O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


a) gipotoniya (gipotonik qon bosimi)



Download 2 Mb.
bet2/7
Sana23.02.2017
Hajmi2 Mb.
#3206
1   2   3   4   5   6   7

a) gipotoniya (gipotonik qon bosimi)

Gipotoniya bo’yicha har ahvol unchalik yaxshi emas, va bu masalaga ancha batafsil to’xtalib o’tishga to’g’ri keladi. Chunki foyda o’ziga xos sportga gipotoniya to’g’risida tasavvurlar mavjud. Lekin avvalombor gipotoniyaning o’zi nima ekanligini aniqlab olish kerak. Turli mualliflarning ma’lumotlariga ko’ra, arterial qon bosimi (AB) normal o’zgarishlarining chegarasi mavjud. Biz normal yuqori AB ko’rsatkichini 100-123mm simob ustuniga teng bosimni pastki AB ko’rsatkichini 60-79mm simob ustuniga teng bosimni normal holat deb hisoblaymiz.

O’n minglab sportchilarni tadqiq qilish shuni ko’rsatdiki [17,24,32,33,39,43], gipotoniyali sportchilar miqdori, ya’ni AB ning 100-60 mm simob ustunidan kamayishi 10dan 16gacha o’zgarib turadi. Bir vaqtning o’zida AB 130-80 mm simob ustunidan yuqori bo’lgan sportchilar miqdori 11-14mm tashkil etadi. Buning ustiga AB ko’tarilishi yoki pasayishiga moyil shaxslarga normal raqamlarga nisbatan AB da qandaydir o’zgarish kuzatiladigan barcha shaxslar kiradi. Bizning labaratoriya kuzatishlarimiz ma’lumotlariga ko’ra, ko’pincha sistolik AB ning izolyatsiyalangan pasayishi (2,2dan 6,9%gacha), kamdan-kam hollarda diastolik AB ning izolyatsiyalangan pasayishi (4,3dan 6,1%gacha) va undan ham kam hollarda ABning umumiy pasayishi (1,5dan 3,5%gacha) kuzatiladi. AB bir martalik pasayadigan sportchilar 76,2%ni, ko’p martalik pasayishi 19,9 %ni va doimiy pasayishi 3,9% ni tashkil etdi. Hozirgi kunda bir qator tadqiqotchilar tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, yuqori va past ABli sportchilar o’rtasida sezilarli farq yo’q. Bu esa sport bilan shug’ullanuvchilar uchun xos bo’lgan sportcha gipotomiya to’g’risida keng tarqalgan tasavvurlarga zid keladi. Aftidan, tasavvur faqat yuqori malakali sportchilar tadqiq qilinganligi, shuningdek, ko’pchilik sportchilarda AB garchi normada bo’lsada, lekin u quyi chegaralarda bo’lishi tufayli paydo bo’lgan bo’lsa kerak. Haqiqatdan ham, ayrim ma’lumotlarga ko’ra, AB normal bo’lgan 76% sportchilardan 63,8% ida maksimal AB 100-119 ga, minimal AB esa 60-70 mm simob ustuniga teng (ulardan 17% ida maksimal AB 100 -119 mm simob ustuniga teng) bo’ladi. Faqat 19,2 % sportchilarda AB normal holatning yuqorigi chegarasida turadi [24,32,35].

Shunday qilib, sport bilan shug’ullanish ham jismoniy mehnat kabi, agar u keragidan ortiq bo’lmasa ABni kamaytirish to’g’risidagi fikrlar tasdiqlanadi, biroq bu pasayish ko’pchilik hollarda meyor chegarasidan chetga chiqmaydi.

Haqiqiy gipotoniyaga, ya’ni AB ning 100 va 60 mm simob ustunidan kamayishiga kelsak, o’rtacha raqamlarda sportchilar va sport bilan shug’ullanmaydigan odamlar o’rtasida sezilarli farq kuzatilmaydi. Bundan tashqari, bizning ma’lumotlarimizga ko’ra, sportchilarda yurak qon tomirlar tizimi yuqori darajadagi funksional holatning ko’rsatkichi bo’lgan fiziologik gipotoniya bilan bir qatorda patologik gipotoniyaning barcha shakllari kuzatiladi. Buni shuningdek, boshqa mualliflarning ham tasdiqlaydi [8,17,18,19,20,21,22,23].

Buni tushunib olish uchun gipotonik holatlar to’g’risidagi masalalarning hozirgi zamondagi ahvoliga to’xtalib o’tish zarur. Gipotonik holatlarning keng tarqalgan klassifikasiyasiga muvofiq gipotoniya fiziologik va patologik gipotoniyaga ajratiladi.

Fiziologik yoki adaptatsiya gipotoniya deganda ABning 100 va 60 mm simob ustunidagi past ko’rsatkichga pasayishi tushuniladi. Bu holat sog’lom odamlarga hos bo’lib, bunday bosimda ular odatdagi jismoniy va aqliy mehnat bilan shug’ullanaveradi, hech qanday shikoyat ham qilmaydi va organizmda hech qanday obyektiv patologik o’zgarishlar kuzatilmaydi. Bunday odamlarda yuqori ish qobiliyati saqlanib qoladi va ular o’zlarini juda yaxshi his qiladilar. Past AB ularda yillar davomida, ba’zan bir umr saqlanib qoladi va ularda normal holat, qon aylanishning o’ziga xos normasi bo’lib qoladi.

Patologik gipotoniya o’tkir va surunkali bo’ladi. O’tkir gipotoniyada shok kuzatiladi, kollaj, hushdan ketish ko’rinishida namoyon bo’ladi va tezda o’tib ketadi. Surunkali gipotoniya yo birlamchi bo’lishi mumkin, ya’ni bir qator o’ziga xos shikoyatlar va obyektiv alomatlar bilan kechuvchi mustaqil kasallik (gipotonik tipdagi neyrosirkulyator distoniya yoki gipotonik kasallik) ko’rinishida bo’lishi mumkin, yoki ikkilamchi yoki simtomatik bo’lishi mumkin. Bu esa turli kasalliklar, xususan surunkali infeksiyalarning turli o’choqlaridan zaharlanish, jumladan latent holatda o’tuvchi kasalliklar oqibati bo’lishi mumkin. Bu sport tibbiyotida alohida ahamiyatga ega.

Gipotoniya rivojlanishining mexanizmida I.M.Sechenov obrazli qilib “qon aylanishi tizimining jumraklari” deb atagan prearterialar va arteriolalarning haddan ortiq kengayishiga asosiy o’rin beriladi. G.F.Langning aytishicha, arteriolalar va prearteriolalar ABni boshqaruvchi apparatning ijrochi “effektor jumraklari” bo’lib hisoblanadi va gipotoniya kelib chiqishining asosiy sababi bo’lib ushbu apparat funksiyasining o’zgarishi hisoblanadi.

Ushbu bobda umuman va xususan sportchilarda gipotonik holatlar to’g’risidagi mavjud tasavvurlarni batafsil tahlil qilish imkoniyati yo’q. Ammo ayrim masalalarga to’xtalib o’tish muhimdir.

Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, sportchilarda gipotoniyaning etiologiyasi va patogenezining asosida sport bilan shug’ullanmaydigan shaxslardagi omillar yotadi. Lekin baribir ham jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish gipotonik holatlarning kelib chiqishi va uning kechishining ayrim o’ziga xos xususiyatlarini belgilaydi.

A.G.Demboning (1980) izlanishlariga muvofiq sportchilardagi gipotoniya chastotasiga sportchining jinsi, yoshi, sport staji, mahorat darajasi, ixtisosligi va mashg’ulotlar ta’sir ko’rsatadi. Ayollarda gipotoniya erkaklarga nisbatan ikki marta ko’proq uchraydi va mos ravishda 26 va 13% ni tashkil etadi.

Sportchining yoshiga kelsak, ularning yoshi qanchalik katta bo’lsa gipotoniya shuncha kam uchraydi. Masalan, 18-19 yoshda u 22%ni, 20-24 yoshda 17%ni, 20-28 yoshda 15%ni, 30-34 yoshda 15,9%ni, 35-39 yoshda 10,8%ni, 40 yoshdan kattalarda 7,7%ni tashkil etadi [38,49].

Gipotoniyali sportchilar foizi sport mahorotining oshishi bilan ortib boradi. Masalan, sport mahorati ikki yilgacha bo’lgan sportchilarda uning ko’rsatkichi 3,7%ni, 3 yildan 5 yilgacha bo’lganda 11,6%ni, 6 yildan 9 yilgacha bo’lganda 17,5% ni, 10 yildan 15 yilgacha bo’lganda 18,3%ni tashkil etadi. Lekin sport malakasi 16 yildan ortiq bo’lganda gipotoniya chastotasi 12,6% gacha kamayadi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, gipotoniyaga yosh omili asosiy ta’sir etuvchi omil bo’lib hisoblanadi.

Gipotoniyaning sport mahorati darajasi o’rtasidagi bog’liqlik haqida so’z borganda, u holda jinsdan qat’iy nazar gipotoniya ko’pincha sport ustalarida (21%), kamdan, kam hollarda I va II razryadli sportchilarda (mos ravishda 14,7% va 14,9%) undan ham kam hollarda III razryadli sportchilarda va sport bilan shug’ullanishni endigina boshlagan shaxslarda (mos ravishda 3,0% va 2,5%) kuzatiladi.

Gipotoniya chastotasi bilan mashg’ulot jarayoni davrlari o’rtasidagi bog’liqlikka kelsak, gipotoniya sportchilarda ko’pincha musobaqalar davrida (72,7%), ancha kam hollarda tayyorgarlik (17,3%) va o’tish (10,0%) davrlarida qayd qilingan.

Sportchilardagi gipotoniya chastotasiga ixtisoslik bilan bog’liq bo’lgan mashg’ulotlar o’tkazish jarayonining xarakteri juda katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, gipotonik qilichbozlik va konkida yugurish (mos ravishda 19,0% va 16,7%) sporti bilan shug’ullanuvchi sportchilarga nisbatan gimnastlarda ko’proq uchraydi (30,0%). Shuni qayd qilish qiziqki, gipotoniya tez-tez qayd qilinib boriladigan sport turlarida yuqori AB kamdan – kam hollarda uchraydi. Demak, u yoki bu sport turi uchun xos bo’lgan jismoniy mashqlar xarakteri ABning ko’tarilishi yoki pasayishiga olib keladi.

Shunday qilib, gipotoniya chastotasi sport mahorati darajasi, mashg’ulotlar o’tkazish davri va ixtisoslikka bog’liqlik yaqqol ko’rinib turibdi. Aftidan, huddi ana shu holat ayrim mualliflarga sportchilardagi gipotoniyani hamma vaqt yuqori shug’ullanganlik ko’rsatkichi deb hisoblashga va uning patologik ko’rinishlari bo’lishi mumkinligini inkor etishga asos bo’lib hizmat qiladi. Ikkinchi tomondan sportchilardagi har qanday gipotoniya patologik hodisa deb baholaydigan ishlar ham paydo bo’ldi [16,27].

Hozirgi kunda gipotoniya kuzatiladigan sportchilar guruhi bir xil emasligi va ularda fiziologik gipotoniya bilan bir qatorda uning barcha patologik ko’rinishlari ham uchrashi to’g’risidagi fikr ancha ishonarli bo’lib hisoblanadi [25].

Shunday qilib, adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, gipotoniyali sportchilarning salomatlik holati AB normal bo’lgan sportchilarga nisbatan yomonroq bo’ladi. Modomiki, ularni faqat AB darajasi farqlar ekan, bu klinik farqlarni uning ta’sir natijasi deb tushuntirish lozim.

Adabiyotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish bizga quyidagicha xulosa chiqarish imkonini berdi. Sportchilarda ham, sport bilan shug’ullanmaydigan shaxslarda ham fiziologik gipotoniya ham, patologik gipotoniyaning turli xillari ham; gipotonik tipdagi neyrosirkulyator distoniya va infeksiya o’choqlarining bo’lishi va toliqish oqibatlari bo’lishi mumkin bo’lgan ikkilamchi gipotoniya uchrashi mumkin

Ko’rinib turibdiki, ko’p shug’ullanish bilan bog’liq bo’lgan gipotoniyali sportchilar foizi sport malakasining oshishiga muvofiq (mos ravishda) oshib boradi, toliqish natijasida kelib chiqadigan gipotomiya miqdori esa pasayib boradi. Ikkilamchi gipotomiya surunkali infeksiyalar o’chog’i ta’sirida, kutilganidek, sport mahorati darajasiga bog’liq bo’lmaydi. Gipotomik tipdagi neyrosirkulyator distoniya sport mahorati oshib borishi bilan kamayib boradi, bu esa bir tomondan to’g’ri tashkil etilgan mashg’ulot jarayonining ijobiy ta’siri bilan, ikkinchi tomonidan kasallikning kuchayishi natijasida sportni majburiy tark etish bilan tushuntiriladi.

Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, sportchilardagi gipotomiyaning turli ko’rinishlarini aniq ajrata olishni bilash zarur, chunki u patologiyaning namoyon bo’lishi mumkin.

b) Yurak miokardi gipertrofiyasi.

Miokardning gipertrofiyasiga kelsak, u ham hozirgi kunda fiziologik “sportcha yurak” uchun muhim bo’lgan yuqori darajada shug’ullanganlik ko’rsatkichining klassik belgisi deb hisoblab bo’lmaydi. Bu masalaga ham batafsil to’xtalib o’tish zarur, chunki u muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga bu muammo hali hal etilmagan va adabiyotlarda unga nisbatan turli fikrlarni topish mumkin.

A.G.Demboning (1980) pozitsiyasi yildan yilga ham klinik ham tajriba ishlarida o’zining yanada ko’proq isbatini topmoqda. U shundan iboratki, garchi gipertrofiya organizmning fiziologik moslashish reaksiyasi hisoblansada, lekin bu reaksiya eng ratsional bo’lmaydi, chunki u mohiyati jihatidan patologik gipertrafiyaning rivojlanishidagi ilk qadam hisoblanadi. Shuni aytib o’tish kerakki, bizning sportchilarda miokard gipertrofiyasi to’g’risidagi barcha mulohazalarimiz faqat zamonaviy tadqiqot usullar yordamida, xususan elektrokardiologiya va viktokardiografiya usullari yordamida aniqlanishi mumkin bo’lgan gipertrafiyaga talluqlidir.

Modomiki, yurakning fiziologik holatdan patologik holatga o’tishidagi kattalashish darajasini aniq ko’rsatuvchi kriteriyalar (mezonlar) yo’q ekan va hozirgi kunda miokardning dilyatatsiyasi va gipertrofiyasining ratsional nisbatini aniqlash qiyin ekan, yurak hajmlarini talqin qilish masalasi uni aniqlash usulidan qat’iy nazar katta ehtiyotkorlikni talab qiladi. Bu nuqtai nazardan tadqiqotning eng qiziqarli va istiqbolli usuli bo’lib sport tibbiyoti amaliyotiga endigina kirib kelayotgan exokardiografiya usuli hisoblanadi. Shuning uchun biz hozirgi kunda miokard gipertrofiyasini baholashda garchi umumiy qabul qilingan kamchiliklarga ega bo’lsada, sinalgan usullardan (elektro va vektorkardiografiya) foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bizning sportchilardagi miokard gipertrofiyasi haqidagi tasavvurlarimiz ham aynan ana shularga asoslanadi. Bundan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, miokard gipertrofiyasini faqat klinik yo’l bilan aniqlanadigan darajasini o’rganish mumkin. Aks holda u faqat tajribalarda o’rganish mumkin bo’ladi.

So’nggi yillarda olib borilgan klinik kuzatishlar va morfologik izlanishlar agar yurakning uzoq muddatli giperfunksiyasida miokardning kuchli gipertrofiyasi taraqqiy etsa, unda yurak hastaliklariga olib keluvchi distrofik va sklerotik o’zgarishlarning rivojlanishi oqibatida yurakning tez charchab qolishidan qochib bo’lmaydi degan tasavvurlarni to’liq isbotlaydi. Shunday qilib miokardning giperfunksiyasi, gipertrofiyasi va ishdan chiqishi bir jarayonning ajralmas bo’g’inidir.

Bunga asoslanib shuni ta’kidlash mumkinki, miokardning fiziologik va patologik gipertrofiyasini alohida ko’rinishlar sifatida emas, balki yagona jarayonning bosqichlari sifatida qarash mumkin.

Hozirgi vaqtda yaxshi ma’lumki, hujayraning giperfunksiyasida ikkita jarayon sodir bo’ladi. Birinchidan, plastik ta’minot va hujayra strukturalarining yangilanishi keskin oshadi; ikkinchidan, hujayrani tashkil etuvchi ultratuzilmalar, eng avvalo miofibrilalar va mitoxondriyalarning soni oshadi, miokardial hujayralar soni o’zgarmay qoladi. Kompensator giperfunksiya vaqtida hujayralardagi bunday giperplastik jarayonlar elektron mikroskop paydo bo’lgan vaqtdan boshlab turli mualliflar tomonidan tavsiflanadi. Bu jarayonlar hujayra ichidagi regeneratsiya deb ataladi. Bu atama bizga qonuniydek tuyuladi. “Hujayra ichidagi regeneratsiya” va “gipertrofiya” o’xshash tushunchalardir, chunki ularning asosida u yoki bu darajada hujayra hajmini oshiruvchi molekulyar strukturalarning ongidan hosil bo’lishi yotadi. Hujayrada miofibrillar va mitoxondriyalar qanchalik ko’p bo’lsa, ularning regeneratsiyasi shuncha jadal yotadi, hujayra shuncha ko’proq (va ancha uzoq muddat) funksional yuklamaga bardosh bera oladi. Biroq ushbu strukturalarning yangilanish sur’ati, ya’ni miokard ish qobiliyati oshishining biokimyoviy yo’li muhim ahamiyatga ega, chunki ushbu yo’l ma’lum darajada hujayra bajarishi mumkin bo’lgan ish hajmini belgilaydi.

Shunday qilib, agar jismoniy yuklama hujayra ichidagi regenerator jarayonlar sur’atining oshishi va miokard hujayralari ultrastrukturalarining asta-sekin o’rtacha o’sishi bilan birga olib borilsa, miokard ish qobiliyatining sezilarli oshishiga va uning nafaqat jismoniy yuklamaga, balki tashqi muhitning boshqa ta’sirlariga chidamliligini oshishiga erishish mumkin. Bu holat kompensatorli gipertrofiya deb ataluvchi hodisaning mohiyatini tushunish uchun muhim hisoblanadi. Bundan shu kelib chiqadiki, harakat faolligining oshishi hujayra ishdagi regenerator jarayonlarning tabiiy va universal stimulyatorlari bo’lib hisoblanadi.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, fiziologik gipertrofiyaning rivojlanishi ham, uning o’ziga xos taraqqiy etishi va o’tkinchi va patologik bosqichlarga o’tishi ham sport bilan shug’ullanish bilan emas, balki yuqorida qayd etilgan noqulay omillar bilan belgilanadi. Izlanishlarning ko’rsatishicha [5], bunda mashg’ulotlar yuklamasining yetarli darajada individuallashtirilmaganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, bir xil yoshdagi, og’irlikdagi va bir xil jinsli tajriba ostidagi hayvonlarda (kalamushlarda) 3 oy davomida qo’llanilgan bir xil jismoniy yuklama turlicha, shu jumladan yurakda har xil o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bir guruhga yuklamalarni oson yengib o’tadigan, vazni yaxshi oshadigan hayvonlar kiritildi. Bu guruh shartli ravishda yaxshi “shug’ullangan” guruh deb nomlanadi. Ikkinchi guruhga shunday yuklamani qiyin o’tkazadigan, vazni sekin oshadigan kalamushlar kiritildi. Bu guruh shartli ravishda “keragidan ortiq shug’ullangan” guruh deb nomlanadi. Yaxshi “shug’ullangan” kalamushlar miokardida 2,5- 3 oydan so’ng asosiy qon tomirlari diametrining oshishi mushaklar orasidagi arterial qon tomirlarining yuqori qalinligi turli-tuman arterial anostonozlarning paydo bo’lishi kuzatildi. Tajriba muddatining oshib borishi bilan ushbu kalamushlarda mushaklar orasidagi qon tomirlar yanada ko’proq qalinlashib bordi. Arterial qon tomirlarining bunday arxitektonikasi miokardning qon bilan ta’minlanishining yaxshilanishidan dalolat beradi.

“Keragidan ortiq shug’ullangan” hayvonlarga kelsak, xuddi shunday muddatlarda ularda qon tomirlar devorining distoniyasi va arteriyalarning varikoz kengayishi namoyon bo’ldi. Shunisi xarakterliki, kontrast massa venalarni qisman to’ldirdi, bu arteriovenoz anostomozlarning ochilishidan va shu tufayli to’qimaning yetarli darajada qon bilan ta’minlanmasligidan guvohlik beradi. Shunday qilib, bu hayvonlarda yurakning arterial tarmoqlarining yaqqol siyrakligi, ya’ni uning qon bilan ta’minlanishining yomonlashuvi kuzatildi. Miokard gipertrofiyasi va yurak dilyatasiyasiga kelsak, yaxshi “shug’ullangan” hayvonlarda ular kuzatilmaydi, “keragidan ortiq shug’ullangan” hayvonlarda gipertrofiya ham, dilyatatsiya ham namoyon bo’ladi. Yurak bo’shliqlari o’lchamlari va uning og’irligi yaxshi “shug’ullangan” kalamushlarda nazorat guruhidagi kalamushlardagidek bo’ldi. “keragidan ortiq shug’ullangan” kalamushlarda yurak qorinchalarining, ayniqsa chap qorinchaning kuchli kattalashishi va yurakning nisbiy og’irligining bir oz oshishi aniqlandi. Bu guruhdagi kalamushlar yuragini gistologik tadqiq qilish so’rg’ichli mushaklardagi mushak tomirlarida va miokardning ichki qatlamlarida o’choqli gipertrofiya bo’lishini ko’rsatdi.

Taxmin qilish mumkinki, “keragidan ortiq shug’ullangan” kalamushlarda haddan ortiq yuklama oqibatida miokardning kuchaytirilgan ishga moslashishi asosan mushak hujayrasi gipertrofiyasining rivojlanishi yo’li orqali, ya’ni ultrastrukturalar sonining oshishi orqali, yaxshi “shug’ullangan ” kalamushlarda esa- mushaklar ichidagi strukturalar yangilanishi sur’atining oshishi yo’li orqali boradi. Ushbu jarayonlarning har biri hujayrada kuchaytirilgan ishni bajarish uchun yetarli darajada rezerv yaratadi, biroq kuchaytirilgan ishga moslashish hujayralar ichidagi strukturalar yangilanishining tezlashishi hisobiga ta’minlanadigan ikkinchi yo’l, shubhasiz, hujayra gipertrofiyasi bilan bog’liq bo’lgan birinchi yo’lga nisbatan ancha qulay hisoblanadi.

Bir qator mualliflar tomonidan keltirilgan eksperimental ma’lumotlar [56,69,71] shuni tasdiqlaydiki, yurakning giperfunksiyasiga javoban miokardning kuchli gipertrofiyasining taraqqiy etishi zarur emas.

Bu ma’lumotlar bizning klinik tadqiqotlarimizga ham mos keladi. Masalan, 16 yil va undan ortiq mahoratga ega bo’lgan sportchilar orasida nafaqat klinik aniqlanadigan miokard gipertrofiyasi, balki gipertrofiyaning o’tkinchi va patologik bosqichlari kuzatiladigan shaxslar foizi ham kamchilikni tashkil etadi. Sport mahorati darajasiga kelsak, sport ustalari va I razryadli sportchilarda miokardning klinik aniqlanadigan gipertrofiyasi va gipertrofiyaning o’tirsh va patologik bosqichlari II va III razryadli sportchilardagiga nisbatan kamroq uchraydi. Bu shundan dalolat beradiki, sport ustalari va I razryadli sportchilar uchun xos bo’lgan yurak giperfunksiyasining yuqori darajasi hamma vaqt ham uning gipertrofiyasi bilan birga kechmaydi, har holda u bilan belgilanmaydi. Ma’lumki, miokardning elektrokardiografiya usuli bilan aniqlanadigan gipertrofiyasisiz ham uzoq yillar davomida sport bilan shug’ullanish va yuqori sport natijalariga erishish mumkin. Boshqa tomondan, bu ma’lumotlar miokard gipertrofiyasi, ayniqsa, uning patologik bosqichi sport mahoratining oshishiga to’sqinlik qilishi mumkin va sportni tark etishga sabab bo’lishi mumkin degan darajada asoslangan taxminni aytish imkonini beradi. [36,44,68]

Mashg’ulot jarayonining yo’naltirilganligini yurak gipertrofiyasining rivojlanish chastotasiga ta’siriga kelsak, adabiyotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, miokard gipertrofiyasi sportning chidamlilikka oid mashg’ulotlar ustunlik qiladigan turlarida tez-tez uchrab turadi.

Shuni nazarda tutish kerakki, intensiv jismoniy yuklama vaqtidagi yurak giperfunksiyasi va patologik holatlardagi yurak giperfunksiyalari ma’lum umumiylikka va shu bilan birga ayrim farqlarga ega. Ularning umumiyligi shundaki, istalgan yurak giperfunksiyasiga javoban rivojlanadigan miokard muvofiqlikka ega, chunki u oqibatda miokardning toliqishiga olib keladi. Shu bilan birga sportda u katta jismoniy kuchlanishni amalga oshirish uchun, patologiyada esa yurak qon-tomirlar tizimining u yoki bu nuqsonlarini to’la kompensatsiya qilish uchun muhimdir. Har ikkala holatlarda ham giperfunksiya avval qaytuvchi bo’lgan, keyinchalik qaytmaydigan o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lgan miokard resurslarining chuqur mobilizatsiya qilinishi bilan kechadi. Turli sharoitlarga bog’liq holda giperfunksiya miokarddagi moddalar almashuvining tezlik bilan yoki asta sekin buzilishiga olib keladi, buning oqibatida uning tuzulmasida o’zgarishlar yuz beradi va nihoyat vazifasini to’liq bajarmasligi kelib chiqadi. Jismoniy yuklama va patologik shaoitlarda miokard zo’riqishining taraqqiy etishidagi o’xshashliklar shulardan iborat. Ularning farqi esa asosan vaqt omili bilan belgilanadi. Jismoniy yuklama vaqtida giperfunksiya uzuq-uzuq (vaqtinchalik) bo’ladi: davomiyligini boshqarish mumkin bo’lgan intensiv zo’riqishlar davrlari dam olish davrlari bilan almashinadi. Shuningdek, giperfunksiya o’sishining darajama-daraja borishini va yuklamaning intensivlik darajasini ham boshqarish mumkin. Shu tufayli doimiy jismoniy yuklama vaqtida yurak giperfunksiyasi ma’lum ijobiy o’zgarishlar bilan kechadi va chidamli bo’lib boradi. Miokardning bunday yuqori funksional holati mashg’ulotlar oqilona tashkil etilgan sportchi uchun xosdir.

Patologiya (yurak parogi, gipertoniya va boshqalar) sharoitlarida giperfunksiyasini boshqarish imkoniyatlari bo’lmaydi va u doimiy uzluksiz bo’ladi. Shuning uchun uning chidamliligi nisbiydir. Fiziologik gipertrofiya ancha tez rivojlanadi, uning patologik holatga o’tishi tezlashadi, ko’pchilik holatlarda bu yurakning ma’lum darajada tez ishdan chiqishi va undagi nuqsonlarning rivojlanishi bilan yakunlanadi. Yuklamalar uzuq-uzuqligining ulkan ahamiyati inobatga olinmagan, oqilona tashkil etilmagan mashg’ulot jarayoni jismoniy yuklama vaqtidagi yurak giperfunksiyasining patologiya holatidagi giperfunksiyaga yaqinlashib qolishi uchun sharoitlar yaratadi.

Yurak qon-tomirlar tizimidagi u yoki bu patologik o’zgarishlar vaqtidagi kuchili jismoniy yuklama ularning miokardga salbiy ta’sirini oshiradi. Shu sababli yurak parogi, gipertonik kasalliklar va boshqa kasalliklarga chalingan shaxslarni hozirgi zamon sporti uchun xos bo’lgan intensiv mashg’ulotlarga qo’ymaslik kerak.

Ma’lumki, bemorlarda va sportchilarda miokardning ishdan chiqishi uchun asosiy sharoitlar umuman bir xil bo’lib, ular faqat yuklamani ta’sir etish vaqti omili bilan, ya’ni ish va dam olishni boshqara olish imkoniyati bilan farq qiladi.

Sportchilarda miokard gipertrofiyasining rivojlanishi va taraqqiy etishi ham ularda giperfunksiyaning qaysi turi ustunlik qilishiga bog’liq bo’ladi. Yuqorida aytilganidek, sportchilarda jismoniy yuklama vaqtida izotonik giperfunksiya qayd qilinadi. Biroq bir qator noqulay omillar (xususan, haddan ortiq, oqilona bo’lmagan yuklamalar, ko’p sonli musobaqalar, haddan ortiq toliqish) periferik qarshilikning oshishiga olib kelishi mumkin, shunda yurak giperfunksiyasi asosan izometrik tipda amalga osha boshlaydi. Bunda miokardning yaqqol namoyon bo’ladigan gipertrofiyasi va yurak bo’shlig’ining kuchli (sezilarli) dilyatatsiyasi rivojlanishi uchun sharoitlar yuzaga keladi, bu esa miokardning juda tez ishdan chiqishi, unda yurak hastaliklariga olib keluvchi distrofiya va skeleroz hodisalarining taraqqiy etishiga olib keladi.

Bu miokard gipertrofiyasining patologik bosqichi bo’lgan sportchilarda aniq aniqlanadi. Garchi ularda yurak nuqsonlari ko’rinishlari bo’lmasada, sport mahoratining o’sishi kuzatilmaydi. Ularning yarmida ayniqsa intensiv jismoniy yuklama davrlarida jismoniy zo’riqish oqibatida miokard distrofeyasi kuzatiladi, bu esa elektro va vektorkordiogrammalarning sezilarli salbiy dinamikasi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Poliokardiografiya usuli yordamida yurak ritmik fazali tuzulmasisi tadqiq qilinganda va uni gipertrofiya bo’lmagan sportchilar ma’lumotlari bilan, shuningdek, miokard gipertrofiyasining fiziologik va o’tkinchi bosqichi bilan solishtirib turilganda miokard gipertrofiyasining patologik bosqichi bo’lgan sportchilarda miokardning qisqarish funksiyasining pasayishi aniqlandi. Bunga izometrik qisqarish fazasining 0,06 s gacha uzayishi, kerak bo’lgan kattalikka nisbatan qonni haydash davrining qisqarishi, sistola ichidagi bosim oshishining boshlang’ich tezligining sezilarli pasayishi, miokard qisqarishi indeksining oshishi guvohlik beradi. Gipertrofiyasiz sportchilarda yurak sikli fazali tuzulmasi xuddi shu yoshdagi sport bilan shug’ullanmaydigan sog’lom shaxslarning ushbu ko’rsatkichlaridan sezilarli farq qilmaydi.

Shunday qilib, adabiyotlardagi ma’lumotlarning tasdiqlashicha, sportchilarda yurak giperfunksiyasi miokard gipertrofiyasining elektrokardiografiya usuli bilan aniqlanmaydigan gipertrofiya bilan topogen dilyatatsiya evaziga sistolik bosimning oshishi, qon oqishi tezligining oshishi, deponent qondan foydalanish trabekulyar va papillyar mushaklar va ayniqsa miokardning kapillyar qon aylanishining yaxshilanishi bilan ta’minlanishi mumkin va zarurdir. Ushbu giperfunksiya kompensasiyasi yo’llari to’g’risidagi tasavvurlar miokard hujayralari ish qobiliyati oshishining moddiy subtrati bo’lib hujayralar ichidagi regenerator jarayonlarning oqibati bo’lmish organoidlar giperplaziyasi bo’lib hisoblanishi haqidagi hozirgi zamon ma’lumotlari bilan to’liq tasdiqlanadi. Regenerator jarayonlarining stimulyasiyasi bir tomondan miokardning ushbu yuqori (kuchli) ish qobiliyati ta’minlaydi, ikkinchi tomondan yurakni turli patologik omillari ta’siridan himoya qiladi.

Sport shifokori hamma vaqt shuni yodda tutishi lozimki, gipertrofiyaning elektro va vektorkordiografik alomatlarining paydo bo’lishi kelib chiqishi mumkin bo’lgan jismoniy zo’riqish haqida guvohlik beradi. Bunday holatlarda miokard gipertrofiyasining hatto patologik bosqichlarining teskari taraqqiy etishi mumkinligini inobotga olib mashg’ulotlar yuklamasini boshqarish maqsadga muvofiqdir.

Sportchilarda miokard gipertrofeyasi muammosini hali oxirigacha hal etilgan deb hisoblab bo’lmaydi, u kelajakda hali o’rganishni talab etadi. Miokard gipertrofiyasini to’g’ri baholash uchun uning rivojlanish mehanizmlari va plastik ta’minotini tadqiq qilish zarur.

Sportchidan maksimal kuch sarflanishini talab etuvchi sport yutuqlarining o’sishi, shuninigdek, sportchi organizmida yuz berayotgan o’zgarishlarni chuqur o’rganish imkoniyatini beruvchi fanning taraqqiy etishi sport tibbiyotining ko’pchilik bir qaraganda unchalik ahamiyatli bo’lmagan holatlarini ham qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, fiziologik “sportcha yurak” yoki qon aylanish tizimining asosiy belgi xususiyatlari to’g’risida tasavvurlar ham hozirgi kunda murakkablashdi va o’zgardi. Biz shunga aminmizki, fiziologik “sportcha yurak” belgilarini aynan shunday tushunish klinik jihatdan yetarlicha asoslangan va progressiv bo’lib hisoblanadi.


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish