O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Z. M. Bobur nomidagi Andijon Davlat universiteti z z o



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/137
Sana27.01.2022
Hajmi0,62 Mb.
#309756
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137
Bog'liq
sitologiya (1)

 
56 
moddalarni oson o’tkazadi. Elektron mikroskop tadkikotlari orqali ovotsitlarning 
(amfibiy va sut emizuvchilarda) qobig’ida bu hujayralarning shimuvchi yuzasini 
anchagina kengaytiruvchi mikrovorsinkalar topilgan. Ovogenez vaqtida ovotsitning 
sitoplazmasida va yadrolarida RNK ning mikdori ortadi. Bu unda shu kislota bilan 
bog’lik bo’lgan oqsil sintezining aktivligini ko’rsatadi. 
Usish kichik va katta davrlarga bo’linadi. Ulardan birinchisida ovotsit 
sitoplazmasining ortishi hisobiga o’sadi, yadrosining xajmi biroz o’zgaradi. Katta o’sish 
davri hujayraga kirayotgan ozik moddalar donachalar yoki plastinkalar ko’rinishida 
ajraladigan maxsus oqsil sariklarning hosil bo’lishi hisobiga yuz beradi. Bir xil 
hayvonlarda sariklik ko’p hosil bo’ladi va shunga ko’ra tuxum anchagina kattalashib 
ketadi, boshqalarida u kam ajraladi va tuxumning kattaligi uncha o’zgarmaydi. Sariklik 
tuplanishi tufayli urg’ochilik jinsiy hujayralarning o’sish davri erkaklik jinsiy 
hujayralaridagiga nisbatan anchagina uzunroqdir.
Birinchi tartib ovotsit yadrosida yuz beradigan murakkab o’zgarishlar birinchi 
tartib spermoatotsit yadrosida kuzatiladigan o’zgarishlarga o’xshaydi. 
Yetilish davrida ikkita: reduksion va ekvatsion bo’linish yuz beradi. Biroq 
urg’ochilarda bu o’zgarishlar natijasida bitta birinchi tartib ovotsitdan, erkaklardagidek 
to’rtta jinsiy hujayra emas, balki bitta hosil bo’ladi. Bu hujayra sitoplazmasining bir 
tekisda taqsimlanmasligi natijasida sodir bo’ladi. Birinchi bo’linishda, kiz hujayralardan 
bittasiga sitoplazmaning juda ozgina qismi, boshqasiga esa, deyarli xammasi kuchadi. 
hosil bo’lgan kichkina hujayra birinchi yo’llovchi (qutb) tanacha deb ataladi. U 
keyinchalik rivojlanmaydigan ikkita yo’llovchi tanachaga bo’linadi. Yetilishning 
birinchi bo’linishida hosil bo’lgan ikkinchi hujayra juda katta bo’ladi va ikkinchi tartib 
ovotsit deb ataladi. Yetilishning ikkinchi bo’linishida bu hujayraning yana kichkina 
hujayra -ikkinchi yo’llovchi tanacha va juda katta yetilgan tuxum hujayra hosil bo’ladi. 
Shunday qilib, ovogonez protsessida uchta kichkina hujayrachalar va bitta yirik yetilgan 
tuxum hosil bo’ladi, shakllanish davri bo’lmaydi. Тuxum hujayra ham gaploid 
xromosomaga 
ega. 
Spermatozid 
va 
tuxum 
hujayralarida 
gaploid 
sondagi 
xromosomalarning hosil bo’lishi yetilishning birinchi bo’linishida reduksion 
bo’linadigan, ya’ni meyoz (meiosis-kamayish reduksiyasi) deb ataluvchi protsessga 
bog’lik. 
MEYOZ 
Spermatotsit va ovotsitlarni yetilish protsessida bo’ladigan ikkita bo’linish 
mitozdan qator belgilari bilan farq qiladi. Bu o’zgarish ko’proq yetilishning birinchi 
bo’linishi protsessida bo’ladi.Profazani boshlanishiga mitozdagidek, DNK redup-
likatsiyasi yuz beradi. Yetilishni birinchi bo’linishi profazasi oltita stadiyaga bo’linadi: 
proleptonema, zigonema, paxinema, diplonema va diakinez.
Proleptonema stadiyasi mitozning ertaki profazasiga to’g’ri keladi. Хromosomalar 
xaddan tashqari ingichka bo’lib kiyinlik bilan farqlanadi. Ular orasida faqat jinsiy 
xromosomalargina yaxshiroq ajralib turadi. 
Leptonema xromosomalar uzun va ingichka ip shaklida bo’lib, unda juda ko’p 
burtmalar- xromomeralar joylashadi. Хromosomalari soni kam bo’lgan hujayralarda 
iplarni sanash mumkin va ular diploid sonda (2n) bo’ladi. Leptonema xromosomalari 



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish