20
2. O’zbekistonda suv xo’jaligi majmuasining shakllanishi va uning
r
еspublika ijtimоiy-iqtisоdiy taraqqiyotidagi rоli
Markaziy Osiyoda sug’oriladigan dehqonchilik, xususan paxtachilikni
taraqqiy qildirish maqsadida ko’plab ishlar amalga oshirildi, katta yer maydonlari
o’zlashtirildi. Suvsiz qarqoq yerlarda bog’-u bo’stonlar barpo etildi. Ammo
arxelogik manbalar guvohlik berishicha, ko’hna va azim diyorimizda yangi
o’zlashtilgan qo’riq yerlarning ko’p qismi avvallari ham dehqonchilik uchun
foydalanilganligi ayon bo’ldi.
Arxeolog S.P.Tolstovning ma’lumotlariga ko’ra, miloddan avvalgi VIII-VII
asrlarda O’rta Osiyoda sug’orma dehqonchilik vujudga kelgan. Amudaryo va
Sirdaryoning quyi etaklarida qadimda sug’orishda ishlatilgan yerlarning jami
maydoni 4,5-5,0 mln. gektarga yetgan. Shundan miloddan avvalgi I asrga qadar bu
maydonlarning katta qismi sug’orishda foydalanilgan.
Tarixiy urushlar va iqtisodiy tushkunliklar kabi nomutanosibliklar
o’zlashtirilgan yerlarni ko’plab qismlarini izdan chiqarib yuborgan.
Arxeolog S.P.Tolstovning ma’lumotlariga ko’ra, sug’orish tarmoqlari mavjud
bo’lgan joylarda hammasi bo’lib 10-15 % yerlar sug’orilgan. Sug’orish asosan
Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Sherobod, Chirchiq, Tajan,
Murg’ob kabi yirik daryolar suvlari asosida olib borilgan.
Arxeolog olimlarimiz Y.G’.G’ulomov va A.R.Muhammadjonovlarning
fikricha, Janubiy O’zbekistonda (Zangkanali va boshqalar), Janubiy Tojikistonda
(Qabadiyon vohasi, Vaxsh va Hisor vodiylari), Toshkent va Samarqand vohalari
ayniqsaAmudaryo, Sirdaryo va Zarafshonning quyi oqimlaridagi qadimgi
sug’orish tarmoqlarining qoldiq izlari shundan xabar beradiki, qadimgi sug’orish
Kushon davlati davrida, ya’ni I-IV asrlarda eng yahshi taraqqiy etgan. Jumladan
ko’plab chig’irlardan ham foydalanilgan.Bugungi kunda ham mavjud bo’lgan
kanallar, masalan, Toshkent vohasidagi Bo’zsuv, Salar, Samarqand vohasidagi
21
Eskiangor va Tuyatortar, Buxoro vohasidagi Shohrud va Romitonrud, Xorazmdagi
Qirqqiz va Chermenyop kanallar insoniyat tarixida muhim o’rin egallagan
1
.
Suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarishning
ayrim elementlari
uzoq tarixiy o’tmishda amaliyotda qo’llanilgan va konseptsiya sifatida o’z
rivojlanishida bir necha bosqichlarni bosib o’tgan. Umuman olganda, Orol dengizi
havzasida mavjud bo’lgan sug’orish tizimi qadimgi zamonlarda suv resurslarini
boshqarishdagi mavjud yondoshuvlar bilan taqqoslanganda ekologik, siyosiy,
ijtimoiy va institutsional nuqtai nazarlardan o’zining barqarorligini isbot qildi.
Suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish rivojlanishida to’rtta
asosiy, uzluksiz, izchil va ayni vaqtda kesishadigan bosqichlarni ajratib ko’rsat1ish
mumkin. Bular:
1) sektorlar bo’yicha yondoshish - 1820-1950 yillar;
2) kooperativ yondoshish - 1960-1970 yillar;
3) boshqarishga yo’naltirilgan yondoshish - 1980 yillar;
4) maqsadga erishishga yo’naltirilgan yondoshish - 1990 yillardan boshlab
hozirgi vaqtgacha.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib qishloq xo’jaligi asosan daryolar
bo’yiga yuritiladigan dehqonchilikning ariq va sug’oriladigan turlariga asoslangan
1800-yillar boshidagi O’rta Osiyoga nigoh tashlaymiz.
Tog’ oldi va tog’larning quyi bag’irlarida dehqonchilik va chorvachilik keng
yoyilgan. XIX asrning 60-yillarida sanoat shiddat bilan rivojlangan davrda quyi
Amudaryo, Zarafshon va Farg’ona vodiysi hududida sug’oriladigan yerlarni
o’zlashtirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar boshlandi. Ushbu mintaqalarda o’sha
paytlardagi materiallar va asboblardan foydalangan holda sug’orishning an'anaviy
usullari yetarlicha muvaffaqiyatli natijalar berdi.
Daryolar yoki magistral kanallardagi suv satxi yer maydoni yuzasiga nisbatan
ancha past bolgan hududlarda suv olish uchun sug’orish tizimlarining bosh
1
Akromov Z., Rafiqov A. Buloq suvi qurimaguncha… (“Orol madad so’raydi”-to’plam). T., Mehnat, 1987., B-20-21.
22
inshootlariga suv olish uchun chig’irlar yoki suv g’ildiraklari o’rnatildi (matli,
1970). Bu yerlarni keng kolamda o’zlashtirish
boshlangunga qadar SRIB
Do'stlaringiz bilan baham: