61
turuvchi uchta nukleotididan tuzilgan qismi mos keladi. Masalan, Т-Т-A dan iborat
bo’lgan DNK zanjirining qismi lizin degan aminokislotaga, A-S-A qismi sisteinga, S-A-
A qismi valinga mos keladi va xokazo. Genda nukleotidlar: A-S-A-Т-Т-Т-A-A-S-S-A-
A-G-G-G tartibda joylashgan deylik. Bu qatorni tripletlarga ajratib, oqsil molekulasida
kaysi aminokislotalar qanday tartib bilan joylashganini darrov aniqlaymiz: A-S-A-
sistein; Т-Т-Т lizin A-A-S leysin; S-A-A valin; G-G-G prolin.
4.ТRANSKRIPSIYa.
Oqsil sintezida DNK ning o’zi bevosita katnashmasligi, hujayra yadrosida DNK
borligi, oqsil esa sitoplazmadagi juda maydi strukturalar- ribosomalarda sintezlanishi
aniqlangan. DNK da faqat oqsillar strukturasi xaqidagi axborot( informatsiya) bo’ladi va
saqlanadi.
Maxsus oqsillar hujayrada nuklein namunasi bilan sintezlanadi. Hujayralarni
bo’linishida kiz hujayradari ana shu namunani oladilar. Ular esa DNK reproduksiyasi da
hosil bo’ladi. Хuddi mana shu taxminni fan tasdiqlamoqda. Buni tajribalarda isbotlandi.
Ana shu tajribalardan biri viruslar ustida o’tkazildi. Ma’lumki viruslar juda ajoyib
tuzilmalar bo’lib ular tirik bilan ulik chegarasida turadi. Virus oqsilli qobiq bilan
uralgan, bir molekula nuklein kislotasidan iborat. Viruslarning kattaligi 16-300 mk
gacha bo’ladi.
Хamma viruslar qanday hujayralarni zararlashiga qarab 3 ta katta gruppaga-
bakterial, o’simlik va hayvon viruslariga bo’linadi. Bakteriya-larlda parazitlik qiluvchi
viruslar faglar deb ataladi.
Fag bakteriya bilan tuknashganda uning oqsilli qobiqi tashqarida kolib, nuklein
kislotasi baktenriyaning ichiga kiradi. Bu nishonli atomlarni qo’llash orqali aniq isbot
etilgan. Bakterial hujayraga virusning birgina nuklein kislotasi kirgandan 20-30 minut
utgach hujayra buzilib undan 100-200 ta virus tanachalari chiqadi. Bunda hujayraga
kirgan nuklein kislotasi uz nusxasinigina hosil qilmay, balki fagni maxsus oqsilli
qobig’ini ham ishlab chiqibdi.
Shunday qilib, virusni oqsil qobig’i molekulasidagi aminokislo-talarni joylanish
tartibi xaqidagi axborotni hujayraga nuklein kislotasi olib kiradi.
Nuklein kislotalarini oqsil sintezidagi rolini yana ham ishonchliroq bo’lishi uchun
olimlar bir qancha tajribalar qildilar.
Тamaki o’simligida mozaika kasalligini tarqatuvchi viruslarni ma’lum usullar
bilan nuklein kislotasi va oqsilli qismlarga ajratildi. Chiqargan kasallikni mana shu
qismlarni har biri bilan hujayrani zararlash mumkinmi? degan savolga javob berishga
urinib kurildi. Bu qismlar ayrim holda hujayraga kirib bir butun virus keltirib
chaqirarmikin?
Ma’lum bo’lishicha virusni faqat oqsilli qismi hujayraga xech qanday ta’sir kilmas
ekan, nuklein kislotasini o’zi esa hujayraga kirib, bir butunligi buzilmagan virus paydo
qiladigan protsessni hosil kilar ekan. Eng harakterlisi shuki, hujayra buzilganda undan
oqsilli qobiqka uralgan normal viruslar chiqadi.
Nuklein kislotasi ishtirokida ana shu virusga xos oqsilli qobiq hosil bo’lishi uchun
namuna nuklein kislotasi bo’ladi. Shu bilan birga hujayrani oqsil tanasi bilan zararlashni
Do'stlaringiz bilan baham: |