74
18-jadval
Donlarni o‘rtacha kimyoviy tarkibi, %
O‘simlik
Suv
Oqsil Yog‘lar Uglevod
Kletchatka
Kuldorlik
Yumshoq
bug‘doy
14,0
12,0
1,7
68.7
2,0
1,6
Qattiq
bug‘doy
14,0
13,8
1,8
66,6
2.1
1,7
Javdari
14,0
11.0
1.7
69,9
1,9
1,8
Tritikale
14,0 12,8 2,1
54,5
2.6
1,7
Don mahsulotlarining kimyoviy tarkibi
Mahsulot
turi
Miqdori % larda
Miqdori 100 g mahsulotda
Quvvat
miqdori
oksil Yog‘ Uglevod Kaliy Kalsiy Magniy Temir V
1
V
2
kkal
kDj
Bug‘doy
(lalmi)
12,7
1,6
66,6
350
57
104
57
0,46 7,13 315
1318
Bug‘doy
(qattiq)
12,5
1,9
67,5
325
62
114
5,3
0,37 4,94 320
1339
Javdar
9,9
1,6
70,9
424
59
120
5,4
0,44
1,3
320
1339
Suli
10,1
4,7
57,8
421
117
135
11,0 0,48
1,5
300
1255
Arpa
11,5
2,0
65,8
453
93
153
12,1 0,33 4,48 311
1301
Grechixa
11,6
2,3
59,5
530
120
258
16,7 0,76 3,87 290
1213
Guruch
7,3
2,0
63,1
202
66
116
2,6
0,52 3,82 284
1188
No‘xot
23,0
1,8
53,3
873
115
107
9,4
0,81
2,2
303
1268
Loviya
22,3
1,7
54,5
110
150
105
12,4
0,5
2,1
309
1293
Zig‘ir
34,9 17,3
26,5
1607
348
191
11,8 0,94
2,2
395
1653
Makka-
jo‘xori
11,9
6,3
345
1444
Donni ozuqaviy qiymati. Oqsil.
Inson ovqatlanishini sutkalik
oqsilga bo‘lgan ehtiyojini 40% don mahsulotlari hisobidan to‘ldiriladi.
Inson iste’mol qiladigan oziq moddalar turli kimyoviy elementlar: oqsil,
yog‘, uglevodlar, vitaminlar va minerallardan tashkil topgan. Ular inson
organizmi uchun energetik va biologik qimmatga ega. Oqsil moddalar
yoki oqsillar (proteinlar – yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, birinchi yoki
muhim degan ma’noni anglatadi) yuqori molekular massaga ega bo‘lib
75
(uning molekula massasi 5 – 10 mingdan 1 mln. gacha va undan oshiq),
ular aminokislota qoldiqlaridan tuzilgan va tabiiy polimerni tashkil qiladi.
Oqsillarning biologik vazifalari turlichadir. Ular inson organizmida
katalitik (fermentlar), tartibga soluvchi (gormonlar), tuzuvchi (kollagen,
fibroin), harakatlantiruvchi (miozin), transportlovchi (gemoglobin, mnog-
lobin), himoyalovchi (immunoglobulinlar, interferon), zaxira (kazein,
albumin, gliadin, zein) va boshqa vazifalarni bajaradi. Oqsil, asosan, inson
organizmining o‘sishi va faol harakatida muhim ahamiyatga ega. Oqsil
moddasiz hayot bo‘lishi mumkin emas. Oqsil inson va hayvonlar orga-
nizmini aminokislotalar bilan ta’minlaydi. Oqsilning ozuqaviy qiymati.
Go‘sht, sut, baliq, don va don mahsulotlari, sabzavotlar tarkibi oqsilga
boydir. Inson uchun zarur oqsil miqdori uning yoshi, jinsi, mehnat turiga
bog‘liq. Sog‘lom organizmda iste’mol qilingan va parchalangan oqsil
miqdori teng bo‘lishi kerak. Oqsil moddasi almashinuvini baholash uchun
azot balansi tushunchasi kiritilgan.
Oqilona hayot kechiruvchi insonda azot muvozanati mavjud
bo‘lib, u oziq-ovqat bilan qabul qilingan va sarflangan azot miqdoriga
tengdir.
Oqsilning biologik qiymati aminokislota tarkibi bilan tenglashib,
ovqat hazm bo‘lishida ferment bilan faol ishtirok etadi. Inson
organizmida oqsil parchalanib, aminokislotalarga aylanadi, ularning bir
qismi (almashtirib bo‘ladiganlari) yangi aminokislotalar hosil bo‘lishida
ishtirok etadi. Parchalanish jarayonida qatnashmaydigan (almashtirib
bo‘lmaydigan essensial) aminokislotalar esa inson organizmiga iste’mol
qilingan ovqat bilan birga kiradi. Inson bir kecha-kunduzda turli
oqsillardan 85–100 g iste’mol qilishi tavsiya etiladi.
Fermentlar.
Ferment yoki enzima (xamirturush tarkibidagi)
murakkab biologik katalizatordir. Fermentlar oziq-ovqat sanoatida turli
texnologik jarayonlarning amalga oshishi va rivojlanishiga yordam beradi.
Ayniqsa, non tayyorlash sanoatida fermentning roli katta.
Fermentlar 10.000 dan 1.000.000 gacha molekular massaga ega.
Ferment molekulasi faqat oqsil yoki tarkibida oqsil bo‘lgan modda-
lardan tuzilgan. Bugungi kunda 3000 dan ortiq fermentlar o‘rganilgan
va ular 6 guruhga turkumlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |