Tadqiqotning ilmiy yangiligi: O’zbekistonda atrof – muhitni muhofaza
qilish va sog’lomlashtirish yo’lidagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar tadqiq etilib,
mavzuni hozirga qadar bo’lgan adabiyotlarda yoritilish darajasi o’rganiladi va
ilgari murojaat etilmagan birlamchi manbalar hamda so’ngi ma’lumotlar ilmiy
muomilaga kiritiladi.
Sobiq sho’rolar davridagi ekologik masalalarning tadqiq etilishi tahlil qilinadi.
Suv resurslaridan to’g’ri foydalanish yuzasidan aniq ma’lumotlar keltiriladi.
Orol muammosini bartaraf etish uchun ko’rilayotgan chora-tadbirlar, bu
yo’lda Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorligi yoritildi.
O’rganilgan materiallar asosida jamiyat taraqqiyotining ustuvor sharti bo’lgan
ijtimoiy-ekologik muhitni yaxshilasi yuzasidan taklif va mulohazalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |