul qilingan normativ hujjatlar bilan 



tartibga solinadi.Qirg’iziston Respublikaning “Suv kodeksi”ning asosiy maqsadi 

bu aholini va iqtisodiyotni sifatli va yetarli darajada suv resurslari bilan ta’minlash 

va suvdan foydalanish va uning muhofazasi borasidagi yagona huquqiy asoslarni 

o’rnatishdir

2



Qirg’iziston Respublikaning “Suv kodeksi”ning 98-moddasiga ko’ra, 



mamlakatda davlatlararo suv resurslaridan foydalanish konstitutsiya va qonunlar, 

davlatlar o’rtasidagi ikki tomonlama va ko’p tomonlama kelishuvlar, shartnomalar 

                                                            

1

  «



Закон  о  межгосударственном  исползовании  водных  объектов,  водных  ресурсов  и  водохозяйственных 

сооружений Кыргызской Республики»,.июн 2001 г. Юридиcческий сборник НИЦ МКВК №. 14. 

2

 «

Водный кодекс Кыргызской Республики», декабр 2004 г. Юридиcческий сборник НИЦ МКВК №. 14 




29 

 

va Qirg’iziston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro suv huquqi normalari 



bilan tartibga solinadi degan umumiy qoida kiritilgan. Ushbu qoidadan boshqa 

davlatlararo suv resurslaridan foydalanish sohasini tartibga soluvchi bironta ham 

modda belgilanmagan. 

Mamlakatda suv resurslaridan foydalanish va ularning muhofazasini 

ta’minlash borasidagi konunchiligida davlatlararo suv resurslaridan foydalanish 

jarayonining barcha jihatlarining belgilanmaganligi, kelajakda Qirg’izistonning 

suv resurslaridan foydalanish jarayonidagi manfaatdor davlatlar bilan bo’ladigan 

munosabatlarida ko’proq o’z manfaatlari nuqtai nazaridan ishtirok etishiga olib 

kelishi mumkinligi belgilab qo’yilgan. 

Markaziy Osiyoning suv resurslariga boy davlatlaridan yana biri bo’lmish 

Tojikistonda suv munosabatlarini tartibga soluvchi mehyoriy hujjatlar ichida “Suv 

kodeksi” alohida o’rin egallaydi. Chunki ushbu kodeksda suv resurslaridan 

foydalanish sohalari, boshqaruv va ularni muhofazasini ta’minlashning asosiy 

qoidalari o’rin olgan. 

Tojikiston Respublikasining “Suv kodeksi” 2000 yil 29 noyabrda mamlakat 

parlamenti tomonidan qabul qilingan bo’lib, 5 bo’lim, 24 bob, 146 moddadan 

iborat

1

. Tojikiston Respublikasining “Suv kodeksi”ning 2, 3 boblarida esa, suvning 



holatiga ta’sir qiluvchi inshoatlar, korxonalar va boshqa ob’ektlarni 

loyihalashtirish, joylashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish, suv ob’ekti va 

boshqa qo’riqlanuvchi suv zonalarida ishlab chiqarishning tartibi belgilangan. 

Tojikiston Respublikasining “Suv kodeksi” Tojikistonning suv 

munosabatlari sohasidagi xalqaro hamkorlik borasidagi siyosati xalqaro suv huquqi 

tamoyillari asosida suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularning 

muhofazasini, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini, chet davlatlar bilan manfaatli 

va do’stona hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashi kerakligi ham ko’rsatilgan. 

Turkmaniston Respublikasida suvga oid munosabatlar mamlakat 

Konstitutsiyasi va uning asosida qabul qilingan “Suv kodeksi” hamda boshqa bir 

                                                            

1

 «



Водный кодекс Республики Таджикистан, ноябр 2000 г. Юридиcческий сборник НИЦ МКВК №. 14 


30 

 

qator me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ushbu normativ  huquqiy baza 



ichida 2004-yil 1-noyabrdan kuchga kirgan «Suv kodeksi» asosiy o’rin egallaydi. 

Kodeksda asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda mamlakatda suv resurslaridan 

foydalanishni tartibga soluvchi va muhofazasini ta’minlashga qaratilgan qoidalar 

kiritilgan. 

Turkmaniston Respublikasining “Suv kodeksi”ning asosiy maqsadi 

mamlakatda suv munosabatlarini ilmiy asoslangan holda boshqarish, suvdan aholi 

ehtiyojlari uchun, iqtisodiyot sohalari va atrof-tabiiy muhitda foydalanish 

jarayonini oqilona tartibga solish, suv resurslarini ifloslanishdan, kamayishdan 

muhofaza qilish, suv ob’ektlari holatini yaxshilash, suv resurslariga zararli ta’sir 

etuvchi harakatlarni oldini olish va yo’qotish, suv munosabatlari sohasidagi qonun 

ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan. 

Turkmaniston Respublikasining “Suv kodeksi”ning 27 bob, 113 moddadan 

iborat.Turkmaniston Respublikasining asosiy suv manbalaridan biri 

transchegaraviy daryo bo’lgan Amudaryodir.Shuning uchun ham mamlakat suv 

kodeksida davlatlararo suv obyektlaridan foydalanish tartibi belgilangan. 

Jumladan, kodeksning 5 bo’limida davlatlararo suv ob’ektlaridan foydalanish 

xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinishi belgilab qo’yilgan. 

Markaziy Osiyo suv havzalarini boshqarishning umumiy sxemasi tabiatning 

o’ziga asoslangan bo’lib, hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish va 

rivojlantirishni taqozo etadi. Hamkorlik mexanizmlari esa xalqaro huquq 

normalariga, jumladan, 1966-yil Xelsinkida imzolagan «Xalqaro daryo suvlaridan 

foydalanishning normativ qoidalari» hamda BMT miqyosida 1992 yil 17 martda 

Xelsinkida qabul qilingan Chegaralararo suv oqimlari va davlatlararo daryolardan 

foydalanish va muhofaza qilish konvensiyalariga asoslangan bo’lishi lozim. 

Quyidagilarni xulosa o’rnida ta’kidlashimiz mumkin. Transchegaraviy 

suvlardan foydalanish masalasi o’z ko’lami va ahamiyati jihatidan mintaqaviy 

muammolarning aksariyatidan ustun turadi. Chunki mazkur masala mintaqa 

xavfsizligi va tinchligi uchun, unda yashayotgan aholining ehtiyoji uchun hamda 




31 

 

mintaqada joylashgan davlatlarning iqtisodiy jihatdan gullab-yashnashida muhim 



ahamiyat kasb etib, bu masalaga bo’lgan e’tiborni ya’nada oshiradi. 

Transchegaraviy suvlardan foydalanish borasida davlatlararo ziddiyatlatli 

masalalarning kelib chiqishining asosiy sababi, bu borada bir yoqlama fikr yuritish 

va umum ahamiyatga ega bo’lgan tabiiy resurslarning faqat milliy manfaatlardan 

kelib chiqqan holda o’zlashtirishga bo’lgan harakatdir. Lekin mintaqada 

joylashgan davlatlar bu boradagi masalada “bir yoqadan bosh chiqarish” tamoyilini 

ilgari surib, transchegaraviy suvlardan oqilona foydalanishlari lozim. 

Ana shunday vaziyatda Rog’un loyihasi har qanday tanqidga munosibdir

Rog’un GESi Tojikistonda Vaxsh daryosida qurilayotgan gidroelektrostantsiya 

bo’lib, Vaxsh kaskadi tarkibiga kiradi va uning  yuqori qismi hisoblanadi. Texnik 

loyihasi 1974-yilda sobiq ittifoq Gosstroyi (“Davlat qurilish”) tomonidan 

tasdiqlangan.  Loyihaga ko’ra ROG’UN baland (335 metr) tosh tashlamalari 

asosidagi to’g’ondan iborat to’g’onbo’yi gidroelektrostantsiyasi bo’lib, u to’la 

hajmi 13,3 kub kilometr va foydali hajmi 10,3 kub kilometr bo’lgan yirik Rog’un 

suv omborini hosil qilishi lozim. GESning loyiha quvvati  -  3 600 MVming/ soat. 

 GES inshooti tarkibi: balandligi 335 metrlik mahalliy materillardan iborat 

tosh tashlamali to’g’on; qurilish va foydalanish tunnellari; tarkibida mashina zali 

 (uzunligi 220 metr, eni 22 metr, eng yuqori balandligi 78 metr)  va 

transformatorlar uchun xonalar (200x20x40) bo’lgan GESning yer osti inshooti. 

Qurilishni nihoyasiga yetkazish ishlari 3,2 milliard dollarga baholangan

1



 To’g’on har oyda yer silkinishlari bo’lib turadigan yuqori seysmik hududda 



bunyod etilayotganligini, tog’ jinslari qulashini va mustahkam emasligini va 

bunday sharoitda tunnellar barpo etishning qariyb iloji yo’qligini, bu yerda bunyod 

etiladigan to’g’on ostida tosh tuzi qatlami mavjud bo’lib, parchalanishlar  vujudga 

kelishini hisobga olsak, (to’g’on bunyod etilishi oqibatida suv yuqori bosim ostida 

 sizadi va tuz qatlamlarini yemiradi) loyihani juda murakkab sharoitda amalga 

oshishiga olib keladi.   GES qurilishiga tayyorgarlik jarayoni 1976 yilda 

                                                            

1

 




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish