O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


h) sportda doping istemol qilish va o’lim



Download 2 Mb.
bet6/7
Sana23.02.2017
Hajmi2 Mb.
#3206
1   2   3   4   5   6   7

h) sportda doping istemol qilish va o’lim.

Xalqaro olimpiya komitetining tibbiyot kommissiyasi va xalqaro sport federasiyasining tibbiyot komissiyalari tomonidan sportchilar tomonidan bevosita musobaqalardan avval yoki ular vaqtida va mashg’ulotlar sikli vaqtida qabul qilinadigan va sport ish qobiliyatini ko’tarishga imkon beradigan formokologik preparat va vositalarga doping deyiladi. Hozir Xalqaro Olimpiya Komitetining “qora ro’yxatida” ularning anolog va o’rnini bosuvchilarni qo’shmagan holda 142 ta preparat bor: anaboliklarning 30 turi, diuretiklarining 32 turi, 4 turdagi peptiditlar, 42 turdagi stimulyatorlar, 34 turdagi narkotiklar, undan tashqari ikkita metodiklar “krovyanniy doping” va “smena mochi”. Bundan tashqari qator preporatlar to’g’ridan to’g’ri taqiq yo’q. Ammo sportchi organizmida ular tarkibidagi moddalar miqdori cheklangan. Oddiy misol koefin. Sportda formokologik preparatlardan foydalanish tufayli o’lim birinchi marta 1879 yilda Fransiyada Angliya velopoygachisi poyga paytida amfetominlar peredozirovkasi tufayli o’lganda qayd qilingan. 1910 yilda Rimda o’tkazilgan Olimpiada Daniyalik velopoygachi o’sha narkotiklardan foydalanish tufayli o’ldi. Bu o’limlar deyarli e’tiborsiz o’tdi. Faqatgina 1967 yilda Tur-de-frans velopoygasida stimulyator preparatlardan foydalanish tufayli Angliyalik sportchi Tommi Simpson millionlab teletomoshabinlar ko’z o’ngida trassaning o’zida to’satdan o’lib qolgandan so’nggina Xalqaro Olimpiya Komiteti doping muammosiga jiddiy bosh qotira boshlandi. Keyingi yili Mexikodagi Olimpiya o’yinlarida birinchi marta doping nazorati kiritildi.

1987 yilda eritropetin qariyib 20 ta Yevropalik velopoygachilarning o’limiga sabab bo’ldi. Aynan eritropoetin ushbu sportchilarning o’limiga sabab bo’lganligi isbotlanmagan bo’lsada, ko’plab eksportlar eritropoetinning katta fazasi boshqa omil bo’lgan qo’shilib emboliyaga va o’limga olib keluvchi qonning fotal quyuqlashishi sodir bo’ladi deb ta’kidlaydilar. 1988 yildagi Tur-de-Frans poygalaridagi o’lim va mojarolarga qaramay ekspertlar eritropoetin velopoygachilar undan tashqari chang’ichilar, stayerchilar va suzuvchilar orasida keng tarqalganini ta’kidlashda davom etmoqdalar [54].

Ilmiy turlarda doping preparatlari iste’mol qilishdan avvalgina sportchilar o’limlari keltirilgan, ularning ko’pchiligi bodibildingda omabolik steroidlar iste’mol qilinishi bilan bog’liq.

Qator nashrlar yosh bodibilding va paueriftingchilarning tasodifiy o’limlari, keltiriladi. 21 yoshli sportchining pauerlifting bilan shug’ullanishi paytida o’lim holati aniqlangan (bevosita qorin presida mashg’ulot paytida). Sportchi o’tgan bir necha oyda steroidlar (nandrolon) qabul qilgan. O’lim yurak to’xtashidan yuz bergan.Boshqa bir mualliflarning [34,35] nashrida steroidlar qabul qilgan va yurak o’pka shokidan o’lgan 20 yoshli bodibildingchilar o’limi keltiriladi. Ushbu muallifning va hammualliflarning boshqa nashrida o’pka tromboemboliyasidan o’lgan 26 yoshli kulturistning o’limi haqida gapiriladi.

Sabab sifatida qonning ivuchi sistemasiga anabolik steroidlar ta’siri mexanizmi qaraladi. Asosda steroidlarning trombositlar yuzasidagi reseptorlar bilan bog’lanishi yotadi, ut ivish jarayonlarini ishga tushurish va faollashtirishga va tromb paydo bo’lishiga olib keladi. Dikerman yozadiki, bodibildingchilar tasodifiy o’lim holatlari tromboemboliyalar bilan bog’liq va trolebning lokalizasiyasiga bog’liq ravishda o’lim sababi yurak o’pka shoki, miokard infarkti, boshmiya insulti bo’ladi.

Kenedit va Lauranslar 18 va 24 yoshli futbolchilarnig mashg’ulot paytida tasodifan yurak to’xtab qolishi sababidan yuz bergan o’lim holatlarini tasvirlashadi. [1995]. Koronar arteriyalar mutloqo sog’lom bo’lishgan, tromblar ham aniqlanmagan. Ikkalasining siydigida anabolik steroidlar aniqlangan. O’lim sababi sifatida ikkalasida ham aniqlangan miokard gipertrofiyasi qaraladi. Undan tashqari anabolik steroidlar klenbuteroya qabul qilingan 17 yoshli bodibildingida miokard infarkti holati ham aniqlangan (sportchini saqlab qolishga muvaffaq bo’lindi).

6.1.jadval. doping preparatlari sinflari va ularning ta’siri [54].




Anabolik steroidlar

Diure

tiklar


Stimulya

torlar


Narkotik analgetiklar

Betoblo

katorlar


Qon dopingi

Misol

lar


Nadrolin stanozolar

Frusemin

Spironol


akton

Kofein

Kokain


Amfeta

min


Metodon Kodin geroin

Atekolol okspre

Polol propranoloya



Eritro

noetin


Ta’sir

lari


Mushaklar massasini agressiyani jismoniy imkoniyatlarni oshiradi

Vaznni kamaytiradi, boshqa doping preparatlarni yashiradi.

Diqqatni oshiradi, charchoqni kamaytiradi

Og’riqni yoqotadi, eyforiya hissini chaqiradi.

Yurak urishini sekinlashtiradi va holatini barqarorlashtiradi

Eritrositlar sonini ko’paytiradi.

Sport turla

ri


Og’ir atletika, futbol, suzish

Og’ir atletika, boks, kurash

Ko’pchilik o’q otish sport musobaqalarida

O’q otish chidamlilik musobaqalarida foydasiz

Kamondan, quroldan, to’pponchadan o’q otish

Velosport uzoq masofalarga yugarish

Zarar

li ta’sir

lar


Menstrual siklining buzilishi qo’pol ovoz

Obezvojivaniya, koliki, mineral moddalarni yo’qotilishi

Giperfaollik, bezovtalik, taxikordis

Jaroxat va shikastlarni chuqurlashtiradi.

Astma belgilarini chaqiradi




Hayot uchun xavfli oqibatlar

Yurak kasalligi, jigar va buyrak kasalligi, bepushtlik

Buyraklar buzilishi, yurak to’xtashi

O’ta taxikardis, norkotik qoramlik

Peredozirovka xushni yo’qotish yoki komaga olib keladi.

Xaddan tashqari bradikardis

Yopishqoqlikning va qonning ko’payishi.

Bu kichik taxlil ko’rinadiki, organizmga formokologik preparatlarning zararli ta’siri mexanizmi doim ham aniq emas va o’lim sababi turlicha bo’lishi mumkin, ammo shunga qaramay ularning hammasini umumiy sabab bog’lab turadi-yurak qon tomir tuzilishining buzilishi.

Hozirda Xalqaro Olimpiya Komitetining “qora ro’yxatida” ularning analog va o’rni bosuvchilarini qo’shmagan holda 142 ta preparat bor: 30 turdagi anaboliklar, 32 turdagi diuritiklar, penditlarning 4 turi, 42 turdagi stimulyatorlar, narkotiklarning 34 turi, undan tashqari ikkita metodik bor – “kravyaniy doping” va “smena mochi”. Bundan tashqari qator preparatlarga to’g’ridan – to’g’ri tadqiq yo’q. Ammo sportchi organizmida ular tarkibidagi moddalar miqdori cheklangan. Oddiy misol kafein.

6.1 jadvalda doping preparatlari sinflari va ularning ta’sirlari keltirilgan. Jadvaldan ko’rinib turibdiki bezarar preparat mavjud emas-ularning har qaysisi potensial xavfli va sportchi salomatligining yomonlashuviga yoki uning o’limiga olib kelish mumkin va bu preparat XOQ tomonidan taqiqlangan, taqiqlanmaganidan qaramaydi.

1967 yilda Tur- de-Frans velopoygasida stimul qiluvchi preporatlar iste’mol qilgan angliyalik sportchi Tommi Simpson millionlab teletomoshabinlarning ko’z o’ngida trassaning o’zida to’satdan vafot etdi. Shundan keyingina Olimpiya qo’mitasi doping muammosi bilan jiddiy shug’ullana boshladi. Keyingi yili Mexsikadagi Olimpiya o’yinlarida birinchi marta doping nazorati kiritildi. 1987 yilda eritropetik qariyb 20 nafar Yevropalik velopoygachining o’limiga sabab bo’lgan. Bu sportchilarning o’limlariga aynan eritropoetin sabab bo’lgani isbotlanmagan bo’lsada, ko’p ekspertlar eritropoetinning katta dozasi ma’lum omil bilan birikkan holda emboliya va o’limga olib boruvchi qonning fatal quyuqlashishiga sabab bo’ladi deb ta’kidlaydilar. 1998 yildagi mojaro va o’limlarga qaramay eritropoetin velopoygachilar undan tashqari chang’ichilar, stayerlar va suzuvchilar orasida keng tarqalgan deb ekspertlar ta’kidlashda davom etyaptilar [54].

Qator nashrlar yosh bodibildingchilar va pauerlifterchilarning tasodifiy o’limlarini tasvirlashda 21 yoshli sportchining pauerlifting bilan shug’ullanayotgan paytida o’lganligi aniqlangan (bevosita qorin pressiga mashq qilayotgan paytida). Sportchi o’tgan birinchi oy ichida steroidlar (kondrolon) iste’mol (qabul) qilgan. O’lim yurakning to’xtashidan sodir bo’lgan.

Shunday qilib yosh va aftidan sog’lom odamning tasodifiy o’limi jamiyat va oila uchun haqiqiy fojiaga aylanadi, ayniqsa agar bu doimo sog’liq va kuch ramzi bo’lgan sportchilar bilan sodir bo’lsa.

Bunday baxtsiz holatlardan saqlanish uchun o’z vaqtida kasallik va jarohatlar profilaktikasi bilan shug’ullanish zarur: doimo tibbiyot ko’rigidan o’tish kerak, kasalliklarni boshlang’ich (dastlabki) bosqichlarida aniqlash kerak, o’ta intensiv mashqlardan saqlanish kerak, organizmning qizib ketishidan saqlanish, dopingdan voz kechish kerak.

MULOHAZA

Sportchilar va jismoniy madaniyat bilan shug’ullanuvchilarning tasodifiy o’limlari sabablari statistikasining tahlili shuni ko’rsatadiki, sportchilar turlicha va turli sabablar bilan kasal bo’lishadi. Sportda tez-tez uchrovchi, ayniqsa yuqori yuklamali mashg’ulotlarda o’ta charchashni yuzaga keltiruvchi jismoniy yuklamalar boshqa zararli ta’sirlar singari o’ziga xos patologiyadan oldingi holatlarni yuzaga keltiradi va sportchi organizmida patologik o’zgarishlarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.

Bevosita sportchilar tasodifiy o’limlarining yuzaga kelish sabablari tahliliga o’ta turib shuni aytish kerakki, ko’p sport uchun hos bo’lgan patalogiya haqida emas, balki shifokorlar tomonidan kamroq o’rganilgan va murabbiylar va sportchilarga kam ma’lum bo’lgan kasalliklar haqidagina boradi. So’ngi yillarda sportchilarning kasalliklari savoliga jiddiy e’tibor berila boshlagan bo’lsada, hali sportchilar qanday va nega kasal bo’lishadi, bu kasalliklarning davri va davolanishining o’ziga xosligi nimadaligi to’liq aniq emas. Shu bilan birga I.P.Pavlov aytgandi: ,,Sababini bilibgina unga qarshi harakat qilish mumkin , ikkinchidan esa va bu yanada muhimroq uni harakat qilishiga yo’l qo’ymaslik mumkin . Kasalliklarning sababalarini bilibgina haqiqiyligina kelajak tibbiyotiga aylanishi mumkin, yani so’zning keng manosida gigiyenaga’’.

Ma’lumki, bizning tadqiqotimizning maqsadi turli sport turlaridagi sportchilar tasodifiy o’limlari sabablarini va ularning profilaktikasini aniqlashdan iborat.

Sportda tasodifiy o’lim-bu bevosita jismoniy yuklama paytida undan tashqari sport faoliyatini o’zgartirishga yoki to’xtatishga majbur qilgan alomatlar qayta bo’lgandan 24soat ichida sodir bo’lgan o’limdir. Tasodifiy o’lim ko’proq davomli chidamlilikni talab qiluvchi (masalan , marofon yugurish) yoki dam olishdan darhol jismoniy zo’riqishga o’tiluvchi yoki ko’krak qafasi ichida bosim ko’talishini yuzaga keltiruvchi jismoniy faollikni talab qiluvchi sport turlari bilan shug’ullanadigan sportchilarda uchraydi. Jahon statistikasi ko’rsatishiga tasodifiy o’lim holatlari har yili ishonarli tarzda 6% yiliga oshgan . 91-97% o’lgan sportchilar erkak jinsidagi shaxslar va 93% sportchilar tasodifiy o’limlari yurak-qon tomir funksiyalarining (ishlashining) buzulishi bilan sodir bo’ladi . [ 43,44,55,56,57,59 ]

Ma’lumki, sport bilan shug’ullanish bizni nafaqat chiroyli, kuchli, chidamli balki yana sog’lom ham qiladi ; jismoniy yuklama stresslarni boshqarishda yordam beradi, immunitetni mustahkamlaydi, normal hayot faoliyatini ushlab turishga tizim (sistema) va azolari (organ) ishlashga yordam beradi [ 63 ]. Ammo bu faqat organizmining real imkoniyatlari va moslashish qobiliyati bilan jismoniy yuklamalarning jadalligi va soni mos kelgan taqdirdagina mumkin. Ya’ni jismoniy yuklamani tanlashda hamma tomonlama o’ylagan xolda yondashish juda muhim. Axir insonning funksional zahiralaridan oqilona foydalanmaslik (nerassional) yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga (buning ustiga) bu muammo professional va ayniqsa havaskor sportda dolzarb.

Agar professional sportchilarning fiziologik holati u yoki bu darajada shifokor ko’rigi nazorati amalga oshirilsa, havaskor sportda (ko’p hollarda, masalan fitnes mashg’ulotlarida) bun day tadbirlar amalga oshirilmaydi va sog’liq holatining o’zgarishlarini nazorat qilish juda qiyin.

Amerikaliklar yosh sportchilarning tasodifiy o’limlarini o’rganishmoqda . Tez-tez tasodifan o’lgan atlet yorib ko’rilgandan keyin uning yuragi g’ayritabiiy tarzda kattalashgani aniqlanadi . Agar normal odamning yuragi 300 gramm bo’lsa, o’lgan sportchilarning yuragi yarim kilo va undan ham ortiqligi aniqlangan. Mutaxasislar bunday gipertrofiyaning sababi yurak mushaklarini shunday kattalashishiga imkon beradiki qon-tomirlari yurakni kislirod bilan taminlanishni nazorat qila olmasligiga olib keluvchi bo’y garmoni va anboliklarni qabul qilish deb hisoblaydilar ..

Sportchining tasodifiy o’limi, ayniqsa yaxshi tanish sportchining fojiali oqibatga olib kelgan sabablarni aniqlash maqsadi bo’lgan ko’plab bahslarni yuzaga keltiradi va agar ilmiy nuqtasi nazardan olib qaraganda sababdan bittagina bo’lishi mumkin bo’lsa, amaliyotda amaliy jihatdan to’liq anglashning imkoni bo’lmagan minglab kamchiliklar ochiladi va shu bilan birga sport bilan shug’ullanish tufayli tasodifiy o’lim va u bilan bog’liq bo’lgan mediko-yuridik xarakterdagi murakkabliklar faqatgina oxirgi o’ttiz yillik ichidagina olim shifokorlar bu soha malumotlarini tizimlashtirish va aniqlashtirish maqsadida bu muammo bilan izchil shug’ullana boshlagan bo’lsalarda muammo sifatida hech bo’lmasa 2500 ming yildan beri mavjud. Sport tadbirlarida aholining ishtiroki yanada oshib borayotgan ushbu kunlarda esa, sport musobaqalarining saxnoviyligi va fojiaviyligi ushbu kattagina zallvorli muammo yetarli darajada ko’tarilmayotgani haqida maqolalar paydo bo’layapti [40] .

Noto’g’ri (buzuq) gazeta xabari va yetarli bo’lmagan tibbiyot savotxonligi aholining bir qismida shu hisobda sport tibbiyoti muammolari bilan shug’ullanmaydigan shifokorlarda ham bu muammoga nisbatan noto’g’ri munosabatni shakllantirdi. Birinchi navbatda aniqlashtirish kerak: sport bilan shug’ullanish paytida yuz beruvchi tasodifiy o’lim hodisasini to’liq oldini olsa bo’ladimi, agar mumkin bo’lsa bunga qonun chiqaruvchi organizmi tomonidan bugungi kunda joriy qilingan sanitariz-profilaktika tadbirlari bilan yerishish mumkinmi. Ma’lumki jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish inson organizmining ayrobik quvvatiga ijobiy ta’sir qiladi, mushaklarni mustahkamlaydi, tana harakatchanligini oshiradi. Yurak holatiga jismoniy yuklamalarning foydali ta’sirlari haqida qator tadqiqotlar [11,19,26] mavjud bo’lishiga qaramay baribir jismoniy yuklamalar yurak kasalliklarini bartaraf yetishi yoki umurni uzaytirishi isbotlangani yo’q (isbotlari mavjud emas) [42] .

Tasodifiy o’lim muammosi 2005 yilda FIFA tasodifiy o’limni oldini olish maqsadida futbolchilarning tibbiyot tekshiruviga taluqli yani standartlar yaratilganligi haqida xabar tarqatganidan so’ng ayniqsa jiddiy tus oldi. Yaqindagina bir mavsumda musobaqalarda maydonda 3 ta o’yinchi o’ldi: Miklash Fexs ( Vengrish terma jamoasi o’yinchisi), Mork Vivvin Foye (Kamerun terma jamoasi yarim hinoyachisi), Nedjad Batonich (Sloveniya darbozaboni) .

Sportchilarda tasodifiy o’limni profilaktika qilish maqsadida Yevropa Kardiologlar Assosasiyasi va Xalqaro Olimpiya Komiteti Italiyada shakllangan sikrinin amaliyotini qo’llashni tafsiya qilishadi : anamnez, fizikal tekshiruv , YeTK 12 otbideniyada tinch holatda skrining TKMN ni aniqlashga qaratilgan. Italiyaliklar YEKT skriningi joriy qilingandan so’ng tasodifiy o’limlar chastitasi yiliga 89% ga kamaygan deb takidlashmoqda. AQSH da 2007-yilda Amerika Yurak Assosasiyasida taqiqlangan 2006-yilda Betnesda konferensiyasida taklif qilingan tavsiyalar tasdiqlangan. Ushbu tavsiyalarda rutinli YEKT skrining yo’q, chunki tinch holatda 12 otvedeniyada YEKT chap qorincha gipertrofiyasi va repayarizasiya buzulishiga tashhis qo’yishga past xususiyatga ega deb hisoblashadi. Anamnez va fizikal tekshiruvga diqqat qaratiladi. Avatraliyada sportda og’ir jaroxatlar va o’lim tadqiqotida umumiy o’lim ko’rsatkichi yiliga 100000 sportchi orasida 98 holatni tashkil qilgan ikki yillik davrdagi statistika keltiriladi. Shu bilan birga U erkaklarda (yiliga 1,5 holat) ayollarga nisbatan (0,1 holat) ancha yuqori.

Sportda o’lim jarohatlari tez-tez uchramaydi va kuchli tarzda mamlakatga bog’liq . Masalan qishki sport turlari asosiy o’rin tutuvchi Shedsariyada 2000 yilda o’limlilik bo’yicha birinchi o’rinni tog’ chang’isi yegalladi (6200 ta baxtsiz hodisa , ulardan 40%o’lim darajasida bo’lishgan). Ikkinchi o’rinda chang’ilarda yuqori tezlikda tushush (42000 holat, 19% o’lim darajasidagi), keyin snoubord (24500 holat, 19% o’lim darajasidagi).

Avstraliyada boshqa statistika 2001-dan 2003 yilgacha bo’lgan davr mobaynida og’ir jarohatlar va o’lim holat ko’proq motosport (umumiy jaroxatlarning 32%), ot sporti (umumiy jaroxatlarning 14%) Avstraliya futboli , suv chang’isi va tezkor katerlarda qayga (umumiy jarohatlarning 9% dan) kabi sport turlarida uchragan [37] .

1990-yilning boshida AQSHning texnika xavfsizligi bo’yicha milliy kengashi 1984-1989 yillarda Amerika sportidagi tasodifiy o’limlar statistikasi dokladini chop qildi. Yeng xavfli sport turi alpinism bo’lib chiqdi. Alpinizm bilan shug’ullanuvchi taxminan har 10000 odamga o’limli yakun topgan 56-ta baxtsiz hodisa to’g’ri kelarkan.

Shunday qilib yosh ko’rinishidan sog’lom odamning tasodifiy o’limi-bugungi kunda kam uchraydigan (kamyob) hodisa emas. Sog’lom va kuchga to’la ko’ringan sportchilar hayotdan ko’z yumushdi. Bundan tasodifiy o’limning sababi nimada? Tasodifiy o’lim muammosi faqatgina sportchilarga aloqador bo’lib qolmay har bir inson uchun potensial xavf bor. Sportda tasodifiy o’lim, tushunchasi mavjud, u bevosita jismoniy yuklama paytida, undan tashqari o’z faoliyatini o’zgartirishga yoki to’xtatishga majbur qilgan birinchi belgilar (alomatlar) paydo bo’lgandan 24 soat ichida sodir bo’lgan o’limni nazarda tutadi. Sportchilar o’limlar sabablari orasida jarohatlar birinchi o’rinda turmaydi. Ko’p uchraydigan sabablar-yurak patologiyalari (tug’ma va hayot davomida orttirilgan), bosh, bo’yin, ko’krak qafasi, qorin sohasi va boshqalar jarohatlari, formakologik preparatlar (doning).

-Tug’ma patologiyalar ertami-kechmi albatta o’zini namoyon qiladimi?

Tug’ma patologiyasi bo’lgan inson ko’pincha bu haqda bilmaydi, chunki organ funksiyasining buzulishi kompensasiya evaziga alohida bo’lmaydi. Patologiya faqatgina sinchikovlik bilan tekshirilgandagina aniqlanishi mumkin. Sog’lom odamlarda, ko’proq chaqirilgan sportchilarda, tashhisiy topilmol’’ bo’ladi, ya’ni tekshiruv paytida bemorlar (mijoz) hech qachon shubxa qilmagan kasalliklar aniqlanadi.

Yaxshi sportda tasodifiy o’lim kam uchraydigan hodisa, sportda tasodifiy o’lim’’ tushunchasining rasmiy ta’rifi bevosita jismoniy yuklama vaqtida, undan tashqari o’z faoliyatini to’xtatishga yoki o’zgartirishga majbur qilgan birinchi alomatlar paydo bo’lgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida sodir bo’lgan o’limni nazarda tutadi. Sportchilar o’limlarining sabablari orasida jarohatlar birinchi o’rinda turushmaydi. Quyidagi tez-tez uchraydigan sabablarni belgilashadi.

-Yurak sabablari; -Jarohatlar; -Farmakologik preparatlar (doping).

Farmakologik preparatlarni qabul qilishdan sodir bo’lgan o’lim birinchi marta 1879-yilda Fransiyada Angliyalik velopaygachi poyganing o’zida amfetaminlar peredozirofkasidan o’lganida qayd qilingan. Olimpiyadada 1960-yil Rimda Daniyalik velosipedchi osha norkotiklarni istemol qilishdan o’ldi. Bu o’limlar e’tiborsiz o’tdi. Faqatgina 1967-yil Tur-de-frans velopoygasida stimul qiladigan preparatlarni qabul qilgan Angliyalik sportchi Tommi Simpson trassaning o’zida millionlab teletomoshabinlar ko’z o’ngida o’lgandan keyin China Xalqaro Olimpiya Komiteti doping muammosi haqida jiddiy o’ylay boshladi. Keyingi yili Mexikodagi Olimpiya o’yinlarida birinchi marta doping nazorat joriy qilindi.

1987-yilda eritropetin qariyb 20-ta Yevropalik velopoygachining o’limiga sabab bo’ldi. Bu sportchilarning o’limiga aynan eritropoyetin sabab bo’lgani isbotlanmagan bo’lsada ko’p ekspertlar eritropoyetinning katta dozasi ma’lum bir omil bilan qo’shilishi (asosida tomirning o’tkir okluziyasi, ya’ni qon aylanish buzulishi-(keng manoda ) yutuvchi patalogik jarayon) emboliyaga olib keluvchi qonning fatal quyuqlashishi sodir bo’lishiga sabab bo’ladi.

Ilmiy jurnallarda doping preparatlari qabul qilish tufayli sportchilarning o’limi hodisalaridan anchagina keltirilgan (tasvirlangan), va ayniqsa ularning ko’pchilagi bodibildingda anabolik steraloidlarni qabul qilish bilan bog’liq.

Qator nashrlar yosh bodibildingchi va nauerliftingchilarning tasodifiy o’limlarini tasvirlashadi. 21 yoshli sportchining pauyerlifting bilan shug’ullanayotgan paytida o’limi holati tasvirlanadi (bevosita qorin pressiga mashq qilayotgan paytida). Sportchi o’tgan bir necha oy-ichida steraoidlar (nakdrolon) qabul qilgan. O’lim yurak to’xtashidan sodir bo’lgan.

Undan tashqari nashrlarda steroidlar qabul qilgan va yurak-o’pka shokidan o’tgan 20 yoshli sportchining o’limi holatini yozishadi. O’pka tromboyemboliyasidan o’lgan 26 yoshli sportchining o’limi haqida gapiriladi.

Undan tashqari tasodifiy o’lim va doping, alkogol, nikotin, iste’moli, nam’alum dori vositalari va ularning peredozirovkasi bilan bog’liqligini kuzatish mumkin .

Xalqaro Olimpiya Komitetining tibbiyot komissiyasi va xalqaro sport federasiyalarining tibbiyot komissiyalari bilan tasdiqlangan sportchilar tomonidan bevosita musobaqalardan oldin yoki ular paytida va mashg’ulot qismi davomida ularni qabul qilganda sport ish qobiliyatini ko’tarishga imkon beruvchi formakologik preparat va vositalarga doping deyiladi. Hozirda Xalqaro Olimpiya Qo’mitetining, qora ro’yxati ularning analog va o’rin bosuvchilarini qo’shmagan holda 142 ta preparat bor : 30turdagi anaboliklar, 32turdagi diuretiklar, 4turdagi peditlar, 42turdagi stimulyatorlar, 34turdagi narkotiklar, undan tashqari ikkita metodiklar-“krovyaniy doping” va “smena mochi” . Shu bilan birga qatorpreparatlarga to’g’ridan-to’g’ri taqiq yo’q. Lekin Fransiyada ular tarkibidagi moddalar miqdori cheklangan. Oddiy misol kofyin.

Ba’zi olimlar [10,16,31,36,44,59 va boshqa] 21 yoshli va 24 yoshli futbolchilarning mashg’ulotlar paytida to’satdan yuragi to’xtab qolgan o’limi holatlarini tasvirlashadi. Korinar arteriyasi mutlaqo sog’lom bo’lishgan, tromblar ham topilmagan. Ikkalasining ham peshobida anabolik stiroidlar aniqlangan. O’limning sababi sifatida ikkalasida ham aniqlangan miokard gipertrofiyasi deb qaraladi.

Hozirgi kunda tasodifiy o’limning bir nechta xillari mavjud bo’lib, buning ustiga o’lim sabablari muhim hisolanadi. Tasodifiy o’lim zo’raki o’lim bo’lmasdan u kutilmaganda yoki shu davrda odamda aniqlangan yoki aniqlanmagan yurak-qon tomirlar kassaligining o’tkir simtomlari aniqlangandan so’ng bir soat davomida sodir bo’ladigan o’lim hisoblanadi. Bir tomondan tasodifiy o’lim sport faoliyatida vaqtga ko’ra mos, keladi, ya’ni malum jismoniy faoliyat bilan shug’ullanayotgan vaqtda va bir saot mobaynida yuz beradi. Boshqa tomondan tasodifiy o’limni sport bilan shug’ullanayotgan shaxslarda faol (kuchli) jismoniy yuklama vaqtida yoki undan so’ng sodir bo’layotgan tasodifiy o’limi sport bilan bog’lash mumkinmi? Bu misollar yetarlicha darajada o’rganilmagan va tajribalar orqali isbotlanmagan. Shu sababli har bir sportchida alohida-alohida ko’rinishda anaminezini, jismoniy mashqlar boshlanishidan oldin yurak holatini baholashning fizyalogik va morfologik kiriteriyalarini o’rganish lazim.

Yosh va tashqi ko’rinishidan sog’lom odamning tasodifiy o’limi hozirgi kunda tez-tez uchrab turadigan holat hisoblanadi. Yaqin kunlarda ham tashqiko’rinishidan sog’lom va kuchga to’lgan sportchilar olamdan ko’z yumdilar. Bunday tasodifiy o’limlarning sababi nimada! Fan hali bu savollarga qodir emas.

Ushbu katta bo’lmagan tahlildan ko’rinib turibdiki, organizmga farmakologik preporatlarning zararli ta’siri mexanizmi har doim ham aniq emas, va sabablar turlicha bo’lishi mumkin, shu bilan birga ularni umumiy sabab birlashtiradi yurak qon-tomir tizimining ishdan chiqishi.


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish