53
Amitoz bitta yadroni teng ikkiga bo’lishiga olib keladi. Amitozni boshqa
formasida yadro fragmentatsilanib har kattalikdagi yadrolar hosil bo’ladi. Ba’zan yadro
bo’linadi, ammo plazmatomiya bo’lmaydi. Bo’linishda yadro interfaza holida qoladi va
hujayra ishlashdan tuxtamaydi. Shuning uchun, amitozni mitotik apparat hosil qilmay,
xromosomalar spirallanmay yadroni bo’linishi deb qarash kerak.
Amitozda genetik materialni qiz hujayralarga to’g’ri taxsimlanishi hali aniq emas.
Shuning uchun, A.A Zavarzin shunday fikr berdi va u hozir ko’pchilik tomonidan
tasdiqlanmoqda: xech qanday “generativ amitozlar” (ko’payishni amitozlari) yuk.
Amitozni hujayra yadrosini funkutsional holatlaridan biri deb qarash lozim. Bundan
kelib chiqadiki, Flemming tomonidan berilgan “amitoz” termini, hujayralarni ko’payish
usuli ma’nosini yukotdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |